https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
483
OILA TURMUSH DOIRASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNING KELIB
CHIQISHI VA ULARNING VIKTIMALOGIK PROFILAKTIKASI
THE ORIGIN OF CRIME IN THE FAMILY AND THEIR
VICTIMOLOGICAL PREVENTION
Nurobod tuman IIB JXX XPB profilaktika inspektori leytenant
J.T.Obloqulov
Nurabad district Internal Affairs Department of the Criminal Investigation
Department prevention inspector lieutenant
J.T. Obloqulov
ANNOTATSIYA: Ushbu maqola orqali siz tadqiqot mavzusining
dolzarbligi, predmeti, obʼekti, vazifalari, zo’ravonlik turlari, oila turmush doirasi
huquqbuzarlikni oldini olish yo’llari, oilaning rivojlanish tarixi, turmush
doirasidagi huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillar, ushbu turdagi
huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, bugungi kundagi holati, shuningdek ushbu
hamkorlikdagi muammo va kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha bir
qator takliflar ishlab chiqilgan.
ANNOTASION:
Through this article, you will learn about the relevance of
the research topic, its subject, object, objectives, types of violence, ways to prevent
domestic violence, the history of family development, factors that cause domestic
violence, the early prevention of these types of violence, its current status, as well
as the problems and shortcomings in this cooperation and a number of proposals
have been developed to eliminate them.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
484
Kalit so`zlar: oila, zo’ravonlik, oiladagi zo’ravonlik, oiladagi muhit, erta
turmush, profilaktika inspektorlarining oila turmush doirasida huquqbuzarliklarni
oldini olish.
Keywords: family, violence, domestic violence, family environment, early
marriage, prevention of violations within the family by preventive inspectors.
Oilaning rivojlanish tarixi juda murakkab va uzoq jarayonni o'z ichiga oladi.
Oila, insoniyatning ilk davrlaridan boshlab, turli sotsial, iqtisodiy va madaniy
o'zgarishlar bilan birga rivojlangan.
Ilk odamlar hayoti urug'lar yoki jamoalar
shaklida bo'lgan. Ularning asosiy faoliyati hayot davomida birgalikda oziq-ovqat
to'plash, ov qilish va xavfsizlikni ta'minlashga qaratilgan edi. Shunday qilib,
oilaviy munosabatlar va qarindoshlik tizimi ham birlashgan bo'lib, jamiyatda bir-
birini qo'llab-quvvatlash va birgalikda yashash tamoyillari mavjud edi.
Qishloq
xo'jaligi rivojlanishi bilan, oila tuzilmasi ancha murakkablashdi. Ertalabdan
kechgacha mehnat qilishga zarurat tug'ilganda, oila ichidagi ro'l va vazifalar
yanada aniqroq bo'ldi. Ota-ona va bolalar orasida oilaviy ishlar va mas'uliyatlar
taqsimlandi,
bu
esa
ijtimoiy
tuzilma
va
o'zaro
munosabatlarning
mustahkamlanishiga olib keldi. Ayniqsa, XX asrning o'rtalaridan boshlab, oila
shakli va roli sezilarli darajada o'zgardi. Ayollar huquqlari, jinsiy tenglik va
ijtimoiy islohotlar tufayli oila ichidagi rollar yanada o'zgardi. Oila shakllari
an'anaviy (ota, ona, farzandlar) va zamonaviy (bir jinsli oilalar, ajrimlar) shakllarda
mavjud bo'lib, ijtimoiy tenglikka intilish oila tuzilmasining rivojlanishiga ta'sir
ko'rsatmoqda.
Hozirgi kunda, oila tuzilmasi va ijtimoiy munosabatlar har xil va
juda farq qiladi. Ajrimlar ko'paydi, bir jinsli oilalar yuridik jihatdan tan olinmoqda,
va oila shakllari an'anaviydan farq qiladigan ko'plab yangi turlarini o'z ichiga oladi.
Internet ham oila a'zolarining o'zaro munosabatlariga ta'sir qilmoqda, masalan,
uzoq masofadagi oilalar va onlayn aloqa vositalari orqali o'zaro muloqot.Shu
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
485
tariqa, oila tuzilmasi va uning rivojlanishi ijtimoiy va madaniy o'zgarishlarga qarab
o'zgarib borgan va har bir davrning xususiyatlariga moslashgan.
Oila turmush doirasida sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga oid
statistik ma’lumotlar tahlillariga asoslanib, oiladagi zо‘ravonlik bilan bog‘liq
huquqbuzarliklarni keltirib chiqaruvchi omillarni shartli ravishda quyidagi
guruhlarga ajratdik:
a) oiladagi nosog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit; b) oilada ma’naviy-axloqiy
tarbiyaning zaifligi yoki sustligi; v) oiladagi moddiy yetishmovchilik va
qiyinchiliklar; d) oila a’zosi (a’zolari)ning spirtli ichimlikka ruju quyishi; ye)
asossiz meyoridan ortiq rashk, erkak va ayolning xiyonati; j) erta turmush qurish,
yosh oiladagi munosabatlarga noо‘rin aralashuv.
Oilada nosog‘lom ma’naviy-ruhiy muhit.
Oiladagi zо‘ravonlik bilan
bog‘liq huquqbuzarliklar, eng avvalo oiladagi nosog‘lom ma’naviy- ruhiy
muhitning mavjudligi bilan taqozo etiladi. Kriminolog olimlarning ta’kidlashicha,
shaxs shakllanishida oiladagi muhit dolzarb ahamiyatga ega. Rossiyalik olim
Y.M.Antonyanning fikricha, oiladagi zо‘ravonlikning asosiy sabablaridan biri –
ota-onaning farzandiga mehr qо‘ymaganligi, uning tarbiyasiga e’tiborsizligidir.
Shaxsning bolalikda mehr-muruvvatdan mahrum qilinishi uning ruhiyatida
bezovtalik, qо‘rqinch, nafrat kabi hissiyotlarni shakllantiradi. Bu hissiyotlar ongsiz
ravishda qayd etib boriladi va murosasiz xulq- atvorning, jumladan uning eng
ashaddiy kо‘rinishi oilada zо‘ravonlikning paydo bо‘lishiga olib keladi.Agar
oilada ma’naviy-axloqiy muhit nosog‘lom bо‘lib, er-xotin va boshqa oila a’zolari
о‘rtasida mehr-oqibat, bir-birini mensimaslik, qо‘pollik, hurmatsizlik mavjud
bо‘lsa, bunday oilalarda tez-tez nizolar kelib chiqishi muqarrardir. Har qanday
voqea hodisaning, shu jumladan jinoyatlarning sodir etilishida kriminogen
omillarning ta’sir etishi muayyan oqibatning kelib chiqishiga sabab bо‘ladi.
Tahlillar shuni kо‘rsatmoqdaki, oiladagi nizolarni kelib chiqishida er-xotin
о‘rtasidagi munosabatning samimiy emasligi, oila sharoitida yuzaga keladigan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
486
muammolarga yuzaki qarash, bola tarbiyasidagi beparvolik, qaynona-kelin
о‘rtasidagi g‘ayriijtimoiy munosabatlar, bir-birini tushunish kabi insoniy
fazilatlarning yо‘qligi kriminogen omillardan biri hisoblanadi.
Misol uchun, 1987 y.t. M. ismli fuqaro uyida spirtli ichimlik iste’mol qilib,
mast holda turmush о‘rtog‘ini turli behayo sо‘zlar bilan haqorat qilishi natijasida
kelib chiqqan janjalda xotinini dо‘pposlab, unga nisbatan tan jarohati yetkazgan.
Ushbu oilada bu kabi nizolar tez-tez bо‘lib turgan bо‘lsa-da, xotini farzandlari
taqdirini о‘ylab bu haqida tegishli organlarga murojaat qilmaganligi M.ga bunday
xatti-harakatlarni davom ettirishiga sabab bо‘lgan. Oila turmush munosabatlari
doirasida zо‘rlik ishlatishga kо‘p hollarda oilaviy nizolar sabab bо‘lib, bu ularning
bir-biriga nisbatan tan jarohat yetkazish, haqorat qilish, qiynash, xavf ostida
qoldirishga ba’zida esa qasddan odam о‘ldirishgacha ham olib kelishi mumkin.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, oiladagi ushbu qilmishlarning sodir
etilishiga olib keluvchi asosiy omil - oiladagi nosog‘lom muhit oqibatidir. Oiladagi
nosog‘lom muhit ota-onaning bola tarbiyasiga mas’uliyatsizlik bilan qarashiga va
shaxsda salbiy xulq-atvorning paydo bо‘lishiga olib keladi. Oilada ota ona
bir-birlarini hatto kichik farzandlarini ham «siz»lab gapirishsa, oilada nizoli
vaziyatlarda ham hech bir urush-janjalsiz о‘ta noziklik bilan muammoni qilish
mumkin.
Hozirgi jamiyatda ayrim toifadagi oilalarda ota yoki onaning, farzand va ota-
onalar о‘rtasidagi nizolar va ularning bir-biriga nisbatan hurmatsizligi tufayli salbiy
oqibatlar kelib chiqmoqda. Ma’lumki, ota-onaning о‘z farzandiga qо‘pollik yoki
ularga nisbatan zulmkor munosabatda bо‘lishi ularning ongu-tafakkuriga ta’sir
kо‘rsatadi. Boz ustiga, agar ota oilada о‘zini tutishni bilmasa, axloq-odob bobida
farzandlariga о‘rnak bо‘lish о‘rniga о‘zining qо‘pol xulqini namoyon etsa, bu
holat, tabiiyki, bola ma’naviy olamining shakllanishiga uning xarakterida inson
degan nomga noloyiq, xunuk bir odat sifatida namoyon bо‘ladi. Umuman olganda,
oiladagi ma’naviy muhitning nosog‘lomligi oilada kriminogen vaziyatlarning kelib
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
487
chiqishida muhim о‘rin о‘ynaydi.
Xalqimizning «Qush uyasida kо‘rganini qiladi»,
degan dono maqoli mana shu azaliy haqiqatni yaqqol aks ettiradi.
Oiladagi moddiy yetishmovchilik va qiyinchiliklar.
Oiladagi moddiy
ta’minotning yetarli emasligi ham oilada nizolarning kelib chiqishiga sabab
bо‘luvchi kriminogen omillardan biri hisoblanadi. Ta’kidlash kerakki, aksariyat
oilalarda moddiy yetishmovchilik yoki qiyinchilik yuzaga kelgan taqdirda ushbu
muammoning yechimini topish va uni bartaraf etishga harakat qilashadi. Lekin
shunday oilalar ham borki, ayoli oilada barcha moddiy va boshqa ne’matlar mavjud
bо‘lsa-da rо‘zg‘or, kiyim- kechak va boshqa ehtiyojlar uchun moddiy
yetishmovchilik borligini aytib, turmush о‘rtog‘i bilan oilaning ta’minoti
masalasida turli xil ziddiyatlarga boradi. Ma’lumki, islom ta’limotida oilada erning
vazifalaridan eng muhimi xotinning haqlarini tо‘la ado etishdir. Uni qurbi
yetguncha risqu- rо‘z, kiyim-kechak va uy-joy bilan ta’minlash erning
zimmasidagi vazifadir.
Oila a’zosi (a’zolari)ning spirtli ichimlikka ruju quyishi.
Oilada
nizolarni keltirib chiqaruvchi asosiy omilardan biri bu - shaxsning spirtli
ichimlikka ruju qо‘yishidir. Ma’lumki, spirtli ichimlik iste’mol qilish natijasida
shaxs о‘zining xatti-harakati oqibatini anglab yetmasligi, jamiyatga, atrofdagilarga
nisbatan befarqlik va hurmatsizlik bilan munosabatda bо‘lish kabi holatlar kelib
chiqadi. Spirtli ichimlik oila turmush doirasidagi nizolarni keltirib chiqaruvchi
kriminogen omillardan biri bо‘lib, uning ta’sirida kо‘pgina huquqbuzarlik va nizoli
vaziyatlar kelib chiqadi. Umumiy tahlillarga qaraganda, oila turmush
munosabatlari doirasida sodir etilgan qasddan badanga shikast yetkazish
jinoyatlarining 70%dan ortig‘i ichkilikbozlik oqibatida sodir etilmoqda.
Asossiz (meyordan ortiq) rashk, erkak va ayolning xiyonati.
Oilaviy
hayotda er yoki xotin о‘rtasida nizolarning kelib chiqishiga meyoridan ortiq rashk
qilish yoki shunday qilmish bilan ayblash kabi omillar ham mavjud. Bunday
holatlar kо‘pincha erkaklar tomonidan sodir etilib, ayollarning oiladan ketib
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
488
qolishiga, oilaning buzulishiga, ba’zida esa turli kо‘rinishdagi jinoyatlarning kelib
chiqishiga sabab bо‘ladi.
Rashk asosan quyidagi ko’rinishda sodir bo’ladi.
1) ayol yoki erkakning bir-biriga nisbatan xiyonatkorligi;
2) oila a’zolarining bir-biriga nisbatan ishonch yoki hurmatning
yetarli darajada emasligi;
3) shaxsdagi g‘ayriaxloqiy xatti-harakatlar va salbiy xulq-atvor.
Erta turmush qurish, yosh oiladagi munosabatlarga noо‘rin aralashuv.
Mutaxassislarning fikricha, yosh oilalarda er-xotinning oilaviy hayot tо‘g‘risidagi
tasavvurlarining
о‘zaro mos kelmasligi, turli bahonalar bilan bilan
yetishmovchilikni rо‘kach qilishi, bir-birini tushunmasligi, yoshlar hayotiga ota-
ona va yaqin qarindoshlarning noо‘rin aralashuvi, oilaviy muammolarni hal etish
borasida hayotiy tajribaning yetarli emasligi, yoshlarning nizo sodir etilganida
tо‘g‘ri qaror qabul qila olmasliklari oiladagi nizolarning kelib chiqishiga va oilaviy
ajrimlarga sabab bо‘lmoqda.
Oila turmush doirasidagi huquqbuzarliklarning viktimalogik profilaktikasi
— bu oila ichidagi jinoyatlar yoki zo'ravonliklardan himoya qilish, ularni oldini
olish maqsadida amalga oshiriladigan profilaktik choralarning tizimi. Oila ichidagi
zo'ravonlik yoki boshqa huquqbuzarliklarning viktimalogik profilaktikasi esa,
aynan bu sohadagi jinoyatlarning oldini olish va jabrlangan shaxslarning holatini
yaxshilashga qaratilgan strategiyalarni ishlab chiqishni anglatadi.
Bunday profilaktik tadbirlarning ba'zi asosiy yo'nalishlari quyidagilar bo'lishi
mumkin:
1. Ma'lumot va ta'lim berish:
Oila ichidagi huquqbuzarliklar haqida
xabardorlikni oshirish, ota-onalar va farzandlar uchun huquqiy hujjatlar, oilaviy
zo'ravonlikning oldini olish bo'yicha seminarlar va ma'ruzalar o'tkazish.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
489
2. Jabrlanganlarga yordam:
Oila ichida zo'ravonlikka uchragan shaxslar
uchun maxsus yuridik, psixologik va ijtimoiy yordam ko'rsatish, jabrlanganlarga
qo'llab-quvvatlash markazlari ochish.
3. Yuridik va psixologik profilaktika:
Oila zo'ravonligini oldini olish
uchun jinoyat sodir etilgan oilalarda profilaktik ishtirok qilish, potentsial
jinoyatchilarni psixologik yordam bilan ta'minlash va jinoyatning oldini olishga
qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
4. Huquqiy jazo va choralarning kuchaytirilishi:
Oila ichidagi
huquqbuzarliklarni engillashtirish va jabrlanganlarni himoya qilish uchun
qonunlar, tartib-qoidalar va jazolarni kuchaytirish.
5. Jamiyatda madaniy o'zgarishlarni yaratish:
Oila ichidagi
zo'ravonlikka qarshi ijtimoiy qarashlarni o'zgartirish, bu muammoning jamiyatdagi
qabul qilinmasligini targ'ib qilish.
Viktimalogik profilaktika, ayniqsa, oiladagi muammolarni hal qilish va zarar
ko'rgan shaxslarga yordam berish orqali, oilaviy zo'ravonliklarni kamaytirishga
yordam beradi.
Foydalangan Adabiyotlar
1.
Murodov Alisher Sharofxonovich (Ichki ishlar organlarining oiladagi
zo’ravonlik bilan bog’liq huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish
Toshkent 2019)
2.
Ibrohimova Zulhumor Solix qizi (Oilaga qarshi jinoyatlarlarning jinoiy
huquqiy va kriminologik jixatlari Toshkent 2022)
3.
O.Zakirova (Rashk tufayli sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurash
muammolari )
4.
Internet saytlari lex.uz