https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
65
BAXSHICHILIK SAN’ATINING DUNYO XALQLARI MADANIYATI VA
SAN’ATIDAGI TUTGAN O‘RNI
Shukurjonova Xusnora Farhod qizi
Guliston Davlat Universiteti San’atshunoslik fakulteti, o‘qituvchi
Email:xusnorashukurjonova8@gmail.com
Tel: 99 870-98-24
Annotatsiya: Baxshichilik san’ati Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston,
Tojikiston, Turkmaniston va Qozog‘istonda keng tarqalgan bo‘lib, uning ildizlari
qadimgi turkiy va forsiy madaniyatlarga borib taqaladi. Ushbu maqolada
baxshichilik san’atining dunyo xalqlari madaniyati va san’atidagin o‘rni
yoritilgan.
Абстракт: Искусство бахши широко распространено в Центральной
Азии, особенно в Узбекистане, Таджикистане, Туркменистане и
Казахстане, и его корни уходят в древние тюркские и персидские культуры.
В данной статье описывается роль искусства дарения в культуре и
искусстве народов мира.
Abstract: The art of Bakhshi is widespread in Central Asia, particularly in
Uzbekistan, Tajikistan, Turkmenistan, and Kazakhstan, and its roots go back to
ancient Turkic and Persian cultures. This article examines the role of Bakhshi in
the culture and art of the peoples of the world.
Kalit so‘zlar: Madaniyat, san’at, tarix, baxshi, dostonchilik, qo‘shiq,
qadriyat, oqin, xalq hudud.
Ключевые слова: Культура, искусство, история, бакши, эпос, песня,
значение, поэзия, народный край.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
66
Keywords: Culture, art, history, Bakhshi, epic poetry, song, value, poetry,
people, region.
Baxshichilik san’ati Markaziy Osiyo, xususan, O‘zbekiston, Tojikiston,
Turkmaniston va Qozog‘istonda keng tarqalgan bo‘lib, uning ildizlari qadimgi
turkiy va forsiy madaniyatlarga borib taqaladi. O‘zbek baxshilari asosan
“Alpomish”, “Go‘ro‘g‘li”, “Rustamxon” kabi xalq dostonlarini kuylaganlar. Bu
dostonlar milliy g‘urur va jasoratni madh etuvchi, xalq hayoti, an’analari va
qadriyatlarini aks ettiruvchi asarlardir. Baxshichilik san’ati – o‘zbek xalq og‘zaki
ijodining eng qadimiy va boy janrlaridan biri bo‘lib, dostonchilik san’ati bilan
chambarchas bog‘liq. Bu san’at turli yurtlarda turli nomlar bilan ataladi, lekin
uning mohiyati hamma joyda bir xil: baxshilar qo‘shiq aytib, dostonlar ijro
etadigan, xalqning og‘zaki tarixini, orzu-umidlarini va milliy qadriyatlarini
avloddan-avlodga yetkazib beradigan ijodkorlardir. O‘zbek baxshichiligida turli
maktablar mavjud bo‘lib, ular ijro uslubi, doston repertuari va kuylash texnikasi
jihatdan farqlanadi. Masalan, Surxondaryo baxshichilik maktabi o‘zining
serohangligi va murakkab ohanglari bilan ajralib turadi. Xorazm baxshichiligi esa
asosan Go‘ro‘g‘li dostonlarini ijro etish bilan mashhur. Qashqadaryo va Buxoro
baxshilari ham o‘ziga xos ijro uslubiga ega.
Baxshi
– xalq og‘zaki ijodining yorqin namoyandasi bo‘lib, dostonchilik
san’atining ijrochisi va targ‘ibotchisidir. U xalq dostonlarini kuy va so‘z orqali
yetkazib, tarixiy voqealar, milliy qadriyatlar va insoniy fazilatlarni avloddan-
avlodga uzatadi. Baxshilar nafaqat doston aytuvchilar, balki sozanda, xonanda va
ba’zan shoir sifatida ham faoliyat yuritadilar. "Baxshi" so‘zi qadimgi turkiy va fors
tillaridan kelib chiqqan bo‘lib, "murabbiy", "o‘rgatuvchi" yoki "muqaddas ilmlarni
biluvchi" ma’nolarini anglatadi. Dastlab baxshilar diniy va marosimiy an’analarni
saqlovchilar bo‘lgan, keyinchalik esa ular xalq dostonlarini ijro etadigan ijodkorga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
67
aylangan. Baxshichilik san’ati qadim zamonlardan boshlab, ayniqsa Markaziy
Osiyoning madaniyatida muhim o‘rin egallagan.
Baxshilar o‘z dostonlarini odatda dutor, g‘ijjak yoki doira kabi milliy cholg‘u
asboblari jo‘rligida kuylaydilar. Ularning ijrosi o‘ziga xos ohangda, ma’lum bir
ritmda davom etadi. Baxshining mahorati uning ovoz kuchi, dostonni yoddan
aytish qobiliyati va tomoshabinni hayratda qoldira olishi bilan baholanadi.
“Dostonlar xalqlarning bebaho nomoddiy madaniy merosidir. Ularda
elelatlarning tarixiy qadriyatlari, kundalik mayishiy hayoti, bahodirlik yurishlari,
qahramonlarining yorqin obrazlari o‘z aksini topgan. Xalqimizning o‘zanlari, jirov,
oshiq, oqin, baxshi va xalfalari san‘atning turli janrlarini sinkretik ravishda
qo‗llagan holda bu qadriyatni shinavandalar qalbiga singdirib kelganlar”
Baxshichilik san’ati turli xalqlarning folklori bilan chambarchas bog‘liq.
Masalan, Turkiyada ashiklar, Qirg‘izistonda manaschilar, Ozarbayjonda
mug‘anniylar, Mo‘g‘ulistonda tuulchlar va boshqa ko‘plab mintaqalarda shunga
o‘xshash an’anaviy san’at turlari mavjud. Bularning barchasi xalqning o‘zligini,
madaniyatini va tarixiy xotirasini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Sharq xalqlari
madaniyatida baxshichilik shoirlik va musiqiy ijroning uyg‘unligi asosida
rivojlangan. Xususan, baxshilar xalq orasida hurmatga sazovor bo‘lib, ularning
ijodiy faoliyati madaniy tadbirlar, bayramlar va marosimlarda muhim o‘rin tutadi.
Zamonaviy dunyoda baxshichilik san’ati turli ommaviy axborot vositalari va
madaniy tadbirlar orqali yanada keng tarqalmoqda. Xalqaro festivallar va
an’anaviy san’at tanlovlari orqali baxshichilik san’ati dunyo miqyosida keng
targ‘ib qilinmoqda.
O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda baxshichilik maktablari tashkil etilib,
yosh avlodga bu nodir san’at o‘rgatilmoqda. Baxshichilik san’ati UNESCO
tomonidan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi sifatida e’tirof etilgan bo‘lib,
bu uning xalqaro miqyosdagi qadr-qimmatini yana bir bor tasdiqlaydi. Bu san’at
1
Matyoqubov O. Doston ijrochiligi (Xorazm baxshichiligi) T.,2024
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
68
nafaqat madaniy boylik, balki xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va madaniy
almashinuvning muhim vositasi sifatida ham ahamiyatlidir.
Xulosa
Baxshichilik san’ati xalqlar madaniyatida chuqur ildiz otgan bo‘lib, u
xalqning o‘zligini, tarixini va an’analarini saqlashda muhim rol o‘ynaydi. U turli
xalqlar folklor san’ati bilan uyg‘unlashgan holda rivojlanib, madaniy aloqalarni
mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda bu san’atning
rivojlanishi va kelajak avlodga yetkazilishi madaniy merosni asrab-avaylashning
eng muhim vazifalaridan biridir.
Bugungi kunda baxshichilik san’ati O‘zbekistonda milliy meros sifatida
e’tirof etilib, yosh avlodga yetkazilmoqda. 2018-yilda
UNESCO
tomonidan
“Baxshichilik san’ati”
insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga
kiritildi. Shuningdek, har ikki yilda bir marta Termiz shahrida
Xalqaro
baxshichilik festivali
o‘tkazilib, bu san’atning rivoji va ommalashishiga hissa
qo‘shilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Matyoqubov O. Doston ijrochiligi (Xorazm baxshichiligi) T.,2024
2.
Ayxodjayeva SH. Xalq musiqa ijodiyoti.
3.
Matyoqubov B. Dostonlarning musiqiy xususiyatlarini o‘rganish