Авторы

  • L.A.Asatov
  • Sh.A.Sulaymonov

Биографии авторов

  • L.A.Asatov

    Andijon davlat texnika instituti 4-bosqich talabasi

  • Sh.A.Sulaymonov

    Andijon davlat texnika instituti dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88376

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: Pilla xom ipak chiziqliy zichlik adgeziya serisin chuvish tezligi uzluksiz chuvilish chuvilish davri tenzodatchik.

Аннотация

Annotatsiya: Maqolada pillachilik va pillakashlik sanoatida pillalarni turli changlardan himoya qilish va pilla qobig‘ining tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish uchun kimyoviy preparat (SFM) yordamida modifikatsiya qilib, sifatli xom ipak olish texnologiyasi yaratilgan. Ilmiy tadqiqotda pillalarni zararkunandalardan himoya qilish maqsadida “Biokimyo” zavodining chiqindilari (bardo va sivush moyi) va laboratoriya sharoitida sintezlangan sirt faol modda (SFM) ishlatilgan. Tayyorlangan SFM moddasining tarkibida gidroksil va karboksil guruhlariga ega bo‘lgan moddalar mavjud bo‘lib, uning muhiti neytral va zaharli emas. Shuningdek, bu moddaning tarkibida qobiqxo‘r qo‘ng‘izlar va hashoratlar yemaydigan amino guruhlari mavjud.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

374

PILLANI KIMYOVIY PREPARATLAR YORDAMIDA

MODIFIKATSIYA QILIB CHUVIB OLISH XUSUSIYATLARINI

YAXSHILASH.

L.A.Asatov ,

Andijon davlat texnika instituti 4-bosqich talabasi

Sh.A.Sulaymonov ,

Andijon davlat texnika instituti dotsenti

Annotatsiya: Maqolada pillachilik va pillakashlik sanoatida pillalarni turli

changlardan himoya qilish va pilla qobig‘ining tabiiy xususiyatlarini saqlab qolish

uchun kimyoviy preparat (SFM) yordamida modifikatsiya qilib, sifatli xom ipak

olish texnologiyasi yaratilgan. Ilmiy tadqiqotda pillalarni zararkunandalardan

himoya qilish maqsadida “Biokimyo” zavodining chiqindilari (bardo va sivush

moyi) va laboratoriya sharoitida sintezlangan sirt faol modda (SFM) ishlatilgan.

Tayyorlangan SFM moddasining tarkibida gidroksil va karboksil guruhlariga ega

bo‘lgan moddalar mavjud bo‘lib, uning muhiti neytral va zaharli emas.

Shuningdek, bu moddaning tarkibida qobiqxo‘r qo‘ng‘izlar va hashoratlar

yemaydigan amino guruhlari mavjud.

Kalit so’zlar: Pilla, xom ipak, chiziqliy zichlik, adgeziya, serisin, chuvish

tezligi, uzluksiz chuvilish, chuvilish davri, tenzodatchik.

KIRISH

Prezidentimizning ta’kidlashicha, tashqi bozorga arzon xom ashyolarni

emas, balki yuqori sifatli tayyor mahsulotlarni eksport qilish zarur. Eksport

imkoniyatlarini kengaytirish va jahon bozorlariga kirish uchun avvalo qimmatbaho

xom ashyoni qayta ishlash asosida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo‘shma


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

375

korxonalarni rivojlantirish zarur. Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda zamonaviy va

ixcham korxonalar qurish, ularni qishloqlarga yaqin joylashishini ta’minlash kerak.

Respublikamiz mintaqada to‘qimachilik sanoati uchun muhim xom ashyo

– paxta, tabiiy ipak, kanop va junni yetishtirishda yetakchi o‘rinda turib,

iqtisodiyotda muhim rol o‘ynaydi va aholini zarur ehtiyojlari bilan ta’minlashda

katta ahamiyatga ega. Bundan tashqari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar sanoatning

boshqa sohalarida texnik maqsadlar uchun ham ishlatiladi. Bozor iqtisodiyotining

rivojlanishi, dunyoda moliyaviy bo‘hronlar yuzaga kelgan bir davrda mahalliy xom

ashyodan samarali foydalanish, xalq iste’mol mahsulotlari assortimentini

kengaytirish, sifatini oshirish va to‘qimachilik korxonalarining eksport salohiyatini

kuchaytirish, shuningdek, import mahsulotlarini o‘rnini bosuvchi mahsulotlar

ishlab chiqarish juda muhimdir.

Xususan, ipakchilik sanoati O‘zbekiston Respublikasining yirik ishlab

chiqarish tarmoqlaridan biri bo‘lib, dunyoda pilla yetishtirish va qayta ishlash

bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun, bu tarmoq mahsuloti

O‘zbekiston uchun yirik eksport manbai hisoblanadi. Pillachilik sohasida iqtisodiy

islohotlarni

chuqurlashtirish,

respublikadagi

pillachilik

korxonalarini

modernizatsiyalash va yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun qulay shart-

sharoitlar yaratish, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar hajmini

oshirish va turlarini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2019 yil PF-2167 sonli “Ipakchilik oziqa bazasini mustahkamlash,

ipakchilik mahsulotlarini yetishtirish hajmini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash va

sanoat korxonalarini eksport salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar”

farmoni qabul qilindi.

Hukumatning maqsadli dasturida Respublikamiz hududlarida zamonaviy

texnologiyalar va ilg‘or uslublarga asoslangan ipakchilik korxonalarini qurish,

ishlab chiqarilgan mahsulotlarning kamida 70 foizini eksport qilish vazifasi

belgilangan. Pillakashlik korxonalarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash uchun


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

376

pilla omborlarda saqlanadi. Bu tashqi ko‘rinishda oddiy holat bo‘lishi mumkin,

ammo texnologik jarayonlar uchun katta ahamiyatga ega. Pilla xom ashyosini

saqlashda turli omillar ta’sirida pilla qatlamining strukturasining buzilishini oldini

olish maqsadida, kimyoviy preparatlar yordamida pilla qobig‘ini chang va boshqa

omillardan himoya qilish usullari soha olimlari L.Yu. Yunusov, X.A. Aliyev, A.O.

Baxriddinov va boshqa mutaxassislar tomonidan batafsil o‘rganilgan.

Hukumatning maqsadli dasturida, Respublikamiz hududlarida zamonaviy

texnologiyalar asosida ipakchilik korxonalarini qurish va ishlab chiqarilgan

mahsulotlarning kamida 70 foizini eksport qilish belgilangan. Pillakashlik

korxonalarining uzluksiz faoliyatini ta'minlash uchun pilla omborlarda saqlanadi.

Bu oddiy holat sifatida ko'rinishi mumkin, ammo texnologik jarayonlar uchun katta

ahamiyatga ega. Pilla xom ashyosini saqlashda turli omillar ta'sirida pilla

qatlamining strukturasining buzilishini oldini olish uchun, kimyoviy preparatlar

yordamida pilla qobig‘ini chang va boshqa omillardan himoya qilish usullari soha

olimlari L.Yu. Yunusov, X.A. Aliyev, A.O. Baxriddinov va boshqalar tomonidan

o‘rganilgan. Omasulatus va Srischie nomlilari pillachilik uchun ayniqsa xavfli

hisoblanadi. Dermester turiga oid qurtlar binolarning yog‘och qismlarini yemiradi

va o‘ziga yo‘l ochadi, bu yerda g‘umbakka aylanishi va keyin qo‘ng‘izga aylanishi

kuzatiladi. Qurtlar beton va oxakli qismlarni ham kemirib kirishadi.

Pillachilik va pillakashlikda pillalarni zararkunandalardan himoya qilish

uchun, avvalo, himoya muassasalari va pilla tayyorlov punktlarida yangi hosil

qabul qilishdan oldin ombor va yopiqlarni ta'mirlash, teshik va yoriqlarni yopish

kerak. Pilla saqlanadigan joylar va atrof-muhit maydonlari 80% li texnik xlorofos

yoki 50% li kimyoviy eritmalar bilan dezinfeksiya qilinishi lozim. Ammo, bu

preparatlarning kamyobligi va chet eldan olib kelingani sababli, bu ishlar

bajarilmayapti. Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, agar modda tarkibida amino guruh

bo‘lsa, qobiqxo‘r qo‘ng‘izlar bunday moddalarni yemaydi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

377

Bizning ilmiy tadqiqotda pillalarni zararkunandalardan himoya qilish

maqsadida "Biokimyo" zavodi chiqindilari (bardo va sivush moyi) asosida

laboratoriya sharoitida sintezlangan sirt faol modda (SFM) ishlatilgan.

Tayyorlangan SFM, pillaning tarkibidagi moddalarga yaqin gidroksil va karboksil

guruhlari mavjud bo‘lib, uning muhitining neytral bo‘lishi va zaharli emasligi,

shuningdek, tarkibidagi amino guruhlar sababli qobiqxo‘r qo‘ng‘izlar va

hashoratlar tomonidan yemasligi aniqlangan. Ushbu kimyoviy preparatlar

pillakashlik korxonasida ishlaydigan ishchilar sog‘lig‘iga zarar yetkazmaydi.

Tajriba Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi bosh pillaxonada olib

borildi. Pillalarni dastlabki ishlov berishdan oldin yangi kimyoviy preparatlar bilan

modifikatsiya qilib texnologik jarayondan o‘tkazildi. Quritilgan pillalar 30 kg dan

qilib kanop qoplariga joylanib, omborxonada saqlash uchun yuborildi. Tadqiqot

natijasida, tajriba variantlarida pillaning qobiqxo‘r qo‘ng‘izlardan zararlanishi

nazoratga nisbatan 60-67% kam bo‘lganligi aniqlangan.

Kimyoviy preparatlar (SFM) bilan ishlov berilgan pillalarni kvartallarga

ajratib, 5 kg dan qilib chuvib ko‘rilganda, nazorat guruhidagi pillalarga nisbatan

modifikatsiya qilish orqali pillaning chuvilishini 1.2-1.9% ga oshirishga erishildi.

Pilla qobig‘idagi chang va boshqa iflosliklarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan

dastlabki ilmiy tadqiqotlar natijasida, pilla qobig‘ida uning umumiy massasiga

nisbatan 0.1% dan ortiq chiqindilar borligi aniqlangan. Bu chang va iflosliklarning

miqdori esa pillaning dastlabki ishlov berish joyi va uslubiga, ularni tashish va

saqlash sharoitlariga bog‘liq. Pilla qobig‘idagi chang turli fraksion moddalardan

iborat bo‘lib, ularga mayda ipak tolalari, tut barglari va pilla dastalari uchun

ishlatilgan quritilgan shoxchalar kiradi. Changning 60-65 foizi 0.05 mm gacha,

qolgan 35-40 foizi esa 0.03-0.04 mm kattalikka ega zarralardan tashkil topgan.

Shuningdek, chang tarkibida 40-42% mineral va 58-60% organik moddalardan

iborat bo‘lib, uning birikmasida 1.7% kremniy ikki oksidi mavjudligi aniqlangan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

378

Pillachilik va pillakashlik sanoatida pillalarni turli changlardan himoya

qilish va pilla qobig‘ining tabiiy xususiyatlarini saqlashning eng samarali usuli

kimyoviy preparatlar yordamida modifikatsiya qilishdir. Kimyoviy preparatlarni

qo‘llashda, pillaning yuzasida chuvishga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan sirt faol

moddalardan foydalaniladi. Sirt faol moddalar eruvchanligiga qarab, uch guruhga

bo‘linadi: suvda eriydigan, suv va yog‘da eriydigan, va faqat yog‘da eriydigan

moddalar. Pillalarni modifikatsiya qilishda asosan suvda eriydigan sirt faol

moddalar ishlatiladi.

Bundan tashqari, "Biokimyo" zavodi chiqindilaridan, bardo va sivush

moylari sintezlab olingan SFMlar, pillaning sifatini oshirishda samarali ishlatilgan.

Ipakchilik korxonalarining asosiy vazifalaridan biri pilla xom ashyosidan samarali

foydalanishdir. Buni amalga oshirish uchun, pilladan ko‘proq xom ipakni chuvib

olish texnologiyalarini takomillashtirish va chiqindilarni kamaytirish zarur. Bu

muammoni yuqori molekulali kimyoviy birikmalarni qo‘llamasdan hal qilish

mumkin emas. Pillalarni qayta ishlashda to‘g‘ri tanlangan SFMlar texnologik

jarayonlarni yengillashtiradi, mehnat unumdorligini oshiradi, xom-ashyo sarfini

kamaytiradi va ipakning fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi. Pillalarni qayta

ishlash jarayonini takomillashtirish va chiqindisiz texnologik jarayonlarni yaratish

maqsadida, Biokimyo zavodi chiqindisi sifatida barda qoldiq fraksiyalarni sirt faol

moddalar sifatida sintez qilish ishlari olib borildi.

XULOSA

Barcha ko'rsatilganlarni xulosalaylik, Mazkur maqola tahlil natijalariga

asosan, Xulosa qilib aytganda, "Biokimyo" zavodi chiqindilari – bardo qoldiq

fraksiyasi va sivush moyi asosida sintezlangan yangi SFMlar bilan pillalarni

dastlabki ishlov berish jarayonidan oldin modifikatsiya qilish, uning saqlash

jarayonida yuzaga keladigan nuqsonlarni kamaytiradi. Amaliy tadqiqotlar

davomida ipakchilik sanoatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan sirtni faollashtiruvchi

moddalarning pillani modifikatsiya qilishda samarali konsentratsiyasi aniqlangan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

379

Bu borada asosiy mezon sifatida modifikatsiya qilingan pillalarning saqlanish

muddati olinib, ishlab chiqariladigan xom ipak miqdori bilan taqqoslandi va

tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Respublikaning tumanlarida yetishtirilgan pillalarni dastlabki ishlov berish

jarayonida, ularni saqlashdan oldin sirtni faollashtiruvchi moddalar bilan

modifikatsiyalash orqali, pillalar 3 oydan 9 oygacha saqlanishi mumkinligi ishlab

chiqarish sharoitida tekshirilgan va tasdiqlangan. Nazariy va amaliy tadqiqotlar

asosida, bu natijalarni sanoat miqyosida joriy etish uchun, pillalarni quritadigan

konteynerli agregatlarda pillalarga sirtni faollashtiruvchi moddalar yoki suvda

eriydigan preparatlarni purkash tizimi zarurligi aniqlandi..

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Raximov A. Yu., Sulaymonov Sh. A., Raximov A. A. Ishlab chiqarilgan

sun’iy g‘umbakdan tut ipak qurti pillasini o‘rash jarayonida foydalanish //Jurnal

ilmiy nashrlar aspirantlar va doktorantlar uchun. – 2015. – №. 4. – S. 160–161.

2.Alisher R. et al. Study of the Influence of Silkworm Feeding Conditions

on the Quality of Cocoons and Properties of the Cocoon Shell //Engineering. –

2019. – Т. 11. – №. 11. – С. 755.

3. Raximov A. Yu., Abduraxmonov A. A., Sulaymonov Sh. A. Vata-sdira

dan foydalanish holatini o‘rganish va kokon xomashyosi sifatini oshirish yo‘llari

// Jurnal ilmiy nashrlar aspirantlar va doktorantlar uchun. – 2015. – №. 4. – S.

152–157.

4.Аbdumanabovich,

Sulaymonov

Sharifjon,

Sativaldiyev

Aziz

Kaxramanovich, and Sulaymonov Sharifjon. "Theoretical Fundamentals of

Cocoon Ball Moisten and its Modification with Surface Active Substances."

Design Engineering (2021): 10636-10647.

5. Sulaymonov Sh. A. Tabiiy ipakdagi yuqori armirlovchi kimyoviy

komponentlarni o‘rganish orqali kimyoviy preparatlar yordamida pillani saqlash

usullari // Academic Research in Educational Sciences. – 2021. – T. 2. – №. 12. –


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

380

S. 407–413.

6. Sulaymonov Sh. Sanoat chiqindilaridan olingan sirt faol moddalarni

pillakashlik korxonalariga qo‘llash // Academic Research in Educational

Sciences. – 2021. – T. 2. – №. 10. – S. 894–900.

7. Raximov A. Yu., Raximov A. A., Sulaymonov Sh. A. Metody ochistki

othoda shelkovodstva vaty-sdira. Methods for cleaning waste of silk weaving //

Ilmiy konferensiya. – 2020. – S. 135.

8. Raximov A. A. va boshq. Klassifikatsiya, xarakteristikasi va xossalari

tabiiy ipak chiqindilari // Vestnik nauki i obrazovaniya. – 2020. – №. 5-1 (83). –

S. 16–20.

9.Muhammatovich H. M. et al. The Influence of Harmful Substances on the

Pigments of Leaves of Decorative Trees //Annual Research & Review in Biology.

– 2019. – С. 1-5.

10. Sulaymonov Sh., Muminov U., Jamoldinov S. X. Izucheniye

sostoyaniya ispol’zovaniya vatı-sdira i puti povysheniya kachestva kokonnogo

syr’ya // Universum: texnik fanlar. – 2019. – №. 7 (64). – S. 17–20.

11. Raximov A. Yu., Sulaymonov Sh. A., Raximov A. A. Vliyaniye usloviy

vykormki tutovogo shelkopryada na kachestvo kokonov // Jurnal nauchnykh

publikatsiy aspirantov i doktorantov. – 2015. – №. 4. – S. 158–159.

12.

Sulaymonov, S. & Kholboeva, S. (2023). oeko-tex® standard 100 textile

product safety management system role in product quality assessment according to

requirements. International Bulletin of Applied Science and Technology, 3(5),

352–360.