https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
340
MUHAMMAD RAHIMXON I NING HOKIMIYAT TEPASIGA
KELISHI VA AMALGA OSHIRGAN ISLOHOTLAR.
Qurambayeva Sarvinoz Jo‘raboy qizi
Urganch Davlat Universiteti ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti
Tarixshunoslik Manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari yo‘nalishi
231-guruhning II bosqich magistranti
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada Xiva xoni Muhammad Rahimxon I
davrida Xiva xonligida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar, xonlikning ijtimoiy va
iqtisodiy jabhada rivojlanishiga sabab bO`lgan omillar haqida so`z boradi.
Xonlikda dehqonchilik, hunarmandchilik, qurolsozlik, ichki va tashqi savdoning
taraqqiy etishi, xonlikning turli hududlaridagi bozorlar va ularning ichki va tashqi
savdoda tutgan o`rni xususida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so`zlar: Muhammad Rahimxon I, Xiva xonligi, Oliy kengash, N.
Muravyov, “qozon” solig‘i, hunarmandchilik korxonalari, obodonchilik, sug’orish
inshaotlari.
ПРИХОД К ВЛАСТИ МУХАММАДА РАХИМ-ХАНА I И
ПРОВЕДЕННЫЕ ИМ РЕФОРМЫ.
Курамбаева Сарвиноз Джурабой кызы
Ургенчский государственный университет,
факультет социальных и экономических наук Историография
Область источниковедения и методов исторического
исследованияМагистрант 2 ступени группы 231
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
341
АННОТАЦИЯ: В статье рассматриваются социально-экономические
процессы в Хивинском ханстве в период правления хана Мухаммад
Рахимхана I, а также факторы, обусловившие социально-экономическое
развитие ханства. Приводятся сведения о развитии сельского хозяйства,
ремесел, оружейного дела, внутренней и внешней торговли в ханстве, рынков
в различных регионах ханства и их роли во внутренней и внешней торговле.
Ключевые слова: Мухаммад Рахимхан I, Хивинское ханство, Верховный
Совет, Н. Муравьев, налог «казон», ремесленные предприятия, озеленение,
ирригационные сооружения.
THE COMING TO POWER OF MUHAMMAD RAHIMKHAN I AND
THE REFORMS HE IMPLEMENTED.
Kurambayeva Sarvinoz Joraboy qizi
Urgench State University, Faculty of Social and Economic Sciences
History Source Studies and Historical Research Methods
II-stage Master's student of group 231
ANNOTATION: This article discusses the socio-economic processes in the
Khiva Khanate during the reign of the Khiva Khan Muhammad Rakhimkhan I, the
factors that led to the development of the khanate on the social and economic front.
Information is provided on the development of agriculture, crafts, weapons
manufacturing, internal and external trade in the khanate, markets in different
regions of the khanate and their role in internal and external trade.
Keywords: Muhammad Rakhimkhan I, Khiva Khanate, Supreme Council, N.
Muravyov, "kazon" tax, craft enterprises, landscaping, irrigation structures.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
342
KIRISH
Xiva xonligining Muhammad Rahimxon I davridagi ijtimoiy-siyosiy va
madaniy hayotning yangi bosqichga ko`tarilishi, davlatchilik siyosatining
ustuvorlik sari qadam qo`yishi, ko`plab islohotlarning amalga oshirilishi xususida
so`z yuritilib, tubdagicha farazlar kun tartibig qo`yildi: Muhammad Rahimxon I
davridagi murakkab tarixiy sharoitning yoritib berilishi, xonlikdagi ayirmachilik
tendensiyalariga barham berilishi, ichki nizolarning bartaraf etilishi masalalarining
aniq dalillarga suyanilgan holda tadqiq etilishi tarixnavislik ilmiga muayyan ulush
qo`shadi.
ASOSIY QISM
1804-yilda taxtga o`tirgan Avaz inoqning o`g`li Muhammad Eltuzar
(1804-1806) o`zbeklarning qo`ng`irot urug`idan birinchi bo`lib, rasmiy ravishda
xon deb e’lon qilindi. Xivadagi madrasalardan birida ta’lim olgan va harbiy
ishlarga ko`proq e’tibor bergan xon Buxoro bilan munosabatlarni keskinlashtirdi.
Natijada 1806-yilda amir Haydarning qo`shinlari Xorazmga yurish boshlab,
Shabboz yaqinidagi jangda Xiva qo`shinlariga shikast yetkazdilar. Amudaryoning
so`l qirg`og`iga o`tishga uringan Eltuzarxon kema ag`darilishi natijasida cho`kib,
halok bo`ladi. Xon bu vaqtda 37 yoshda edi.
Buxoro amirligi bilan urushdagi mag`lubiyat Xiva xonligining harbiy–
siyosiy mavqeyini pasaytirib yubordi. Ayrim amaldorlar markaziy hokimiyatni tan
olmay qo`ydilar. 1806-yilda soliqlarning ko`pligidan norozi bo`lgan Beshqal’a
hududidagi (Chimboy, Qipchoq, Mang`it, Xo`jayli va Qo`ng`irot) aholi qo`zg`olon
ko`tardi. O`zini xonlikdan mustaqil deb e’lon qilgan qozoq–qoraqalpoqlarning
Xivaga qarab yo`lga chiqqan qo`shinlari qurolsizlantirildi. Xiroj deb nomlangan
mahsulot bilan olinadigan soliq o`rniga solg`ut deb atalgan pul solig`i joriy qilinishi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
343
aholi noroziligini biroz bo`lsa–da pasaytirish imkonini berdi. Ushbu vaziyatdan
foydalangan Muhammad Rahimxon to`rt oy taxtda o`tirgan Abulg`ozi V o`rniga
davlatni boshqarishni o`z qo`liga oldi.
Munisning yozishicha, Muhammad Rahimxon I davlatni qo`lga olganidan
keyin uning qarindoshi Muhammad Rizobek unga bo`ysunishdan bosh tortadi. U
o`ziga tegishli odamlari bilan Qiyot qo`ng`irotidagi hovlisiga boradi. So`ngra
Qipchoq qal’asini bosib olib, qal’a hokimi Ollohberdibekni o`ldiradi. U orol
hokimi To`ramurod so`fidan xonga qarshi kurashda yordam so`radi. Xon Qipchoq
qal’asiga avval Qutluq Murod inoqni yuboradi, keyin o`zi ham uni qamal qiladi.
Muhammad Rizobekka Muhammad Niyozbek va Muhammad Niyoz otaliqlar
madad beradilar. Bu kurashda u Orol hokimi To`ramuroddan ham yordam oladi.
Suyunbek va O`roz Alibek Oroldan yordamga kelgandilar. Muhammad Rahimxon
natijasiz Xorazmga qaytadi.
Muhammad Rizobek Qipchoq qal’asidan so`ng, Gurlanga ham hujum
qiladi va uni qamal qiladi. Bu yerda ham unga katta mulkdorlar Muhammad
Niyozbek va Muhammad Niyoz otaliq yordam beradilar. Ular Buxorodan madad
olgach, Qiyotni ham bosib olib Xivaga yaqinlashadilar. Muhammad Rizobek xon
bilan sulh tuzish bahonasida Xivaga kirib, uni tarafdorlari bilan o`ldirmoqchi
bo`ladi. Uning bu niyatidan xon xabardor bo`lib, poytaxtga kelgan Muhammad
Rizobekni tarafdorlari bilan tutib olib, qatl va zindonband etadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
344
1808-1809 yillardan boshlab, Muhammad Rahimxon I o`z hukumatini
turkmanlar, qoraqalpoq va Orol bo`yi o`zbeklari orasida mustahkamlash uchun
harakat qilib, urush va muxorabalar olib bordi. Xiva navkarlari 1810-yil bahoridan
kech kuzgacha Janadaryo (Yangidaryo) bo`ylaridagi qozoq va qoraqalpoq
ovullariga tajovuz qilib turdilar.
Natijada mahalliy amaldorlar Aydo`sbiy,
Kechenekbiy, O`rinbiy yordamida Yangidaryo atrofida yashayotgan qoraqalpoqlar
xonlikga bo`ysundirildi.
Muhammad Rahimxon I esa o`sha ziddiyatlarni
bartaraf qilib, yagona davlatchilik siyosatini vujudga keltirish uchun kurash
olib bormoqda edi. Uning taxtga o`tirishi bilan Oliy kengash tuzishi ham o`sha
siyosat bilan bog`liq edi.
Muhammad Rahimxon kuchli qoʼshin tuzishga va uning yordamida
xonlik hududlarini kengaytirishga intildi. Muhammad Yusuf Bayoniyning
guvohlik berishicha, muntazam otliq qoʼshinlar 13 mingdan ziyod boʼlib,
unda oʼzbek, turkman va qoraqalpoqlar asosiy oʼrinni egallardi. Navkarlarga
harbiy xizmatlari uchun yer ajratib berilgan va ular soliqlardan ozod
etilgandi.
Muhammadrahimxon I mamlakatdagi vaziyatni to`g`ri payqab, shunga
yarasha ish tutdi. U dastavval yer egalarining tarqoqligiga chek qo`yish, davlat
hokimiyatini markazlashtirish va mustahkamlashni o`zining asosiy vazifalaridan
biri deb bildi. Muhim davlat vazifalarini amalga oshirish uchun ijtimoiy tayanch
vujudga keltirish zarur edi. Shu maqsadda u o`z atrofiga ishonchli, nufuzli,
ishbilarmon amaldorlar, ruhoniylar, harbiylarni to`pladi. Xiva xonligiga tobe
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
345
bo`lgan turkman, qoraqalpoq, qozoq toifalarining badavlat va nufuzli vakillarini
ham o`ziga yaqinlashtirib, ularga er – mulk va yuqori lavozimlar in'om etdi.
Musulmon ruhoniylarining el orasidagi obro` – e'tiborini hisobga olib, o`zini yaqin
tutish maqsadida sayidlarning qiziga uylandi. Ularga saroyda o`z yonidan joy
berdi, mol – mulk in'om etdi va turli soliq to`lovlaridan ozod qildi.
Muhammadrahimxon I o`z atrofida ishonchli ijtimoiy tayanchni vujudga keltirgach
davlat boshqaruv ishlarini takomillashtirishga kirishdi. Shu maqsadda u
mamlakatda katta er egalari tarqoqligining tayanchi bo`lgan kentlar orqali
boshqaruv tartibini bekor qildi. Davlat ma'muriy boshqaruv jihatdan hokimliklarga
va machit qavmlariga bo`lindi. Ular xon tomonidan tayinlangan hokimlar va
oqsoqollar orqali boshqariladigan bo`ldi. Urug`chilik tuzumi davridan meros
qolgan boshqaruv lavozimlari ham bekor qilindi. Ularning oʼrniga yangi markaziy
va mahalliy boshqaruv idoralari va lavozimlari taʼsis qilindi. Shulardan biri Devoni
Oliy (Oliy Kengash) edi. Saroyning eng nufuzli amaldorlari kengash aʼzosi
lavozimiga saylanib, uni xonning oʼzi shaxsan boshqargan. Oliy Kengash
davlatning qonun chiqaruvchi, maʼmuriy va sud organi vazifasini bajargan.
Mehtar, qushbegi va devonbegi lavozimlari xonlikda yuqori lavozimlardan boʼlib,
ular xonning eng yaqin maslahatchilariga aylandi. Yana saroyda mamlakat
iqtisodiyoti, ijtimoiy – siyosiy, harbiy mudofaa, diniy ishlar bilan shugʼullanuvchi
markaziy boshqaruv idoralari ham taʼsis etildi. Аna shu lavozimlarga saroydagi
eng nufuzli shaxslar boshliq etib tayinlandi. Saroy amaldorlari ichida mahalliy
sartlarning
mavqei ancha oshib, koʼpgina masʼul lavozimlar shular qoʼliga oʼtdi.
Sart Yusuf Mehtar ogʼa saroyda bosh vazir lavozimini egalladi. Hukumat
xizmatida saroy aʼyonlari va viloyat amaldorlariga xizmat lavozimlariga qarab ish
haqi – maosh belgilandi. Shu bilan amaldorlarning daromad taqsimotida yoʼl
qoʼyilib kelayotgan oʼzboshimchaliklarga chek qoʼyildi. Pul muomalasi va soliq
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
346
tizimida ham muayyan tartib oʼrnatildi. Xiva xonligida Buxoro xonlari nomi bilan
zarb etilgan mis tangalar muomalada boʼlib, savdo – sotiqda va soliq yigʼishda
ancha qiyinchiliklar tugʼdirayotgan edi. Muhammad Rahimxon I bularni hisobga
olib, Koʼhna ark saroyi ichida pul zarb qiladigan maxsus ustaxona qurdirdi.
Zarbxonada uning nomi bilan oltin va kumush tangalar zarb etilib, muomalaga
chiqarildi. Bu esa xonlikda tovar-pul munosabatlarini yaxshiladi, pulning qadrini
oshirdi va soliq toʼlovlarini tartibga solishda muhim rol oʼynadi.
Muhammad Rahimxon I tomonidan amalga oshirgan iqtisodiy
islohotlardan yana biri, bu–soliq tizimini tartibga solish boʼldi. Аvvallari Xiva
xonligida fuqarolardan mahsulot hisobidan soliq undirilib, uning miqdori soliq
yigʼuvchilar xohishi bilan muttasil oʼzgarib turgan. Yigʼilgan soliqlarning koʼp
qismi mahalliy amaldorlar qoʼlida qolib, davlat xazinasiga kam miqdorda daromad
tushgan. Muhammadrahimxon I mahsulot toʼlovi – xirojni pul soligʼi (solgʼut)
bilan almashtirdi. Soliq toʼplash ishi markaziy hukumat qoʼliga oʼtdi. Xazinaga
fuqarolardan tushadigan daromadlar va sarf – harajatlar maxsus daftarda qayd
etilib, xonning nazorati ostida boʼldi. Endilikda soliqning miqdori mulkdorlarga
qarashli ekin maydonlarining hajmi hamda olingan hosilga qarab belgilanadigan
boʼldi. Bulardan tashqari, xonlikning chegara sarhadlarida maxsus bojxona tashkil
qilindi.
Yuqorida zikr etilgan chora-tadbirlarning barchasi xonlikning ziroat,
hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivojlanishiga, xon xazinasi
daromadining ko`payishiga olib keldi.
Xiva hukmdori turkmanlar, qoraqalpoq va qozoqlarni o`ziga kuch bilan
bo`ysundirgandan keyin, o`sha xalqlar orasidagi aslzodalar bilan qanday
munosabat o`rnatishni bilar edi. Shu sababli u mazkur aslzoda oqsuyaklarga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
347
ko`plab ekin yerlarini in’om qildi va yuqori imtiyozlar berdi. Ushbu imkoniyatlar
bo`ysundirilgan xalqlarni boshqaruvda alohida ahamiyatga ega bo`ldi. Muhammad
Rahimxon I davrida din ahllari – xo`ja, saidlar qator imtiyozlarga ega bo`lib,
mamlakatni boshqarishda faol ishtirok etishdi.
Ijarada ishlagan dehqonlar soni orta bordi. Soliqlar pul bilan olinadigan
bo`lgandan so`ng ham ayrim joylarda hosilning bir qismi natural tarzda to`landi.
Bu to`lov turi ushr yoki dayak deb atalar edi.
Xiva xonining asosiy va muhim daromad manbalaridan biri “qozon”
solig`i edi, deb yozadi. N.N. Muravyov, ularning bu solig`i boshqa davlatlardagi
jon boshiga qo`yilgan soliq turiga to`g`ri keladi. Ushbu soliq har bir oilaning
ahvoliga qarab belgilangan. Shu jihatdan olganda uning mulksiz kishilarga zarari
tegmaydi. Xivada boshpanasiz, o`z uyiga ega bo`lmagan yoki birovning xizmatida
bo`lgan kishilarga soliq solinmaydi
. Xorazmda “qozon” atamasi ramziy bo`lib,
bitta oilani anglatadi. Shu sababli bunday turdagi soliqda uy-joyiga ega bo`lgan
mustaqil oila nazarda tutiladi. Oilalar birikib urug`lar, qabilalarni tashkil etgan va
ularning har birida oqsoqol saylangan. O`sha oqsoqollar soliqni yig`ishga mas’ul
qilib qo`yilgan. Soliqni yig`ish jarayonida muayyan darajada kambag`al oilalarga
yordam berilgan va o`ziga to`q oilalar zimmasiga qo`shimcha soliqlar solingan.
Xonlikda katta ariqlardan oqqan suvlar iste’molchilarga sotilgan. Shaxsan,
xonning Go`ktom kanali va uning shoxobchalaridan oqqan suvi unga ko`plab
daromad keltirgan.
Xorazmning ekin maydonlari qumloq bo`lganligidan kam hosilli tuproq
hisoblangan. Shu sababli, mo`l hosil olish uchun ko`plab o`g`it talab qilingan.
Yerlarni hosildor qilishda daryoning bo`tana loyqa suvi asosiy o`g`it vazifasini
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
348
o`tagan. Dehqonlar dalaga go`ng, xaroba uylarning devorlarini maydalab
to`kishgan. Ayni paytda, loyqa suvdan ham unumli foydalanishgan. Bu hodisa
sun’iy sug`orishni yaxshi tashkil etishni taqozo qilgan. Suv solig`idan xon va
amaldorlar yaxshigina daromad olganlar.
Mamlakatda bojxona tashkil etilgandan so`ng davlat xazinasiga
tushadigan mablag` sezilarli darajada oshgan. Turli hududlardan kirib keladigan
ko`plab molar endilikda muayyan darajada soliq to`lashga majbur edilar.
Turkmanlar Eron sarhadlaridan ko`plab qul, cho`ri, ot, tuya, qoramol, savdobop
tovarlar, pullarni bosqinchilik yo`li bilan qo`lga kiritib, Xiva xonligiga olib
kirishar, bu ashyolarni iloji boricha yashirishga urinishar, lekin kiritgan mollarining
beshdan bir qismini soliq sifatida xonga to`lashga majbur edilar.
Muhammad Rahimxonning soliqlar bilan aloqador daromadlari juda
ko`p edi. Biroq xon oddiy yashashga o`rgangan kishi bo`lgan. Barcha boyliklarini
yig`ib qo`yish odati bo`lmagan. O`z navbatida u daromadining bir qismini harbiy
maqsadlarga sarflagan, bir qismini o`z qo`l ostidagi sodiq mansabdorlarga mukofot
sifatida taqdim qilgan. Obodonchilik ishlariga sarflagan.
Hukmdor qurol-yarog` saqlashga ishtiyoqmand bo`lgan, mohir chavandoz
bo`lib, bedov otlar saqlagan, ularni yetishtirishga yordam bergan. Turkman otliq
qo`shinlarning saqlash va ulardan harbiy maqsadlarda foydalanish xon uchun juda
qimmatga tushgan. Ular harbiy yurish oldidan ko`p miqdorda (oltin tanga) talab
qilishgan.
Solg`it-kesma haqida ham o`sha fikrni aytish mumkin. Uning joriy qilinishida
ayrim kamchiliklar bo`lsada, bu islohot soliq tizimini muayyan darajada tartibga
soldi. Xullas “Xiva o`z atrofidagi ojiz qo`shnilaridan ancha kuchli davlatga
aylandi”.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
349
XULOSA
Muhammad Rahimxonining islohotlari xalq uchun katta yengilliklar
tug`dirdi. O`sha davrdagi uchala xonlik ichida Xiva xonligi yuqoridagi
islohotlarning natijasida yuksaldi desak mubolag`a bo`lmaydi. Tarixchi va yetuk
shoir Munis va Ogohiy Muhammad Rahimxon I davrini go`zal maqtov va olqishlar
bilan qalamga olgan. Bundan ko`rinib turibdiki, hukmdorning xalqchilligi va
xalqiga bo`lgan muhabbati uni ulug`likka ko`targan. Bu anhor haligacha
Qilichniyozboy arig‘i nomi bilan mashhurdir. Muhammad Rahimxon I xonlik
hududidagi ariqlarni (yop) har yili tozalab qazdirishda o‘zi shaxsan qatnashgan.
Shu yili u dastlab rabi’ul oxir oyida Xivaning, jumodi-ul avval oyida Shovot
ariqlarini qazishda shaxsan o‘zi ishtirok etadi. Xiva xoni Marv viloyatini o‘z
tasarrufiga o‘tkazgandan keyin, uning sug‘orish shoxobchalariga ko‘proq e’tibor
qaratadi.
Muhammad
Rahimxon
I
zimmasiga
mamlakat
sarhadlarini
mustahkamlash, kuchli davlat siyosatini shakllantirish, turli ayirmachilik,
guruhbozlik, sotqinlik kabi ichki nizolarga barham berish, mamlakat mudofaa
quvvatini yuksaltirish kabi muhim vazifalarni amalga oshirish vazifasi tushdi va u
ushbu masalalarni oqilona hal qildi.
Xon mamlakatdagi urug‘ va qabilalarni barlashtirish, davlat ishlarini
bamaslahat yurgizish maqsadida Oliy kengash ta’sis qildi. Xiva xonligining ichki
ishlariga aralashish payida bo‘lgan ayrim davlatlar siyosatiga qat’iy qarashlik
ko‘rsatdi. Natijada uning siyosati qator davlatlar tomonidan e’tirof etilib,
diplomatik aloqalar o‘rnatildi. Savdo-sotiq ishlari yo‘lga qo‘yildi. Iqtisodiy-
madaniy aloqalar doirasi tobora kengayib bordi. Bu holat mamlakat iqtisodiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Xiva xonligida o‘zbek, turkman, qoraqalpoq va boshqa qator xalqlar
istiqomat qilganligi uchun millatlar birligini ta’minlash murakkab masalalardan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-44_ Том-1_ Май-2025
350
biri edi. Xon ushbu muammoni hal qilishda ham muhim qarorlar qabul qildi.
Harbiy yurishlarda o‘sha millatlar lashkarboshilariga tayanib, ish tutdi. Biroq,
feodalizmning talab va ehtiyojlari yovuzlik va bosqinchilik kabi illatlarni amalga
oshirishni taqozo qilar edi. Shu sababli Muhammad Rahimxon I ham o‘sha davr
hukmdorlariga xos tamoyilda faoliyat yuritdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.Муниров Қ. Мунис, Огаҳий ва Баёнийнинг тарихий асарлари. —
Тошкент, 1960. – Б. 8.
2.Йўлдошев М.Й. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши.
– Б. 86 ва кейингилари.
3.Муниров Қ. Хоразмда тарихнавислик. – Б. 73-74.
4.Мунис ва Огаҳий. Фирдавс ул-иқбол // Қўлёзма. ЎзР. ФАШИ. № 5364/I.
–110б вар. (шу юришда Мунис ҳам қатнашганини кўрамиз).
5.Камалов С. Қарақалпақлардын халық болып қалиплесиўи ҳам онын
мамлекетлигинин тарийхынан. —
Нукус. 2001. – Б.27.
6.Рус oлими В.В.Рoдлoвнинг таъкидлашича сарт сœзи санскрит (šадимги
ќинд) тилидаги
сартќалаќан сœзидан oлинган бœлиб, савдoгар, карвoнбoши дeган
маънoни билдиради.
7.МАТЁҚУБ МАТНИЁЗОВ, ЯРАШ ОЛЛАМОВ. “Хоразм давлатчилиги
тарихи’’ (Тарих факультетининг талаба ва магистрантлари учун маxсус курс
бўйича ўқув–услубий қўлланма) Юридик фанлари доктори, профессор
М.М.Файзиев таҳрири остида.-Урганч-2009,167-170-бетлар.
8.Иванов П.П. Архив хивинских ханов XIX в –Л.: 1940. – С.29.
9.Муравьёв Н.Н. Путешествие в Туркмению и Хиву в 1819 и 1820 гг.
гвардейского Генерального штаба капитана Николая Муравьёва, посланного
сию страну для переговоров. – М., 1819-1820. Т. 1-2; – C.79; С.82; С.88; С.111;
С.93