Авторы

  • Maxmudova Nozima Yusupovna

Биография автора

  • Maxmudova Nozima Yusupovna

    O‘zMU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88209

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Mualliflik huquqi shartnoma nizolari sud arbitraj mediatsiya intellektual mulk. Ключевые слова: Авторское право договорные споры суд арбитраж медиация интеллектуальная собственность. Keywords: Copyright contract disputes court arbitration mediation intellectual property.

Аннотация

Annotatsiya- Mualliflik huquqi zamonaviy intellektual mulkning muhim elementi bo‘lib, muallifning ijodiy mehnatini himoya qiladi. Mualliflik shartnomalarida yuzaga keladigan nizolar turli sabablarga ko‘ra — moliyaviy kelishmovchiliklar, foydalanish huquqlari buzilishi, shaxsiy huquqlar tahdidi va shartnoma shartlarining buzilishi sababli vujudga keladi. Ushbu maqolada bunday nizolarni hal etishning sud, arbitraj va mediatsiya mexanizmlari ko‘rib chiqiladi, ularning afzallik va kamchiliklari tahlil etiladi.

         Аннотация- Авторское право является важной частью современной интеллектуальной собственности, обеспечивая защиту творческого труда авторов. Споры, возникающие из авторских договоров, могут быть вызваны финансовыми разногласиями, нарушением прав использования, угрозой личным правам и нарушением условий договора. В данной статье рассматриваются механизмы разрешения таких споров через суд, арбитраж и медиацию, анализируются их преимущества и недостатки.

         Annotation- Copyright is a vital part of modern intellectual property, ensuring the protection of authors' creative labor. Disputes arising from copyright contracts can be caused by financial disagreements, violations of usage rights, threats to personal rights, and breaches of contract terms. This article examines the mechanisms for resolving such disputes through court proceedings, arbitration, and mediation, analyzing their advantages and disadvantages.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

121

MAVZU: MUALLIFLIK SHARTNOMALARIDA NIZOLARNI HAL

ETISH VA ULARNING TURLARI

Maxmudova Nozima Yusupovna

O‘zMU talabasi

Annotatsiya- Mualliflik huquqi zamonaviy intellektual mulkning muhim

elementi bo‘lib, muallifning ijodiy mehnatini himoya qiladi. Mualliflik

shartnomalarida yuzaga keladigan nizolar turli sabablarga ko‘ra — moliyaviy

kelishmovchiliklar, foydalanish huquqlari buzilishi, shaxsiy huquqlar tahdidi va

shartnoma shartlarining buzilishi sababli vujudga keladi. Ushbu maqolada bunday

nizolarni hal etishning sud, arbitraj va mediatsiya mexanizmlari ko‘rib chiqiladi,

ularning afzallik va kamchiliklari tahlil etiladi.

Аннотация- Авторское право является важной частью современной

интеллектуальной собственности, обеспечивая защиту творческого труда

авторов. Споры, возникающие из авторских договоров, могут быть вызваны

финансовыми разногласиями, нарушением прав использования, угрозой

личным правам и нарушением условий договора. В данной статье

рассматриваются механизмы разрешения таких споров через суд,

арбитраж и медиацию, анализируются их преимущества и недостатки.

Annotation- Copyright is a vital part of modern intellectual property,

ensuring the protection of authors' creative labor. Disputes arising from copyright

contracts can be caused by financial disagreements, violations of usage rights,

threats to personal rights, and breaches of contract terms. This article examines

the mechanisms for resolving such disputes through court proceedings, arbitration,

and mediation, analyzing their advantages and disadvantages.

Kalit so‘zlar: Mualliflik huquqi, shartnoma nizolari, sud, arbitraj,

mediatsiya, intellektual mulk.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

122

Ключевые слова: Авторское право, договорные споры, суд, арбитраж,

медиация, интеллектуальная собственность.

Keywords: Copyright, contract disputes, court, arbitration, mediation,

intellectual property.

Mualliflik shartnomalari intellektual mulk subyektlari o‘rtasidagi muhim

huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Ular asarni yaratgan muallif va undan

foydalanuvchi o‘rtasidagi huquq va majburiyatlarni belgilab beradi. Shu bilan

birga, amaliyotda bunday shartnomalar asosida ko‘plab nizolar kelib chiqayotgani

ma`lum. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida va “Mualliflik huquqi va

turdosh huquqlar to‘g‘risida” gi qonunda mualliflik huquqlari, ularning shaxsiy va

mulkiy tarkiblari, shartnoma asosida intellektual faoliyat natijasidan foydalanish

qoidalari belgilangan. Bu normalar asosida mualliflik shartnomasiga oid nizolar

quyidagi asosiy turlarga ajratiladi:

1.

Moliyaviy nizolar: Bunday nizolar, odatda, mulkiy huquqlar asosida vujudga

keladi. “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra,

asardan foydalanganlik uchun muallifga haq to‘lanishi lozim. Shu jihatdan

moliyaviy nizolar quyidagicha bo‘ladi:

Muallifga haq to‘lanmasligi yoki kechiktirilgan holda to‘lanishi;

Haq miqdorining noto‘g‘ri hisoblanishi yoki shartnoma shartlariga zid

belgilanishi;

Foydalanish hajmi oshgan holda, qo‘shimcha to‘lov masalasida

kelishmovchiliklar va yana boshqa holatlar .

2. Foydalanish huquqi doirasidagi nizolar O‘zbekiston Respublikasining

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, muallif

asarni qanday shaklda, qayerda va qaysi doirada ishlatilishiga rozilik berish

huquqiga ega. Agar bu rozilikdan chetga chiqilsa, quyidagi turdagi nizolar vujudga

keladi:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

123

Asar boshqa nom ostida yoki muallif ruxsatisiz qayta ishlanib e’lon qilinishi;

Asardan internetda foydalanish, ko‘chirish yoki tijoriy maqsadlarda sotish

holatlari;

Litsenziya huquqlari buzilishi yoki foydalanuvchining vakolatidan ortiqcha

harakatlari.

1.

Shaxsiy nomulkiy huquqlarning buzilishi bilan bog‘liq nizolar: Mualliflik

huquqi doirasida nomulkiy huquqlar mualliflikni tan olish, ismini ko‘rsatish,

asarning butligini saqlash va boshqa holatlarni o‘z ichiga oladi.

“Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunda bu huquqlar

mustahkamlangan.

1

Ularning buzilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

Muallif ismining ko‘rsatilmasligi yoki noto‘g‘ri ko‘rsatilishi;

Asarga muallif ruxsatisiz tuzatishlar kiritilishi yoki uni buzib talqin etish;

Muallif sha’ni va obro‘siga putur yetkazuvchi usullarda asardan foydalanish.

4.

Shartnomani

bekor

qilish

yoki

buzish

bilan

bog‘liq

nizolar

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va mualliflik huquqi to‘g‘risidagi bir

qancha qonunlarda shartnomani bekor qilish, bir tomonlama rad etish yoki

buzishning huquqiy oqibatlari belgilab qo‘yilgan. Bunday nizolar odatda

quyidagicha bo‘ladi:

Shartnoma shartlari bajarilmagani sababli uning bekor qilinishi;

Taraflardan birining asarni to‘liq yaratmasligi yoki topshirmasligi;

Taraflarning bir-biridan tovon, jarima yoki boshqa kompensatsiyalar talab

qilishi.

Bunday nizolar, ko‘p hollarda, kelisha olishmaydi va ularni hal etish uchun

tomonlar sud yoki arbitraj tartibiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Aynan shu

bosqichda huquqni muhofaza qilishning protsessual vositalari sud ishi qo‘zg‘atish,

da’vo berish, dalillarni taqdim qilish va boshqa holatlar muhim.

1

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonun


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

124

Sud orqali hal etish tartibi

Mualliflik huquqlari buzilgan taqdirda, tomonlar sudga murojaat qilish

orqali o‘z huquqlarini tiklashi mumkin. Bu O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi hamda Fuqarolik protsessual kodeksi, “Mualliflik huquqi va

turdosh huquqlar to‘g‘risida”giqonun nazarda tutilgan. Sudga murojaat qilish

asoslari quyidagilardan iborat:

Mualliflik shartnomasining buzilishi;

Muallifning nomulkiy huquqlarining buzilishi -ismi ko‘rsatilmasligi, asar

o‘zgartirilishi;

Asardan noqonuniy foydalanish;

To‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarning bajarmasligi.

Sud mualliflik huquqi egasining da’vosini ko‘rib chiqib, quyidagi qarorlarni

chiqarishi mumkin ko‘p hollarda: shartnomani haqiqiy emas deb topish, huquq

buzilishini to‘xtatish, tovon puli yoki zarar uchun kompensatsiya tayinlash,

asarning noqonuniy nusxalarini yo‘q qilish yoki boshqa qaror chiqarishi mumkin.

Chunki har bir holat o‘ziga xos va turli xil bo‘lishi mumkin.

Arbitraj orqali hal etish- O‘zbekiston Respublikasi “Xalqaro tijorat arbitraji

to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, taraflar o‘zaro kelishuvga binoan nizolarni

arbitraj tartibida ko‘rib chiqishga rozilik bildirishi mumkin. Bu suddan tashqari,

xususiy va tezkor hal etish turidir. Arbitrajning afzalliklari quyidagilardan iborat:

Jarayon yopiq va tezkor bo‘ladi;

Ixtisoslashgan mutaxassislar ishtirok etadi;

Xalqaro miqyosda tan olinadi

Arbitraj qarorlarining bajarilishi O‘zbekiston arbitraj sudlari to‘g‘risidagi

qonuniy asosga va xalqaro normalarga tayangan holda amalga oshiriladi.

2

Mediatsiya va muqobil nizolarni hal etish usullari- 2019-yilda qabul qilingan

“Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun asosida O‘zbekistonda mediatsiya instituti

2

“Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi Qonun:

https://lex.uz


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

125

faoliyat yuritmoqda

3

. Ushbu qonun mediasi ya`ni nizolarni hal etishdagi muhim

vosita sifatida belgilaydi.

Mediatsiyaning afzalliklari: nizo tez va xarajat jihatdan arzonroq hal qilinadi,

tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan holda, ishonchli munosabatlarni saqlab

qolishadi va protsess konfidensial bo‘ladi va sud qaroriga muqobil huquqiy asosga

ega. Garchi mediatsiya davlat majburiyati bilan ta’minlanmasa-da, tomonlar

imzolagan kelishuvga ko‘ra, uning ijrosi qonuniy kuchga ega bo‘lishi mumkin.

Mediatsiyaning qo‘llanilishi ayniqsa, muallifi va foydalanuvchi o‘rtasidagi

kelishmovchiliklar, masalan, to‘lov miqdori, muallif ismini ko‘rsatish kabi

masalalarda qo‘llash to‘g‘ridir.

Xulosa qilib aytganda, mualliflik huquqi va shartnoma asosida yuzaga

kelgan nizolarni hal etishda har bir turi - sud, arbitraj yoki mediatsiya o‘ziga xos

ustunliklarga ega. Mazkur mexanizmlarning to‘g‘ri tanlanishi, nizoning

mohiyatiga va tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarga bog‘liq bo‘lib, ularning

qo‘llanilishi shartnomadagi aniq va huquqiy asoslangan bandlar orqali belgilanishi

lozim. Mualliflik shartnomalari - zamonaviy huquqiy munosabatlarning muhim va

dolzarb elementlaridan biri sifatida ijodkor va foydalanuvchi o‘rtasidagi

munosabatlarni tartibga soladi. Mazkur shartnomalar asosida yuzaga keladigan

nizolar esa nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy va axloqiy oqibatlarga ham olib kelishi

mumkin. Shu bois, ularni qonunchilik asosida samarali hal etish mexanizmlarining

mavjudligi va ularning to‘g‘ri qo‘llanilishi juda ham muhimdir.

O‘zbekiston qonunchiligida mualliflik huquqlarini himoya qilishda uchta

asosiy turi mavjud: sud orqali hal etish, arbitraj tartibi va mediatsiya. Sud nizolarni

hal etishning asosiy va universal vositasi hisoblanadi, biroq arbitrajning tezkorligi

va mediatsiyaning osonligi uni samaraliligida. Ayniqsa, shaxsiy nomulkiy

huquqlarga oid masalalarda mediatsiya, murakkab nizolarda esa arbitraj tartibi

ko‘proq amaliyotga tatbiq etilishi mumkin. Shu bilan birga, mualliflik huquqiga

3

“Mediasiya to‘g‘risida”gi qonun


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

126

oid nizolarning oldini olishning eng samarali yo‘li - bu shartnoma mazmunining

huquqiy jihatdan mukammal va aniq tuzilgan bo‘lishidir. Shartnomada

tomonlarning huquqlari, majburiyatlari, mualliflik huquqining doirasi, foydalanish

muddati, to‘lov miqdori, fors-major holatlari, shuningdek, nizolarni ko‘rib chiqish

tartibi sud, arbitraj yoki mediatsiya batafsil ko‘rsatilishi zarur. Xulosa qilib

aytganda, intellektual mulk huquqlari, xususan, mualliflik huquqining amaliy

himoyasi - zamonaviy huquqiy davlatning ajralmas belgilaridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasida ushbu yo‘nalishda qabul qilingan qonunlar va sud-

amaliyot tajribasi, ushbu huquq sohasining barqaror rivojlanayotganini dalili.

Kelgusida mediatsiya va arbitraj institutlarining kengayishi, shuningdek, sud

organlarining ixtisoslashuvi mualliflik huquqlarining samarali himoyasini

ta'minlashda muhim omil hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Toshov B. Mualliflik huquqining nazariy asoslari va milliy amaliyoti. //

Huquq va davlat, 2022, №4

2.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi. – Toshkent: Adolat, 2022.

3.

O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi

qonun

4.

“Xalqaro tijorat arbitraji to‘g‘risida”gi qonun

5.

“Mediatsiya to‘g‘risida”gi qonun

Maxmudova Nozima Yusupovna

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

Patentshunoslik 4-bosqich talabasi

Mavzu: “Mualliflik shartnomalarida nizolarni hal etish va ularning turlari”

nozimamaxmudova55@gmail.com

+99891 263 52 19