Авторы

  • Muborak O’rozova

Биография автора

  • Muborak O’rozova

    Termiz davlat universiteti

    O’zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88256

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Dostoyevskiy ”Jinoyat va jazo” romani xarakter psixologik tabiat obraz nazariya nekbin tuyg’ular. Keywords: Dostoevsky novel Ключевые слова: Достоевский роман «Преступление и наказание» характер психологическая натура герой теория оптимистические чувства.

Аннотация

  Annotatsiya:Mazkur maqolada Dostoyevskiyning nafaqat rus, balki jahon adabiyotida o’zining falsafiy teranligi, psixologik yondashuvi va ijtimoiy ahamiyati bilan ajralib turuvchi shoh asari – “Jinoyat va jazo” romani chuqur o’rganilgan.Shuningdek, unda asarning markaziy g’oyalaridan biri – jazo masalasi, uning sabablari muallif yaratgan obrazlar orqali yuzaga chiqqan ichki ruhiy azoblar vositasida keng va chuqur tahlil qilinadi.

        Abstract: This article deeply studies Dostoevsky's masterpiece, the novel "Crime and Punishment", which is distinguished not only by its philosophical depth, psychological approach and social significance in Russian but also in world literature. It also extensively and deeply analyzes one of the central ideas of the work - the issue of punishment, its causes through the inner mental suffering revealed through the images created by the author.       

   Аннотация: В статье глубоко исследуется шедевр Достоевского — философской глубиной, психологизмом и социальной значимостью в русской, но и в мировой литературе. Также широко и глубоко анализируется одна из центральных идей произведения — проблема наказания, его причины через внутренние душевные страдания, раскрываемые через образы, созданные автором.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

309

a

“JINOYAT VA JAZO” ROMANIDAGI JAZO SABABLARI TAHLILI

Muborak O’rozova

Termiz davlat universiteti

O’zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi

Muborakorozova@gmail.com

Annotatsiya:Mazkur maqolada Dostoyevskiyning nafaqat rus, balki jahon

adabiyotida o’zining falsafiy teranligi, psixologik yondashuvi va ijtimoiy ahamiyati

bilan ajralib turuvchi shoh asari – “Jinoyat va jazo” romani chuqur

o’rganilgan.Shuningdek, unda asarning markaziy g’oyalaridan biri – jazo

masalasi, uning sabablari muallif yaratgan obrazlar orqali yuzaga chiqqan ichki

ruhiy azoblar vositasida keng va chuqur tahlil qilinadi.

Kalit so’zlar: Dostoyevskiy, ”Jinoyat va jazo” romani, xarakter,

psixologik tabiat, obraz, nazariya, nekbin tuyg’ular.

Abstract: This article deeply studies Dostoevsky's masterpiece, the novel

"Crime and Punishment", which is distinguished not only by its philosophical

depth, psychological approach and social significance in Russian but also in world

literature. It also extensively and deeply analyzes one of the central ideas of the

work - the issue of punishment, its causes through the inner mental suffering

revealed through the images created by the author.

Keywords: Dostoevsky, novel "Crime and Punishment", charracter,

psychological nature, hero, theory, optimistic feelings.

Аннотация: В статье глубоко исследуется шедевр Достоевского

— философской глубиной, психологизмом и социальной значимостью в

русской, но и в мировой литературе. Также широко и глубоко анализируется


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

310

одна из центральных идей произведения — проблема наказания, его причины

через внутренние душевные страдания, раскрываемые через образы,

созданные автором.

Ключевые

слова: Достоевский, роман «Преступление и

наказание»,

характер,

психологическая

натура,

герой,

теория,

оптимистические чувства.

Chuqur

psixologik

tasvirlar

muallifi

hisoblanmish

Fyodor

Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asari – dunyo adabiyoti doirasida dolzarbligi

jihatidan yuqori turuvchi hamda insonning axloqiy va falsafiy o’y-kechinmalarini

va ruhiyatining eng murakkab tomonlarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan

mashhur psixologik yirik romonlardan biri. 1866-yilda yuzaga kelgan ushbu asarda

muallif kishi ongida bo’ladigan ruhiy kurashlar va ularning inson hayotiga qay

darajada ta’sir ko’rsatishini yaqqol tasvirlab bergan desak, mubolag’a

bo’lmaydi.Bunda muallif qahramonlar xarakteristikasini to’laqonli ochib

bergan.Xarakter – ma’lum ijtimoiy faoliyat turi.Xarakter,L.I.Timofeev aytganidek,

obrazning yadrosi.Xarakter, birinchi navbatda, konkret hayotiy sharoitda o’z

individual xatt-harakatlari va ruhiy kechinmalari bilan namoyon bo’ladigan

insonning aniq tasviri.

1

Avvalo, asar nomiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, bu nom

insonning gunoh va jazo o’rtasidagi murakkab axloqiy kurashini, ichki

pushaymonlik va ruhiy azoblarini aks ettirib kelganini ko’ramiz. Shuningdek,

jinoyat kim tomonidan va qanday sodir etilgan, unga jazo sifatida nima hukm etildi.

Aynan asarda jazo termini qanday ma’noda qo’llanilgan? Dostoyevskiy ushbu

asarda shu savollarni ko’tarib, bosh qahramon Rodion Raskolnikov obrazi orqali

savollarga javob berishga muyassar bo’ladi.Bu orqali asar kitobxonga voqealarni

kechalari bilan o’ylab, tahlil qilib chiqishga majbur qiladigan bir yetuk asarga

1

To’xta Boboyev.Adabiyotshunoslik asoslari.Toshkent.”O’zbekiston” 2002.52b


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

311

aylanadi. Obraz – to’qima yordami bilan yaratilgan va estetikqiymat kasb etgan

inson hayotining umumlashva ayni chog’da konkret manzarasidir.

2

Rodion Raskolnikov – oltmishlarga borgan sudxo’r kampir Alyona

Ivanovna va uning o’ttiz besh yoshlardagi birovga zarari tegmaydigan o’gay

singlisi Lizaveta Ivanovnaning qotili. Nega u bu insonlarni o’ldirdi, bunga sabab

nima? Kitobni endi mutolaa qilib boshlagan kitobxonlar bunga sabab,albatta, pul

deb javob beradi, chunki o’z nomi bilan Alyona Ivanovna sudxo’r, demak, u ko’p

mol-dunyoga ega shu bilan birga Raskolnikov asarda kambag’al holda tasvirlanadi

va aynan shu sabab o’qishidan ham haydaladi. Shuningdek,asarda keltirilgan ushbu

fikrlar ham aynan qahramonimizni kambag’allikdan chiqarishga turtki bo’lgan

desak, xato bo’lmas: “Kambag’allik ayb emas, bu haq gap.Biroq yo’qchilik bu –

illat,ha. Siz kambag’alchilikda hali o’zingizning tug’ma oliyjanob fazilatlaringizni

saqlab qolgan bo’lasiz, yo’qchilkda esa ularni hech qachon va hech kim saqlab qola

bilmaydi. Yo’qchilikda odamni odamzod to’dalari ichidan tayoq bilan emas,

supurgi bilan haydab chiqaradilar, yana ham sharmandaroq bo’lsin desalar kerak-

da”.

3

Raskolnikovning qiynalishini xohlamagan singlisi va onasi maslahatlashib,

singlisi – Dunyoni idora xizmatchisi va maslahatchisi Petr Petrovich Lujinga

berishga rozi bo’lgani aytiladi Raskolnikovga yuborilgan xatda. Bundan a’yonki,

Lujin boy, Dunyaning oilasi esa kambag’al. Dunya ham onasining, ham akasining

muhtojligini shu bilan bartaraf etish maqsadida o’zini qurbon qiladi. Buni anglagan

Raskolnikov o’ziga shunday savollarni beradi: “Ularni qachon boqmoqchisan? 10

yildan keyinmi? 10 yildan keyin onang ro’mol to’qiyverib, ko’zdan ayriladi,

singling-chi? Shu 10 yil ichida singling qay ahvolga tushishini o’ylab ko’r,

fahmladingmi?” Miyasida charx urgan bu fikrlar qahramonimizni jinoyatga eltgan

bo’lsa ajab emas.

2

L.I.Timofeev.

Основы теории литературы

.

М.Просвещение

.1971.62-b

3

Dostoyevkiy

. “

Jinoyat va jazo

”.

Toshkent

.”

Ilm-ziyo-zakovat

”.2021.30

-b.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

312

Kitob mutolaasini tugatgan kitobxonlar esa jinoyat sodir etilishiga sabab

pul deb hisoblamaydi. Chunki asar boshdan oxirigacha Raskolnikovning murakkab

psixologik o’y-fikrlari asosida qurilgan. Raskolnikov ruhiyatidagi eng katta qudrat

– uning chinakam inson ekanligida. Uning ruhiyatida katta ojizlik bor edi, ana shu

ojizlik uni cheksiz vijdoniy azobga giriftor etdi. Oxir-oqibatda esa tavba-tazarru ila

poklanmoq yo’lini tanlaydi. Uning nazariyasiga ko‘ra, har bir inson ikki toifadan

biriga tegishli -"oddiy odamlar" va "g‘ayrioddiy odamlar". Raskolnikovning

fikricha, birinchi toifa, ya’ni oddiy odamlar, ijtimoiy tamoyillar bilan uyg‘un

yashaydigan, qonunga bo‘ysunadigan, qoidalarni buzmaydigan va hech narsani

o‘zgartirishni xohlamaydiganlar. Ammo ikkinchi toifadagi odamlar haqiqatan ham

g‘ayrioddiy -ular qonunni buzadilar, tarix yo‘nalishini o‘zgartirishga harakat

qiladilar va hatto boshqa odamlarning hayotini tasarruf etishadi. Agar birinchilar

oddiy odamlar bo‘lsa, unda g‘ayrioddiy odamlar bilan hamma narsa boshqacha,

chunki bunday odam kuchli, jasur va oqim bilan bormaydi, ehtimol yorug‘lik

bunday odamlarga tayanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, Rodion Raskolnikov obrazi,

ayniqsa, u o‘zining qaysi guruhga mansubligini ko‘rishga qaror qilgan va shuning

uchun bu kampirni o‘ldiradigan paytda yorqin namoyon bo‘ladi. Raskolnikov

uchun jinoyat sodir etishga turtki bo’lgan narsa bir talaba bilan yosh zobitning

suhbatini eshitib qolishi bo’ladi. Talaba gapida sudxo’r kampirni o’ldirib, bor-

yo’g’ini olib ketsa ham, bundan zarracha afsuslanmasligini aytadi, chunki

yo’qchilikdan, halokatdan, tanosil kasallaridan qirilib ketayotgan o’nlab oilalarni

uning pullari evaziga xalos qilish mumkin bo’ladi. Bitta jon evaziga –

buzg’unchilik va benavolikdan xalos etilgan minglab jonlar.Uning o’lgani

ma’quldir.Ularning suhbatida tilga olingan bu gaplar Raskolnikovni qattiq

hayajonlantirib yuboradi va jinoyatga undaydi.

Xullas, jinoyat sodir etildi, lekin jazo nima? Raskolnikov sudxo’r

kampirni o’ldirgan bo’lsa-da o’zini hech qachon aybdor sanamaydi, chunki

qahramonimiz kuchli shaxs tomonidan o‘ldirilgan bir kimsa hech kimga foydali


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

313

bo‘lmagan, ammo bu boshqalarga baxtli bo‘lishga yordam beradi deb

o‘ylagan. Biroq Lizaveta oddiy, begunoh ham ezgulik timsolidagi ayol edi.U

tasodifan guvoh sifatida paydo bo’lib,Raskolnikov uni ham o’ldirishga majbur

bo’ladi. Aynan shu voqeadan uning vijdoni qiynala boshlaydi. U bir begunoh

odamning qonini to’kib qo’ydi va bu esa uning nazariyasini chil-parchin qildi. Bu

vaqtda uning ruhiy holati butunlay izdan chiqdi: doim xavotir, qo’rquv,iztirob va

uyat ichida yashaydi.Haroratli holatlar, og’ir nafaslar, chalkash tushlar, yolg’izlik

va ruhiy holsizlik - bularning bari uning ichki ruhiy azobini go’zal tarzda asarda

ko’rsatib o’tilgan.U odamlar davrasidan qochadi, goho o’zini oqlamoqchi bo’ladi,

gohida esa jinoyatini tan olmoqchi bo’ladi.Atrofidagi hech bir inson esa uning

ruhiy olamini tushunmaydi, tushunishni xohlamaydi ham.Buning o’rniga ular

qahramonimizning ustidan hattoki kuladi aqldan ozgan deb. Raskolnikovning bu

vaqtdagi ichidan o’tgan vaziyat shunday tasvirlanadi:”Kishining boshiga bir

baxtsizlik tushganda, hatto unga juda ham yaqin bo’lgan odamlarda ham bundan

allaqanday qoniqish va mamnunlik hissi paydo bo’ladi, hech istisnosiz barcha

odamlarda shunday tuyg’u bo’ladi, kishi chin yurakdan hamdardlik va achinish

bildiradi-yu, lekin o’zida yuragining ichki bir qavatlarida mana shunaqa bir sezgini

his qilib turadi, hatto eng yaqin kishilaringiz hatto bundan mustasno bo’lmaydi”.

4

Qahramonning jinoyat sodir etgandan keyingi ruhiy holati muallifning asosiy

g’oyasini ko’rsatib beradi: har qanday jinoyatning jazosi faqat qonuniy yo’l bilan

hal qilinmaydi ,balki ichki vijdon azob orqali ham u o’zining kuchini ko’rsatib

qo’ya oladi.

Yuqoridagi fikrlardan tayanib chiqaradigan xulosam shuki, “Jinoyat va

jazo” asari inson qanday falsafiy nazariya yoki “yuksak” maqsad bilan jinoyat

qilmasin, u hech qachon vijdon va axloqiy haqiqatdan qochib qutula olmaydi. Har

bir jinoyat bu nafaqat qonunga zid faoliyat, balki inson qalbining ichkarisida

4

Dostoyevkiy.

Jinoyat va jazo

”.

Toshkent

.”

Ilm-ziyo-zakovat

”.2021.

234-b.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

314

boshlanadigan azobli va og’ir jazodir. Raskolnikovning mavhum, tushunarsiz ruhiy

azobi orqali Dostoyevskiy inson poklanishga faqatgina tan olish, tavba qilish va

muhabbat orqali erishishini tasvirlaydi. Asar bizda shunday fikrni uyg’otadi: vijdon

eng adolatli sudyadir, undan hech kim qochib qutula olmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.To’xta

Boboyev.Adabiyotshunoslik

asoslari.Toshkent.”O’zbekiston”

2002.52b

2.L.I.Timofeev.Основы теории литературы.М.Просвещение.1971.62-b

3. Dostoyevkiy. “Jinoyat va jazo”.Toshkent.”Ilm-ziyo-zakovat”.2021.30-b.

4. Dostoyevkiy. “Jinoyat va jazo”.Toshkent.”Ilm-ziyo-zakovat”.2021.234-b.