Авторы

  • Nig’matova Aziza Ahror qizi

Биография автора

  • Nig’matova Aziza Ahror qizi

    Fan va texnologiyalar universiteti Kunduzgi,MMT 1/24

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88395

Ключевые слова:

Kalit so’zlar: AlHuda islom iqtisodiyoti islom moliyasi islom moliyasi productlari Keywords: AlHuda Islamic economics Islamic finance Islamic finance products

Аннотация

Annotatsiya:Islom moliyasining O’zbekistondagi ahamiyati qanday? Foiz bo’lmasa, foyda qayerdan keladi? Undan kimlar foydalana oladi? Islom iqtisodiyoti vositalaridan faqat musulmon bo’lganlar foydalanishi mumkinmi?

Annotation: what is the importance of Islamic finance in Uzbekistan? Where does the profit come from if there is no interest? Who can use it? Can the tools of Islamic Economics be used only by those who are Muslims?


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

239

ISLOM MOLIYASI

Nig’matova Aziza Ahror qizi

Fan va texnologiyalar universiteti Kunduzgi,MMT 1/24

Annotatsiya:Islom moliyasining O’zbekistondagi ahamiyati qanday? Foiz

bo’lmasa, foyda qayerdan keladi? Undan kimlar foydalana oladi? Islom

iqtisodiyoti vositalaridan faqat musulmon bo’lganlar foydalanishi mumkinmi?

Kalit so’zlar: AlHuda, islom iqtisodiyoti, islom moliyasi,islom moliyasi

productlari,

ISLAMIC FINANCE

Nigmatova Aziza Ahror qizi

University of Science and Technology full-time, MMT 1/24

Annotation: what is the importance of Islamic finance in Uzbekistan? Where

does the profit come from if there is no interest? Who can use it? Can the tools of

Islamic Economics be used only by those who are Muslims?

Keywords: AlHuda, Islamic economics, Islamic finance, Islamic finance

products,

Kirish:

So’nggi yillarda islomiy moliya moliyaviy texnologiya sohalari bilan bir

qatorda, hamda xalqaro moliyaviy xizmatlar sanoatida eng jonli va shu bilan

birgalikda hali ko’zga yaqqol tashlanib ulgurmagan tarmoqlardan biri bo’lib

qolmoqda.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

240

Islom moliyasini asosiy manbaasi bu Qur’on va Hadis.Misol uchun

Qur’onning qaysidir oyatlarida oldi-sotdiga, islom moliyasiga oid oyatlar bor va

shunga qaraladi.Agar ba’zi narsalar Qur’onda bo’lmasa hadisdan qaraladi.Bunda

ham bo’lmasa,ikkilamchi manbaalarga o’tiladi,bular Qiyos va Ijmo.Islom moliyasi

va bankining umumiy amaliyotlari islom dining o’rnatilishi bilan paydo

bo’lgan.Biroq, institutsional islom moliyasi XX asrdan keyin tashkil etilgan.

Natijalar:

Hozirgi vaqtda Islom moliyasi eng yaxshi yo’lga qo’yilgan 3 ta davlat

Saudiya Arabistoni

Eron

Malaziya

Ko’rsatgichlar ko’lami bo’yicha global bozor hajmining 66 foiziga egalik

qiladi.

Qardus nashrining ma’lumot berishicha, ayni paytda islom moliya sektori

yiliga 15% dan 25%gacha o’sib bormoqda, islom moliya institutlari esa dunyo

bo’ylab 2,7 trillion dollardan ziyod aktivlarni boshqarmoqda.

O‘zbekistonda «

Islom bank ishi va moliyasi

» tashkiloti (AlHuda) fikricha

Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi (MDH) mamlakatlarida islom moliya sanoatining

o‘sishi boshqa davlatlarga qaraganda sekinroq, ammo bu mintaqada

imkoniyatlarning ortib borayotgani tufayli jahon xalqaro bank sanoatining

e’tiborini tortmoqda. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston MDHda

islom banki va moliyasining bu kengayishida yetakchilik qiluvchi asosiy

o‘yinchilar bo‘lishi mumkin, deyiladi bayonotda.Bugungi kunda O’zbekistonda

Islom moliyasiga qiziqish tobora ortib bormoqda.O’zbekiston aholi soni 2024-yil

1-yanvar holatiga ko’ra 36 799 800 kishini tashkil etadi, taqriban 37 mln.Aholining

ko’pchiligi, taxminan 95% aholisi Islom diniga e’tiqod qiladi.Bu yer nafaqat gaz,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

241

neft va boshqa tabiiy resurslarga boy, balki azaldan ham ilm va islom dinining

markazlaridan biri bo’lib kelgan.

Muhokama:

Islom moliyasi tizimi

nima?

Bu pul mablag‘laridan foydalanish va taqsimlash jarayonida Islom huquqi

qoidalariga mos keluvchi iqtisodiy munosabatlarni o‘z ichiga oladigan Islom

ekotizimining bir qismidir. Masalan, Islom dinida qarz berish yoki olish evaziga

foyda ko‘rish taqiqlangan, barcha moliyaviy jarayonlar esa haqiqiy iqtisodiy

faoliyatga asoslangan bo‘lishi kerak. Odamga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan

sohalarni moliyalashtirishga ruxsat berilmaydi — masalan; qimor o‘yinlari,

alkogol, tamaki mahsulotlari va boshqalar.

Islom iqtisodiyoti vositalaridan faqatgina musulmonlar foydalanishi

mumkinmi?

Yo‘q. Hozirda iqtisodiy o‘sishning yangi yo‘nalishlarini izlab, ham

musulmon, ham musulmon bo‘lmagan ko‘plab davlatlar iqtisodiy diversifikatsiya

uchun Islom iqtisodiyotiga jiddiy e’tibor qaratmoqda. Masalan, barcha sektorlarda

innovatsion mahsulot va xizmatlar yaratuvchi dunyoning yetakchi brendlari ham

Islom iqtisodiyotiga qiziqish bildirmoqda.

Islom banklari qayerdan foyda oladi?

An’anaviy iqtisodda pul bu-oldi berdi vositasi, pul bu-qiymat jamg’arish

vositasi va pul bu-maxsulot o’rnida ko’riladi.Masalan sizga yuz ming so’m berib

bir yuz yigirma mingga qaytaras qilib sotishi mumkin.Bu pulga maxsulot sifatida

qaralgandek.Lekin islom moliyasida, islom iqtisodida pulga faqat oldi-sotdi

vositasi sifatida va hamda pul jamg’arish qiymatiga ega bo’lgan vosita sifatida

ko’riladi.Biroq,maxsuloq sifatida ko’rilmaydi.Ya’ni puli bor odam faqatgina puli


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

242

bo’gani uchun boylik, uni ko’paytirish degan narsa yo’q.Islom moliyasida pul

aktivlarga bog’liq bo’ladi.Misol uchun siz islom bankiga borib menga pul

beringlar,kredit beringlar desangiz sizga pul berilmaydi.Ular faqatgina iqtisodiy

faoliyatga pul berishlari mumkin.Misol uchun siz biror bir uskuna olmoqchi

bo’lsangiz islom banklari bu uskunani olib sizga sotishi mumkin.Yoki sizning bir

biznes rejangiz bor siz o’zingizga sherik qidiryapsiz, islom banki o’sha

loyihangizga sherikchilik qilishi mumkin.Bu degani o’sha loyihangz foyda ko’rsa

foydangizga,zarar ko’rsa zararingizga sherik bo’ladi degani.Islom moliyasining bir

nechta productlari bor.

Birinchisi

(musharika)-sherikchilikda

ish

qilinadigan

product.Oldin

aytganimizdek bunda ikkala taraf pul tikadi, foydasiga ham zarariga ham sherik

bo’ladi.

Ikkinchisi (mudaraba)-bunda bir taraf pul tikadi ikkinchi taraf esa loyihani

yurgazadi.Foyda kelishilgan ulushda taqsimlanadi.

Uchinchisi (murabaha)-sizga biror bir uskunani sotib olish uchun pul

kerak.Lekin islom moliyasi sizga naqd pul bermaydi, balki u bu uskunani sotib

oladi va ustiga o’sha foizini qo’yib(marja) sotishi mumkin.

To’rtinchisi (istisna)-bu qurilish sohalarida ishlatiladi.Ya’ni siz bir uyning

loyihasini ularga berishingiz mumkin, necha kv metrli, necha qavaqtli, dizayni va

hokazolar…ular bu uyni siz uchun bitirib sizga qaytarib sotishadi.

Huddi shunga o’xshash sanam bor.Bu dexqonchilikda bo’ladi.Unga kora

sarmoyasi yo’q dexqon yil boshida yerga kerakli bo’lgan o’g’itlar bormi, don yana

boshqa narsalar islom bankidan yoki sarmoya kiritmoqchi bo’lgan tarafidan shu

moliyalashtirishni salami orqali oladi.Yilni oxiriga kelb esa uni sotib oladi.

Bu bir nechta product orqali islom banki foyda ko’radi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

243

Xulosa:

Xulosa sifatida shuni aytish joizki, bugungi kunda islom moliyasi umuman

olganda islom banklari kundan kunga rivojlanib bormoqda.Albatta bu yaxshi

ko’rsatkich.Bundan nafaqat musulmonlar, balki, musulmon bo’lmagan boshqa

shaxslar ham foydalanishi mumkin.IMI(Islom Moliya Institutlari)lar orqali siz

biror bir loyihangizga mablag’ingiz bo’lmasa moliyaviy jihatdan ko’mak

olishingiz mumkin.Islom moliyasida siz bilan sherikchilik asosida biror bir

loyihaga kirishilsa tomonlarning roziligi asosida foyda taqsimlanadi.U loyiha

rivojlanib boraversa ma’lum bir ulushni doimiy ravishda IMIlarga berilib

turiladi.An’anaviy banklarda esa unday emas.Ular sizga pul beradi, lekin siz

foydaga kirasizmi yoki zarar ularga buning ahamiyati yo’q.Belgilangan summani

belgilangan vaqtda to’lashingiz shart.Yaxshi tarafi shundaki, ularga pulni to’lab

bo’lsangiz ular sizni bezovta qilmaydi, lekin IMIlarda esa ular har doim sizga

sherik bo’lib qolaveradi.Va foydaning ma’lum bir ulushi ularga tegishli bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.gazeta.uz

2.Qardus

3. https://youtu.be/BMKaWQKSg9M