Авторы

  • Usmonova Nigoraxon Isroilovna

Биография автора

  • Usmonova Nigoraxon Isroilovna

    Farg’ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi  
    Jamoat salomatligi texnikumi 
    Anatomiya, fiziologiya va patologiya fani o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88234

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: aorta arteriya chap qorincha chap bo’lmacha diafragma

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqolada “Qon aylanish sistemasi va uning ahamiyati” 
haqida aytib o’tilgan va muallif tomonidan tavsiyalar berilgan. 


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

460

“QON AYLANISH SISTEMASI VA UNING AHAMIYATI”

Usmonova Nigoraxon Isroilovna

Farg’ona shahar Abu Ali Ibn Sino nomidagi

Jamoat salomatligi texnikumi

Anatomiya, fiziologiya va patologiya fani o’qituvchisi

Annotatsiya: Ushbu maqolada “Qon aylanish sistemasi va uning ahamiyati”

haqida aytib o’tilgan va muallif tomonidan tavsiyalar berilgan.

Kalit so’zlar: aorta, arteriya, chap qorincha, chap bo’lmacha, diafragma

Qon aylanish sistemasi va uning ahamiyati haqida umumiy tushuncha

Qon aylanish sistemasiga yurak arteriya, kapillyarlar, vena va

limfa tomirlari kiradi. Yurak va tomirlar odam organizmida qonning

to'xtovsiz harakatlanishini ta'minlaydi.

Yurakning avtomatik qisqarib va kengayib turishi natijasida qon katta arteriya

va kapillyarlar (mayda qon tomirlari) orqali tananing hamma to'qima hamda

hujayralariga tarqalib, so'ngra mayda, o'rta va yirik vena qon tomirlari orqali

yurakka qaytib keladi.Yurakning chap qorinchasidan tarkibida oziq moddalar,

kislorod, gormonlarga boy bo'lgan arterial qon aorta tomiriga quyiladi. Undan

yirik, o'rta, mayda arteriya tomirlari orqali to'qima va hujayralar orasida joylashgan

kapillyarlarga boradi. Qondagi oziq moddalar, kislorod va gormonlar hujayralarga

o'tadi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar

va karbonat angidrid ulardan mayda vena, kapillyar tomirlariga o'tib, so'ngra o'rta,

yirik vena tomirlari orqali yurakning o'ng bo'lmasiga kelib quyiladi. Shunday qilib,

yurak-qon tomir sistemasi tananing hamma to'qima-hujayralariga oziq moddalar va


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

461

kislorod yetkazib beradi. Ularda hosil bo'lgan qoldiq moddalami qabul qilib,

ayirish organlariga yetkazadi. Shuning uchun yurakqon tomir sistemasi tashuvchi

sistema» deb ham yuritiladi.

Yurak-qon tomir sistemasi eng muhim hayotiy vazifani bajaradi. Agar yurak

qisqa vaqt to'xtab qolsa, odamning hayoti ham to'xtaydi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

462

Yurak-qon tomir sistemasi yuqorida aytilganidek, bir necha qismlardan iborat.

Bu sistemaning faoliyatini mukammal o'rganish uchun uning har bir qismining

tuzilishi va funksiyasi bilan tanishish maqsadga muvofiqdir.

Yurakning tuzilishi va joylashishi

. Yurak qon aylanish siste¬masining

markaziy qismi bo'lib, muskullardan tashkil topgan kovak organdir. Har bir odam

yuragining hajmi mushtiga yaqin bo'ladi. Jismoniy mehnat va sport bilan

shug'ullanuvchi kishilar¬da yurakning muskullari yaxshi rivojlanib, uning hajmi

boshqa¬lar yuragining hajmiga nisbatan kattaroq bo'ladi. Yurakning massasi

erkaklarda

220-300g gacha, ayollarda esa 180-220g gacha bo'ladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

463

Yurak ko'krak qafasida to'sh suyagining orqasida, ikkala o'pkaning o'rtasida

joylashgan bo'lib, uning ko'proq qismi ko'krak bo'sWig'ining chap tomonida turadi.

U orqa tomonidan qizilo'n¬gach va aorta qon tomirining pastga tushuvchi qismi

orqali umurtqa pog'onasidan ajralib turadi. Pastki tomonidan esa diafragma orqali

qorin bo'shlig'idan ajralib turadi (3-rasm). Yurak devori uch qavatdan: ichki -

endokard, o'rta - muskul ya'ni miokard va tashqi - perikarddan iborat. Tashqi

pardasi perikard ikki qavat bo'lib, ichki qavati yurak muskuliga yopishib turadi, u

epikard deb ataladi. Tashqi qavati xalta sifatida yurakni o'rab turadi. lkkala qavat

o'rtasidagi bo'shliqda suyuqlik bo'lib, yurakning qisqarish va kengayish

harakatlariga qulaylik tug'diradi.

Yurak to'rt kameradan tashkil topgan: 0'ng va chap bo'lmacha 0'ng va chap

qorincha. Bo'lmachalaming devori yupqaroq, qorinchalar, ayniqsa chap

qorinchaning devori qalin bo'ladi, chunki chap qorincha aorta qon tomiriga yuqori

bosim bilan qon haydab katta qon aylanish doirasi orqali tananing hamma a'zo va

to'qimalariru arteriya qoni bilan ta'minlaydi. Yurakda to'rtta klapan (qopqoq) bo'lib,

chap bo'lmacha bilan chap qorincha o'rtasida ikki tavaqali klapan, o'ng bo'lmacha

bilan o'ng qorincha o'rtasida uch tavaqali klapan, chap qorincha bilan aorta qon

tomiri o'rtasida hamda o'ng qorincha bilan o'pka arteriyasi o'rtasida yarimoysimon

klapanlar joylashgan. Yurak klapanlari shunday tuzilganki, ular orqali qon faqat bir

tomonga harakatlanadi, ya'ni qon bo'l¬machalardan qorinchalarga, ulardan esa

aorta va o'pka artetiyalatiga tomon harakatlanadi.

Yurak yuqorida aytilganidek, qon aylanish sistemasining markaziy organi

bo'lib, u nasos singari qon tomirlardagi qonni to'xtovsiz harakatlantiradi va

tananing hamma organlari, to'qimalari va hujayralarini oziq moddalar va kislorod

bilan ta'minlaydi. Uning kameralari orqali bir minutda katta odamda 5 I qon o'tadi,

lekin bu qonning bir tomchisidan ham yurak o'z ehtiyoji uchun foydalanmaydi.

Yurak muskullari ikkita maxsus tojsimon arteriya orqali qon bilan ta'minlanadi. Bu


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

464

tomirlar aortaning boshlang'ich qismidan ajralib, yurak muskullari orasiga kiradi.

Artetiya tomirlaridagi qon yurak mus¬kullarini oziq moddalar va kislorod bilan

ta'minlab, vena qoniga aylanadi, ikkita yurak venasini hosil qilib yurakning o'ng

bo'lmachasiga quyiladi. Katta yoshli odamda tin ch holatda yurakning tojsimon

arteriyasi orqali bir minutda 200-250 ml qon yurak muskullariga boradi. lismoniy

mashq bajarganda esa bu qonning miqdori 800-1000 ml gacha ortadi. Bir

kecha¬kunduzda tojsimon arteriyalar orqali 500 I qon yurak muskullaridan oqib

o'tadi.

Yurakning ishlashi

. Yurakning asosiy ishi nasos singari vena qon

tomirlaridagi qonni so'rib, arteriya qon tomirlariga o'tkazishdan iborat. Yurakning

bu ishi uning bo'lmacha va qorinchalari devoridagi muskullarning titmik ravishda

qisqarishi va kengayishi orqali amalga oshadi. Bo'lmacha va qorinchalar

muskullarining qisqarishi sisfola, kengayishi diasfola deb ataladi. Yurakning

b~'lmacha va qorinchalarining bir marta qisqarib-bo'shashishi yurakning bir ish

sikli deb ataladi. Katta odam tinch holatida yuragi bir minutda 70-72 marta

qisqaradi va kengayadi, uning har bir qisqarib-kengayishidan bitta puls hosil

bo'ladi. Shunday qilib, yurak bir minutda 70-72 marta ish siklini bajaradi. Uning

har bir ish sikliga 0,8 sek. sarflanadi. lumladan yurakning ikkala bo'lmachasi bir

vaqtda 0,1 sek davomida qisqaradi, bu vaqtda ulardagi qon qorinchalarga o'tadi.

So'ngra bo'lmalar 0,7 sek davomidabo'shashadi. Bu vaqtda qorinchalar 0,3 sek

davomida qisqarib, o'ng qorinchadagi qon o'pka arteriyasiga, chap qorinchadagi

qon aortaga o'tadi. So'ngra qorinchalar bo'shashib, 0,5 sek davomida tenizm

holatida bo'ladi.

Yurakning sistolik va rninutlik hajrni. Yurak qorinchalari har bir qisqarganida

65-70 ml qonni arteriya tomirlariga chiqaradi. Bu yurakning sistolik hajmi deb

ataladi. Tinch turgan holatda katta odamning yuragi bir minutda 70-72 marta

qisqarib-kengayadi. Har bir qisqarganida undan chiqarilgan qon miqdori uning bir


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

465

minutda qisqarib-kengayishi soniga ko'paytirilsa, yurakning mi¬nutlik hajmi kelib

chiqadi. Masalan, bir marta qisqarganda o'rta¬cha 70 ml qon chiqarilsa, uni bir

minutdagi qisqarib-kengayish soniga, ya'ni 70 ga ko'paytirilsa, yurakning minutlik

hajmi kelib chiqadi. U 4,9 I ga teng (70 ml X 70 marta =4,9 I). Bir kecha¬kunduzda

yurak o'rtacha 100 ming marta qisqarib-kengayadi va 10 t qonni arteriya

tomirlariga chiqaradi. Yurak ritmik ravishda uzluksiz ish bajaradi. Uning bir kecha-

kunduzda bajargan ishi massasi 64 kg li yukni 300 m balandlikka ko'tarishga teng.

Odamning o'rtacha umr ko'rishi 70-80 yil deb olinsa, shu davr ichida yurak aorta

tomiriga chiqargan qon miqdori hisoblansa, u 5 km uzunlikdagi kanalni to'ldirib,

unda paroxod yurishi mumkin bo'ladi.

Jismoniy mehnat, sport mashqlari bajarganda yurakning qisqarib-kengayish

soni mashg'ulotning sekin yoki tez bajari¬lishiga ko'ra bir minutda lOO martadan

200 martagacha ko'payishi mumkin. Demak, uning minutlik hajmi ham tinch

holatdagiga nisbatan 1,5-3 marta ortishi mumkin. Jismoniy mehnatda chiniqqan

sportchilarda mashq bajargan vaqtda yurakning sistolik hajmi 65-70 ml o'rniga

100-150 ml gacha ortadi va bir minutda yurakning qisqarib-kengayish soni

150¬200 martaga yetadi, ya'ni ulaicta yurakning minutlik hajmi 15¬30 I gacha

ortishi mumkin. Chang'i sportida 8 soat davomida 100 km masofani o'tgan

sportchining yuragi 35 t qonni arteriya tomirlariga chiqaradi.

Yurak avtornatiyasi. Agar baqa yoki boshqa biror hayvonning yuragini

tanasidan ajratib olib, fiziologik eritmaga solib qo'yilsa, u tanadan va nerv

sistemasidan ajratilganligiga qaramay, ma'lum vaqt davomida qisqarib-kengayib

ishlab turadi. Yurakning o'z¬o'zidan bunday ishlash xususiyati yurak avtomatiyasi

deb ataladi.Odam tanasidagi boshqa organlarning birortasi bunday xususiyatga ega

emas.

Yurak avtomatiyasini uning muskullari orasida joylashgan maxsus nerv-

muskul tuzilmalari (tugunlari) ta'minlaydi. Yurak o'ng bo'lmachasining kovak


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

466

venalari quyiladigan joydagi mus¬kullar orasida Keys-Flyak nerv tugunchasi

bo'lib, undagi qo'zg'alish o'ng va chap bo'lmacha muskullari tolalariga tarqalib,

ularni qo'zg'atadi va qisqartiradi. So'ngra qisqarish bo'lmacha muskullaridan o'ng

bo'lmacha va o'ng qorincha o'rtasidajoylashgan Ashoff- Tovar nerv tuguniga o'tadi,

uning qo'zg'alishi Giss nerv tolasi va Purkine tolachalari orqali o'ng va chap

qorincha mus¬kullariga tarqalib, ularni qisqartiradi.

o'g'ri ichak, siydik xaltasi, ayollarda bachadon hamda son, bol¬dir, oyoq,

tovon va panja terisi, muskullari, suyaklari va shu sohadagi bo'g'imlami arterial qon

bilan ta'minlaydi.

Aortadan chiqadigan yirik arteriya qon tomirlari o'z navbatida o'rtacha, mayda

tomirlarga, ular esa eng mayda kapillyarlarga bo'Iinadi. Bular organlar, to'qimalar

orasiga kiradi. Kapillyarlar odam sochidan 50 marta ingichka bo'ladi, ulami oddiy

ko'z bilan ko'rib bo'lmaydi, ya'ni faqat mikroskopda ko'rish mumkin. Odam

tanasida 100-160 milliardga yagin kapillyar bor. Agar tanadagi hamma kapillyarlar

bir-biriga ulansa, ularning uzunligi 60-80 ming kilometr bo'lib, u bilan yer sharini

ikki marta aylantirib o'rash mumkin.

To'qimalardagi va hujayralardagi moddalar almashinuvi jara¬yoni ana shu

kapillyarlar orqali uzluksiz davom etib turadi, ya'ni kapillyarlardagi arteriya

qonining tarkibidagi oziq moddalar, gormonlar, kislorod hujayralarga o'tadi.

Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan qoldiq moddalar va

karbonat angidrid vena kapillyar qon tomirlariga o'tadi. Bular o'z navbatida bir-

biriga qo'shilib, avval kichik, so'ngra o'rta va yirik vena qon tomirlarini hosil qiladi.

Bosh, bo'yin, ko'krak, qo'l kabi organlaring vena tomirlari qo'shilib, yuqorigi kovak

venani hosil qiladi; oyoq, chanoq, qorin sohasidagi a'zo va to'qimalaming vena qon

tomirlari bir-biriga qo'shilib, pastki kovak venani hosil qiladi. Yuqorigi va pastki

kovak venalar yurakning o'ng bo'lmachasiga quyiladi. Shu bilan katta qon aylanish

doirasi tugaydi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

467

Qonning yurakning chap qorinchasidan chiqib, tananing barcha a 'zolaridagi

arteriyalar, kapillyarlar va venalar bo 'ylab oqib, yurakning 0 'ng bo'lmasiga kelib

quyiladigan yo'Ii katta qon aylanish doirasi deb ataladi.

Shunday qilib, katta qon aylanish doirasi tananing barcha organlari,

to'qimalari va hujayralarini oziq moddalar, gormonlar, kislorod bilan ta'minlab,

moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan keraksiz va zaharli moddalami o'ziga

qabul qilib, ularni organizmdan chiqarib yuborish vazifasini bajaradi.

Kichik qoo aylaoish doirasi. Bu doira yurakning o'ng qorinchasidan

chiqadigan o'pka arteriyasi qon tomiridan boshlanadi. O'pka arteriyasi ko'krak

qafasida ikkiga bo'linib, o'ng va chap o'pkalarga boradi. Ular o'pkalarda kapillyar

qon tomirlariga aylanib, o'pka alveolalari atrofini o'rab oladi. Tashqi muhit havosi

bilan o'pka hamda qon o'rtasidagi gaz almashinuvi jarayoni shu

joyda o'tadi. Natijada vena kapillyarlaridagi qon kislorodga to'yinib, arterial

qonga aylanadi, lekin u 0 'pka venasi deb ataluvchi to'rtta (har bir o'pkadan

ikkitadan) tomir orqali yurakning chap bo'lmasiga quyiladi.

Qonning yurakning 0 'ng qorinchasidan chiqib, arteriyalar kapillyarlar va

venalar bo'ylab oqib (o'pkalar orqali), yurakning chap bo'lmasiga kelib quyiladigan

yo 'Ii kichik qon aylanish doirasi deb ataladi. Shunday qilib, kichik qon aylanish

doirasining vazifasi vena qonini arterial qonga aylantirishdan iborat.

Yurak biotoklari. Boshqa hujayra va to'qimalarda bo'lgani sin¬gari, yurak

muskullarida

ham

biologik

tok

(biotok)

bo'ladi.

Yurak

biotoki

elektrokardiografyordamida maxsus lentaga yozib olinadi va o'rganiladi. Lentaga

yozib olingan biotoklar elektrokardiogramma (EKG) deb ataladi.

Yurakning har bir siklida, ya'ni bir marta qisqarib-kengayganida lentada

elektrokardiogrammaning 5 ta tishi hosil bo'ladi va ular quyidagi harflar bilan

belgilanadi: PQRST. EIektrokardiogrammaning P tishi bo'lmachalar muskulining


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

468

qo'zg'alishidan, qolgan QRST tishlari qorinchalar muskulining qo'zg'alishidan

hosil bo'ladi.

Jismoniy chiniqqan kishilarning elektrokardiogrammasida tishlar yirikroq

bo'ladi va bu yurak muskullarining qisqarish kuchini ko'rsatadi. Aksincha, jismoniy

chiniqmagan kishilarda tishlar mayda bo'ladi. Bundan tashqari, yurak kasalliklarida

ham elektrokardiogramma tishlarining hajmi, shakli va ular orasidagi masofa

kasallikning turiga va yurak muskullarining qaysi qismi zararlanganligiga qarab

turlicha o'zgaradi. Agar bo'lmacha muskullari zararlangan bo'lsa, P tish o'zgaradi,

qorinchalar muskuli zararlangan bo'lsa, QRST tishlar o'zgaradi. Shunga qarab,

kasallikka tashxis qo'yiladi.

Katta va kichik qon aylanish doirasi

Odam tanasida qon juda ko'p yirik va mayda qon tomirlar bo'ylab

harakatIanadi. Bu qon tomirlar ikkita yopiq, ya'ni katta va kichik qon aylanish


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

469

doirasini hosil qiladi. Bu qon aylanish doiralarining ikkalasi ham yurakdan

boshlanadi va yurakda tugaydi.

Katta qon aylaoish doirasi. Bu qon aylanish doirasi yurakning chap

qorinchasidan chiquvchi eng katta arteriya qon tomiri - aortadan boshlanadi. Aorta

oldin yuqoriga yo'naIib, ravoq hosil qiladi, so'ngra umurtqa pog'onasi bo'ylab

pastga - ko'krak va qorin bo'shlig'i tomon yo'naIadi. Uning ravoq qismining o'ng

tomonidan nomsiz arteriya chiqib, ikkiga: o'ng umumiy uyqu arteriyasi va o'ng

o'mrov osti arteriyasiga bo'Iinadi. Aorta ravog'ining o'rta qismidan chap umumiy

uyqu arteriya chiqadi. Aorta ravog'ining chap tomonidan chap o'mrov osti

arteriyasi chiqadi.

O'ng va chap uyqu arteriyalarining har biri tananing bo'yin qismida ikkiga,

ya'ni tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo'linadi. Tashqi uyqu arteriyalari bosh va

yuzning terisini quloq muskul¬larini, tilni, halqum, hiqildoq, so'lak bezlari va

tanani bosh qismidagi barcha to'qima va organlami, ichki uyqu arteriyalari esa bosh

miyani, ko'z soqqasini arterial qon bilan ta'minlaydi. O'ng va chap o'mrov osli

arteriyalarining har biri yelka va qo'ltiq osti arteriyalariga bo'linib, bo'yin, yelka,

bilak va qo'l panjasining terisini, muskullarini, suyaklarini, shu sohadagi

bo'g'imlarni arterial qon bilan ta'minlaydi.

Aortaning ko'krak qismidan qizilo'ngach, qovurg'alararo va bel arteriyalari

chiqib, ular qizilo'ngachni, ko'krak qafasi va qorin devori to'qimalarini arterial qon

bilan ta'minlaydi. Uning qorin qismidan chiqadigan arteriya tomirlari oshqozon,

ichaklami, jigar, taloqni, buyraklar va buyrak usti bezlarini arterial qon bilan

ta'minlaydi. Aortaning qorin qismidan chiqadigan arteriyalar to'g'ri ichak,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

470

Foydalanilgan adabiyotlar:

A.G‘. AHMEDOV ODAM ANATOMIYASI Toshkent 2007

A.Axmedov G.ZIYAMUTDINOVA ODAM ANATOMIYASI

Qo‘shimcha adabiyotlar:

Internet saytlar:

www.Ziyonet,

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)