https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
339
MAHALLIY SANOAT KORXONALARIDA MARKETINGNING
AHAMIYATI
UZJOKU katta o’qituvchisi
Rustamov Zafar Xudayqulovich
Talaba: Ahtamov Dalerjon Akbarovich
Kalit so’zlar: marketing strategiyasi, sanoat korxonalari, raqobatbardoshlik,
bozor talabi, iste’molchi ehtiyoji, innovatsion marketing, ichki bozor, iqtisodiy
barqarorlik.
Annotatsiya: Maqolada mahalliy sanoat korxonalarining muvaffaqiyatli
rivojlanishi va raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalarining roli
tahlil qilingan. Samarali marketing faoliyati orqali bozor talablari va iste’molchi
ehtiyojlari aniqlanib, savdo hajmi oshirilishi, eksport salohiyati kengaytirilishi
hamda ichki bozorda barqaror o‘rin egallash imkoniyati yaratilishi yoritilgan.
Mahalliy
sanoat
korxonalarining
muvaffaqiyatli
rivojlanishi
va
raqobatbardoshligini oshirishda marketing strategiyalarining roli juda muhimdir.
Zamonaviy bozor sharoitida samarali marketing tadbirlari mahsulot va
xizmatlarning iste’molchilarga yetkazib berilishida asosiy omil hisoblanadi.
Marketing bozor talablarini tahlil qilish, iste’molchilarning ehtiyojlarini o‘rganish,
samarali reklama va brend imidjini shakllantirish orqali korxonalarning savdo
hajmini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari, mahalliy sanoat korxonalari
uchun innovatsion marketing vositalaridan foydalanish, eksport salohiyatini
kengaytirish va ichki bozorda mustahkam o‘rin egallash muhim ahamiyatga ega.
Shu sababli, marketing tamoyillarini to‘g‘ri qo‘llash mahalliy sanoatni yanada
rivojlantirish va uning iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim omillardan
biridir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
340
Bugungi global iqtisodiyot sharoitida mahalliy sanoat korxonalarining
raqobatbardoshligini oshirish va ularning barqaror rivojlanishini ta’minlash
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Raqobat kuchayib borayotgan sharoitda
samarali marketing strategiyalarini ishlab chiqish va qo‘llash korxonalar uchun
muhim omil bo‘lib, u mahsulot va xizmatlarning bozorga moslashuvi,
iste’molchilarning ehtiyojlarini aniqlash va ularni qondirish imkonini beradi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning marketingga e’tibor qaratishi ularning
eksport salohiyatini oshirish, ichki bozorni yuqori sifatli mahsulotlar bilan
ta’minlash va iste’molchilarning ishonchini qozonishda muhim rol o‘ynaydi.
Raqamli
texnologiyalarning
rivojlanishi
va
marketingning
innovatsion
yondashuvlari mahalliy sanoat korxonalariga yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Shu
sababli, marketing tamoyillarini samarali tatbiq etish nafaqat korxonalarning
rivojlanishi, balki mamlakat iqtisodiyotining o‘sishiga ham xizmat qiladi.
Mahalliy sanoat korxonalarida marketingning ahamiyati ilmiy jihatdan keng
o‘rganilgan bo‘lib, bu borada xorijiy va mahalliy olimlarning tadqiqotlari muhim
ahamiyat kasb etadi. Xalqaro miqyosda marketing va sanoat korxonalarining
rivojlanishi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan: Philip Kotler –
“Marketing Management” (Marketing boshqaruvi) asarida marketing
strategiyalarining sanoat korxonalaridagi roli, iste’molchilarga yo‘naltirilgan
yondashuvlar va bozor tadqiqotlari bo‘yicha asosiy tamoyillar bayon etilgan
Michael Porter – “Competitive Strategy” (Raqobat strategiyasi) asarida sanoat
tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish va marketing yondashuvlarining
muhim jihatlari tahlil qilingan
1
Philip Kotler, Kevin Lane Keller – Marketing Management (15th Edition), Pearson, 2015.
2
Michael E. Porter – Competitive Strategy: Techniques for Analyzing Industries and Competitors, The Free Press,
1980.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
341
David A. Aaker – “Strategic Market Management” (Strategik marketing
boshqaruvi) kitobida brend va marketing strategiyalarining sanoat korxonalari
rivojlanishidagi o‘rni o‘rganilgan
Jean-Jacques Lambin – “Market-Driven Management” (Bozor boshqaruvi)
kitobida marketingning sanoat korxonalari rivojlanishiga ta’siri va ularning
samarali faoliyat yuritish usullari tahlil qilingan.
Bu
tadqiqotlar
sanoat
korxonalarining
rivojlanishida
marketing
strategiyalarining ahamiyatini ko‘rsatib beradi va raqobatbardoshlikni ta’minlash
bo‘yicha ilmiy yondashuvlarni taklif qiladi.
O‘zbekistonlik tadqiqotchilar tadqiqotlari
Mamlakatimizda ham marketing va sanoat korxonalari rivoji bo‘yicha ilmiy
izlanishlar olib borilgan. Jumladan:
Shodmonov Sh.Sh. – “Marketing nazariyasi va amaliyoti” asarida
marketingning nazariy asoslari va uning sanoat korxonalaridagi ahamiyati
yoritilgan
.Abdukarimov I.T. – “Marketing asoslari” kitobida O‘zbekiston sanoat
korxonalarida marketingning strategik roli va innovatsion yondashuvlar
o‘rganilgan
.Qosimov S.Q. – “Sanoat tarmoqlarida marketingni rivojlantirish
yo‘nalishlari” tadqiqotida mahalliy sanoat korxonalarida marketingning dolzarb
masalalari tahlil qilingan
Ushbu tadqiqotlar mahalliy sanoat korxonalarining marketingga oid
strategiyalarini ishlab chiqish, bozorda raqobatbardoshligini oshirish va
innovatsion marketing vositalaridan foydalanish masalalariga e’tibor qaratadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotida boshqa sohalari qatori sanoat sohasi ham jadal
sur’atlarda rivojlanishiga erishildi buni quyidagi 1-rasmdan ko’rishimiz mumkin
unda yillar o’tgan sari korxonalari sonini o’sishi o’rganilgan
3
David A. Aaker – Strategic Market Management, Wiley, 1-nashr (1984) page 158
4
Shodmonov Sh.Sh.ning "Marketing nazariyasi va amaliyoti"2017 54-bet
5
Qosimov S.Q “sanoat korxonalarida marketingni rivojlantirish yo’nalishlari’’23-bet
6
.Abdukarimov I.T.ning "Marketing asoslari"2-nashr 48-bet
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
342
Korxonalari sonini o’sishi
1-rasm. Korxonalari sonini o’sishi
Bundan tashqari, mahsulot sifatini oshirish, korxonalarda marketingni yo’lga
qo’yishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirilishi har bir sanoat
korxonalarining samarali faoliyatida keng miqyosda foydalanishni va marketing
orqali sanoat korxonalarining samarali faoliyatini amalga oshirish talab qiladi.
korxonalarning marketing faoliyatini samaradorligini oshrishni taqozo etadi.
Hozirgi davrda marketing xizmati mavjud bo‘lmagan bozor tizimidagi biron-bir
korxona normal faoliyat olib borolmaydi. Shunday ekan bozorda vaqt o‘tishi bilan
marketingning foydalilik darajasi oshib bormoqda. Buning sababi shuki, hammaga
ma’lum bo‘lgan inson ehtiyojlari cheksiz, koxonaning resurslari esa cheklangandir.
Har bir subyektning o‘ziga xos ehtiyojlari mavjud, ularni qondirish esa har
doim ham sifatli bo‘lmaydi. Har bir insonga o‘ziga xos individual yondashuv
lozim. Shuning uchun yangi sharoitda didning xilma-xilligini aniq ajrata oladigan
va ularni his eta oladigan korxonalargina yashay oladilar. Marketing esa bunga
imkon beradi. Bozor sharoitida savdo tizimi mahsulotdan voz kechishi mumkin,
davlat zararlarni qoplamaydi, kredit berishda banklar o‘zlarining shartlarini olga
suradilar, bozorga xos bo‘lgan raqobat paydo bo‘ladi. Bozor iqtisodiyotiga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
343
moslashmagan korxonalar tez orada inqirozga uchrashi mumkin. Bunday hollardan
omon qolish maqsadida, xo‘jalik faoliyati sohasidagi mutaxassislariga, bozor
iqtisodiyoti sharoitida boshqarish texnikasini va uslublarini o‘rganishlari lozimdir.
Korxona faoliyatida marketingning bo’lim sifatida o’rnini quyida ko’rishimiz
mumkin.
(1-rasm)
1-rasm. Korxona faoliyat sturukturasi
Zamonaviy O‘zbekiston Respublikasida marketing endi rivojlana bormoqda,
shuning uchun mamlakat korxonalarining marketing faoliyatidagi tajribalari juda
ham cheklangan. Bunda «istalgan narxda, istalgan mahsulotni sotish» tamoyiliga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
344
amal qilinmoqda. Bu so‘zsiz marketing g‘oyasiga qarshidir. Zamonaviy marketing
konsepsiyasi korxonaning barcha faoliyat turlari iste’mol talablarini va ularning
kelajakdagi o‘zgarishini bilishga asoslanishidan iboratdir.
Bundan tashqari marketingning yana bir maqsadlaridan biri xaridorlarning
qoniqtirilmagan talablarini aniqlash va bu bilan ishlab chiqarishni ushbu talablarni
qoniqtirishga yo‘llantirishdan iboratdir. Marketing tizimi iste’molchilarga zarur
bo‘lgan miqdor va assortimentdan kelib chiqqan holda, tovar ishlab chiqarishni
ushbu omillarga bog‘liq bo‘lgan funksional qaramlikka yuz tutadi. Aynan shu
sababdan marketing bozorni o‘rganish metodlari yig‘indisi bo‘lishidan tashqari, u
o‘z urinishlarini samarali savdo kanallarini yaratish va reklama kompaniyalarini
o‘tkazishga qaratadi.
Ta’kidlab o‘tilganidek, raqamli iqtisodiyot sharoitida va ayniqsa bozorga
o‘tish davrida marketing iqtisodiy intizomlarning eng muhimlaridan biri
hisoblanadi. Bundan butun iqtisodiy xo‘jalikning samarali ishlashi marketing
tizimi qanchalik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganliligiga bog‘liq. Marketing bu -
korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, shuningdek, sotish
faoliyatini tashkil qilish tizimidir, daromad olish maqsadida mahsulot va
xizmatlarga bo‘lgan talablarni shakllantirish va qondirish.
Mutaxassislar «marketing» terminiga ikki xil ma’noni kiritishadi: bu
boshqarishning funktsiyalaridan biri va bozor munosabatlari sharoitida to‘liq
boshqaruv konsepsiyasidir. Boshqaruv funksiyasi sifatida marketing moliya, ishlab
chiqarish, ilmiy izlanishlar, moddiy-texnik ta’minot va boshqalar bilan bog‘liq
bo‘lgan boshqa turdagi faoliyatlardan kam bo‘lmagan ahamiyatga egadir.
Boshqaruv konsepsiyasi sifatida (biznes falsafasi) marketing korxonadan
iste’molni «demokratik» jarayon sifatida tan olishlarini talab etadi va bu jarayonda
iste’molchilar o‘zlari uchun zarur bo‘lgan mahsulotlarga o‘zlarining pul
mablag‘lari bilan «ovoz» berish imkoniyatini yaratadi.Bu korxonaning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
345
muvaffaqiyatini aniqlaydi va iste’molchilarning talablarini optimal tarzda
qondirish imkoniyatini beradi.
Marketing bu - ommani xarid qilishga undash uslubi bo‘lgani sababli,
ko‘pchilik bu tushunchani rag‘batlantirish va sotish bilan tenglashtiradilar. Farqi
shundan iboratki: sotish, asosan yuzma-yuz muomalani – sotuvchi potensial
xaridorlar bilan muomalasini anglatadi. Marketing insonlar- ushbu sotuvchi
korxona vakillarining birontasi bilan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri muomalada bo‘lmagan
insonlar fikrini jalb etish va undash uchun ommaviy axborot vositalarini va boshqa
uslublardan foydalanadi.
Boshqaruv muammolari bo‘yicha yetakchi nazariyotchilardan biri Peter
Drukker bu haqida shunday deydi: Marketingning maqsadi - sotish borasidagi
urinishlarni bekor qilish. Uning maqsadi - mijozni shunday o‘rganish va tushunish
kerakki, tovar yoki xizmatlar unga aniq to‘g‘ri kelishi va o‘zini-o‘zi sotishlari
mumkin bo‘ladi.
Marketing - ko‘p qirrali va dinamik bo‘lgan murakkab hodisadir. Bu bilan
marketingni tamoyillariga va funksiyalariga, uning asosiga bir universal termin
bilan to‘liq va adekvat tushuntirish berib bo‘lmasligi tushuntiriladi. «Marketing»
termini AQSHda 20 asrning boshlarida paydo bo‘lib, yetakchi boshqaruv
funksiyasi sifatida esa marketing 50-yillardan boshlab ko‘rila boshladi. Hozirgi
davrda marketingning 2000 yaqin ta’riflari mavjud bo‘lib, ularning har biri
marketingning u yoki bu tarafini yoritib berishga yoki uning kompleks tavsifini
berishga harakat qiladi.
F.Kotler quyidagi ta’rifni taklif etadi: marketing - bu tovarlarni taqdim etish
va almashtirish bilan alohida bir individlar va guruhlarning talab va ehtiyojlarini
qondirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy va boshqaruv jarayonidir. Ushbu ta’rifning
asosiy tushunchalari - zarurat, ehtiyoj va talab; mahsulot; xarajatlar va qondirish;
almashuv, transaksiyalar va o‘zaro munosabatlardir. Buyuk Britaniyaning
marketing jamoa instituti marketingga «iste’molchining talablarini aniqlash,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
346
bashorat qilish va qondirishga shuningdek daromad olishga yo‘naltirilgan
boshqaruv jarayoni» degan ta’rifni beradi.
Xulosa qilib aytganda, mahalliy sanoat korxonalarida marketing tizimini
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ularning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy
samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Raqamli texnologiyalar va innovatsion
yondashuvlardan foydalangan holda marketing strategiyalarini ishlab chiqish
korxonalar uchun muvaffaqiyat kaliti bo‘lib xizmat qiladi. Shunday ekan,
marketing tizimini to‘g‘ri tashkil etish va uni zamonaviy talablar asosida
shakllantirish mahalliy sanoat orxonalarining global bozorga chiqishi uchun
muhim ahamiyat kasb etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Philip Kotler, Kevin Lane Keller – Marketing Management (15th
Edition), Pearson, 2015.
2.
Michael E. Porter – Competitive Strategy: Techniques for Analyzing
Industries and Competitors, The Free Press, 1980.
3.
David A. Aaker – Strategic Market Management, Wiley, 1-nashr (1984)
page 158
4.
Shodmonov Sh.Sh.ning "Marketing nazariyasi va amaliyoti"2017 54-bet
5.
Qosimov S.Q “sanoat korxonalarida marketingni rivojlantirish
yo’nalishlari’’23-bet
6.
Abdukarimov I.T.ning "Marketing asoslari"2-nashr 48-bet