Авторы

  • Muborak O’rozova
  • Xurriyat Xudoymurodova

Биография автора

  • Xurriyat Xudoymurodova

    Ilmiy rahbar:

    Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88309

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Servantes “Don Kixot” romani xalq og’zaki ijodi ritsarlik uyg’onish davri avantyurizm va idealistik dunyoqarash. Keywords:Cervantes “Don Quixote” novel folklore chivalry renaissance adventurism and idealistic worldview.

Аннотация

      Annotatsiya: Mazkur maqolada voqelikka realist yozuvchi sifatida yondashib, insonparvarlik g’oyalarini tarannum etgan Servantesning zamonaviy g’arb adabiyoti shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatgan “Don Kixot” romanidagi xalq donoligi va amaliy tafakkurining timsoli bo’lmish Sancho Pansa obrazining asardagi tutgan o’rni hamda ahamiyati tahlilga tortilgan.

      Abstract:In this article, the role and significance of Sancho Panza—a symbol of folk wisdom and practical thinking—in Cervantes' novel Don Quixote, which had a great influence on the formation of modern Western literature, are analyzed. The novel reflects Cervantes' realistic approach to reality and his promotion of humanistic ideals.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

303

SANCHO PANSA – XALQ DONOLIGI VA HAQIQIY SODIQLIK

TIMSOLI. (SERVANTESNING “ DON KIXOT” ASARI ASOSIDA)

Muborak O’rozova

Termiz davlat universiteti

O’zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi

Muborakorozova2005@gamil.com

Ilmiy rahbar:Xurriyat Xudoymurodova

Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori

Annotatsiya: Mazkur maqolada voqelikka realist yozuvchi sifatida yondashib,

insonparvarlik g’oyalarini tarannum etgan Servantesning zamonaviy g’arb adabiyoti

shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatgan “Don Kixot” romanidagi xalq donoligi va

amaliy tafakkurining timsoli bo’lmish Sancho Pansa obrazining asardagi tutgan o’rni

hamda ahamiyati tahlilga tortilgan.

Kalit so’zlar: Servantes, “Don Kixot” romani, xalq og’zaki ijodi, ritsarlik,

uyg’onish davri, avantyurizm va idealistik dunyoqarash.

Abstract:In this article, the role and significance of Sancho Panza—a symbol of

folk wisdom and practical thinking—in Cervantes' novel Don Quixote, which had a

great influence on the formation of modern Western literature, are analyzed. The novel

reflects Cervantes' realistic approach to reality and his promotion of humanistic ideals.

Keywords:Cervantes, “Don Quixote” novel, folklore, chivalry, renaissance,

adventurism and idealistic worldview.

Ispaniyaga uyg’onish davri Servantesning “Don Kixot” dohiyona romani bilan

kirib keldi. ”Don Kixot” romanining yaratilishi ispan madaniy hayotida juda katta

voqea bo’ldi. Asarning muqaddimasida Servantes “ritsar romanlarini sidirg’asiga fosh


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

304

etish” va ularning “qulay deb turgan istehkomini ag’darish”ni asosiy g’oyaviy maqsad

qilib oladi.

1

Buning uchun muallif yashashni bilmaydigan, mavjud shart-sharoitni tan

olishni istamaydigan telba qiyofadagi don Kixot obrazidan foydalanadi. Servantes

romanida telba xayolparast bilan birga hushyor va ishchan Sancho Panso ham harakat

qiladi. Ammo ikkalasi bir-birining qiyofasidir, ya’ni Don Kixot ritsarlikka aloqador

bo’lmagan hamma narsalar haqida anchagina aqllilik va donishmandlik

ko’rsatganidek, Sancho ham moddiylikdan tashqaridagi narsalarga nisbatan

hushyorligi va farosatliligi bilan ajralib turadi. Idealistik dunyoqarash egasi

hisoblangan Don Kixot ritsarlik romanlarining xayoliy dovdirashlariga qarshi

turolmaganidek, mehnatkash dehqon Sancho ham osongina boylik orttirish kasaliga ,

ya’ni avantyurizmga duchor bo’ladi. Asarda ikkalasini birlashtirib turgan yagona narsa

ham faqat shudir. Asar voqealaridan bilib boramizki, shon-shuhrat va ritsarlik

jasoratlariga haddan ziyod berilib ketish Don Kixotning ko’zini ko’r, qulog’ini kar qilib

qo’yadi. Biz buni dalaning o’rtasida qaqqayib turgan shamol tegirmonlarini Don Kixot

devlar deb o’ylashi, yo’ldagi rohiblarni qirolichani o’g’irlab ketayotgan yovuz niyatli

sehrgar deb, ularga hujum qilishi, karvonsaroyni sehrlangan qal’aga o’xshatishi,

qo’ylar galasini lashkar deb, ularga nayza sanchishi, yarim tunda murda olib

ketayotganlarni arvohga o’xshatishi, qamoqxonaga olib ketilayotgan jinoyatchilarni

zo’rlanganlar deb hisoblab, ularni qo’yib yuborishi kabi jarayonlarda ko’rishimiz

mumkin. Bularning hammasi ko’z qo’yaman deb, qosh chiqarishga o’xshaydi. Bular

bilan Servantes real hayotdan orqada qolish nimalarga olib kelishini qattiq kinoya bilan

ifodalaydi. Don Kixot aslida o’ta oliyjanob, haqiqat va adolatga jon-dilidan berilgan

ajoyib kishi bo’lsa-da, qahramonliklari o’zi uchun ham, boshqalar uchun ham faqat

ko’ngilsizlik olib keladi.

E’tibor beradigan bo’lsak, Sancho obrazi ham asarda alohida ahamiyat kasb

etgan. Sancho obrazisiz Don Kixot obrazi orqali ifodalanmoqchi bo’lgan g’oya

1

U.Hamdamov , A.Qosimov. Jahon adabiyoti.Toshkent

2017.118b.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

305

o’quvchilarga mukammal holda yetkazilishi mushkil bo’lib qoladi. Sancho har safar

Don Kixotga yo’li noto’g’ri ekanligini uqtirmoqchi bo’ladi, ammo baribir Don Kixot

o’z fikridan qaytmaydi. Natijada har ikkisi nafaqat odamlar oldida kalaka bo’ladi, balki

jismoniy zarar ham ko’radi. Sancho obrazida odamgarchilik yuksak darajada aks

ettirilgan. Negaki u Don Kixot bilan birga qilgan safari g’irt bema’nilik ekanini va oxiri

yaxshilikka olib kelmasligini bilsa-da, lekin uni yolg’iz tashlab ketmaydi. Bunga sabab

Sanchoning sadoqati , u o’z xo’jayiniga nisbatan chuqur sadoqat va do’stlik hissini

saqlaydi. Uni yolg’iz qoldirishni istamay, hamisha yonida bo’ladi garchi xo’jayinining

xatti-harakati unga zarar keltirsa-da. “...Agarda men dono, farosatli odam bo’lganimda

o’z xo’jayinimni allaqachonlar tashlab ketgan bo’lardim. Ammo mening achchiq

qismatim shunda: har qancha urinmayin uni tashlab ketolmayman, biz u bilan bir

qishloqdanmiz, uning tuzini totdim, uni yaxshi ko’raman, xo’jayinim buni biladi, u

menga o’z xo’tiklarini taqdim qildi, eng muhimi men sodiq odamman, shuning uchun

bizni go’rgina ajrata oladi...”

2

Sancho tilidan aytilgan ushbu gaplar fikrimizning

naqadar to’g’ri ekanligini asoslab beradi.Ammo boshqa tomondan yana bir sabab bor.

Bu - Sanchoning pulga, mol-dunyoga o’chligi. Xo’jayinining o’y-fikrlari ahmoqona

ekanligini bilsa-da, xo’jayini va’da bergan orolga erishish tuyg’usi Don Kixotning

mashhur bo’lib ketishishiga ishonishga Sanchoni majbur qiladi. Shu sababli ham

Sancho xo’jayinidan uzoqlasholmaydi.

Shuningdek, Sanchoda asar voqealari davomida yuksak salohiyat , donolik va

hayotiy tajriba borligi ham ko’zga tashlanadi va Sancho o’sha davr xalq

donishmandligining buyuk timsoli sifatida gavdalangan. Asarda u oddiy xalq vakili

bo’lishiga qaramay xalq og’zaki ijodi hisoblanmish maqollardan atroflicha foydalanadi

va hayotiy tajribaga asoslangan fikrlar bildiradi.Aslida maqol nima? “Maqol so’zi arab

tilidan olingan bo’lib, “so’z” degan ma’noni bildiradi. Maqol ota-bobolarimizning

uzoq yillar davomida ko’rgan-kechirganlari asosida yuzaga kelgan xulosadir.Maqol

2

Migel De Servantes. “Don Kixotning sarguzashtlari”. “ Ilm

-

ziyo zakovat”. Toshkent

- 2019. 431b


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

306

ibratli so’zdir. Shunday so’zki, gapga husn beradi, fikrni tushunib olishni

osonlashtiradi, uni yorqin, ta’sirchan qiladi.Shuning uchun ham maqol odamlar nutqida

har doim hamroh bo’ladi. Kimki undan ko’p ishlatsa, o’shaning nutqini shirali deydilar

va diqqat bilan eshitadilar”.

3

Shuning uchun ham har bir gapida bir ma’no, hayotiy

hikmat mujassam bo’lib, bu uning shaxsiyatini yanada boyitadi. Buni asar qahramoni

tilidan aytilgan quyidagi gapdan anglashimiz mumkin: “...Davlatni boshqarishda

menga birgina xudoning o’zi yordam berishi mumkin, chunki mening kallamda

kitoblardagidan ham ko’proq maqol bor. Gap boshladimmi, tamom, hammasi

birdaniga tilimga yopirilib kelaveradi...”

4

Endi fikrimiz isboti sifatida asarda Sancho

tilidan aytilgan maqollar va hikmatli so’zlar ularning qanday vaziyatga nisbatan

qo’llanilganini sharhlaymiz:

1.Gersog saroyida izza bo’lgan Sancho ularga boyligi savol-javob vaqtida hech

qanday yordam berolmasligini hamda kambag’al va boy bu dunyoda bo’lmasa-da, u

dunyoda teng ekanligini ushbu maqollar bilan eslatib o’tmoqchi bo’ladi: “Biz bu

dunyodan safar qilar ekanmiz, shoh ham, gado ham bitta so’qmoqdan o’tishadi; papa

so’fidan qancha aziz bo’lmasin ikkalasi uchun ham ikki gaz yer yetadi, xolos. Uyquga

ketganimizda hammamiz ham: aslzodalar ham, fuqaro ham, boylar ham, kambag’allar

ham tengmiz.”

2.“Chumoliga ham qanot bitar” , -bu ispan xalq maqoli hisoblanib, o’zimizda

“Kunning o’n beshi yorug’, o’n beshi qorong’u” xalq maqoliga to’g’ri keladi.Bu maqol

orqali boy bo’lishda baxti kulmagan Sancho baxt qushini kutishdan umidni uzmaslikka

o’zini da’vat etmoqda.

3.“Insofli to’lovchiga hech qanday garov qo’rqinchli emas”. Bu maqol o’ziga

berilgan orolni qonun- qoidaga amal qilgan holda boshqarishga ahd qilganda gersog

ishonmagan vaqtda Sancho tomonidan aytilgan.

3

S.Ahmedov. B.qosimov va boshqalar. 5-

sinf adabiyoti. “Sharq”.Toshkent. –

2020.9-10b

4

Migel De Servantes. “ Don Kixotning sarguzashtlari”. “Ilm

-

ziyo zakovat”. Toshkent

- 2019. 479b


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

307

4.“O’g’zi qiyshiq bo’lsa ham boyning o’g’li gapirsin”, “Borniki farmon bilan,

yo’qniki armon bilan” maqollari Sancho yashagan joydagi siyosiy ahvoldan darak

bermoqda, ya’ni insonlar tabaqalashib ketgan. Boy insonlar nima xohlasa, bitta buyruq

bilan o’z maqsadiga yetadi, ammo kambag’allar esa hamisha o’z orzulari yo’lida

yetisholmay armon bilan qolib ketishini ko’rsatmoqda.

5. “Barmog’ingni aql tishi ostiga suqma” maqoli esa gubernator yo boshqa

amaldorlar bilan bahslashib o’tirish befoyda ekanligidan darak beradi.

6. Mabodo gubernatorlik uchun shayton meni do’zaxga ro’para qiladi deb

qo’rqsangiz, unda Sancholigimcha qolib jannatga tushganim tuzuk. Bundan a’yon

bo’ladiki, Sancho o’z nafsini jilovlashga harakat qiladi va jannatga kirishni xohlaydi.

Lekin sir emaski, gubernator bo’lsa, berilgan umrini yegani oldida, yemagani ketida

bo’lib, barcha istaklariga erishib, muhimi muhtojlik ko’rmay o’tkazadi. Sanchoning

Jannat uchun bularning baridan voz kechishi uning qalbi pok ekanligidan xabar beradi.

Shuningdek, Sancho voqealar davomida vaziyatga qarab , Yugurganniki emas,

buyurganniki , Yurgan yo’lingdan qolma. Suymaganga suykalma. Xurmachani toshga

urasanmi, toshni xurmachaga - baribir.Yaxshilik qilish yomonlik qilishdan ko’ra

hamma vaqt ko’proq maqtovga loyiqdir.Teng tengi bilan, tezak qopi bilan. Ko’rpangga

qarab oyoq uzat. Uyning gapi ko’chaga to’g’ri kelmaydi - kishining avzoyi doim bir

xil bo’lavermaydi. Shirin so’z bilan davlating kamaymaydi. Chuchvarani xom sanamay

qo’yavering. Sigir hadya qilishdimi darrov arqonga chop. Kishi qayerda bo’lmasin o’z

ehtiyoji haqida gapiradi kabi maqollardan va ibratli fikrlardan juda ko’p

foydalanadi.Yuqoridagi sharhlangan maqollardan ko’rdikki, ularning hech biri asossiz

keltirilmaydi.

Xulosa qilib aytganda, Sancho Pansa obrazi “Don Kixot” romanining mana shu

darajada mashhur bo’lishida asosiy vazifalardan birini bajargan. Ko’rib o’tilganidek,

Sancho Pansa - oddiy dehqon, ammo uning so’zlari va harakatlarida donishmandlik

mujassam. U Don Kixotning orzulari bilan yashamadi, lekin uni tark ham etmadi. U


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-2_ Апрел-2025

308

ritsarlik haiqdagi xayollarga ishonmadi, lekin sodiqlikni o’z hayoti tamoyiliga

aylantirdi. U hazil-mutoiba bilan gapirdi, lekin gaplari hayot haqiqatlari bilan

sug’orilgan edi. Asarda Don Kixot ritsarlikka berilib ketgan so’nggi obraz sifatida

gavdalantirilgan bo’lsa, Sancho Pansa esa xalq donoligi va sadoqatining mangu timsoli

sifatida tasvirlangan. Sancho Pansa bizga shuni o’rgatadi: haqiqat faqat kuchli va

oliyjanob odamlarning mulki emas. Ba’zan eng oddiy insonlar eng chuqur haqiqatlarni

anglab yeta olishi mumkin. Demak, Sancho - hayotning har qanday zarbasiga oddiy,

ammo oqilona javob bera oladigan qahramon sifatida barcha kitobxonlar qalbidan joy

ololadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Migel De Servantes. “ Don Kixotning sarguzashtlari”. “Ilm-ziyo zakovat”. Toshkent

- 2019.431- 479b

2. U.Hamdamov , A.Qosimov. Jahon adabiyoti.Toshkent – 2017.118b

3.S.Ahmedov. B.qosimov va boshqalar. 5-sinf adabiyoti. “Sharq”.Toshkent. – 2020.9-

10b

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)