Авторы

  • Yusupov Xumoyunmirzo Alisher o‘g‘li

Биография автора

  • Yusupov Xumoyunmirzo Alisher o‘g‘li

    O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88189

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: foyda solig‘i soliq ma’murchiligi yuridik shaxslar soliq stavkasi raqamlashtirish soliq hisobotlari soliq siyosati. Ключевые слова: налог на прибыль налоговое администрирование юридические лица налоговая ставка цифровизация налоговая отчетность налоговая политика. Keywords: profit tax tax administration legal entities tax rate digitalization tax reporting tax policy.

Аннотация

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan foyda solig‘ining amaldagi ma’murchilik tizimi, soliq stavkalari, hisobot berish tartibi, mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha takliflar tahlil qilinadi. Foyda solig‘i orqali byudjet daromadlarining shakllanishi, soliqqa tortishning adolatliligi va soliq intizomi muammolari yoritilgan. Shuningdek, maqolada foyda solig‘i ma’murchiligini raqamlashtirish, soliq imtiyozlarini maqbullashtirish va xalqaro tajribaga moslashtirishning istiqbollari bayon etiladi.

АННОТАЦИЯ:В данной статье рассматривается система администрирования налога на прибыль, уплачиваемого юридическими лицами в Узбекистане. Проанализированы действующие налоговые ставки, порядок подачи отчетности, существующие проблемы и предложения по их решению. Также рассматриваются вопросы справедливости налогообложения, формирования доходов бюджета и налоговой дисциплины. Особое внимание уделено перспективам цифровизации налогового администрирования, оптимизации налоговых льгот и внедрению международного опыта.

ABSTRACT: This article explores the administration of corporate profit tax in Uzbekistan, focusing on the current system, tax rates, reporting procedures, existing challenges, and proposed solutions. The study highlights issues related to revenue generation, tax fairness, and taxpayer compliance. It also outlines prospects for the digitalization of tax administration, optimization of tax incentives, and alignment with international best practices.

background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

103

O‘ZBEKISTONDA YURIDIK SHAXSLAR TOMONIDAN TOMONIDAN

TO‘LANADIGAN FOYDA SOLIQLARI MA’MURCHILIGI

Yusupov Xumoyunmirzo Alisher o‘g‘li

O’zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi tinglovchisi

tel: 91 112-01-22;

Annotatsiya: Mazkur maqolada O‘zbekistonda yuridik shaxslar tomonidan

to‘lanadigan foyda solig‘ining amaldagi ma’murchilik tizimi, soliq stavkalari,

hisobot berish tartibi, mavjud muammolar va ularni hal qilish bo‘yicha takliflar

tahlil qilinadi. Foyda solig‘i orqali byudjet daromadlarining shakllanishi, soliqqa

tortishning adolatliligi va soliq intizomi muammolari yoritilgan. Shuningdek,

maqolada foyda solig‘i ma’murchiligini raqamlashtirish, soliq imtiyozlarini

maqbullashtirish va xalqaro tajribaga moslashtirishning istiqbollari bayon etiladi.

Kalit so‘zlar: foyda solig‘i, soliq ma’murchiligi, yuridik shaxslar, soliq

stavkasi, raqamlashtirish, soliq hisobotlari, soliq siyosati.

АННОТАЦИЯ

данной

статье

рассматривается

система

администрирования налога на прибыль, уплачиваемого юридическими

лицами в Узбекистане. Проанализированы действующие налоговые ставки,

порядок подачи отчетности, существующие проблемы и предложения по их

решению.

Также

рассматриваются

вопросы

справедливости

налогообложения, формирования доходов бюджета и налоговой

дисциплины. Особое внимание уделено перспективам цифровизации

налогового администрирования, оптимизации налоговых льгот и внедрению

международного опыта.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

104

Ключевые слова: налог на прибыль, налоговое администрирование,

юридические лица, налоговая ставка, цифровизация, налоговая отчетность,

налоговая политика.

ABSTRACT: This article explores the administration of corporate profit tax

in Uzbekistan, focusing on the current system, tax rates, reporting procedures,

existing challenges, and proposed solutions. The study highlights issues related to

revenue generation, tax fairness, and taxpayer compliance. It also outlines

prospects for the digitalization of tax administration, optimization of tax incentives,

and alignment with international best practices.

Keywords: profit tax, tax administration, legal entities, tax rate, digitalization,

tax reporting, tax policy.

Kirish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat moliyaviy barqarorligini

ta’minlashda soliqlar, xususan, foyda solig‘i muhim fiskal manba hisoblanadi.

Yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan foyda solig‘i davlat byudjetini to‘ldirish

bilan birga iqtisodiy faoliyatga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasi

tomonidan olib borilayotgan soliq islohotlari, soliq yukini kamaytirish va soliqqa

tortish tizimini soddalashtirish orqali tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga

qaratilgan.

Shu nuqtai nazardan, foyda solig‘ining ma’murchilik tizimini samarali tashkil

etish, ya’ni uning to‘g‘ri hisoblanishi, o‘z vaqtida to‘lanishi va shaffof nazorat

qilinishi mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi. Biroq,

amaldagi ma’muriy mexanizmlarda hali ham muammoli jihatlar – byurokratik

to‘siqlar, soliq hisobotlarining murakkabligi, ayrim imtiyozlarning noto‘g‘ri

qo‘llanilishi mavjud.

Mazkur maqolada O‘zbekistonda yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan

foyda solig‘i bo‘yicha mavjud holat, muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

105

takliflar tahlil qilinadi. Shuningdek, foyda solig‘i ma’murchiligini raqamlashtirish

va xalqaro tajribaga moslashtirish istiqbollari ham ko‘rib chiqiladi.

Adabiyotlar sharhi.

Foyda solig‘i va uning ma’murchiligi masalalari

O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda ko‘plab iqtisodchi olimlar, ekspertlar va

soliq siyosati sohasidagi mutaxassislar tomonidan o‘rganib kelinmoqda. Mazkur

mavzuni yoritishda bir nechta asosiy yo‘nalishdagi adabiyotlar ajralib turadi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (2020 yildan amalda bo‘lgan yangi

tahriri) – foyda solig‘ining hisoblanishi, to‘lanishi va hisobot topshirish tartibi

bo‘yicha asosiy huquqiy manba hisoblanadi. Unda foyda solig‘i obyekti, soliq

stavkalari, imtiyozlar va soliqga oid huquqiy munosabatlar belgilab

berilgan.Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va

Farmonlarida, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarida soliq islohotlariga oid

amaliy yo‘nalishlar, soliqqa tortish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha

ko‘rsatmalar aks etgan.

Iqtisodchi olimlar – M. Ibragimov, Sh. Xudoyberdiyev, R. Qurbanov va

boshqalar o‘zlarining monografiyalari va maqolalarida foyda solig‘ining iqtisodiy

mohiyati, uning fiskal va tartibga soluvchi funksiyalari, soliq yukining biznesga

ta’siri haqida tahliliy fikrlar bildirganlar.Sh. Xudoyberdiyevning "Soliq tizimini

modernizatsiya qilishning iqtisodiy samaradorligi" nomli asarida foyda solig‘ining

samarali ma’muriy boshqaruvi, soliq yukining optimal darajasini belgilash

masalalari muhim o‘rin egallaydi.

Xalqaro moliyaviy institutlar (IMF, OECD, World Bank) tomonidan taqdim

etilgan hisobotlar va tadqiqotlarda foyda solig‘i ma’murchiligining eng yaxshi

tajribalari, raqamlashtirish, soliq bazasini kengaytirish, soliq qochqinligiga qarshi

kurashish masalalari keng yoritilgan.Masalan, OECD tomonidan e’lon qilingan

“Tax Administration 2023” hisobotida raqamli soliq boshqaruv tizimlari va foyda

solig‘i monitoringi bo‘yicha ilg‘or amaliyotlar tavsiya etiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

106

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya

vazirligi tomonidan e’lon qilinadigan statistik ma’lumotlar va soliq bo‘yicha yillik

hisobotlar asosida foyda solig‘ining dinamikasi, tarmoqlar kesimidagi tushumi va

soliq to‘lovchilar soni haqida muhim raqamlar tahlil qilinmoqda.Yuqorida tahlil

qilingan adabiyotlar asosida ko‘rinadiki, foyda solig‘i bo‘yicha ilmiy-nazariy

asoslar yetarli darajada ishlab chiqilgan. Biroq, aynan yuridik shaxslar tomonidan

foyda solig‘ining ma’murchilik mexanizmini chuqur tahlil qilish, muammolarni

aniqlash va xalqaro tajribalarga asoslangan takliflar ishlab chiqish dolzarb masala

bo‘lib qolmoqda.

Tadqiqot metadologiyasi.

Mazkur mavzuni yoritishda tahlil,induksiya,deduksiya,tizimli va kompleksli

yondashuv usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasida yuridik shaxslar tomonidan

to‘lanadigan foyda solig‘i ma’murchiligini o‘rganishda bir nechta ilmiy usullar –

tahlil, induksiya, deduksiya, tizimli yondashuv va kompleks yondashuvdan

foydalanildi. Har bir usul tadqiqot natijalarini aniq, mantiqan asosli va muvozanatli

shakllantirishga xizmat qildi.

Foyda solig‘i ma’murchiligini o‘rganishda eng avvalo normativ-huquqiy

asoslar, byudjetga tushumlar, soliq hisobotlari, yuridik shaxslarning moliyaviy

ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Natijada quyidagilar aniqlangan.

Foyda solig‘i umumiy davlat byudjeti tushumlarining o‘rtacha 15–17% ini

tashkil qilmoqda;So‘nggi yillarda soliq stavkasining pasaytirilishi (24% dan 15%

ga) byudjet daromadlarining kamayishiga olib kelmadi, aksincha, tushumlar hajmi

oshdi;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

107

Yirik korxonalar foyda solig‘ining asosiy qismini to‘laydi, kichik biznes esa

ko‘proq soddalashtirilgan soliqqa o'tgan.

Quyidagi empirik kuzatuvlarga asoslanib umumiy xulosalar chiqarildi:

Statistik ma’lumotlar asosida shuni ko‘rish mumkinki, foyda solig‘i

tushumining geografik va tarmoq bo‘yicha konsentratsiyasi mavjud – Toshkent

shahri, energetika va moliyaviy xizmatlar sektori asosiy to‘lovchilardir.

Amaliy holatlardan kelib chiqib aytish mumkinki, ayrim korxonalar foydani

yashirish orqali soliq to‘lovini kamaytirishga urinmoqda, bu esa real nazorat va

tahlil mexanizmlarining sustligini ko‘rsatadi.

Soliq hisobotlari ko‘p hollarda inson omiliga bog‘liq bo‘lib, raqamlashtirish

darajasi yetarli emas.

Nazariy asoslardan kelib chiqib quyidagi xulosalarga keldik.Agar foyda

solig‘i soliq siyosatining tartibga soluvchi vositasi bo‘lsa, u holda soliq yukining

adolatli taqsimlanishi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni oshiradi.Agar yirik va kichik

korxonalar uchun bir xil stavka qo‘llanilsa, bu ularning raqobatdoshligiga ta’sir

qilishi mumkin.Soliq imtiyozlarining haddan tashqari ko‘pligi davlat

daromadlarini cheklaydi va ma’muriy murakkabliklar tug‘diradi.

Foyda solig‘i faqat soliq ma’murchiligi nuqtayi nazaridan emas, balki u bilan

bog‘liq barcha elementlar – qonunchilik, soliq nazorati, raqamli texnologiyalar,

inson resurslari, tadbirkorlik muhiti bilan o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganildi. Shu

asosda quyidagi tizimli muammolar aniqlandi:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

108

1-jadval

Tizim elementi Amaldagi holat

Yechim taklifi

Soliq

qonunchiligi

O‘zgaruvchan,

ba’zan

murakkab tushunarli

Soddalashtirish,

barqarorlikni

ta’minlash

Soliq nazorati Asosan inson omiliga bog‘liq

Raqamlashtirish,

sun’iy

intellektdan foydalanish

Soliq

hisobotlari

Manual tarzda, samarasiz

Elektron

integratsiyalangan

tizimlar

Soliq

imtiyozlari

Ko‘p va murakkab shartli

holatda

Maqsadli,

natijadorlikka

asoslangan imtiyozlar

Tadqiqot davomida foyda solig‘i muammolari iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy

jihatdan birgalikda ko‘rib chiqildi.Iqtisodiy nuqtayi nazardan: foyda solig‘i

stavkalari investitsiya oqimlariga qanday ta’sir qilmoqda?Ijtimoiy nuqtayi

nazardan esa soliq yukining adolatli taqsimlanishi orqali aholi farovonligiga

qanday ta’sir qilinmoqda?

Huquqiy nuqtayi nazardan: mavjud qonunchilik tadbirkorlar uchun qanday

soddalik va kafolatlar yaratmoqda.Foyda solig‘i ma’murchiligi tizimida hali to‘liq

raqamlashtirishga erishilmagan, inson omili kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda.Soliq

stavkalarining barqarorligi foyda solig‘i tushumlariga ijobiy ta’sir qilgan.Soliq

imtiyozlarining samaradorligi yetarlicha tahlil qilinmagan, ularni maqbullashtirish

lozim.Tizimli va kompleks yondashuv foyda solig‘i tizimidagi real kamchiliklarni

ochib berishga imkon berdi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

109

2-jadval

To‘g‘ridan-to‘g‘ri soliqlar

(2023)

Miqdor

(mlrd UZS)

Ulush (%) of

direct taxes

Foyda solig‘i

40 779

56.1 %

Daromad solig‘i

29 518

40.6 %

Aylanmadan olinadig soliq

2 407

3.3 %

Xulosa va takliflar.

Yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan foyda solig‘i

O‘zbekiston byudjet daromadlarining muhim manbalaridan biri hisoblanadi.

So‘nggi yillarda olib borilgan soliq islohotlari, ayniqsa stavkalarning pasaytirilishi,

soddalashtirilgan hisob-kitob va raqamlashtirish jarayonlari foyda solig‘ining

ma’murchilik samaradorligini oshirishga xizmat qildi. Biroq, tahlillar shuni

ko‘rsatadiki, mavjud tizimda bir qator tizimli muammolar saqlanib qolmoqda —

inson omiliga yuqori darajada bog‘liqlik, imtiyozlarning tartibsiz qo‘llanilishi,

ma’lumotlar oqimining yagona tizimda integratsiyalanmaganligi va nazoratning

yetarli darajada avtomatlashtirilmaganligi.

Kompleks yondashuv asosida olib borilgan tahlil foyda solig‘i

ma’murchiligini faqat soliqqa tortish jarayoni sifatida emas, balki kengroq

iqtisodiy,

texnologik

va

huquqiy

kontekstda

baholash

zarurligini

ko‘rsatdi.Takliflar

foyda

solig‘i

ma’murchiligini

takomillashtirishga

yo‘naltirilgan:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

110

Soliq ma’lumotlarini to‘liq raqamlashtirish va integratsiya qilish orqali soliq

to‘lovchilarning moliyaviy hisoboti, bank ma’lumotlari va soliq deklaratsiyalari

yagona raqamli platforma orqali bog‘lanishi zarur.

Foyda solig‘i imtiyozlarini maqbullashtirish orqali faqat ijtimoiy-iqtisodiy

natijadorlik asosida foydali va aniq mezonlar asosida soliq imtiyozlari berilishi

lozim.

Soliq auditi va monitoringida sun’iy intellektni joriy etish orqali yuqori xavf

guruhidagi yuridik shaxslarni avtomatik aniqlovchi intellektual tizimlar orqali

maqsadli nazorat amalga oshirish mumkin.

O‘rta va kichik biznes uchun soddalashtirilgan foyda solig‘i tizimini

rivojlantirish orqali yirik korxonalar va KOB subyektlari uchun soliqqa tortish

mexanizmlarining differensiallashtirilgan yondashuvi amaliyotga joriy etilishi

lozim.

Xalqaro

tajriba

asosida

“davlat–biznes”

o‘rtasidagi

ishonchni

mustahkamlash.Foyda solig‘i bo‘yicha ixtiyoriy deklaratsiya qilish, “tax

compliance” modeli asosida ochiqlikni oshirish choralari ko‘rilsin.Soliq

xodimlarining malakasini oshirish va korrupsiyani kamaytirish vositasida malaka

oshirish dasturlari doimiy ravishda takomillashtirilib, soliq tizimida ochiqlik va

xolislik mezonlari kuchaytirilishi zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

1.

Nаzаrаli о’g’li, M. S. (2023). THE STUDY ОF VАLUE-АDDED TАX:

KNОWLEDGE FRОM THE EU VАT EXPERIENСE АND UZBEKISTAN'S

VАT SYSTEM.

QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

,

9

, 131-135.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-2_ Май-2025

111

2.

Otto, M., & Thornton, J. (2023). OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

QOʻSHILGAN QIYMAT SOLIGʻI VA AYLANMADAN OLINADIGAN SOLIQ

TOʻLOVCHILARINI

BIR-BIRIDAN

FARQLI

JIHATLARINI

BAHOLASH.

QO ‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI

,

9

, 140-143.

3.

Pulatova, M., & Rafieva, M. (2024, October). Soliq va soliq tizimini

optimallashtirish. In

CONFERENCE ON THE ROLE AND IMPORTANCE OF

SCIENCE IN THE MODERN WORLD

(Vol. 1, No. 9, pp. 35-38).

4.

Umidjon o‘g‘li, B. S., Saydulla o‘g‘li, Y. N., & Shodiyarovich, X. A.

(2024). SOLIQ YIG ‘ISHDA RAQAMLASHTIRISHNING ROLI.

Научный

Фокус

,

2

(20), 387-391.

5.

Shodiyarovich, X. A. (2024). SOLIQ IMTIYOZLARI VA UNING

IQTISODIYOTGA TA’SIRI.

Научный Фокус

,

2

(20), 146-149.

6.

Vahobov, A. V., & Jo‘rayev, A. S. (2009). Soliqlar va soliqqa

tortish.

Darslik. T.: Sharq

.