Авторы

  • Turdiyeva Kamola Maxmudjon qizi

Биография автора

  • Turdiyeva Kamola Maxmudjon qizi

    Fan  va Texnologiyalar Universtiteti  Tarix kechki  1-kurs 2/4- guruh talabasi  

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88396

Ключевые слова:

Kalit so`zlar: Hadis alloh ilm rasululloh sahoba kalom oyat hamd.

Аннотация

Ushbu maqola Payg`ambarimiz  sollallohu  alayhu  vasallamdan qolgan  ma`lumotlarni  o`z   ichiga oladi. Alloh subhanahu va taologa u zotning  ulug`ligiga  munosib hamdu sanolar  bo`lsin. Allohning oxirgi Rasuli Muhammad mustafoga  mukammal  salovotu   salomlar  bo`lsin.  Rasulullohning  sahobai  kiromlariga Alloh  taoloning  roziligi   bo`lsin. Shu bilan birga, bu  silsila  siz bilan  bizni  saodat  zamoni  bo`lmish  Payg`ambar   sollallohu alayhu  vasallamning   zaminlariga  elitmoqda.U, zoy zamon   havosidan  nafas  olib , o`sha  zamon voqealarini  qo`limizdan  kelganicha  o`rganmoqdamiz.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

233

HADIS VA HAYOT

Fan va TexnologiyalarUniverstiteti Tarix kechki 1-kurs 2/4- guruh talabasi

Turdiyeva Kamola Maxmudjon qizi

Ushbu maqola Payg`ambarimiz sollallohu alayhu vasallamdan qolgan

ma`lumotlarni o`z ichiga oladi. Alloh subhanahu va taologa u zotning ulug`ligiga

munosib hamdu sanolar bo`lsin. Allohning oxirgi Rasuli Muhammad mustafoga

mukammal salovotu salomlar bo`lsin. Rasulullohning sahobai kiromlariga

Alloh taoloning roziligi bo`lsin. Shu bilan birga, bu silsila siz bilan bizni saodat

zamoni bo`lmish Payg`ambar sollallohu alayhu vasallamning zaminlariga

elitmoqda.U, zoy zamon havosidan nafas olib , o`sha zamon voqealarini

qo`limizdan kelganicha o`rganmoqdamiz.

Kalit so`zlar: Hadis, alloh, ilm, rasululloh, sahoba, kalom, oyat, hamd.

Istiqlol bizga shonli o`tmish , fayzli ziyoratgohlar tarixni o`rganish , ularni

obod qilish , bobolarimizni kim ekanliklarini anglash baxtini berdi .

O`zbekiston hozirgi kunda gullab- yashnamoqda . Xalqimiz ma`naviyatiga

xizmat qilish bilan birga , yurtimizni dunyoga tanitdi .

Ulug` ajdodlarimiz shon-shavkatini dunyoga ko`z-ko`z qilmoqda. Islom

olamida ,,Qur`on‘’ karimdan keyin ko`zga ko`ringan ,,Hadis ‘’ sharifdir . Hadis

Rasululloh aytgan so`zlar. Abu Muso razuyallohu anhu shunday rivoyat qiladilar

.Payg`ambar sollallohu alayhu vasallam bilan Madinaning bog`laridan bir

bog`ida edim .Bas, bir kish kelib , eshikni ochishni so`radi .Payg`ambar

sollallohu alayhu vasallam ,,Unga eshikni och va jannatning bashoratini ber

‘’ dedilar. Eshikni ochsam , Abu Bakr ekan. Unga Payg`ambar sollallohu alayhu

vasallam bergan bashoratni aytdim. U Allohga hamd aytdi. So`ngra yana bir

kish kelib , eshikni ochishni so`radi. Payg`ambar sollallohu alayhu vasallam ;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

234

,, Unga eshikni och va jannatning bashoratini ber ‘’dedilar. Eshikni ochsam,

Umar ekan. Unga Payg`ambar sollallohu alayhu vasallam bergan bashoratni

aytdim. U Allohga hamd aytdi. So`ngra yana bir kish kelib , eshikni ochishini

so`radi. Payg`ambar sollallohu alayhu vasallam. ,, Unga eshikni och va unga

keladigan balo uchun jannatning bashoratini ber ‘’ dedilar. Eshikni ochsam ,

Usmon ekan. Unga Payg`ambar sollallohu alayhu vasallam bergan bashoratni

aytdim. U Allohga hamd aytdi , va so`ngra ,, Allohning o`zi yordam bersin’’

, dedi.

Ushbu rivoyatda eshik qoqib kelgan zotlarga jannatning bashorati berilish

ularning Islom ummatidagi Payg`ambar sollallohu alayhu vasallamdan keyin

tutgan o`rnilariga qarab bo`lmoqda. Ularning eshik qoqish tartiblari ham bejiz

emas. Darhaqiqat , Payg`ambar sollallohu alayhu vasallamdan keying

ummatning eng afzali Abu Bakr Siddiq , keyin Umar Odil , va so`ngra Usmon

Zunnurayin roziyallohu anhumdir. Bu rivoyatda ,,Unga keladigan balo uchun

jannatning bashoratini ber” deilishi ila kelajakda hazrati Usmon Ibn Affon

roziyallohu anhuni baloga uchlariga ham ishora qilmoqda. IbnUmar roziyallohu

anhu rivoyat qiladilar:,,Payg`ambar sollallohu alayhu vasallamning zamonlarida

Abu Bakrga hech kimni teng ko`rmas edik. So`ngara Umarga , so`ngra

Usmonga. Keyi esa,Payg`ambar sollallohu alayhu vasallamning sahobalarini bir-

birlaridan Afzal qilishni tark qilar edik. Bu rivoyatda esa uch buyuk sahobani

Payg`ambar sollallohu alayhu vasallamning zamonlaridayoq boshqalardan

Afzal ko`rilgani aniq ekanligi takidlanmoqda. Bunda hazrati Usmon ibn Affon

roziyallohu anhuning Islom ummatida uchinchi shaxs ekanliklariga yana bir

ishonchi dalil.

Abdulloh ibn Amri rivoyat qiladilar :Rasulloh sollallohu alayhu vasallam

,, Odam qiladirgan gunohi arzimlardan biri – ota- onasini haqorat qilmog`idir

‘’-_ dedilar. SHunda ,,Yo Raslulloh , odam o`z ota-onasini qanday qilib haqorat

qilmog`I mumukin? ‘’- deyishdi. Janob Rasululloh sollallohu alayhu vasallam.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

235

,, Birovning ota-onasini so`kkan odam o`z ota-onasini haqorat qilgan bo`ladur

: deb javob qildilar. SHuning uchun ham boshqa insonlarni haqorat qilmaslik

kerakligi aytilmoqda. Abu Hurayra raziyallohu anhu : ,, Men Rasulullohu

sollallohu alayhu vasallamning.’’ Kimki rizqim ulug`, umrim uzoq bo`lsin desa

, qarindosh – urug`lariga , mehr – oqibatli bo`lsin ! deganlarini eshitgan men –

deydilar. Avvalo qarindosh – urug`imizga , mehr – oqibatli bo`lishimiz

aytilmoqda. Hazrati Rasulullohu sollallohu alayhu vasallamning zavjalari Oysha

onamiz raziyallohu anhu bunday degan ekanlar. uning gunohiga kafforat

bo`lg`usidir : deganlar. Abu Hurayra raziyallohu anhuning rivoyat qilishlaricha

, Janob Rasulullohu sollallohu alayhu vasallam bunday debdilar : Mo`min odam

balo – qazolarga toqat etmoqlikda sabzi giyoh monanddir. Chunki mo`min har

tarafdin shamol esganda egilib , so`ng yana qaddini tiklab oluvchi sabzi giyohi

yanlig` balo- qazolarga chidab yengilmag`aydir. Fojir odam ersa , mort arz

og`och kabidir Alloh taolo uni istasa birdaniga sindirib olur . Rasululloh bu

hadisda kim kuchli bo`lsa sabzi kabi sinmaydi , barcha balo- qazolarni yengib

o`tadi deb nazarda tutganlar. Kim yengib o`tolmasa mort yog`och kabi sinishi

nazarda tutilgan. Abu Hurayra raziyallohu anhuning rivoyat qilishlaricha ,

Hazrat Rasulullo sollallohu alayhu vasallam bunday degan ekanlar : ,, Alloh

taolo qaysi bandasiga yaxshilikni ravo ko`rsa , o`shanga biror musibatni

yuborgay ‘’. Alloh taolo suygan bandasiga musibat beradi. CHunki u yenga

oladim deb sinaydi. Ibn Umar raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi .

Rasulullohu sollallohu alayhu vasallam shunday marhamat qilganlar. Har bir

mast qiladigan narsa xamirdir va har bir mast qiladigan narsa haromdir. Kim

dunyoda xamir ichsa va vafot etsa va unga mukkasidan ketgan bo`lsa

oxiratda ichmaydi. Ya`ni Rasululloh shunday demoqochilar jannatga kirmaydi

, jannatdagi nasibasini ichmaydi deyilgan. Abdulloh ibn Umar raziyallohu

anhu rivoyat qiladilar : Rasululloh sollallohu alayhu vasallam : ,, Kimki bu

dunyoda mast qiluvchi ichimlik ichgan bo`lsa-yu, keyin tavba qilmagan bo`lsa


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

236

oxiratda tavba qilmoqdan mahrum qilingaydir !’’ – dedilar. Rib`iy ibn

Hiroshdan rivoyat qilinishicha , u Ali raziyallohu anhu xutba qilayotib ,,

Rasululloh sollallohu alayhu vasallam’’. Sizlar menga yolg`on to`qimanglar

zero , kim menga yolg`on to`qisa , albatta, jahanamga kiradi , aytganlarini,

eshitganlar . Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar : Rasululloh sollallohu

alayhu vasallam : Kim moddiy jihatdan birovga yaxshilik qilsa , unga ham

yaxshilik qaytarilsin . Yaxshlik qilishga qurbi kelmasa , u kishini g`oyibona

maqtasini , chunki maqtash tashakkur o`rnida o`tadi. Ammo u kishinin

yaxshiligini yashirsa , undan tomgan , yaxshilikni bilmagan bo`ladi . Kim o`zida

yo`q narsani menda falon narsa bor deb maqtansa , ikki qavat kiyim bilan

o`raglan hisoblanadi ,- dedilar. Bu hadisda bizga qilingan yaxshilikni bilishimiz

va qaytarishga qurbimiz yetmasa u kishini maqtasak ham yaxshilik qilgan

bo`lishimiz nazarda tutilgan. Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi

: Rasululloh sollallohu alayhu vasallam . Islom jihatdan saviyasi balandlaringiz

xayrli bo`lganidek , axloq jihatdan esa eng yaxshilaringiz xayrlidir, - dedilar.

Muoviya ibn Abu Sufyon raziyallohu anhu aytadilar : Men Rasululloh

sollallohu alayhu vasallamdan bir so`z eshitdim . Shu so`z tufayli Alloh taolo

menga manfaat yetkazadi. Rasululloh sollallohu alayhu vasallam ,, Sen

kishlarning aybi va kamchiligini surishtirib yursang , ularni buzib qo`yasan

‘’ degan edilar . SHuning uchun men ularni buzib qo`ymay deb ,

kamchiliklarini tekshirib yurmayman dedilar . Rasululloh sollallohu alayhu

vasallam nima demoqchilar. Kishlar aybini qidirib , uni fosh qilinsa , oshkora

qilinib yuradigan gunohlar maxfiylashadi . Unda bir gunoh o`rniga ikki gunoh

qilib , axloq tanazzulga yuz tutadilar deganlar. Anas ibn Malik raziyallohu

anhudan rivoyat qilinadi : Rasulullohu sollallohu alayhu vasallam : Bir- birngiz

bilan achchiqlashmang , hasad qilmang , teskari qarab ketmang . Ey , Alloh

taoloning bandalari ! Bir- biringiz bilan aka- uka bo`linglar , hech bir musulmon


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

237

kishi o`z birodaridan uch kechadan ortiq arazlab yurishi joiz emas – dedilar .

Musulmon kishi bir- bir bilan achchiqlanmasligi kerakligi aytilmoqda.

Uboda ibn Somit rivoyat qiladilar : Rasulullohu sollallohu alayhu

vasallam dedilar : Siz menga olti narsaga kafolat bering , men ham sizga

jannat kafolatini berayin : rost so`zlang , va`dangizni bajaring , omonatga rioya

qiling , nomusingizni saqlang , haromga nazar qilishdan tiyiling va qo`lingizni

haromdan torting. Shu narsalardan o`zini tortgan insonga jannat kafolatini

berganlar . Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : Rasulullohu

sollallohu alayhu vasallam dedilar, Bandalar tong ottirgan kun borki , unda

ikki farishta tushib , ulardan biri Allohiml ! Infoq qiluvchiga o`rnini

qoplaydigan narsa ato et – deydi . Ikkinchisi Allohim! xasis , ziqnalarga talofat

bergin – deydi . Infoq qiluvchi – o`z yaqinlari yoki boshqa insonlarning

ehtiyojlarini qondirish uchun yordam beruvchilar uchun o`rnini qoplaydigan

narsa ato etishini so`raydi. Bahz ibn Hakim raziyallohu anhu ( r. a.) otasi va

bobosidan rivoyat qiladi , bobosi aytdi : ,, Rasulullohdan ‘’, Ey Rasululloh ,

men yaxshiligimni kimga qilsam bo`ladi ?- deb so`radim , ,,Onangga’’ dedilar

. Men shu savolimni uch marotaba qaytarsam ham . Rasululloh ,, Onangga ‘’-

deyverdilar : To`rtinchi marotaba so`raganimda : Otangga va yaqin bo`lgan

qarindoshlaringga – dedilar. Abu Muso Ash`ariy raziyallohu anhuning o`g`li

Abu Burda raziyallohu anhuning aytishicha Abdulloh ibn Umar raziyallohu

anhuning bir yamanlik odam o`z onasini opchilab , xonayi Ka`bani tavof

qildirib yurganini ko`rdilar . U odam quydagi baytni ohang bilan o`qirdi.

Onayi zorim uchun bo`ynimni eggan tevaman,

Tevaga mingan onam horsalar ham men charchamam

U , shuni o`qib turib Abdullohga qaradi-da , Ey Abdulloh ibn Umar ,

mana shu xizmatim bilan men onamning haqini ado qila oldimi ? deb so`radi

: Yo`q bu xizmating seni tug`ish vaqtida onangni qiynab tutgan to`lg`oqlarining

bittasiga ham barobar emas – dedilar.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

238

Uvays Qaraniyning onasiga qilgan xizmatlarini sayyidul bashar , Nabiy

alayhu – salom o`z hadislarida ulug`lab , maqtab marhamat habarini beradilar.

Onasiga juda ko`p xizmat qilgani tufayli uning ismini eshitgan kishi ongida

,, oansiga yaxshilik qilgan solih inson ‘’ qiyofasida gavdalanadigan bo`ldi.

Yuqorida keltirilgan hadisdan bilishimiz mumkinki onalarimiz oldilaridagi

haqilarini ado qilish uchun nimaki qilsak ham kam ekanligi bilishimiz mumkin.

Bejizga ,, Jannat onalar oyoqlari ostidadir ‘’ deb aytilmagan. Onaning

ahamiyatini va unga bo`lgan hurmatini ta`kidlaydi unga xizmat qilish va

uning duolarini olish , jannatga erishishning bir yo`l sifatida ko`rsatiladi

onalarimizni

tariflashga

til

ojiz.

Ona

borki,

dunyo

go`zal

.

Foydalangan adabiyotlar ro`yxati:

1.SHayx Muhammad Sobiq Muhammad Yusuf //Abu Muso // Ibn Umar //

Abdulloh ibn Amri // . ,, SHarq ‘’ nashiryoti kompaniyasi bosh tahririyoti

Toshkent – 2002. – 8 – 10 bet.

2. Imom Al – Buxoriy. // Abu Hurayra // Ibn Umar// Rib`iy ibn Hirosh // Jobir

ibn Abdulloh // Muoviy ibn Abu Sufyon // Anos ibn Malik // Bahz ibn Hakim

// Abu Muso Ash`ariy. ,,G`afur G`ulom ‘’ nashiryoti . 2020 – 2021. – 132 – 139

bet.