https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
18
O'ZBEKISTON TURIZMIDAGI TRANSPORT MUAMMOLARI
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti, Turizm yo’nalishi talabalari,
Jamshid Sultonov Xusan O’g’li
Muhammadjon Saidmuradov Yashin O’g’li
saidmuradovmuhammadjon@gmail.com
Tel: +998975779787 Tel: +998997798909
ORCID: 0009-0007-8441-1374 ORCID: 0009-0003-0887-5194
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini
rivojlantirishda transport tizimining o‘rni va uning mavjud muammolari ilmiy
jihatdan tahlil etilgan. Mamlakatda turizm infratuzilmasini takomillashtirishga
qaratilgan davlat siyosati doirasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar
asosida transport-logistika tizimining hozirgi holati o‘rganilgan. Transport
xizmatlarining sifati, hududlararo muvozanatsizlik, raqamli texnologiyalar
integratsiyasining pastligi kabi omillar turizm rivojlanishiga qanday ta’sir
qilayotgani aniqlangan. Tadqiqotda kontent-tahlil, taqqoslash va muhokama-tahlil
metodlari asosida transport infratuzilmasidagi tizimli muammolar tahlil qilinib,
ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, turizm, transport tizimi, infratuzilma, logistika,
raqamli texnologiyalar, davlat siyosati, ichki turizm, transport xizmatlari,
rivojlanish strategiyasi.
Abstract: This article provides a scientific analysis of the role of the transport
system in the development of the tourism sector in the Republic of Uzbekistan and
the existing challenges in this area. The current state of the transport and logistics
system has been examined based on regulatory and legal documents adopted within
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
19
the framework of state policy aimed at improving tourism infrastructure in the
country. Factors such as the quality of transport services, regional imbalances,
and the low level of integration of digital technologies have been identified as
influencing the development of tourism. Using content analysis, comparative
analysis, and discussion-analysis methods, the study analyzes systemic problems
in the transport infrastructure and proposes scientifically grounded
recommendations for their resolution.
Keywords: Uzbekistan, tourism, transport system, infrastructure, logistics,
digital technologies, state policy, domestic tourism, transport services,
development strategy.
Аннотация: В данной статье представлен научный анализ роли
транспортной системы в развитии туристической отрасли Республики
Узбекистан, а также существующих проблем в этой сфере. Исследовано
текущее состояние транспортно-логистической системы на основе
нормативно-правовых актов, принятых в рамках государственной политики
по совершенствованию туристической инфраструктуры в стране.
Выявлены факторы, влияющие на развитие туризма, такие как качество
транспортных услуг, региональный дисбаланс и низкий уровень интеграции
цифровых
технологий.
На
основе
методов
контент-анализа,
сравнительного анализа и анализа-дискуссии проанализированы системные
проблемы транспортной инфраструктуры и предложены научно
обоснованные рекомендации по их устранению.
Ключевые слова: Узбекистан, туризм, транспортная система,
инфраструктура, логистика, цифровые технологии, государственная
политика, внутренний туризм, транспортные услуги, стратегия развития.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
20
Krish
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu borada muhim
tashabbuslarning amalga oshirilgani, xususan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev rahbarligida qabul qilingan bir qator qaror va farmonlar orqali yaqqol
namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, 2019-yil 5-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasida turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-5611-sonli[6] Farmonda turizm infratuzilmasini rivojlantirish, qulay
investitsiya muhitini shakllantirish va transport-kommunikatsiya tizimini
takomillashtirish borasida aniq vazifalar belgilangan. Bu hujjatda mamlakatimizda
ichki va tashqi turizm oqimini oshirishda logistika va transport xizmatlarining
sifatini yaxshilash muhim omil sifatida qayd etilgan.
Shuningdek,
2022-yil
28-yanvardagi
“2022–2026-yillarda
yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonda ham
turizm sohasida transport tizimi samaradorligini oshirish zarurligiga alohida e’tibor
qaratilgan. Ushbu strategik hujjatda ichki va xalqaro yo‘lovchi tashish xizmatlarini
yanada qulaylashtirish, aeroport va vokzallar infratuzilmasini zamonaviylashtirish,
turistik marshrutlarni rivojlantirish kabi vazifalar ilgari surilgan. Shu bilan birga,
Prezident tomonidan 2023-yil 18-aprelda imzolangan “Turizm xizmatlari sifatini
oshirish va milliy turistik mahsulotni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-117-sonli Qarorda
transport-logistika infratuzilmasidagi muammolar,
jumladan, yetarli darajadagi qulay va xavfsiz transport vositalarining mavjud
emasligi, yo‘llarning holati, transport harakati jadvalining noqulayligi va servis
xizmatlarining yetarli emasligi singari masalalar turizmning rivojlanishiga to‘siq
bo‘layotgani ta’kidlangan.
1
https://lex.uz/uz/docs/-4143188
2
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
21
Mazkur hujjatlar O‘zbekistonda turizmning jadal rivojlanishi uchun
zamonaviy transport tizimini yaratish muhimligini ko‘rsatadi. Biroq, amaliyotda
ushbu sohada hanuz yechimini kutayotgan qator muammolar mavjud.
Respublikamizning ba’zi turistik hududlariga transport vositalarining yetib borishi
qiyinligi, yo‘llarning sifatsizligi, jamoat transporti tizimining rivojlanmaganligi,
aerotashuvlar tariflarining yuqoriligi kabi omillar sayyohlarning mamlakatimizga
bo‘lgan qiziqishini cheklashi mumkin. Shuningdek, temir yo‘l va avtobus
qatnovlarining jadvali ko‘p hollarda turistlar ehtiyojidan kelib chiqmaydi, bu esa
logistika muammolarini yanada chuqurlashtiradi.
Yuqoridagi fikrlar va Prezident tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar shuni
ko‘rsatadiki, O‘zbekiston turizmida transport tizimi bilan bog‘liq muammolarni
aniqlash, ularni ilmiy tahlil qilish va samarali yechimlar ishlab chiqish dolzarb
masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Zero, turizm sohasining barqaror rivojlanishi
zamonaviy, qulay va raqobatbardosh transport tizimi bilan chambarchas bog‘liqdir.
Adabiyotlar taxlili va Metodologiy
So‘nggi yillarda O‘zbekiston turizm sohasini rivojlantirish borasida olib
borilayotgan islohotlar ilmiy doiralarda ham keng muhokama qilinib, turli
tadqiqotlarda transport tizimi bilan bog‘liq muammolar alohida o‘rganilmoqda.
Tadqiqotchi A.X. Xolmirzayev [1]o‘z ishlarida mamlakatda turistik transport
infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmaganini, ayniqsa, mintaqaviy yo‘llar holatining
sayyohlar harakatlanishida jiddiy to‘siq bo‘layotganini ta’kidlaydi. Unga ko‘ra,
ayrim tarixiy shaharlarga olib boruvchi yo‘llarning sifatsizligi turistlar oqimini
kamaytirishga olib kelmoqda.
Iqtisodchi olima N.M. Ergasheva[2] turizmda logistika tizimining samarali
ishlashi turistik xizmatlar raqobatbardoshligini belgilovchi asosiy omillardan biri
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
22
ekanini qayd etgan. Uning tadqiqotlarida transport tarmoqlari o‘rtasidagi
integratsiyaning sustligi, multimodal tashuv tizimining yo‘qligi O‘zbekistonda
ichki turizmning sekin rivojlanishiga sabab bo‘layotgani isbotlab berilgan.
Ayniqsa, u joylarda avtobus va temir yo‘l qatnovlari jadvalining noqulayligi,
ularning zamonaviy texnologiyalar bilan moslashtirilmaganligi turistlar uchun
muhim muammo bo‘lib qolayotganini ko‘rsatgan.
Taniqli turizmshunos olim Sh.Sh. Karimov[3] o‘z tadqiqotlarida turizm
infratuzilmasini yaxshilashda aeroportlar va vokzallarni zamonaviylashtirish
masalasiga alohida urg‘u beradi. Uning fikricha, xalqaro aeroportlar sonining
cheklanganligi va mavjudlarining xizmat sifati jihatidan global talablarga to‘liq
javob bermasligi O‘zbekistonning jahon turizm bozoridagi raqobatbardoshligiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, u ichki aviaqatnovlarning yuqori narxlari
va reyslar kamligi turistlar oqimini chegaralovchi omil sifatida tilga olgan.
Yosh tadqiqotchi D.A. To‘laganov[4] tomonidan olib borilgan tahlillarda esa
turistik transport xizmatlarining hududlar kesimida nomutanosibligi ochib
berilgan. Jumladan, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi markaziy shaharlarda nisbatan
rivojlangan transport tarmog‘iga ega bo‘linsa-da, boshqa qator tarixiy va tabiiy
maskanlarda bunday imkoniyatlar yetishmaydi. Bu esa turizmning barqaror va
hududlararo muvozanatli rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Tadqiqotchi I.A. Sodiqov[5] esa O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarning
transport xizmatlariga integratsiyasi past darajada ekanini ta’kidlab, onlayn xarita,
yo‘l navigatsiyasi, chiptalarni bron qilish tizimlari va boshqa zamonaviy
xizmatlarning yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi xorijiy sayyohlar uchun
noqulaylik tug‘dirayotganini ko‘rsatadi.
Ushbu ilmiy izlanishlar umumlashtirilganda, O‘zbekistonda turizm transport
tizimidagi muammolar ko‘p qirrali ekanligi, ular nafaqat infratuzilma yoki texnik
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
23
holat, balki boshqaruv, rejalashtirish, xizmat sifati va raqamli texnologiyalar bilan
integratsiyadagi kamchiliklar bilan bog‘liqligi ayon bo‘ladi. Bu esa kelgusida
kompleks yondashuv asosida transport tizimini rivojlantirish, zamonaviy logistika
modelini joriy etish va mavjud muammolarni ilmiy asosda hal qilish zarurligini
ko‘rsatadi.
Muxokama va Natija
O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyati jihatidan Markaziy Osiyodagi eng
yirik va istiqbolli davlatlardan biri hisoblanadi. Biroq turizm sohasining izchil
rivojlanishi mamlakatdagi transport tizimi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, aynan shu
yo‘nalishdagi mavjud muammolar turistik oqimning ko‘payishiga sezilarli
darajada to‘sqinlik qilmoqda. Mamlakat hududining katta va geografik jihatdan
murakkab ekanini inobatga olgan holda, turizm uchun qulay, zamonaviy, xavfsiz
va integratsiyalashgan transport tizimini yaratish dolzarb vazifalardan biri
hisoblanadi.
Hozirgi kunda O‘zbekistonning ayrim yirik turistik shaharlari – Samarqand,
Buxoro, Toshkent, Xiva – nisbatan yaxshi transport infratuzilmasiga ega bo‘lsa-da,
bu imkoniyatlar boshqa turistik hududlarga nisbatan chegaralangan. Masalan,
Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Navoiy viloyatlarida joylashgan tarixiy va
tabiiy obidalar bo‘lishiga qaramay, u yerga olib boruvchi yo‘llarning sifatsizligi,
jamoat transporti tizimining yo‘qligi yoki kam rivojlangani sayyohlar harakatini
qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, ayrim chekka hududlarga borish uchun sayyohlar
ko‘p vaqt va mablag‘ sarflashga majbur bo‘lishadi, bu esa turizm xizmatlariga
bo‘lgan talabni pasaytiradi.
Transport xizmatlari sifati va ularning turistik ehtiyojlarga mosligi masalasi
ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Avtobus va temiryo‘l qatnovlarining tartibsizligi,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
24
ularning zamonaviy standartlarga javob bermasligi, transport vositalarining
sanitariya va texnik holati pastligi, xizmat ko‘rsatish madaniyatining sustligi
xorijiy turistlar orasida salbiy taassurot uyg‘otmoqda. Xususan, aeroport va
vokzallarda logistika muvofiqlashtirilmagani, yetarli axborot xizmatlarining
yo‘qligi, xalqaro standartlarga javob beruvchi xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining
yetishmasligi tizim muammolarining bir qismini tashkil etadi.
Ichki aviatashuvlar sohasida ham qator muammolar mavjud. Aviachiptalar
narxining yuqoriligi, reyslar sonining kamligi, alohida turistik mavsumlarda
yuklamaning keskin oshib ketishi – bularning barchasi mamlakat ichida havo
transportidan
samarali
foydalanishni
cheklaydi.
Shuningdek,
mahalliy
aeroportlarning ba’zilari zamonaviylashtirilmagan, bu esa ularning xizmat
ko‘rsatish salohiyatini pasaytiradi. Temiryo‘l transportida esa yo‘lovchilar uchun
qulay sharoitlarning yetishmasligi va onlayn xizmatlar imkoniyatlarining
cheklanganligi
mavjud
muammolar
sirasiga
kiradi.
Alohida e’tiborga molik jihat – bu raqamli texnologiyalar integratsiyasining
pastligi. Raqamli navigatsiya xizmatlari, onlayn xaritalar, turistik transport
ilovalari, avtomatlashtirilgan chipta sotish tizimlari va boshqa zamonaviy
vositalarning yetarlicha rivojlanmaganligi xorijiy va ichki sayyohlar uchun
noqulaylik tug‘diradi. Global tajriba shuni ko‘rsatadiki, transport-logistika tizimiga
raqamli texnologiyalarni keng joriy etish orqali xizmatlar sifati va foydalanuvchi
tajribasi sezilarli darajada oshadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
25
1- rasim. O’zbekiston transport xizmatlari hajmi.
Yuqoridagi holatlar asosida shuni aytish mumkinki, O‘zbekistonda turizmni
jadal rivojlantirish uchun transport tizimidagi mavjud muammolarni hal etish
ustuvor vazifa bo‘lib qolmoqda. Bu borada davlat tomonidan qabul qilinayotgan
qaror va strategiyalar muhim ahamiyat kasb etsa-da, ularning amaliy ijrosini
ta’minlash,
hududlar
kesimida
muvozanatli
rivojlanish,
zamonaviy
infratuzilmalarni barpo etish, xizmatlar sifatini oshirish va raqamli texnologiyalarni
keng joriy etish zarur. Turizm va transport tarmoqlari o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni
hisobga olgan holda, kompleks yondashuv orqali bu sohadagi muammolarni
bartaraf etish mamlakatning xalqaro turizm bozoridagi raqobatbardoshligini
oshirishga xizmat qiladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
26
O‘zbekistonda turizm sohasining izchil rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan
muhim omillardan biri sifatida transport tizimidagi mavjud muammolar e’tirof
etilishi lozim. Mamlakatda mavjud transport infratuzilmasi ba’zi markaziy turistik
shaharlar – Samarqand, Buxoro, Toshkent va Xiva doirasida nisbatan qamrab
olingan bo‘lsa-da, boshqa tarixiy va tabiiy turistik hududlarda jiddiy transport
cheklovlari mavjud. Yo‘llarning sifatsizligi, jamoat transporti tizimining zaifligi,
reyslar sonining kamligi, transport vositalarining texnik va sanitariya holatining
past darajada bo‘lishi xorijiy va ichki turistlar uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda.
Ichki aviatashuvlar sohasida yuqori chiptalar narxi, reyslar sonining
cheklanganligi va aeroportlarning infratuzilmaviy holati mavjud kamchiliklardan
hisoblanadi. Xususan, ichki havo qatnovlarining qulay va iqtisodiy jihatdan maqbul
bo‘lmasligi turistik oqimni hududlararo taqsimlash imkonini cheklab qo‘ymoqda.
Temiryo‘l transporti esa zamonaviy qulayliklarga to‘liq ega emas, onlayn
xizmatlarning yetarli emasligi sayohatni rejalashtirishda qiyinchilik tug‘diradi.
Shuningdek, raqamli texnologiyalar integratsiyasining sustligi, xususan,
transport ilovalari, onlayn chiptalar, navigatsiya va ma’lumot xizmatlarining
yetarlicha rivojlanmagani ham mavjud tizimning zamon talablari darajasiga javob
bermasligidan dalolat beradi. Bu esa transport tizimining turistlar ehtiyojiga
moslashtirilmaganligini ko‘rsatadi.
Yuqoridagi faktlar O‘zbekistonda transport tizimidagi mavjud muammolarni
bartaraf etish turizm sohasining barqaror va raqobatbardosh rivojlanishi uchun
strategik ahamiyat kasb etishini anglatadi. Davlat tomonidan qabul qilinayotgan
qaror va chora-tadbirlar muhim bo‘lishiga qaramay, ularni amaliyotda to‘liq
ro‘yobga chiqarish, hududlararo transport infratuzilmasini muvozanatli
rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish va transport tizimiga raqamli
texnologiyalarni joriy etish orqali turizm sohasining yuksalishiga erishish mumkin.
Shu ma’noda, turizm va transport tarmoqlarini uyg‘un holda rivojlantirish
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
27
O‘zbekistonning xalqaro turizm bozoridagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat
qiladi.
Xulosa
O‘zbekistonda turizm sohasini rivojlantirishda transport tizimining
samaradorligi hal qiluvchi omil sifatida e’tirof etiladi. Mamlakatda mavjud turistik
salohiyat yuqori bo‘lishiga qaramay, transport infratuzilmasining hududlar
bo‘yicha nomutanosib rivojlanishi, jamoat transportining yetarlicha qulay
bo‘lmagani, ichki avia va temiryo‘l qatnovlarining cheklanganligi, xizmat
ko‘rsatish madaniyatining past darajada ekani turistik oqimning kengayishiga
jiddiy to‘sqinlik qilmoqda.
Ayniqsa, transport tizimida raqamli texnologiyalarning sust integratsiyasi
zamonaviy talablarga mos xizmat ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda. Ushbu
muammolarni bartaraf etish, mamlakat bo‘ylab yagona va integratsiyalashgan
transport-logistika tizimini shakllantirish, infratuzilmani zamonaviylashtirish,
xizmatlar sifati va raqamli yechimlarni takomillashtirish orqali turizm sohasida
sezilarli ijobiy o‘zgarishlarga erishish mumkin.
Shu bois, transport va turizm tarmoqlari o‘rtasidagi uzviylikni inobatga olgan
holda, davlat siyosatining kompleks yondashuv asosida amalga oshirilishi
O‘zbekistonning xalqaro turizm bozorida raqobatbardoshligini mustahkamlashga
xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Xolmirzayev A.X. O‘zbekiston Respublikasida turizm transport
infratuzilmasini rivojlantirish istiqbollari // "Iqtisodiyot va innovatsion
texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali. – 2023. – №1. – B. 112–118.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-2_ Май-2025
28
2.
Ergasheva N.M. Turizmda logistika tizimining raqobatbardoshlikni
shakllantirishdagi o‘rni // "Ilm-fan va taraqqiyot" jurnali. – 2022. – №4. – B. 45–
52.
3.
Karimov Sh.Sh. Aeroport va vokzallarni modernizatsiyalash – zamonaviy
turizm infratuzilmasining asosi // "Turizm va madaniy meros" ilmiy-nazariy
jurnali. – 2021. – №2. – B. 17–24.
4.
To‘laganov D.A. O‘zbekistonda hududlar kesimida turistik transport
xizmatlarining rivojlanish xususiyatlari // Yosh olimlar konferensiyasi materiallari.
– Toshkent: TDIU, 2023. – B. 89–93.
5.
Sodiqov
I.A.
Raqamli
texnologiyalarning
transport
xizmatlariga
integratsiyasi: mavjud holat va muammolar // "Axborot texnologiyalari va
innovatsiyalar" jurnali. – 2022. – №3. – B. 101–106.
6.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining
2019-yil
5-yanvardagi
“O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF–5611-son Farmoni.
7.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi
“Ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”
to‘g‘risidagi qarori, №176.
8.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti,
2023. – 128 b.
9.
Turizm va madaniy meros vazirligining rasmiy hisobotlari va statistik
, 2022–2024 yillar.
10.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari. –
, 2024-yil.