https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
59
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING JINOYATGA OID
MUROJAATLARINI KO'RIB CHIQISH FAOLIYATINI
TAKOMILLASHTIRISH VA XORIJ TAJRIBASI
Jumanov Asilbek Kayrat o’g’li,
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi 3-bosqich kursanti.
Gadoymurodov Bekzod Obidjon o`g`li.
IIV Akademiyasi HPF kafedrasi o`qituvchisi.
ANNATASIYA: Mazkur da profilaktika inspektorlarining jinoyatga oid
murojaatlarini koʻrib chikish faoliyatining tushunchasi, axamiyati va oʻziga xos
xususiyatlari, tashkiliy-xuquqiy asoslari xamda ushbu soxada xozirgi kundagi chet
el tajribasini oʻrganib, avzal va qulay tomonlarini amalyotga tadbiq etish va ushbu
soxada uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratillan chora
tadbirlar yuritilgan.
ANNOTATION: Through this article, the concept of the activities of
prevention inspectors in dealing with criminal complaints, the importance and
specifics, organizational and legal framework, as well as the study of current
foreign experience in this field and its advantages and disadvantages in this area.
measures to address the shortcomings are outlined.
АННAТАЦИЯ: В статье рассматриваются основные понятия,
значение и особенности деятельности инспекторов по профилактике при
рассмотрении заявлений о преступлениях, организационно-правовые основы,
а также меры, направленные на организацию и внедрение современного
зарубежного опыта в этой сфере, его преимущества и недостатки,
устранение имеющихся проблем и недостатков в данной сфере.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
60
Kirish va Yangiliklar.
Muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev aytganidek Jinoyatchilikning
oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini yoʻlga qoʻyish, aholining huquqiy
madaniyatini yuksaltirish, fuqarolar ongida ‘Qonun — ustuvor, jinoyatga jazo
muqarrar’ degan hayotiy tamoyilni qaror toptirish boʻyicha jiddiy oʻzgarishlar joriy
etish oliy maqsadimiz deb aytib oʻtganlar. Aynan shu nuqtai nazardan
mamlakatimiz Konstitusiyasida «Har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar bilan
birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza,
taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilishga haqli. Arizalar, takliflar va shikoyatlar
qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqilishi shartligi (35-modda)
hamda «Xar bir shaxsga oʻz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining gʻayriqonuniy
hattixarakatlari ustidan sudga shikoyat qilish kafolatlanganligi» (44-modda)
singari qoidalar belgilab qoʻyilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaat
qilish va ushbu murojaatlarni koʻrib chiqish bilan bogʻliq huquqiy munosabatlari
Oʻzbekiston Respublikasining «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
toʻgʻrisida»gi 2017 yil 11 sentabr qonuni bilan tartibga solinadi. Biroq qonunda
ushbu koʻrib chiqish tartibi ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, fuqarolik-
prosessual, jinoyat prosessual, jinoyat ijroiya, xoʻjalik-prosessual qonun xujjatlari
va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga hamda davlat organlarining,
shuningdek ular tarkibiy boʻlinmalarining oʻzaro yozishmalariga nisbatan tatbiq
etilmasligi koʻrsatib oʻtilgan. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari
quyidagi shakllarda boʻlishi mumkin: ogʻzaki; yozma; elektron shakllarda.
Jismoniy shaxs ogʻzaki murojaat etayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi
hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni,
shuningdek oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi kerak. Yozma shakldagi
murojaatlar esa arizalarda oʻz ifodasini topadi. Ma’lumki, qonunda bir-biriga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
61
oʻxshash boʻlgan «arz», «ariza», «ogʻzaki ariza bayonnomasi» kabi terminlar oʻz
ifodasini topgan. Ushbu holatda «arz» tushunchasi fuqaro murojaatining
mazmunini aks ettirsa, «ariza» esa mazkur murojaat qayd etilgan prosessual
hujjatni ifodalaydi.
Amaliyotda koʻpchilik xolatda yozma shakldagi murojaatlar ariza tarzida
amalga oshiriladi. Biroq har doim ham murojaat ariza shaklida boʻlavermaydi.
Misol uchun, qonunda davlat organlariga ommaviy axborot vositalari
tahririyatlaridan ham murojaatlar kelib tushishi nazarda tutilgan boʻlib, ushbu
murojaatlarni ham belgilangan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqish talab etiladi.
JPKning 322-moddasi 1-qism 2 va 3-bandlarida esa korxonalar, muassasalar,
tashkilotlar, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar yoki ommaviy axborot
vositalari bergan xabarlar jinoyat ishini qoʻzgʻatish uchun sabablardan biri boʻlishi
mumkinligi belgilab qoʻyilgan. Demak, murojaat «xabar» mazmunida ham boʻlishi
mumkin.
Elektron murojaat elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron
hujjatning uni identifikasiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga
ega boʻlgan elektron hujjat shaklida boʻlishi kerak. Elektron murojaatning qonunda
belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi talab etiladi.
Fuqarolarning jinoyatga oid murlojaatlarini qabul qilish hamda koʻrib
chiqishda xorijiy davlatlar davlat organlarininig ishtirok etishi muammolarni
yoritish uchun mazkur faoliyatni amalga oshirishda qoʻllanadigan normativ-
huquqiy xujjatlarni tahlil qilish, shuningdek hozirgi kunda mavjud davlat organlari
faoliyatini oʻrganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Vazirlik va idoralarning
virtual qabulxonalari faoliyati davlat organlari va jamoatchilik oʻrtasida ochiq
muloqotni oʻrnatish, dolzarb muammolarni aniqlash va hal qilishning samarali
mexanizmini yaratishga imkon berdi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
62
Profilaktika inspektorining jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish va
jinoyatga oid murojaatlarni koʻrib chiqish faoliyati boʻyicha xorijiy davlatlar
tajribasi mavzusida yana bir misol qilib Oʻzbekiston Respublikasiga chegaradosh
boʻlgan Qozogʻiston Respublikasida 2007 yil 12 yanvardagi “Jismoniy va yuridik
shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisidagi” gi 221-III 3PK
qonuniga ham toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak. Mazkur qonunning birinchi moddasida
ushbu qonunda qoʻllaniladiga asosiy tushunchalar keltirib oʻtilgan. Ariza ‒
shaxsning oʻz huquq va erkinliklarini yoki boshqalarning huquq va erkinliklarini
amalga oshirishga koʻmaklashish toʻgʻrisidagi iltimosnomasi yoki qonunlar va
boshqa
normativ-huquqiy
hujjatlarning
buzulishi,
murojaatlarni
koʻrib
chiqayotgan subektlarning ishdagi kamchiliklari, mansabdor shaxslar yoki ularning
faoliyatini tanqid qilish tushuniladi.
Shuningdek Turkmaniston Respublikasining 2013 yil 29 maydagi
“Fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonuni Turkmaniston fuqarolari
tomonidan davlat, jamoat va boshqa organlar, korxonalar, tashkilotlar va
mulkchilikning barcha shakllariga murojaat qilish huquqini amalga oshirish
mexanizmini belgilaydi hamda fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish tartibini
belgilaydi.
Qirgʻiziston Respublikasining 2007 yil 4 maydagi “Fuqarolarning
murojaatlarini koʻrib chiqish tartibi toʻgʻrisida”gi 67-sonli qonunida ushbu qonun
har kimning Qirgʻiziston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlangan Davlat
organlari va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlariga murojaat qilish huquqini
amalga oshirish, shuningdek fuqarolarning murojaatlarini davlat organlari,
mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mansabdor shaxslar tomonidan koʻrib
chiqish tartibi bilan bogʻliq munosabatlarni huquqiy tartibga solishga qaratilgan
qonundir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
63
Fransiyada davlat organlarida jismoniq va yuridik shaxslarni qabul qilish va
ularning murojaat qilish huquqi 1791 yil 3 sentyabrdagi Konstitusiyasi bilan
belgilangan boʻlib, u tabiy va fuqarolik huquqi sifatida fuqarolar tomonidan davlat
organlariga murojaat qilish erkinligini berdi. Xozirgi kunda Fransiyaa
Respublikasida murojaatlarning ikki turi mavjud boʻlib, ular davlat idoralari orqali
va ma’muriy Adliya organlari orqali amalga oshiriladigan murojaatlarga boʻlinadi.
Shu bilan birga, fuqarolar ma’muriy xarakat (ma’muriy xujjat) yoki mansabdor
shaxslarning xatosi ortidan oʻzlariga yetkazilgan moddiy zararni undirish uchun
sudga davo qilish huquqiga ega. Fransiya qonunchiligi shikoyat shakliga xech
qanday rasmiy talablar qoʻymaydi. Murojaatlar muhrlangan qogʻozlarda taqdim
etiladi va unda murojaat qilingan xarakatlar va ularning arizachi uchun zararli
oqibatlari koʻrsatilishi lozim. Shikoyat berish vaqtidagi yagona cheklov – shikoyat
qilingan xarakatlar amalga oshirilgan kundan boshlab ikki oyni tashkil etishidir.
Fransiya fuqarolari mamlakat raxbarlariga bevosita oʻzlarini qiynayotgan savollar
boʻyicha murojaat qilishadi. Eng koʻp murojaatlar mamlakat Prezidenti va Bosh
vaziriga yoʻllanadi. Fransiyada soʻnggi yillarda jinoyatlardan jabr koʻrganlarning
huquqlarini ximoya qilish boʻyicha koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.
Masalan, politsiya komissariyatida va sudda jabrlanganlar qabul qilinadi va
tinglanadi. Parij prokuraturasida jabrlanuvchilar uchun maxsus byuro tashkil
etilgan. Byuroning ish vaqti davomida qoʻngʻiroq qilish va u yerga borish orqali
fuqarolar murojaat qilishlari mumkin. Ularning murojaatlari boʻyicha barcha
savollarga byuroning vakillari javob beradilar. Albatta, jabrlanuvchining
huquqlarini ximoya qilish, prokuror ishida juda muxim rol oʻynaydi, tekshiruvlar
natijasiga koʻra jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar baxolanadi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish kerakki bugungi kunda fuqarolarning murojaatlari
bilan ishlashda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan ayrim
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
64
xato va kamchiliklar bartaraf etilib, bu borada tegishlicha oʻzgarishlar amalga
oshirildi. «Jinoyat va hodisalar haqidagi ariza va xabarlarni qabul qilishning
avtomatlashtirilgan tizimi» joriy etilishi fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish
va oʻz vaqtida muaommolarini oʻrganib bartaraf etishda katta yordam bermoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI
1.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – 2023y;
2.
Oʻzbekiston Respublikasining 2014 yil 14 maydagi «Huquqbuzarliklar
profilaktikasi toʻgʻrisida»gi qonuni//. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
toʻplami. – 2014
3.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi “Ichki ishlar
organlarining profilaktika xizmati boʻlinmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish
chora tadbirlari toʻgʻrisida” PQ-2896 sonli Qarori.
4.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining “Ichki ishlar organlarida
jinoyat va hodisalarga oid arizalar, habarlar hamda boshqa ma'lumotlarni qabul
qilish, roʻyxatga olish, koʻrib chiqish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi 180-sonli buyrugʻi
5.
Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlari toʻgʻrisida”gi 2017 11 sentyabr Qonuni. // Oʻzbekiston Respublikasi
qonun hujjatlari toʻplami. – 2017.
6.
Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 12 dekabrdagi «Normativ-huquqiy
hujjatlar toʻgʻrisida»gi oʻzbekiston respublikasi qonuniga oʻzgartish va
qoʻshimchalar kiritish haqida qonuni.
7.
“Voyaga yetmaganlar o`rtasida firibgarlik jinoyatining sabablari va uning
oldini olish”. Analysis of world scientific views International Scientific Jurnal 2(3),
39-44, 2024. B.O.Godoymurodov