Авторы

  • Mahmudova Muxlisa Oybek qizi

Биография автора

  • Mahmudova Muxlisa Oybek qizi

    Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy universitet talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88210

Ключевые слова:

Kalit so'zlar: intellektual mulk tijoratlashtirish patentlash litsenziyalash ilmiy-texnologik taraqqiyot Yaponiyada intellektual mulkni tijoratlashtirish. Ключевые слова: интеллектуальная собственность коммерциализация патентование лицензирование научно-технологическое развитие коммерциализация интеллектуальной собственности в Японии. Keywords: intellectual property commercialization patenting licensing scientific and technological development commercialization of intellectual property in Japan.

Аннотация

Anotatsiya: Ushbu maqola Yaponiyada intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini o'rganadi. Yaponiyada intellektual mulkni tijoratlashtirish jarayoni samarali va tizimli boʻlib, davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan. Maqola ilmiy ishlanmalarni bozorga chiqarish jarayonlarini, patentlash va litsenziyalash kabi usullarni, hamda yangi texnologiyalarni tijoratlashtirishda yuzaga keladigan muammolarni tahlil qiladi. Shu bilan birga, maqola Yaponiyaning ilmiy va sanoat tizimidagi muvaffaqiyatli amaliyotlarni o‘rganib, O‘zbekiston va boshga davlatlar uchun takliflar beradi.

Аннотация: Эта статья исследует правовые и экономические основы коммерциализации объектов интеллектуальной собственности в Японии. Процесс коммерциализации в Японии является эффективным и системным, основанным на сотрудничестве между государственным и частным секторами. Статья анализирует такие методы коммерциализации, как патентование и лицензирование, а также проблемы, возникающие при коммерциализации новых технологий. В статье также рассматриваются успешные практики Японии в области науки и промышленности и даются рекомендации для других стран, включая Узбекистан.

Abstract: This article explores the legal and economic foundations of the commercialization of intellectual property objects in Japan. The commercialization process in Japan is efficient and systematic, based on cooperation between the public and private sectors. The article analyzes methods of commercialization such as patenting and licensing, as well as the challenges encountered in the commercialization of new technologies. It also examines Japan's successful practices in science and industry and provides recommendations for other countries, including Uzbekistan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

114

YAPONIYADA INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARINI

TIJORATLASHTIRISH JARAYONI

Mahmudova Muxlisa Oybek qizi

Mirzo Ulug’bek nomidagi Milliy universitet talabasi

Email:

Muxl1samaxmudova2200@gmail.com

Anotatsiya: Ushbu maqola Yaponiyada intellektual mulk obyektlarini

tijoratlashtirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini o'rganadi. Yaponiyada

intellektual mulkni tijoratlashtirish jarayoni samarali va tizimli boʻlib, davlat va

xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlikka asoslangan. Maqola ilmiy ishlanmalarni

bozorga chiqarish jarayonlarini, patentlash va litsenziyalash kabi usullarni,

hamda yangi texnologiyalarni tijoratlashtirishda yuzaga keladigan muammolarni

tahlil qiladi. Shu bilan birga, maqola Yaponiyaning ilmiy va sanoat tizimidagi

muvaffaqiyatli amaliyotlarni o‘rganib, O‘zbekiston va boshga davlatlar uchun

takliflar beradi.

Аннотация: Эта статья исследует правовые и экономические основы

коммерциализации объектов интеллектуальной собственности в Японии.

Процесс коммерциализации в Японии является эффективным и системным,

основанным на сотрудничестве между государственным и частным

секторами. Статья анализирует такие методы коммерциализации, как

патентование и лицензирование, а также проблемы, возникающие при

коммерциализации новых технологий. В статье также рассматриваются

успешные практики Японии в области науки и промышленности и даются

рекомендации для других стран, включая Узбекистан.

Abstract: This article explores the legal and economic foundations of the

commercialization

of

intellectual

property

objects

in

Japan.

The

commercialization process in Japan is efficient and systematic, based on


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

115

cooperation between the public and private sectors. The article analyzes methods

of commercialization such as patenting and licensing, as well as the challenges

encountered in the commercialization of new technologies. It also examines

Japan's successful practices in science and industry and provides

recommendations for other countries, including Uzbekistan.

Kalit so'zlar: intellektual mulk, tijoratlashtirish, patentlash, litsenziyalash,

ilmiy-texnologik taraqqiyot, Yaponiyada intellektual mulkni tijoratlashtirish.

Ключевые

слова:

интеллектуальная

собственность,

коммерциализация, патентование, лицензирование, научно-технологическое

развитие, коммерциализация интеллектуальной собственности в Японии.

Keywords: intellectual property, commercialization, patenting, licensing,

scientific and technological development, commercialization of intellectual

property in Japan.

Intellektual mulkni tijoratlashtirish - bu ilmiy va texnologik ishlanmalarni

moliyaviy foyda olishga aylantirish jarayonidir. Yaponiyada ushbu jarayon

o‘zining muvaffaqiyatli tizimi va tajribasi bilan dunyo boʻyicha namuna

hisoblanadi. Yaponiyada intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish, asosan,

huquqiy va iqtisodiy mexanizmlar orqali amalga oshiriladi. Ushbu maqola

Yaponiyaning intellektual mulkni tijoratlashtirish sohasidagi tajribasini o‘rganib,

ushbu tizimni boshqa mamlakatlarga, jumladan O‘zbekiston va boshqa

rivojlanayotgan davlatlarga tatbiq etishning samarali yo‘llarini koʻrsatadi.

Intellektual mulkni tijoratlashtirish - bu ilmiy-texnologik ishlanmalarni yoki

ixtirolarni bozorga olib chiqish va ulardan daromad olish jarayonidir. Bu

jarayonning asosiy shakllari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Litsenziyalash:

Intellektual mulkning huquqlarini boshqa tashkilotlarga

vaqtincha berish;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

116

Patent sotish:

Patent huquqlarini butunlay boshqa shaxsga o‘tkazish;

Franshiza:

Savdo belgisini va tizimni boshqalar uchun sotish;

Startaplar yaratish:

Ilmiy ishlanmalarga asoslanib yangi biznes ochish.

Spin-off kompaniyalar:

Universitetlar yoki ilmiy markazlar qoshida tashkil

etiladigan yangi kompaniyalar.

Yaponiyada intellektual mulkni tijoratlashtirishda bir nechta asosiy

ishtirokchilar mavjud. Ular quyidagilar mavjud:

Japan Patent Office (JPO)

- patentlarni ro‘yxatga olish va huquqiy himoya

qilishni ta’minlovchi davlat organi

1

.

TLO- Technology Licensing Organizations

- universitetlar va tadqiqot

institutlari tomonidan ilmiy ishlanmalarni bozorga chiqarish bilan

shug‘ullanadi

2

.

METI

- Iqtisodiyoti, savdo va sanoat vazirligi innovatsion texnologiyalarni

moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul davlat tashkiloti

3

.

Xususiy sektor

- startaplar va kompaniyalar orqali yangi mahsulotlar ishlab

chiqarish va ulardan foyda olish.

Yaponiyada intellektual mulkni tijoratlashtirish jarayoni bir nechta aniq

bosqichlarga boʻlinadi. Har bir bosqichda ma’lum huquqiy, iqtisodiy va tashkiliy

mexanizmlar ishlaydi. Ularning har biri intellektual mulkni tijoratlash uchun

zaruriy qadamlardir. Intellektual mulkni tijoratlashtirishning dastlabki bosqichi -

uni huquqiy himoya qilish, ya’ni patentlash yoki boshqa intellektual mulk

huquqlarini ro‘yxatga olish. Bu bosqichda ilmiy yoki texnologik ixtiro yoki

ishlanma davlat tomonidan rasmiy ravishda himoyalanadi. Yaponiya patent idorasi

(Japan Patent Office, JPO) bu jarayonni amalga oshiradi.

1

https://www.jpo.go.jp/e/

2

https://www.wipo.int/edocs/pubdocs/en/licensing/903/wipo_pub_903.pdf

3

https://www.meti.go.jp/english/


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

117

Patent olish orqali ixtirochi yoki tashkilot o‘z ishlanmasi ustidan toʻliq

huquqlarga ega boʻladi va uni bozorga chiqarish yoki sotish imkoniyatiga ega

boʻladi. Patentlash jarayoni ilmiy yoki texnologik ishlanmalarning bozorga

chiqarilishini ta’minlashning birinchi sharti hisoblanadi, chunki huquqiy

himoyasiz, ixtirochilar o‘z mahsulotlarini tijoratlashtirishda xavf-xatarlar bilan

duch kelishlari mumkin. Patentlar intellektual mulkning turli shakllarini, masalan,

ixtirolarni, dizaynlarni, va tarmoqlarga xos dasturiy ta’minotlarni o‘z ichiga oladi.

Intellektual mulkni tijoratlashtirish jarayonining ikkinchi bosqichi - bu bozor

tahlili. Bu bosqichda patentlangan yoki boshqa intellektual mulk obyektlari

boʻyicha bozorning ehtiyojlari va talablarini aniqlash amalga oshiriladi. Bozor

tahlili quyidagi asosiy jihatlarni o‘z ichiga oladi: Bozor hajmi: Mahsulot yoki

texnologiya uchun bozorning umumiy oʻlchami va potentsiali. Raqobat tahlili:

Bozordagi raqobatchilar, ularning mahsulotlari va xizmatlarini o‘rganishdi. Ushbu

bosqichda har qanday yangi mahsulot bozorga kirishdan oldin uning

raqobatbardoshligini tekshirish juda muhim. Iqtisodiy qiymat: Intellektual

mulkning iqtisodiy qiymati va uni bozorga olib chiqishdan kutilayotgan daromad.

Yaponiyada bu bosqichda bozor tahlilini o‘tkazish uchun koʻplab professional

xizmatlar va konsalting kompaniyalari mavjud. Ular texnologiyalarning tijorat

potentsialini baholashda yordam berishadi va intellektual mulkni muvaffaqiyatli

tijoratlash uchun zaruriy maslahatlar berishadi.

Intellektual mulkni tijoratlashtirishda eng keng tarqalgan usullardan biri -

litsenziyalash. Litsenziyalashda, patent huquqi yoki boshqa intellektual mulk

huquqlari muallifi yoki kompaniyasi tomonidan boshqa tashkilotlarga yoki

shaxslarga ma’lum muddatga foydalanish huquqini berish orqali tijoratlashtiriladi.

Yaponiyada litsenziyalash jarayoni koʻplab kompaniyalar va ilmiy markazlar

uchun keng targalgan. Ular yangi ixtirolar yoki texnologiyalarni boshqa

kompaniyalarga litsenziya asosida sotish orgali o‘zlarining daromadlarini

oshiradilar.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

118

Bundan tashqari, Yaponiyada spin-off kompaniyalar yaratish ham keng

tarqalgan. Bu kompaniyalar ko‘pincha universitetlar yoki ilmiy markazlar

tomonidan tashkil etiladi va ular yangi texnologiyalarni tijoratlashtirishga

qaratilgan. Spin-off kompaniyalar yangi texnologiyalarni joriy qilish, mahsulot

ishlab chiqarish va bozorga chiqarish bilan shug’ullanadi

4

. Bunday kompaniyalar

ko‘pincha ilmiy ishlanmalarga asoslangan boʻlib, ularning maqsadi texnologiyani

tijoratlash va uning amaliy qo‘llanilishini ta’minlashdir. Intellektual mulkni

tijoratlashtirishning toʻrtinchi bosqichi - bu texnologiyalarni ishlab chiqish va

bozorga chiqarishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash. Yaponiyada davlat va xususiy

sektor o‘rtasidagi hamkorlik bu jarayonning muvaffaqiyatli boʻlishiga yordam

beradi.

Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish va tijoratlashtirish uchun bir nechta

moliyaviy manbalar mavjud: Davlat grantlari: Yaponiyada hukumat innovatsion

texnologiyalarni rivojlantirish uchun grantlar taqdim etadi. Startaplar uchun

venture capital (VC): Startaplar va spin-off kompaniyalar uchun venture capital

fondlari mavjud boʻlib, ular yangi texnologiyalarni tijoratlashtirish uchun zarur

boʻlgan dastlabki kapitalni taqdim etadi. Korporativ investitsiyalar: Katta

kompaniyalar yangi texnologiyalarni olish va ularni tijoratlashtirish uchun turli

investitsiya dasturlarini yaratadilar. Ushbu bosqichda davlat va xususiy sektorning

hamkorligi ayniqsa muhimdir, chunki yangi texnologiyalarni tijoratlashtirishda

katta miqdorda mablag‘ talab qilinadi.

Intellektual mulkni tijoratlashtirishning so‘nggi bosqichi bozor muvaffaqiyatini

monitoring qilish va nazorat qilishdir. Bu bosqichda kompaniyalar va tashkilotlar

tijoratlashtirilgan mahsulot yoki texnologiyaning bozordagi muvaffaqiyatini

baholashadi. Bozor tahlili va iste’molchi fikrini o‘rganish, mahsulotning yutuqlari

va kamchiliklarini aniqlash orqali kelajakdagi ishlab chiqish strategiyalari ishlab

4

https://en.wikipedia.org/wiki/Corporate_spin-off


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-44_ Том-1_ Май-2025

119

chiqiladi. Yaponiyada, texnologiya transfer ofislari va biznes inkubatorlar bu

jarayonda faol ishtirok etadi va yangi mahsulotlar bozoriga muvaffaqiyatli kirish

uchun zarur boʻlgan yondashuvlarni taqdim etadi.

Xulosa

Yaponiyaning intellektual mulkni tijoratlashtirish boʻyicha amaliyoti yuqori

samaradorlikka ega va ilmiy ishlanmalardan foyda olishning samarali usullarini

ko‘rsatadi. Yaponiyadagi tizimda davlat va xususiy sektor o‘rtasidagi hamkorlik

asosiy rol oʻynaydi. O‘zbekiston va boshqa rivojlanayotgan mamlakatlar uchun bu

tajriba juda muhimdir, chunki bu usul innovatsion iqtisodiyotning rivojlanishiga

xizmat qiladi. Ushbu maqola, intellektual mulkni tijoratlashtirishda yangi

imkoniyatlarni ochib beradi va bu jarayonni boshqa mamlakatlarga joriy etish

uchun zarur takliflar beradi.

Takliflar

1.

Ilmiy va texnologik ishlanmalarni tijoratlashtirishni qoʻllab - quvvatlash

uchun maxsus qonun qabul qilish- O‘zbekistonda intellektual mulkni

tijoratlashtirish tizimini yaxshilash uchun maxsus qonun ishlab chiqilishi

lozim.

2.

Xalqaro tajribalardan foydalanish - Yaponiya tajribasiga asoslanib,

universitetlar va ilmiy markazlarga texnologiya transferini qo‘llab-

quvvatlashda yordam berish.

3.

Moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimlarini yaratish - Innovatsion startaplarni

moliyalashtirish uchun davlat va xususiy sektor fondlarini tashkil etish.

4.

Korporativ hamkorlikni kuchaytirish - Xususiy sektor va ilmiy muassasalar

oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish orqali yangi texnologiyalarni joriy

qilish.