https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
468
TA’LIM TIZIMIDA UZLUKSIZLIK VA UZVIYLIK TAMOYILI
HAMDA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Eshbekova Dilafro‘z To‘ychiyevna
Jizzax davlat pedagogika universiteti dotsenti,
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD),
Akmanova Sayyora Alimbayevna
Jizzax davlat pedagogika universiteti magistranti
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta’lim tizimida uzluksizlik va uzviylik
tamoyillari, uning o’ziga xos xususiyatlari haqida so’z boradi. Ta’lim tizimidagi
bu tamoyillar, uning jihatlari, mamlakatimizdagi ta’lim tizimining xususiyatlariga
solishtirilgan holda, mavjud adabiyotlar tahlili asosida yoritib berildi.
Kalit so’zlar: ta’lim tizimi, uzluksizlik va uzviylik tamoyili, “Ta’lim
to’g’risidagi” qonunlar, ta’lim tizimining ahamiyati, B.G.Ananyev, Sh.I.Ganelin,
uzviylik tushunchasi, uzluksiz ta’lim tizimi.
Taʼlim tizimi odatda, barcha muassasalarning tuzilishini va
imkoniyatlarini
anglatadi.
U
oilaviy
taʼlim
, boshlangʻich, oʻrta va
Oliy taʼlim (Institut va Universitet taʼlimi)
boʻlgan barcha maktabgacha taʼlim sohalarini oʻz
ichiga oladi. Ushbu turkumga doimiy kasbiy va shaxsiy taʼlim muassasalari,
shuningdek, xususiy taʼlim muassasalari ham kiradi.
Taʼlim tizimi asosan mamlakatning tegishli qonunlariga muvofiq ravishda
tartibga solinadi va tashkil etiladi, ammo mamlakat taʼlim tizimida tartibga
solinmagan baʼzi jihatlari ham boʻlishi mumkin. Odatda, taʼlim tizimi mamlakat
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
469
jamiyatining barcha qatlamlari va va asosan xalq uchun taʼlim berishga
moʻljallangan. U aholini oʻqitish bilan bogʻliq barcha sohalarni oʻz ichiga oladi[2].
Ta’lim sohasi mamlakat taraqqiyotining strategik yo’nalishi hisoblanadi.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining 1992-yil va 1997-yillarda qabul “Ta’lim
to’g’risidagi” qonunlari sohaga bo’lgan e’tiborning qay darajada ahamiyatli
ekanligini belgilaydi Qonunda maktabgacha ta’limdan boshlab, umumiy o’rta
ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish, maktabdan tashqari ta’limning uzviyligini, mazmun
jihatdan ketma-ketligini ta‘minlashga alohida ahamiyat berilgan[5].
Shu nuqatayi nazardan bir narsaga e’tibor qaratsak, Ta’lim dasturlarini
mazmunan uzluksiz va uzviylik tamoyili asosida tayyorlashga erisha olsakkina,
mutaxassis kadrlar tayyorlashda ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir qiladigan pedagogik
tizimni joriy eta olishimiz mumkin.
Mavjud adabiyotlar tahlili va ma’lumotlariga asoslanib aytish mumkinki,
ta’limda uzviylik ikki xil turda qo’llaniladi. Ular quyidagilar: Birinchidan, ta’lim
turlari (bo’g’inlari) orasidagi uzviylik. Bunda ta’limning keyingi turi mazmuni
avvalgisini qisman takrorlab, mazmun jihatidan uzviy bog'langan holda uning
keyingi ta’lim turlarida davom etadi.
Ikkinchidan, o’quv fanlari orasidagi uzviylik. Bu odatda fanlararo yoki
predmetlararo bog‘lanish orqali amalga oshiriladi. Uzviylik tushunchasi uzluksiz
ta’lim tizimining har bir turida o’quvchilar bilimi, ko’nikma va malakalariga
qo’yiladigan talablarni xarakterlaydi. Uzviylik o’quv materialining muayyan
ketma-ketlikda, tizimli joylashtirilishi, bilimlarni o’zlashtirishda mavjud
bilimlarga tayanish, o’quv materialining ma‘lum darajada navbatdagi bosqichlarda
qo’llanilishi, o’quv-tarbiya jarayoni bosqichlarining davomiyligini anglatadi[8].
Mazkur hodisa o’quv predmeti materiallarini joylashtirish hamda ushbu predmet
(fan) asoslarini o’zlashtirish faoliyati turlarining samarali tanlanishiga yordam
beradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
470
Pedagogika sohasiga oid adabiyotlarda uzviylik tushunchasiga turlicha
ta‘riflar berilgan. Masalan, B.G.Ananyev «uzviylik» tushunchasiga quyidagicha
ta‘rif beradi: «Ta’limdagi uzviylik o’quvchilar fan asoslarini egallash jarayonida
olgan bilimlar tizimining vaqt nuqtai nazaridan rivojlanishidir». Sh.I.Ganelin
fikricha, «...uzviylik - bu o’quvchilar tomonidan o’rganilayotgan o’quv materiali
uchun tayanch bo’luvchi mavjud bilim, ko’nikma va malakalarning amalda
shunday qo’llanilishi va istiqbol rivojlanishidirki, ular asosida bilimlar o’rtasida
turli aloqalar yuzaga keladi, kursning asosiy g’oyalari ochiladi, eski va yangi
bilimlarning o’zaro aloqadorligi ta‘minlanadi, natijada o’quvchilarda puxta va
chuqur bilimlar tizimi shakllanadi»[3].
Oʼtmishdagi aksariyat buyuk pedagoglar, jumladan Ya.А.Komenskiy,
J.Lokk, I.G.Pestalotstsi, А.Disterveg, I.F.Gerbert, O.Vilman, K.D.Ushinskiy va
boshqalar fanlararo, kurslararo va fan ichidagi oʼzaro aloqalarni oʼrnatish zarurligi
masalasiga jiddiy eʼtibor berib, bu muammoni toʼgʼri hal etilishi puxta va
sistemalashgan bilim asoslarinishakllantirish omili hisoblaganlar. Chunki, tarixiy
bosqichlarda toʼplangan bilimlarni oʼziga xos ravishda jamlagan falsafa fanidan
keyinchalik, xususan Uygʼonish davrida, insoniyat bilimlarining gurkirab
rivojlanishi sharoitida mustaqil fan tarmoqlari ajralib chiqa boshlagan. Natijada,
fanlarni tabaqalashtirish jarayoni boshlanib, bu oʼz navbatida maktab predmetlari
orasidagi tabiiy, dialektik aloqalarni ham buza boshladi. Bu esa tabiatdagi narsa va
hodisalarning oʼzaro bogʼliqligi va oʼzaro munosabatlari (butun borliq
muvozanatdan, yaʼni oʼzaro bogʼliqlikdan iborat ekanligi) haqidagi oʼquvchilar
tasavvurini toraytirib, sxolastik(puch) va tarqoq bilimlarga olib keldi[7].
Ba’zi tadqiqotlarda esa uzviylik qonuniyat, tamoyil, omil, sharoit, usul,
qoida, vosita sifatida e‘tirof etiladi. «Tor ma’noda uzviylik jarayoni - bu ta’limning
turli bosqichlari orasidagi ketma-ketlik uzilishlarini to’ldiruvchi pedagogik
namoyishlarning tartibi. Keng ma‘noda - bu namoyishlar pedagogik faoliyatning
umumiy kontekstiga kiritiladi»[3]. Shunday qilib, uzviylik tushunchasi ko’pchilik
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
471
tadqiqotchilar tomonidan tizimlilik va ketma-ketlik tamoyillari bilan bog'langan
(binobarin, ketma-ketlik o’quvtarbiya jarayonining tartibini, bo’g'in va aloqalarni
aniqlashtirish, belgilashning o’zi yetarli emasligi bois metodikaning barcha
elementlarini qayta ko’rib chiqish zarur.
Demak, uzviylikning barcha metodik jihatlari - ta’lim mazmuni, tarkibiy
tuzilmasi, shakllari, metodlari va vositalari uzviyligining ta‘minlanishi har bir
fanda o’qitish jarayonini takomillashtirishga, uning aniq masalalarini hal etishga
bog'liqdir. Shunday qilib, taʼlim-tarbiyani tashkil qilish va boshqarishga doir
respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar maqsadi taʼlim subʼektlarining
yagona maqsadga erishish, muayyan darajada umumiy maʼlumot darajasi va kasbiy
tayyorgarligiga ega boʼlgan har tomonlama rivojlangan shaxsni tarkib toptirishga
qaratilgandir. Uzluksiz taʼlim - oʻzaro mantiqiy izchillik asosida bogʻlangan hamda
soddadan murakkabga qarab rivojlanib boruvchi va birbirini taqozo etuvchi
bosqichlardan iborat yaxlit taʼlim tizimi.Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar
tayyorlash tizimining asosi, taʼlim sohasida davlat siyosatining asosiy
tamoyillaridan biri.
1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston
Respublikasi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida alohida tamoyil sifatida
qayd etilgan. Uzluksiz taʼlim milliy modelning asosiy tarkibiy qismlaridan biri,
Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlovchi, shaxs,
jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiytexnikaviy va madaniy ehtiyojlarini
qondiruvchi ustuvor sohadir. Uzluksiz taʼlim ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy
shaxe shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun
zarur shartsharoitlar yaratadi[7]. Uzluksiz taʼlim tizimining faoliyat olib borishi
davlat taʼlim standartlari asosida, turli darajalardagi taʼlim dasturlarining izchilligi
asosida taʼminlanadi va maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus,
kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
472
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlimni oʻz
ichiga oladi.
Respublika maktablaridagi tarix taʼlimining xususiyati ikki mustaqil kurs
sifatida oʼqitiladigan jahon va Oʼzbekiston tarixining eng qadimgi davridan hozirgi
kungacha roʼy bergan voqea va jarayonlarini xronologik izchillikda oʼrganishdan
iborat. Garchi, T. Toshpoʼlatov, А. Saʼdiev, B. Abdullayeva, Y. G’afforov,
Sh. Mardonov, B. Boymetov, U. Xodjamqulov, J. Abduraxmanova, S.
Toshtemirova kabi olimlarning ilmiy ishlari, maqola va qoʼllanmalarida jahon
tarixi va Oʼzbekiston tarixi kurslarini oʼzaro aloqadorlikda oʼrganish xususida fikr
yuritilgan[6].
Uzluksiz taʼlimning faoliyat koʻrsatish tamoyillari quyidagilardan iborat:
- taʼlimning ustuvorligi-uning rivojlanishining 1 darajali ahamiyatga ega
ekanligi, bilim, taʼlim va yuksak intellektning nufuzi;
- taʼlimning demokratlashuvi — taʼlim va tarbiya uslublarini tanlashda
oʻquv yurtlari mustaqilligining kengayishi, taʼlimni boshqarishning davlatjamiyat
tizimiga oʻtilishi;
- taʼlimning insonparvarlashuvi — inson krbiliyatlarining ochilishi va
uning taʼlimga boʻlgan turlituman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va
umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining taʼminlanishi, inson, jamiyat va
atrofmuhit oʻzaro munosabatlarining uygʻunlashuvi;
- taʼlimning ijtimoiylashuvi — taʼlim oluvchilarda estetik boy
dunyoqarashni hosil qilish, ularda yuksak maʼnaviyat, madaniyat va ijodiy
fikrlashni shakllantirish;
- taʼlimning milliy yoʻnaltirilganligi — taʼlimning milliy tarix, xalq
anʼanalari va urfodatlari bilan uzviy uygʻunligi, Oʻzbekiston xalklarining
madaniyatini saklab qolish va boyitish, taʼlimni milliy taraqqiyotning oʻta muhim
omili sifatida eʼtirof etish, boshqa xalklarning tarixi va madaniyatini hurmatlash;
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
473
- taʼlim va tarbiyaning uzviy boglikligi, bu jarayonning qar tomonlama
kamol topgan insonni shakllantirishga yoʻnaltirilganligi;
- iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga taʼlimning eng yuqori darajasida, izchil
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish[9].
Uzluksiz taʼlim taʼlim jarayonida samarali natijalarga erishish uchun asos
boʻlib xizmat qiladi.
O’zbekistonda jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,
shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng
huquqlar kafolatlanadi. Oʻzbekistonda maktabda oʻqish majburiy hisoblanadi.
Ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo’lib, ta’lim turlariga ko’ra quyidagilardan
iborat:
-maktabgacha ta’lim va tarbiya;
-umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim;
-professional ta’lim;
-oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
-kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
-maktabdan tashqari ta’lim[10].
Yuqoridagi ma’lumotlardan kelib chiqib ta’lim tizimidagi uzviylik va
uzluksizlik tamoyillariga to’xtalib o’tamiz. Tarix taʼlimining uzviyligi va
uzluksizligi tamoyili tarix oʼquv fani mazmunining uzviyligini oʼrnatishda muhim
oʼrin tutadi. Bu tamoyil didaktikaning muhim tamoyili– oddiydan murakkabga,
nomaʼlumdan maʼlumga qarab borishda va oldingi oʼzlashtirilgan bilimlarga
tayangan holda keyingilarini oʼzlashtirishga tayyorlash omili sifatida kirish,
umumlashtiruvchitakrorlash darslarini oʼtkazishga masʼuliyatni oshiradi. U DTS,
oʼquv rejalari, dasturlar, darsliklarda materiallarning bir-biri bilan mantiqiy bogʼliq
boʼlishini, taʼlimning har bir bosqichida maʼlum darajada bilim koʼnikma va
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
474
malakalarni shakllantirishni talab qiladi hamda yoshlar tarixiy ongining
shakllanishiga muvofiq tarzda fan yutuqlarini oʼzlashtirib borishni taʼminlaydi.
Maʼlumki, umumiy oʼrta taʼlim maktablarida har bir davr tarixi bir marta
oʼqitilib, yuqori bosqichlarda takrorlanmaydi. Bundan mustasno holda 5-sinf
tarixdan hikoyalar kursida esa qadimgi davrdan hozirgi kungacha boʼlgan muhim
tarixiy voqealar fan asoslari sifatida emas, balki epizodik (voqeaband) hikoyalar
tarzida oʼrganilishi sababli undagi mavzular xronologik izchillikka uncha
asoslanmaydi.
Shuningdek, tarixiy jarayondagi yangi faktning oʼrnini aniqlashga, uni tarix
bilimlari tizimiga kiritishga yordam beradi. Bu tamoyil ikkita tarix kursini oʼzaro
aloqadorlikda oʼrganishda tarixiy materiallar bir-birini takrorlamagan holda, bir-
birini toʼldirishini nazarda tutadi. Umuman, tarixiy materialni xronologik
izchillikda bayon qilinishi oʼquvchilar tarixiy bilimlarini tizimlashtirib, uning
uzviyligini taʼminlash bilan birga yangi tarixiy faktlarni yaxshiroq oʼzlashtirishga
xizmat qiladi[1].
Bugun Yangi O’zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar
maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta’lim
tizimidagi o’zgarishlar haqida to’lqinlanib so’zlamaslikning iloji yo’q.
Mamlakatimizda so’nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini
zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo’yicha amaliy ishlar hal qiluvchi
bosqichga kirdi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik
bilimli bo’lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari
shuncha tez rivojlanadi, ko’plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi.
Shunday ekan, Yangi O’zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam,
o’ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo’llab-quvvatlaydi”[4].
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta,
oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O’zbekiston Respublikasida
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
475
oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, mustaqil
fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi
bosqichga ko’tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta’lim
texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-oktabrdagi farmoni
bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha
rivojlantirish Konsepsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini
bajarib bermoqda.
Xulosa o’rnida aytadigan bo’lsak, Taʼlim tizimi asosan mamlakatning
tegishli qonunlariga muvofiq ravishda tartibga solinadi va tashkil etiladi. Odatda,
taʼlim tizimi mamlakat jamiyatining barcha qatlamlari va va asosan xalq uchun
taʼlim berishga moʻljallangan. U aholini oʻqitish bilan bogʻliq barcha sohalarni oʻz
ichiga oladi. Ta’lim tizimidagi uzviylik va uzluksizlik tamoyillariga to’xtalsak,
Tarix taʼlimining uzviyligi va uzluksizligi tamoyili tarix oʼquv fani mazmunining
uzviyligini oʼrnatishda muhim oʼrin tutadi. Bu tamoyil didaktikaning muhim
tamoyili– oddiydan murakkabga, nomaʼlumdan maʼlumga qarab borishda va
oldingi oʼzlashtirilgan bilimlarga tayangan holda keyingilarini oʼzlashtirishga
tayyorlash omili sifatida kirish, umumlashtiruvchitakrorlash darslarini oʼtkazishga
masʼuliyatni oshiradi.
Demak, tarixiy materialni xronologik izchillikda bayon qilinishi oʼquvchilar
tarixiy bilimlarini tizimlashtirib, uning uzviyligini taʼminlash bilan birga yangi
tarixiy faktlarni yaxshiroq oʼzlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, tarixiy
jarayondagi yangi faktning oʼrnini aniqlashga, uni tarix bilimlari tizimiga kiritishga
yordam beradi. Bu tamoyil ikkita tarix kursini oʼzaro aloqadorlikda oʼrganishda
tarixiy materiallar bir-birini takrorlamagan holda, bir-birini toʼldirishini nazarda
tutadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
476
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. Abduraxmanova J. N. Tarix fanini o‘qitish usullari va ularning samaradorligi //
Ta'lim, fan va innovatsiya. Toshkent. 2019. 35-39-b.
2. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‘taramiz. Toshkent. 2017. 146-b.
3. Saparova S. Ta’lim tizimida uzviy va uzluksiz ta’lim turlari qo‘llanishining
psixologik jihatlari. Innovative developments and research in education.
International scientific-online conference. Canada. 2022. 325-327-b.
4. Ta’lim tizimi va yangicha yondashuvlar.
5. Toshtemirova S. A. Ta’lim sifati va uni demokratlashtirish ilmiy muammo
sifatida // Uzluksiz ta’lim. № 1 (86). 2020. 15-b.
6. Toshev S. Tarix fanini o’qitishnda zamonaviy yondashuvlar. Science and
Education, 1 (Special Issue). 2020. 6-8-b.
7. Tursunov F., Turopov U. Tаrix tа’limidа kurslаrаro uzviylikni tа’minlаshning
pedаgogik shаrt-shаroitlаri. Academic research in educational sciences. Scientific
Journal Impact Factor (SJIF). Academic research, Uzbekistan. 2020. 603-605-b.
8. Zamilova R. R. Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va inklyuziv ta’lim. Darslik.
Namangan. 2023. 122-123-b.
9. G‘afforov. Y.X. Maktab islohoti va o‘qitish metodlarini takomillashtirish.
Science and education. Sgientific Journal. 2020. 482-b.
10.
. internet sayti