https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
109
QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASINI ABADIYLASHTIRISH
MUSTAQILLIK YILLARIDA.
Nizomiy nomidagi TDPU tarix fakulteti 3- bosqich talabasi
Murtazayeva Fotima
Annotatsiya: Ushbu maqolada XIX asr oxiri XX asr boshlarida Turkistonda
vujudga kelgan jadidchilik harakatining qatag’onga uchrashi hamda mustaqillik
yillarida jadidlar xotirasi va jadid adabiyotining qayta tiklanishi haqida
ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: qatag’on siyosati, Islom Karimov, Shavkat Mirziyoyev,
qatag’on qurbonlari muzeyi, oqlash siyosati.
O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilan uning ma’naviy hayotida yangi –
uyg‘onish, o‘zlikni anglash davri boshlandi. Avvalgi ma’muriy buyruqbozlik
tizimi manfaatlariga bo‘ysundirilgan tarixni soxtalashtirish, noto‘g‘ri talqin etishga
barham berildi. Milliy mafkuramizning asosi bo‘lmish milliy tarixni qayta tiklash
imkoniyati tug‘ildi. Tabiiyki, bu jarayon oson kechmadi…1 XIX asr oxiri va XX
asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan jadidchilik madaniy-ma’rifiy, milliy,
ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U mustamlakachilarga qarshi ko’tarilgan milliy-
ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi. Turkiston jadidlariga Mahmudxo’ja
Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla
Avloniy va boshqa o’nlab ziyolilar rahnamolik qildilar. Jadidlar guruhiy, ijtimoiy
va hududiy birlik to’g’risidagi masalalarni ko’tarib, xalqni milliy va diniy birlikka,
jipslashishga, hududiy birlikka chaqirdi, ijtimoiy ongni XX asr darajasiga
ko’tarishga intildilar.2
4-oktabr Turrkiston milliy-ozodlik harakati va faollari ommaviy qatag’on
qilingan kun. 1938-yilning shu kunida Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon,
Abdulla Qodiriy, yana faoliyati aksariyat jamoatchilikka noma’lum qolayotgan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
110
yuzdan oshiq o’zbek ziyolilari o’z vatanining poytaxti Toshkentda kommunistlar
rejimi rahbari Stalin tasdiqlagan hujjatga muvofiq otib tashlangan. Qatl
etilganlarning barchasi milliy uyg’onish harakati faollari, jadidchilar edi.
Turkistonni bosqindan, qoloqlik botqo’g’idan, arosatdan ozod qilishga bel
bog’lagan, buni qurolli qo’zg’alon emas, o’qish, ta’lim sifati bilangina amalga
oshirishga shubha qilmagan ma’rifatparvarlar “xalq dushmani” tamg’asi ostida
otuvga hukm qilindi. Inqirozdagi Turkiston umidlari sifatida siyosiy maydonga
chiqqan bu oydinlarning xiyonatkorona qatl etilgani uzoq yillar millatdan
yashirildi. Mustaqillikka kelib marhum prezident Islom Karimov jadidlar xotirasini
abadiylashtirdi, Toshkentda muzey ochildi, Shahidlar xiyoboni bunyod qilindi.
Ammo bundan qat’i nazar, jadidlar merosiga nisbatan xovotir tuzumni tark etmadi,
ular adabiyoti mamlakatda targ’ib etilmadi, jadidlar g’oyasi qabul qilinmadi.3
Muzey Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 1- maydagi „Qatagʻon
qurbonlarini xotirlash kunini belgilash toʻgʻrisida“gi farmoni va Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Qatagʻon qurbonlarini xotirlash kunini
belgilash toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. 2002-yil 8- noyabr
„Qatagʻon qurbonlari xotirasiga“ muzeyining ahamiyatini inobatga olib,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-maydagi qaroriga muvofiq
muzey ekspozitsiyasi yangilandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat
Miromonovichning Mirziyoyev 2017-yil 31-avgust kuni Qatagʻon qurbonlarini
xotirlash kuni munosabati bilan muzeyga tashrifi chogʻida bildirgan taklif va
mulohazalari Vazirlar Mahkamasi qarorining asosini tashkil etadi. „Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat
muzeyini va oliy taʼlim muassasalari huzurida Qatagʻon qurbonlari xotirasiga
bagʻishlangan viloyat muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi
farmonni qabul qildi. Mazkur qarorga asosan muzey Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi departamenti tasarrufiga oʻtkazildi hamda uning faoliyati
kengaytirildi va takomillashtirildi.4
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
111
Muzeyning asosiy vazifalariga qatagʻonchilik siyosatining paydo boʻlish
sabablari va oqibatlarini tadqiq etish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi
sifatida aks ettirish, mamlakatimiz fuqarolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik
va adolat tantanasi uchun kurashgan fidoyi otabobolarimizning xotirasiga hurmat
ruhida tarbiyalash, qatagʻon qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish
bilan bogʻliq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirish va targʻib etish,
qatagʻon qurbonlari hayoti va faoliyatini oʻrganish, ilmiy-ijodiy merosini toʻplash,
nashrga tayyorlash va chop etish, muzey fondlari va ekspozitsiyalarini
mamlakatimiz hamda xorijdagi turli hujjatlar va boshqalar eksponatlar bilan
muntazam ravishda boyitib borish kiradi. Muzey „Shahidlar xotirasi“ xayriya
jamgʻarmasi bilan hamkorlikda „Qishloq fojiasi“ (R. Shamsutdinov), „Abdulla
Qodiriy“ (S. Mirvaliyev), „Choʻlpon“ (N. Karimov) tadqiqotlari, Munavvarqori
Abdurashidxonov va Botuning „Tanlangan asarlar“ini nashr etgan. Bundan
tashqari, Oʻzbekiston hujjatli va badiiy filmlar kinostudiyasi hamda
"Oʻzbektelefilm" studiyasi bilan hamkorlikda „Barhayot xotira“, „Armonli yillar
koʻzgusi“, „Fidoyi olim“, „Mirtemir“ singari hujjatli filmlar yaratgan. Muzey
binosi mamlakatimizning noyob meʼmoriy inshootlaridan biri hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi va
gʻoyasi asosida loyihalangan va bunyod etilgan (2002-yil, meʼmori A.Turdiyev va
boshqalar). Bino anʼanaviy meʼmorlik uslubi (ayvon, gumbaz, peshayvon, ravoq
va boshqalar)da qurilib, milliy bezaklar bilan ziynatlangan. Muzey binosi murabba
tarhli (20x20 m), balandligi 20 m, gumbazli (balandligi 6,2 m, diametri 5,8 m;
feruza rang gumbazi „Shahidlar xotirasi“ yodgorlik majmuidagi ayvon gumbazi
bilan uygʻun), bino atrofi kengligi 4 m boʻlgan ochiq ayvon bilan oʻralgan, undagi
28 ta ustun va toʻsinlar hamda 4 tarafdagi kirish zinapoyalari binoga oʻziga xos
salobat baxsh etadi. Binoning pastki qismida texnikmuhandislik, maʼmuriyat va
boshqalar qoʻshimcha xonalar joylashgan, ular koʻrgazma zali bilan maxsus yoʻlak
va zinapoyalar orqali uzviy bogʻlanadi. Bino bezagida marmar, haqiq, granit
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
112
toshlar, rangli koshinlardan foydalanilgan, yogʻoch oʻymakorligi (A. Abdullayev,
S. Rahmatullayev, N. Sohibnazarov va boshqalar), ganchkorlik (M. Murodov va
boshqalar), naqqoshlik (A. Karimov va boshqalar), koshinkorlik (M. Mamajonov,
R. Muhammadjonov, M. Shedrin, V. Gan va boshqalar), gumbazning ichki
bezagida murakkab iroqi muqarnas mahorat bilan qoʻllanilgan. Binoni barpo
etishda Toshkent shahri meʼmorlik bosh boshqarmasi hamda „Usto“ ijodiy ishlab
chiqarish uyushmasi ustalari faol ishtirok etgan.
Oliy sud raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimovning ta’kidlashicha,
prezidentning 2020 yil 8 oktabrdagi «Qatag‘on qurbonlarining merosini yanada
chuqur o‘rganish va ular xotirasini abadiylashtirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi
guruhi va qatag‘on qurbonlarining nomlarini tiklash va xotirasini abadiylashtirish
bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlangan. Shunga asosan, qatag‘on qurbonlarining
nomlarini aniqlash borasida izlanishlar ko‘lamini kengaytirish uchun mas’ullarga
vazirlik va idoralarning idoraviy arxivlaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Ta’kidlanishicha, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida aniqlangan,
ayrim sabablarga ko‘ra reabilitatsiya qilinmay qolib ketgan qatag‘on qurbonlari
nomlarini oqlash yuzasidan takliflar kiritish belgilangan. Shu munosabat bilan
qatag‘on qurbonlarining reabilitatsiyasi bo‘yicha masala o‘rganib chiqilgan hamda
Respublika ishchi guruhiga takliflar ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.5 Ma’lum
qilinishicha, Oliy sudga 2022 yilning 12 dekabr kuni 173 nafar shaxsga nisbatan 4
ta jinoyat ishi kelib tushib, ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Mazkur jinoyat ishlarida sud majlisi bayonnomasi yoki sud hujjatlari (hukm
yoki boshqacha qaror) mavjud emasligi, ishlarda faqatgina OGPUning uchlik
majlisi bayonnomasidan ko‘chirma borligi aniqlangan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
113
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Baxtiyor HASANOV, Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori
Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2023-yil 31-avgust, 177-s
2. Q. Usmonov, M. Sodiqov, N.Oblomurodov, O’zbekiston tarixi I qism, Toshkent
2002, 249-254-s
3.
https://blogs.voanews.com/uzbek/vatan-
manzaralari/2020/10/06/ozbekistondajadidlarga-etibor-oshdimi/
4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Qatag%CA%BBon_qurbonlari_xotirasi_muzeyi
5. https://www.gazeta.uz/oz/2022/12/19/justify