https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
69
TIRIK TIZIMLARDA O‘Z-O‘ZIDAN KO‘PAYISH
Toshmurodov Dostonjon Asatullo o'g'li
Samarqand davlat tibbiyot universiteti
Inson organizmida kechadigan biologik jarayonlar doimiy harakatda bo‘lib,
hayot faoliyatining uzluksizligini ta’minlaydi. Bu jarayonlar orasida moddalar
almashinuvi (metabolizm) alohida o‘rin tutadi. Metabolizm ikki asosiy bosqich —
anabolizm va katabolizm — orqali amalga oshadi. Anabolizm — bu murakkab
birikmalar sintez qilinadigan, ya’ni hujayralar va to‘qimalarning yangilanishi va
o‘sishini ta’minlaydigan jarayon bo‘lsa, katabolizm — aksincha, murakkab
moddalarning oddiy birikmalargacha parchalanib, energiya ajralib chiqadigan
bosqichdir. Ushbu ikki jarayon muvozanatda bo‘lib, tirik organizmning normal
yashashini ta’minlaydi.
Ochiq tizim bo‘lgan organizmlarga o‘z-o‘zidan ko‘payish qobiliyati xosdir,
ya’ni ular o‘zini-o‘zi nusxalash (kopiyalash) xususiyatiga ega. Tirik tizimlardagi
o‘z-o‘zidan ko‘payish qobiliyatini yana reproduksiya deb ataydilar. Ushbu jarayon
tirik materiyaning tashkillashishining barcha darajalarida amalga oshiriladi. Repro-
duksiya hisobiga nafaqat to‘liq organizm, balki hujayralar va hujayra organellalari
(mitoxondriyalar, plastidalar va b.q.) bo‘linishdan so‘ng o‘zining boshlang‘ich
xolatlariga o‘xshash bo‘lib qoladilar.
Birlamchi o‘z-o‘zidan ko‘payish molekular darajada kuzatiladi. Xususan,
DNK kabi informatsion molekula ikkilanishda, birlamchi (ona) molekulani to‘liq
qaytaruvchi ikki qiz molekulalarini xosil qiladi.
Ammo DNKning ikkilanishi uchun ko‘plab fermentlar mavjud bo‘lishi
kerak, fermentlar oqsillar bo‘lganligi uchun, ularning genlari ham mavjud bo‘lishi
kerak. Bulardan tashqari, har doim ham ovqat tarkibida mavjud bo‘lmagan yoki
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
70
ovqat hazm qilish tizimida tez parchalanib ketadigan, ba’zi bir birlamchi
molekulalarning mavjudligi ham talab qilinadi. Bu xolatda ushbu moddalar
hujayraning o‘zida sintezlanishi lozim. Bu esa metabolizm mavjud bo‘lishini
anglatadi. Bularning bari DNK molekulasining o‘z-o‘zidan ko‘payishi – bu o‘z-
o‘zidan ko‘payishning eng birlamchi bosqichi ekanligini anglatadi.
Shu asosda organellalarning o‘z-o‘zidan ko‘payishi, ya’ni o‘z-o‘zidan
ko‘payishning ikkinchi bosqichi ketadiki, u uchinchi bosqich, ya’ni hujayraning
o‘z-o‘zidan ko‘payishiga asos bo‘ladi.
Demak, ko‘p hujayrali organizmlarning alohida hujayralari o‘z-o‘zidan
ko‘payuvchi tizimlar bo‘lib, to‘liq ko‘p hujayrali organizm esa – yanada yuqori
darajadagi
o‘z-o‘zidan
ko‘payuvchi
tizimdir. Populyatsiyalar, turlar,
biogeotsenozlar, biosfera – murakkabligi ortib boruvchi o‘z-o‘zidan ko‘payib
boruvchi tizimlardir.Yer yuzidagi eng sodda tuzilgan o‘z-o‘zidan ko‘payuvchi
organizmlar – bakteriyalardir: ularning genomi o‘rta hisobda 5000 gen saqlasa,
inson genomi 50000 gen saqlaydi.
Shunday qilib, moddalar almashinuvi natijasida ovqat bilan qabul qilingan
moddalar hujayraning o‘z moddalariga va strukturalariga aylanadilar va, bundan
tashqari, organizm tashqi ish bajarish uchun energiya bilan ta’minlanadilar. O‘z-
o‘zidan ko‘payish, ya’ni o‘z nusxalarini yaratish – tirik organizmlarning, notirik
tabiatdagi modda almashinuvidan farqlovchi, fundamental xususiyati hisoblanadi.
Vitaminlar
bosh harflar bilan, ovqat tarkibida vitaminning yetishmasligi
natijasida vujudga keladigan kasallikning nomi yoki kimyoviy belgilar bilan
nomlanadilar. Vitaminlaming zamonaviy tasnifi tugallanmagan: u fizik-kimyoviy
xususiyatlar (xususan eruvchanligi), kimyoviy tabiati va harf bilan belgilanishiga
asoslangan.
Eruvchanligiga qarab yog‘da va suvda eruvchan vitaminlar tafovut etiladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
71
Suvda eruvchan vitaminlar:
1. Vitamin B,, antinevrit, tiamin.
2. Vitamin B2, o‘sish vitamini, riboflavin.
3. Vitamin B6, antidermatit, adermin, piridoksin.
4. Vitamin B12, antianemik,kobalamin.
5. Vitamin PP, antipellagrik, niatsin, nikotinamid.
6. Vitamin Bs, antianemik, folat kislota.
7. Vitamin B3, antidermatit, pantotenat kislota.
8. Vitamin N, antiseborrey, bakteriyalar, achitqi o‘sish omili, biotin.
9. Vitamin C, kapillyarlami mustahkamlovchi, askorbin kislota.
Vitamin B1
Vitamin B
1
(tiamin, antinevrit) 1912 yilda K. Funk tomonidan kristall holatda
ajratilgan birinchi vitamindir. Keyinchalik u kimyoviy y o i bilan sintezlangan.
Vitamin B1 molekulasida aminogruppa bilan oltingugurt saqlagani uchun tiamin
deb nomlangan. Uning molekulasida pirimidin va tiazol xalqalari metilen bog‘i
yordamida bog‘langan. Tiamin yetishmaganda Osiyo va Xindi-Xitoy davlatlarida
keng tarqalgan kasallik -
≪
Beri-beri
≫
rivojlanadi. Avitaminoz B1 belgilari:
oshqozonichak yo‘li motor va sekretor vazifasi buziladi; xotira pasayadi;
gallyutsinatsiya kuzatiladi; yurak-qon tomir faoliyati o‘zgaradi; periferik nerv
sistemasi jarohatlanadi; keyinchalik paralichlar rivojlanadi. Biologik vazifasi:
Vitamin B, TPF holatida piruvat va ketoglutaratdegidrogenaza komplekslari,
transketolaza tarkibiga kiradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
72
Oksiketoglutar kislota degidrogenazasining kofermenti bo‘lib TPF
hisoblanadi. Bu modda fennentlar tarkibiga koferment sifatida kiradi:
piruvatdegidrogenaza va a-ketoglutaratdegidrogenaza ferment komplekslaridir. Bu
komplekslar mitoxondriyalarda piruvat va aketoglutaratni oksidlanishini
ta’minlab, uglevodlar va aminokislotalardan energiya hosil boiishida ishtirok etadi.
Ma’lumki, transkelotaza glyukozani pentozofosfat yo‘li oksidlanishida ko‘p
miqdorda NADF.H va ribozo-5-fosfatni hosil qiladi. NADF.H va ribozo-5-
fosfatlar esa yog‘ kislotalar, steroidlar, moddalarni zararsizlantirish, nuklein
kislotalar, nukleotidlar va. kofermentlar sintezida ishtirok etadilar. Bu jarayonlami
buzilishi modda almashinuvini izdan chiqaradi.Tabiatda tarqalishi va sutkalik
extiyoji: Xamirturish, qora non, guruch, no‘xot, loviya kepagi, jigar, buyrak,
miyada ko‘p saqlanadi. Sutkalik me’yori 1,2 - 2,2 mg
Vitamin B
2.
Vitamin B2 (riboflavin) 1935-yilda R.Kun tomonidan
sintezlangan.Uning eritmalari sariq-qovoq rangga ega. Molekulasi asosida
geterotsiklik birikma - izoalloksazin yotadi, unga 9 holatda besh atomli spirt ribitol
birikkan.
Avitaminoz B2 belgilari: o‘sishdan to‘xtaydi, soch to‘kiladi (alopesiya), til, lab
shilliq qabatlari, og‘iz burchaklari, teri epiteliysida keratit, katarakta, mushakda
umumiy va yurak mushagida kuchsizlik kuzatiladi. Biologik vazifasi: FMN va
FAD holatida flavinli kofermentlar tarkibiga kiradi. Bu moddalar nafas olish
zanjirida elektron va protonlarni tashish, piruvat, suksinat, a-ketoglutarat, a-
glitserofosfat va yog‘ kislotalar oksidlanishida ishtirok etadi. Deyarli barcha
hayvon to‘qimalari va o‘simliklarda saqlanadi. Qora non, boshoqliklar doni,
tuxum, sut, go‘sht, yangi sabzavotlarda ko‘p saqlanadi. Sutkalik me’yori 1,7 mg.
Vitamin PP
(nikotin kislota, nikotinamid, niatsin) 1937-yilda K.Elvegeym
tomonidan jigar ekstraktidan ajratilgan. Nikotin kislota piridin qatoriga kiruvchi
birikma bo‘lib, karboksil guruhni saqlaydi (nikotinamid amid guruhi borligi bilan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
73
farqlanadi). Avitaminoz belgilari: asosiy belgi bo‘lib, pellagra hisoblanadi. Bunda
teri (dermatit), oshqozon-ichak yo‘li (diareya) va markaziy nerv sistemasida
(demensiya) o‘zgarishlar ketadi.
Biologik vazifasi: Vitamin PP oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida
qatnashuvchi ko‘pgina degidrogenazallarning NAD va NADF kofermenti
tarkibiga kiradi. Jumladan, ular proton va elektronlami tashilishida, sintetik
jarayonlarda va fermentlarda allosterik regulyator funksiyalami bajaradi. Tabiatda
tarqalishi va sutkalik ehtiyoji: o‘simlik va hayvon organizmlarida keng tarqalgan
bo‘lib, inson uchun asosiy manbai hisoblanadi: guruch, non, kartoshka, go‘sht,
jigar, buyrak, sabzi va boshqalar.Sutkalik me’yori 18 mg.