Авторы

  • Ermatova Shaxzoda Toir qizi

Биография автора

  • Ermatova Shaxzoda Toir qizi

    Toshkent davlat transport universiteti.  Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs Yu-2a guruh talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88362

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: sud hokimiyatlar bo’linish prinsipi sud tizimi qozi-kalon shariat qonunlari qozi-askari uchastka qozi sudi qozilar qurultoyi chor sudlari harbiy-sud komissiyalari kelishtiruvchi sud okrug sudlari Sud palatasi xalq sudi Oliy sud.

Аннотация

ANNOTATSIYA: ushbu maqolada hokimiyatlar bo’linishi tizimida sud hokimiyati, mustaqil O’zbekistonda sud hokimiyatining shakillanishi, O’zbekistonda sud hokimiyatining shakllanish jarayonidagi bosqichlarni, qozi-kalon, okrug, uchastka, viloyat sudlarini hamda Sud palatasini tashkil etilishini ko’rib chiqamiz.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

474

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUD HOKIMIYATINING TASHKIL

ETILISH TARIXI.

Ermatova Shaxzoda Toir qizi

Toshkent davlat transport universiteti. Iqtisodiyot fakulteti 4-kurs Yu-2a guruh

talabasi.

ANNOTATSIYA: ushbu maqolada hokimiyatlar bo’linishi tizimida sud

hokimiyati, mustaqil O’zbekistonda sud hokimiyatining shakillanishi,

O’zbekistonda sud hokimiyatining shakllanish jarayonidagi bosqichlarni, qozi-

kalon, okrug, uchastka, viloyat sudlarini hamda Sud palatasini tashkil etilishini

ko’rib chiqamiz.

Kalit so’zlar: sud, hokimiyatlar bo’linish prinsipi, sud tizimi, qozi-kalon,

shariat qonunlari, qozi-askari, uchastka qozi sudi, qozilar qurultoyi, chor sudlari,

harbiy-sud komissiyalari, kelishtiruvchi sud, okrug sudlari, Sud palatasi, xalq sudi,

Oliy sud.

Bugungi kunga kelib, sud hokimiyati davlat hokimiyatining mustaqil

hokimiyat tarmog’i ekanligi to‘g‘risidagi nuqtayi nazarni batamom shakllangan

deb aytsa bo’ladi. Sho’rolar davrida, ayniqsa, uning dastlabki davrlarida bu g’oya

rad etilgan. Sudning huquqni muhofaza etuvchi funksiyasi haqida deyarli

gapirilmas edi, sudning qatag’onchilik funksiyasi asosiy o’rinni egallab, amalda

sudlar davlat hokimiyatining bostirishga qaratilgan majburlov apparatlari sifatida

namoyon bo’lgan.

1

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida davlat

hokimiyatining mustaqil uch tarmoqqa - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud

1

“Sud va huquqni muhofaza qilish organlar” darslik M. Rustamboyev, Ye. Nikiforova. Toshkent TDYU nashriyoti

-

2007.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

475

hokimiyatiga bo’linishi va ularning bir-biridan mustaqil ravishda faoliyat yuritishi

mustahkamlab qo’yilgan. Ushbu moddada hokimiyatning har bir tarmog‘i (qonun

chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud) mustaqil va o‘z vakolatlarini amalga oshirishda

erkin hisoblanadi, hokimiyatning hech qaysi tarmog‘i hokimiyatning boshqa

tarmog‘i vazifalarini o‘z zimmasiga yuklatishga haqli emasligi nazarda tutiladi.

2

O‘zbekistonda sud hokimiyatining shakllanishi jarayonini shartli ravishda 5

bosqichga bo’lish mumkin:

1-bosqich: Rossiyaga qo‘shib olinishidan oldin O‘zbekistonda (Turkistonda)

sud hokimiyati;

2-bosqich: Chor Rossiyasi davrida O‘zbekistonda sud hokimiyati;

3-boqich: Oktabr revolyutsiyasidan so‘ng, ammo O‘zbekiston SSR tashkil

etilishidan oldin O‘zbekistonning (Turkistonning) sud hokimiyati;

4-bosqich: O‘zbekiston Respublikasi SSSR tarkibiga kirgan davridagi sud

hokimiyati;

5-bosqich: O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng sud hokimiyati.

Birinchi bosqich – Rossiyaga qo‘shib olinishidan oldin O‘zbekistonda

(Turkistonda) sud hokimiyati. Rossiyaga qo‘shib olinishdan oldin O‘rta Osiyo

uchta feodal davlatlar o‘rtasida bo‘lingan edi: Qo‘qon va Xiva xonliklari hamda

Buxoro amirligi. Xon va amir ularning hokimiyatlariga xavf tug‘diradigan xatti-

harakatlar bo‘yicha jinoyat ishlarini ko‘rib, sud hokimiyatini amalga oshirishgan.

Qozi-kalon (qozi-kuzzat), ya’ni oliy sudya “odil sudlovni” amalga oshirishda xon

va amirning o‘ng qo‘li bo‘lgan. U bir vaqtning o‘zida ham diniy, ham sud

hokimiyatini amalga oshirgan. Rasmiy hujjatlarda u “odil sudlov tayanchi (ustuni)”

deb nomlangan. Shariat qonunlariga rioya etgan qozi sudlari hamda xalq urf-odat

normalari bo‘yicha o‘z qarorlarini qabul qiladigan biy sudlari O‘zbekiston

hududida deyarli 13 asr davomida o‘z faoliyatini amalga oshirgan. Qozi-kalon

2

30.04.2023-

yildagi O’zbekiston

Respublikasining Konstitutsiyasi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

476

xonlik, amirlikning barcha qozilariga rahbarlik qilgan. U yangi tayinlanayotgan

qozilarning nomzodlarini xon, amirga tasdiqlash uchun taqdim etish, shuningdek,

ularni attestatsiyadan o‘tkazish huquqiga ham ega bo‘lgan. Qozi-kalon murakkab

jinoyat va fuqarolik ishlarini, shuningdek, xonlik, amirlikning poytaxti doirasida

vujudga kelgan barcha ishlarni ko‘rgan. Joylarda sud hokimiyatini qozilar amalga

oshirgan. Qozilar tomonidan ishlar og‘zaki va oshkora ko‘rilib, shariat yozma

normalariga asosan hal qilingan, shariat bo‘yicha qozining qarori ustidan bek, xon

yoki amirga shikoyat qilish mumkin bo‘lgan. tergov va prokuratura organlari yo‘q

bo‘lganligi sababli, qozi jinoyat ishlarini o‘zi hech qanday dastlabki tergovsiz

ko‘rib chiqardi. sud vazifalarini qozi-askari (harbiy sudya)harbiy xizmatchilar va

bek huzuridagi mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar to‘g‘risidagi

ishlarni ko‘rgan.

Ikkinchi bosqich – chor Rossiyasi davridagi O‘zbekistonda sud hokimiyati.

1865-yil 6-avgustdagi Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi vaqtincha

nizom mahalliy sudning tuzilishiga daxldor bo‘lgan chor hukumatining birinchi

hujjatidir. Mazkur nizomga muvofiq, qozi sudlari harbiy gubernatorlarga

bo‘ysundirilgan. Qozi-kalon, qozi-askari mansablari yo‘q qilingan va ularning

o‘rniga aholi tomonidan uch yilga saylanadigan yagona qozilar sudi joriy etilib, har

bir qozi uchastkasining chegaralari belgilangan. Da’voning bahosi 100 rublgacha

bo‘lgan fuqarolik ishlari uchastka qozi sudiga tegishli bo‘lgan, qolgan jinoyat va

fuqarolik ishlari esa vaqti-vaqti bilan yig‘iladigan qozilar qurultoylarida ko‘rilgan.

Qozilar qurultoyining hukmlari kollegial tartibda chiqarilganligi tufayli uzil-kesil

bo‘lib, ularning ustidan shikoyat qilish mumkin bo‘lmagan. Fuqarolik ishlari

bo‘yicha har ikkala taraf qarordan norozi bo‘lgan holda chor sudiga murojaat qilish

imkoniyati mavjud bo‘lgan. Oila-nikoh ishlari bo‘yicha qozi sudining qarorlari

ustidan shikoyatlar uezd boshlig‘iga berilardi, u esa ishni o‘zi hal qilardi yoki uni

harbiy gubernator ixtiyoriga taqdim etardi. 1886-yildagi Turkiston o‘lkasini

boshqarish to‘g‘risidagi nizom bilan “qozi sudlari” degan nom “xalq sudlari” degan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

477

nomga o‘zgartirilgan. Biroq, ushbu sudlar avvalgiday biy sudlari va qozi sudlariga

bo‘linardi. So‘ng ikkita sud instansiyalari o‘rnatilgan: “xalq” sudyasi va uezd

boshlig‘i tomonidan chaqiriladigan “xalq” sudyalari qurultoyi. Bundan tashqari,

uezd boshlig‘i hukm yoki qaror ijrosini to‘xtatishga va viloyat sudiga shikoyat

qilish uchun ishni prokurorga yuborishga haqli bo‘lgan. Ya’ni ish yuqori turuvchi

instansiya sudi tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun apellyatsiya shikoyatining

mavjudligi talab etilmagan. Uezd boshlig‘ining qarori ishni yuborish uchun faktik

asos bo‘lgan.

3

“Xalq” sudlarining hukmlari va qarorlari ustidan uezd boshlig‘iga

shikoyat qilish mumkin edi, u esa hukm yoki qaror ijrosini to‘xtatishga haqli bo‘lib,

shikoyatni, o‘z navbatida, “xalq” sudyalari qurultoyiga ko‘rib chiqish uchun

taqdim etardi. Qurultoy muayyan tumandagi sudyalarning uchdan ikki qismidan

iborat bo‘lgan. Shunday qilib, “xalq” sudyalari qurultoyi faktik apellyatsiya

instansiyasi bo‘lgan. Qurultoy huquqlari doirasidan chiqmagan holda qabul

qilingan qurultoy qarorlari uzil-kesil bo‘lgan. 1867-yilda hozirgi O‘zbekiston

hududida birinchi chor sudlari tashkil etilgan. Uezd sudlari birinchi instansiya

sudlari bo‘lgan va kelishtiruvchi sudyalarining huquqlaridan foydalangan.

Hukmlar uzil-kesil va uzil-kesil bo‘lmagan toifalarga bo‘linardi. Uezd

sudyalarining uzil-kesil bo‘lmagan hukm va qarorlar ustidan viloyat

boshqarmalarga shikoyat qilinardi. Viloyat boshqarmalar viloyat sudlarning tashkil

etilishiga qadar sud vazifalarini bajarardi. Ular sud sifatida uezd sudyalarining

ishlarini apellyatsiya tartibida ko‘rardi. General-gubernator viloyat mahkamaning

qarorlarini bekor qilganida ishni takroriy ko‘rish uchun sud tarkibini o‘zi tayinlardi.

Ta’sis etilgan vaqtinchalik harbiy-sud komissiyalari harbiy va umumiy jinoyat

ishlari bo‘yicha qaror qabul qilardi. Ularning hukmlari ustidan shikoyat qilish

mumkin emas edi. Kelishtiruvchi sudlari har bir uezd va Toshkent shaharda ta’sis

etilardi. Asosan ular diniy, siyosiy, mansab jinoyatlar, boshqaruv tartibiga qarshi

3

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar: Darslik / Mualliflar jamoasi

T.: TDYU nashriyoti, 2023.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

478

jinoyatlar, odam o‘ldirish, bosqinchilik va boshqa jinoyatlar bo‘yicha rus va

mahalliy aholining vakillarini ayblash yuzasidan ishlarni ko‘rardi. Kelishtiruvchi

sudlarining hukm va qarorlari ustidan apellyatsiya shikoyatlari va prokuror

protesti, shuningdek, xususiy shikoyatlar viloyat sudiga berilardi. Viloyat sudlari

sud palatasi va kelishtiruvchi sudlar qurultoyining huquq va majburiyatlarini o‘zida

birlashtirardi. Viloyat sudlari oldin viloyat mahkamalari va kelishtiruvchi sudlar

qurultoylari sudloviga tegishli bo‘lgan barcha ishlarni ko‘rardi. Bundan tashqari,

ularga mahalliy aholining qozi va biy sudlari hukm va qarorlarini bekor qilish

huquqi taqdim etilgan. 1898-yilda Turkistonda 1864-yildagi Sud nizomlari joriy

etilgan. Sud nizomlarini qo‘llash to‘g‘risidagi vaqtinchalik qoidalariga muvofiq,

uchastka va qo‘shimcha kelishtiruvchi sudlari; okrug sudlari; sud palatasi ta’sis

etilgan. Uchastka va qo‘shimcha kelishtiruvchi sudlari sudlovga tegishliligi jinoyat

va fuqarolik sud ish yurituvining nizomlari bilan belgilanadigan jinoyat va

fuqarolik ishlarini ko‘rardi. Ahvol huquqidan mahrum etishga yoki uni cheklashga

olib kelmaydigan jinoyat va nojo‘ya harakatlar to‘g‘risidagi ishlar kelishtiruvchi

sudya tomonidan ko‘rilardi. Ularning qarorlari ustidan protest va shikoyatlar okrug

sudiga berilardi. Okrug sudlari ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida ko‘rardi.

Ishlar maslahatchilar ishtirokida ko‘rilardi, maslahatchilar sifatida esa faxriy

uchastka va qo‘shimcha kelishtiruvchi sudyalar taklif etilishi mumkin edi. Okrug

sudi tomonidan birinchi instansiya sifatida ko‘rilgan ishlar bo‘yicha apellyatsiya

instansiyasi sud palatasi bo‘lgan. Sud palatasi 1899-yil 14-mayda Toshkentda

tashkil etilgan. U birinchi instansiya sudi sifatida qonunga muvofiq, uning

sudloviga tegishli bo‘lgan jinoyat va fuqarolik ishlarining eng muhim toifalarini

ko‘rgan. Uchastka sudlari tomonidan ko‘rilgan ishlar bo‘yicha sud palatasi

kassatsiya instansiyasi vazifalarini bajarardi. Kelishtiruvchi sudyalarning qurultoyi

sifatida chiqarilgan okrug sudlarining uzil kesil qaror va hukmlari ustidan berilgan

protest va shikoyatlar yuzasidan ishlarni ko‘rish bo‘yicha senatning vazifalari ham


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

479

sud palatasiga yuklatilgan edi. Sud palatasi katta rais, uchta podsholik sudyalar va

uchta mahalliy faxriy kelishtiruvchi sudyalardan iborat bo‘lgan.

Uchinchi bosqich – oktabr revolyutsiyasidan so‘ng, O‘zbekiston SSR tashkil

etilishidan oldin O‘zbekistonning (Turkistonning) sud hokimiyati. 1921-yildan

boshlab RKP MK ko‘rsatmalariga asosan, Turkistonda qozi sudlari institutining

qisman tiklanishi boshlandi.

4

1921-yil 6-oktabrdagi Qozi sudi to‘g‘risidagi

nizomga muvofiq Farg‘ona viloyatida yagona xalq sudi bilan birga qozi sudlari

ham legallashtirilgan. Mazkur sudlarning birinchi instansiyasi ishlarni yakka

tartibda ko‘rgan qozi bo‘lgan. Ikkinchi - apellyatsiya instansiyasi 2-5 kishidan

iborat bo‘lgan qozilar qurultoyi, kassatsiya instansiyasi esa (qozi qurultoyi

qarorlari ustidan kassatsiya tartibda shikoyat qilish uchun) viloyat yoki uezd adliya

bo‘limining taqdimnomasi bo‘yicha yoki xulosasi bilan ishlarni ko‘rgan ispolkom

rayosati bo‘lgan. Nizomga binoan, qozi taraflarning vujudga kelgan nizoni shariat

bo‘yicha hal qilinishiga rozi bo‘lganligi haqidagi yozma arizasi bo‘yicha ishlarni

ko‘rishga haqli edi. Taraflarning biri nizo ushbu tartibda ko‘rib chiqilishiga rozi

bo‘lmagan holda sudlovga tegishlilik haqidagi masala qarori uzil-kesil hisoblangan

alohida komissiyaga hal qilish uchun taqdim etilishi mumkin edi. Keyinchalik xalq

qozilari va xalq biylarining qaror va hukmlari ustidan berilgan shikoyatlarni

ko‘radigan apellyatsiya instansiyasi xalq qozilari va xalq biylarining qurultoyi,

kassatsiya instansiyasi esa xalq sudlari kengashining musulmon bo‘limi

(mahkamai shariya) bo‘lgan. Shikoyat qilish uchun belgilangan muddat qaror yoki

hukm chiqarilgan kundan boshlab 15 kunlik muddatni tashkil etardi. Biroq ushbu

tizim uzoq amal qilmagan edi. 1924-yilda apellyatsiya to‘liq bekor qilingan edi,

1928-yilda esa qozi sudlari ham bekor qilingan edi. Turkiston ASSRning 1923-

yildagi Sud tuzilishi to‘g‘risidagi nizomga asosan, Turkiston hududida quyidagi

sud tizimi amal qilgan edi: 1) ishlarni yakka tartibda yoki ikkita xalq

4

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar: Darslik / Mualliflar jamoasi

T.: TDYU nashriyoti, 2023.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

480

maslahatchilari ishtirokida ko‘rgan xalq sudi; 2) viloyat sudi; 3) RSFSR Oliy

sudining bo‘linmasi. Xalq sudi sud tizimining asosiy bo‘g‘in bo‘lib, jinoyat va

fuqarolik ishlarining asosiy qismini ko‘rardi. Viloyat sudi xalq sudlarining ishlari

bo‘yicha kassatsiya instansiyasi vazifalarini bajarardi hamda viloyatdagi barcha

sud-tergov muassasalariga rahbarlik qilardi. U birinchi instansiya sudi sifatida

oldin xalq sudlari tomonidan oltita xalq maslahatchilari ishtirokida ko‘rilgan eng

muhim jinoyat va fuqarolik ishlarini ko‘rardi. RSFSR Oliy sudining Turkiston

bo‘linmasi quyidagi tarkibda faoliyat yuritgan edi: bo‘linma rayosati; jinoyat

ishlari bo‘yicha kassatsiya kollegiyasi va jinoyat ishlari bo‘yicha sud kollegiyasi.

Uning vazifalariga quyidagilar kirardi: Oliy sud bo‘linmasining a’zolari o‘rtasida

majburiyatlarni taqsimlash; sud kollegiyasida ko‘rilayotgan ayrim ishlar bo‘yicha

maxsus sud tarkiblarini tayinlash; kollegiyalarning hisobotlarini ko‘rib chiqish va

tasdiqlash, Oliy sud bo‘linmasi bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash; respublika

prokurori takliflari bo‘yicha viloyat sudlarida maxsus taftish o‘tkazilishini

tayinlash va ushbu taftishlar natijalarini tinglash; Oliy sud bo‘linmasining a’zolari,

viloyat sudlarining raislari, ularning o‘rinbosarlariga nisbatan taftishlar natijalari

yoki respublika prokurorining alohida xabarlari bo‘yicha intizomiy ishlarni

qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish. Kassatsiya kollegiyasi ikkinchi instansiya sudi

sifatida faqatgina viloyat sudlari tomonidan ko‘rilgan jinoyat ishlarini ko‘rardi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha sud kollegiyasi birinchi instansiya sudi sifatida alohida

davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ishlarni ko‘rardi. Fuqarolik ishlari viloyat sudlari

tomonidan ko‘rilardi. Ularning qarorlari ustidan berilgan shikoyat va protestlar

bevosita RSFSR Oliy sudiga yuborilardi. Ta’kidlab o‘tamiz, RSFSR Oliy sudining

Turkiston bo‘linmasi tuzilmasida Plenum yo‘q edi, uning vazifalari RSFSR Oliy

sudi vakolatiga kiritilgan edi. Muayyan ish toifalarini ko‘rib chiqish uchun maxsus

sudlar, ya’ni harbiy tribunallar; xalq sudlarining alohida mehnat sessiyalari, yer

komissiyalari va arbitraj komissiyasi tashkil etilishi ham nizomda nazarda tutilgan

edi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

481

To‘rtinchi bosqich – O‘zbekiston Respublikasi SSSR tarkibiga kirgan

davridagi sud hokimiyati. Yangi tashkil etilgan viloyatlarda (Toshkent, Zarafshon,

Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm), shuningdek, oldindan bo‘lgan Samarqand

va Farg‘ona viloyatlarida viloyat sudlari ta’sis etilgan. 1922-yildagi RSFSRning

sud tuzilishi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq yangi tashkil etilgan O‘zSSR Oliy sudi

va viloyat sudlari o‘z faoliyatini boshlagan edi. O‘zSSR Oliy sudi quyidagi

tarkibda o‘z faoliyatini yuritgan edi: yalpi majlisning rayosati, jinoyat va fuqarolik

ishlari bo‘yicha kassatsiya kollegiyasi, jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud

kollegiyasi va intizomiy kollegiya. Xalq sudlari ham mavjud bo‘lgan, ular milliy-

davlat chegaralash jarayonining boshida ikkita bir-biridan keskin farqlanadigan

guruhlarga bo‘lingan edi:

1) oldin Turkiston Respublikasiga kirgan viloyatlarning (Toshkent, Samarqand va

Farg‘ona viloyatlarining) xalq sudlari;

2) O‘zbekistonga yangi qo‘shilgan viloyatlarning xalq sudlari. Birinchi guruhdagi

sudlar yaxshiroq sud apparati bilan farq qiladigan bo‘lsa, ikkinchi guruhdagi

sudlarning faoliyati mazkur viloyatlarda aholiga muhim ta’sir o‘tkazadigan qozi

sudlarining katta soni tufayli boshida qiyinchiliklarga duch keldi. 1926-yildagi

O‘zSSRning sud tuzilishi to‘g‘risidagi nizom. O‘zSSRda viloyatlar o‘rniga

okruglar tashkil etilishi munosabati bilan viloyat sudlari tugatilgan va ular o‘rniga

okrug sudlari tashkil etilgan. SSSR va soyuz respublikalarida sud tuzilishi

asoslarining ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, nizom O‘zSSR hududida quyidagi

yagona sud tizimini o‘rnatgan edi:

1) Xalq sudi;

2) Okrug sudi;

3) Oliy sud.

- 1931-yildagi O‘zSSRning sud tuzilishi to‘g‘risidagi nizom. O‘zSSRning 1930-yil

17-avgustdagi qarori bilan respublikaning okruglarga bo‘linishi tizimi bekor

qilinib, boshqaruvning ikkita zvenoli tizimi (tuman va markaz) o‘rnatilgan edi. Shu


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

482

munosabat bilan, okrug sudlari, okrug sudining tuman (uezd) vakillari tugatilgan

edi. Barcha sud uchastkalari tuman markazida to‘plangan edi, sudyalarning biri esa

boshqa xalq sudyalarining ishiga rahbarlik qilish uchun katta sifatida tayinlangan

edi. Shunday qilib, O‘zSSRda ikkita zvenoli sud tizimi barpo etilgan. Xalq sudlari

uchun kassatsiya va nazorat instansiyalari vazifalarini O‘zSSR Oliy sudi bajarardi.

Ushbu o‘zgartirishlar munosabati bilan 1931-yil 20-iyulda O‘zSSRning sud

tuzilishi to‘g‘risidagi nizom yangi tahrirda qabul qilinib, 1926-yildagi nizom

chiqarilganidan so‘ng qabul qilingan sud tuzilishi to‘g‘risidagi barcha qonunlarni

birlashtirdi. 1938-yildagi Sud tuzilishi to‘g‘risidagi Qonun. “SSSR, ittifoqdosh

respublikalar va avtonom respublikalarining sud tuzilishi to‘g‘risida”gi SSSR

Qonuni bo‘yicha O‘zbekistonda quyidagi sud tizimi amal qilishni boshlagan:

1. O‘zSSR Oliy sudi;

2. Qoraqalpoq ASSR Oliy sudi;

3. Viloyat sudlari;

4. Xalq sudlari.

Beshinchi bosqich- O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng sud

hokimiyati. Sud-huquq sohasini isloh qilish mustaqil sud hokimiyatining tashkil

topishda ustuvor vazifa bo‘ldi. Prezident I.A. Karimov mazkur qoidaga e’tibor

qaratib, ta’kidlab o‘tgan: «qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati —

davlatning uchta asosiy tayanchidir».

5

Buning huquqiy asosi sifatida sud

hokimiyatining mustaqilligi, sudlar faoliyatining prinsiplari va sud tizimining

tashkil etilishi kabi masalalarni tartibga solgan Asosiy qonun xizmat qildi.

O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul

qilindi. Mazkur qonunga muvofiq sudyalarni tanlash va lavozimlarga tayinlash

(saylash)ning samarali va demokratik mexanizmi barpo etildi, umumiy

yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashuvi qonuniy mustahkamlandi, fuqarolik va

jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tashkil etildi. Amalga oshirilayotgan sud-huquq

5

I.A. Karimov. O ‘zbekiston —

kelajagi buyuk davlat.

«

O

‘zbekiston», 1996

.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

483

islohotlarining birinchi navbatdagi maqsadi insonning konstitutsiyaviy huquq va

erkinliklarini, jamiyatda totuvlik va barqarorlikni ta’minlashdir. Sud tizimini

takomillashtirish hamda inson huquqlari himoya qilinishini va davlatda ijtimoiy

barqarorlik va qonuniylikni ta’minlash maqsadini ko‘zda tutgan sud

hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash; jinoyatga oid siyosatni liberallashtirish;

ishlarni sudda ko‘rilishining protsessual tartibini takomillashtirish; sud orqali

himoyalanishning kafolatlarini kuchaytirish va sudga murojaat qilish erkinligini

ta’minlash; inson huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqni

muhofaza qiluvchi organlarining faoliyatini takomillashtirish; aholini huquqiy

tarbiyalash sohasidagi faoliyatni yaxshilash, uning huquqiy madaniyatini oshirish,

huquqiy axborotning keng-maydonini yaratish yuqorida qayd etilgan vazifalarni

bajarish vositalari sifatida xizmat qiladilar. O‘zbekistonda sud-huquq islohotlari

davri to`rt bosqichga ajratiladi: dastlabki bosqich- 1991- 2000- yillar, ikkinchi

bosqich- 2001- 2008- yillar, uchinchi bosqich- 2008- 2015- yillar, to‘rtinchi

bosqich 2016-yildan hozirgi kungacha bo‘lgan davr hisoblanadi.

6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan

ilgari surilgan 2017- 2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning

Harakatlar strategiyasida qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini

yanada isloh qilish ikkinchi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangani bejiz emas.

Zero, davlat va jamiyatni tubdan modernizatsiya qilishda, eng avvalo,

fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, sud mustaqilligini

ta’minlash, odil sudlovga erishish, qonuniylikni mustahkamlash, korrupsiyaga

qarshi samarali kurashish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘tgan davr mobaynida

O‘zbekistonda barcha sohalar qatori sud-huquq yo‘nalishida ham keng ko‘lamli

ishlar amalga oshirildi. Mazkur hujjatda sud hokimiyatining chinakam

mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini

6

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Rustambyev M., Tuxtasheva U. 2012.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

484

oshirishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, 2023-

2026-yillarda sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa

muddatli Strategiyasi va uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturi

tasdiqlandi.

Xulosa

qilib aytganda, O'zbekistonda sud hokimiyatining tashkil etilishi

tarixiy jarayon sifatida rivojlanib, huquqiy davlat va demokratik tizimning

shakllanishiga katta hissa qo'shdi. Shuningdek, sudning ijtimoiy va siyosiy

mustaqilligini oshirishga qaratilgan bir qator qonunlar va me'yoriy hujjatlar qabul

qilindi. Bugungi kunda sudlar fuqarolarning huquqlarini himoya qilishda muhim

rol o'ynaydi va davlat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar orqali

sud tizimi yanada rivojlanmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

30.04.2023-yildagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

2.

“Sud va huquqni muhofaza qilish organlar” darslik M. Rustamboyev, Ye.

Nikiforova. Toshkent TDYU nashriyoti-2007.

3.

I.A.Karimov. O‘zbekiston — kelajagi buyuk davlat. «O‘zbekiston», 1996.

4.

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar. Rustambyev M., Tuxtasheva U.

Toshkent TDYU nashriyoti-2012.

5.

Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar: Darslik / Mualliflar jamoasi –

T.: TDYU nashriyoti, 2023.

6.

www.lex.uz