Авторы

  • Esanov Oybek Madatovich
  • Nabiyeva Umeda Valizoda

Биографии авторов

  • Esanov Oybek Madatovich

    SamISI “Bosqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit”assistenti

  • Nabiyeva Umeda Valizoda

    SamISI, 3- bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88402

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: asosiy vositalar amortizatsiya moddiy aktiv boshlang‘ich qiymat qoldiq qiymat buxgalteriya standartlari. Ключевые слова: основные средства амортизация материальный актив первоначальная стоимость остаточная стоимость стандарты бухгалтерского учета. Keywords: fixed assets depreciation tangible assets initial cost residual value accounting standards.

Аннотация

Annotatsiya : Ushbu maqolada asosiy vositalar hisobi tushunchasi, uning buxgalteriya hisobidagi ahamiyati va yuritilish tamoyillari yoritiladi. Asosiy vositalarning tasnifi, ularning dastlabki bahosi, amortizatsiya hisoblash usullari hamda hisobdan chiqarish jarayonlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, xalqaro va milliy buxgalteriya standartlariga muvofiq asosiy vositalar hisobining yuritilishidagi farqlar tahlil qilinadi.

         Аннотация: В данной статье рассматривается понятие учета основных средств, его значение в бухгалтерском учете и принципы его ведения. Подробно рассматриваются классификация основных средств, их первоначальная стоимость, методы начисления амортизации и процессы списания. Также анализируются различия в ведении учета основных средств в соответствии с международными и национальными стандартами бухгалтерского учета.

Abstract: This article covers the concept of fixed asset accounting, its importance in accounting, and the principles of its implementation. The classification of fixed assets, their initial cost, methods of calculating depreciation, and write-off processes are examined in detail. Differences in the accounting of fixed assets in accordance with international and national accounting standards are also analyzed.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

184

ASOSIY VOSITALAR HISOBI

Esanov Oybek Madatovich

SamISI “Bosqa tarmoqlarda buxgalteriya hisobi va audit”assistenti

Nabiyeva Umeda Valizoda

SamISI, 3- bosqich talabasi

Umedanabiyeva14@gmail.com

+998970306205

Annotatsiya :

Ushbu maqolada asosiy vositalar hisobi tushunchasi, uning

buxgalteriya hisobidagi ahamiyati va yuritilish tamoyillari yoritiladi. Asosiy

vositalarning tasnifi, ularning dastlabki bahosi, amortizatsiya hisoblash usullari

hamda hisobdan chiqarish jarayonlari batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek,

xalqaro va milliy buxgalteriya standartlariga muvofiq asosiy vositalar hisobining

yuritilishidagi farqlar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

asosiy vositalar, amortizatsiya, moddiy aktiv, boshlang‘ich

qiymat, qoldiq qiymat, buxgalteriya standartlari.

Аннотация: В данной статье рассматривается понятие учета

основных средств, его значение в бухгалтерском учете и принципы его

ведения. Подробно рассматриваются классификация основных средств, их

первоначальная стоимость, методы начисления амортизации и процессы

списания. Также анализируются различия в ведении учета основных средств

в соответствии с международными и национальными стандартами

бухгалтерского учета.

Ключевые слова: основные средства, амортизация, материальный

актив, первоначальная стоимость, остаточная стоимость, стандарты

бухгалтерского учета.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

185

Abstract: This article covers the concept of fixed asset accounting, its

importance in accounting, and the principles of its implementation. The

classification of fixed assets, their initial cost, methods of calculating depreciation,

and write-off processes are examined in detail. Differences in the accounting of

fixed assets in accordance with international and national accounting standards

are also analyzed.

Keywords: fixed assets, depreciation, tangible assets, initial cost, residual

value, accounting standards.

Kirish

Asosiy vositalar uzoq muddatli aktivlar – bu kompaniya egalik qiladigan va

oʻz faoliyatida daromad olish uchun foydalanadigan uzoq muddatli moddiy

xususiyatlar. Bir yil ichida asosiy vositalarni isteʼmol qilish yoki naqd pulga

aylantirish kutilmaydi. Asosiy vositalar kapital, asosiy vositalar sifatida ham

tanilgan. Ushbu aktivlar korxonaning normal faoliyatida qayta sotish uchun emas,

balki mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat koʻrsatish maqsadida kompaniya

tomonidan saqlanadi. Masalan, mashinalar, binolar, patentlar yoki litsenziyalar

kompaniyaning asosiy vositalari boʻlishi mumkin.

Adabiyotlar tahlili

K.B.Urazovning “Buxgalteriya hisobi va audit” nomli o‘quv qo‘llanmasida

buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, korxonalarda aktivlar, majburiyatlar,

xususiy kapital hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish tartibi, shuningdek

audit nazariyasi, uning umumiy metodologiyasi va tashkil qilinishi, audit

natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va tadbiq etish oxirgi yillarda qabul

qilingan qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq yoritilgan.

R.D.Dusmuratovning

“Buxgalteriya hisobi nazariyasi” darsligida

Buxgalteriya hisobining mohiyati, maqsadi va vazifalari, predmeti va uslubi,

balansning mohiyati va tuzilishi bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

186

yoritilgan. Buxgalteriya hisobining schotlari va ikki yoqlama yozuv, analitik va

sintetik hisobning xususiyatlari kabi o‘zlashtirish murakkab bo‘lgan masalalar

tushunarli va batafsil bayon qilingan. Bozor iqtisodiyoti sharoiti uchun aktivlarni

baholash, kalkulatsiyalash uslublari va ta’minot, ishlab chiqarish hamda sotish

jarayonlarini hisobga olishning xususiyatlarini yoritish muhim o‘rin egallagan.

Hujjatlashtirish, inventarizatsiya, hisob registrlari va shakllari, buxgalteriya

hisobotining mohiyati va ahamiyati yetarli darajada bayon etilgan. Korxonaning

hisob siyosati, buxgalteriya hisobini milliy va xalqaro standartlarga muvofiq isloh

qilish masalalari alohida o‘rin tutadi.

Tadqiqot metodologiyasi

Ushbu tadqiqotda asosiy vositalar hisobini o‘rganish uchun quyidagi

metodologik yondashuvlar qo‘llanildi:

Normativ-huquqiy tahlil – O‘zbekiston Respublikasining buxgalteriya

hisobi to‘g‘risidagi qonunlari va xalqaro buxgalteriya standartlari (IAS 16)

o‘rganilib, ularning asosiy tamoyillari taqqoslandi. Bu yondashuv asosiy

vositalarning huquqiy jihatdan qanday tartibga solinishini tushunish imkonini

berdi.

Miqdoriy tahlil – Asosiy vositalarning amortizatsiya usullari va ularning

moliyaviy natijalarga ta’siri statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilindi. Ushbu

uslub asosiy vositalarning iqtisodiy samaradorligini baholashga yordam berdi.

Solishtirma tahlil – Xalqaro va milliy buxgalteriya standartlarining asosiy

farqlari aniqlanib, ularning amaliyotdagi qo‘llanilish darajasi baholandi. Bu orqali

milliy amaliyotning qaysi jihatlari xalqaro standartlarga mos kelishini va qaysi

jihatlarida farqlar borligini aniqlashga erishildi.

Amaliy tadqiqot – Moliyaviy hisobotlarda asosiy vositalarni aks ettirish va

amortizatsiya usullarining real misollarda qo‘llanilishi o‘rganildi. Buxgalteriya


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

187

hisobi yuritilayotgan korxonalarning moliyaviy hujjatlari tahlil qilinib, turli

usullarning natijalarga ta’siri ko‘rib chiqildi.

Tahlil va natijalar

Respublikamizning 5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq asosiy

vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini

yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish

jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish

maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar (3-§,3a-band).

Ushbu standartga ko‘ra (4-§) asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga

bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:

a) bir yildan ortiq xizmat muddati;

b) iqtisodiy naf keltirish.

Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga

olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli.

5-son BHMS № 5 ga muvofiq (3-§,3a-band 6-band) moddiy aktivlarni asosiy

vositalar sifatida tan olish uchun ular yuqorida keltirilgan mezonlardan tashqari

yana quyidagi shartlarga ham javob berishi lozim:

xizmat muddati davrida korxonaga daromad keltirish kafilligini mavjudligi.

qiymatini aniq belgilashni mumkinligi.

Moddiy aktivlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda ularni foydali xizmat

muddatini belgilash muhim rol o‘ynaydi.

Xalq xo`jaligi tarmoqlarining asosiy vositalari o`z foydalanish nuqtai-

nazaridan quyidagi guruhlarga bo`linadi:

1) bino;

2) inshoot;

3) o`tkazuvchi qurilmalar;

4) mashina va uskunalar;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

188

a) kuch mashinalari va uskunalari;

b) ishchi mashina va uskunalari;

v) o`lchov va tartibga soluvchi asboblar, qurilmalar va laboratoriya

uskunalari;

g) hisoblash texnikasi;

d) boshqa mashina va uskunalar.

5) transport vositalari;

6) asbob-uskunalar;

7) ishlab chiqarish inventarlari va jixozlari;

8) xo`jalik inventarlari;

9) ishchi va mahsuldor molar;

10) ko`p yillik daraxtlar;

11) yerni yaxshilash bo`yicha kapital harajatlar (inshootlarsiz);

12) Boshqa asosiy vositalar.

1

Ishlab chiqarishda qatnashishiga ko‘ra korxonalarning asosiy vositalari ishlab

chiqarish va noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga bo‘linadi. Ishlab

chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga bevosita ishlab chiqarishga doir bo‘lgan

moddiy aktivlar, masalan sexlarning binolari, inshootlar, stanoklar, jihozlar,

transport vositalari, ishchi hayvonlar va boshqalar kiradi.

Noishlab chiqarish sohasidagi asosiy vositalarga boshqaruv apparatiga doir,

shuningdek korxonaning ijtimoiy-madaniy, maishiy, sog‘liqni saqlash, kommunal

maqsadlarda foydalaniladigan moddiy aktivlari kiradi. 21-son BHMS ga asosan

Asosiy vositalar va ularning eskirishi buxgalteriya schotlar rejasida aks ettiriladi

2

1

Asosiy_vositalar_hisobi-kurs_ishi

2

21-son BHMS


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

189

1-jadval

Asosiy vositalar va ularning eskirishi buxgalteriya schotlar aks

ettirilishi

Asosiy vositalar

Asosiy vositalarning eskirishi

0110 Yer

0211 Yerni obodonlashtirishning

eskirishi

0111 Yerni obodonlashtirish

0212 Lizing bo‘yicha olingan asosiy

vositalarni obodonlashtirish-ning

eskirishi

0112 Lizing bo‘yicha olingan asosiy

vositalarni obodonlashtirish

0220 Bino, inshoatlar va uzatgich

moslamalarning eskirishi

0120 Bino, inshoatlar va uzatgich

moslamalar

0230 Mashina va uskunalarning

eskirishi

0130 Mashina va uskunalar

0240 Mebel va ofis jihozlarining

eskirishi

0140 Mebel va ofis jihozlari

0250 Kompyuter uskunasi va hisoblash

texnikasining eskirishi

0150 Kompyuter uskunasi va

hisoblash texnikasi

0260 Transport vositalarining eskirishi

0160 Transport vositalari

0270 Ishchi hayvonlarning eskirishi

0170 Ishchi va mahsuldor hayvonlar

0280 Ko‘p yillik o‘simliklarning

eskirishi

0180 Ko‘p yillik o‘simliklar

0290 Boshqa asosiy vositalarning

eskirishi

0190 Boshqa asosiy vositalar

0299 Uzoq muddatli ijara shartnomasi

bo‘yicha olingan asosiy

vositalarning eskirishi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

190

0199 Konservatsiyadagi asosiy

vositalar

Asosiy vositalar bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib

quyidagilar hisoblanadi:

Asosiy vositalar holati va harakatini to‘g‘ri, o‘z vaqtida tegishli boshlang‘ich

hujjatlar bilan rasmiylashtirish va hisobga olish;

Asosiy vositalar amortizatsiyasi (eskirishi) ni belgilangan usul va me’yorlar

bo‘yicha to‘g‘ri hisoblash;

Asosiy vositalarni Soliq Kodeksiga muvofiq soliqga tortilishini ta’minlash;

Asosiy vositalarning butligini ta’minlash, buning uchun ularni belgilangan

muddatlarda qayta ro‘yxatdan o‘tqazish (inventarizatsiya qilish), uning

natijalarini to‘g‘ri aniqlash va hisobga olish;

•Mavjud asosiy vositalardan unumli foydalanish, buning uchun ularni ishsiz

turib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik, keraksiz asosiy vositalarni ijaraga berish,

likvidatsiya kilish, bepul berish yoki sotish natijalarini to‘g‘ri hisobga olish;

Asosiy vositalarga qilingan qo‘shimcha harajatlarni (kapital quyilmalarni,

joriy va kapital ta’mirlash harajatlarini) to‘g‘ri hisobga olish, ularni o‘z vaqtida

maqsadiga qarab asosiy vositalarning qiymatiga yoki korxona harajatlariga

kiritish;

Asosiy vositalar bo‘yicha lizing operatsiyalarini to‘g‘ri rasmiylashtirish va

hisobga olish;

Asosiy vositalar holati va harakati to‘g‘risidagi hisobotni to‘g‘ri tuzish va

tegishli organlarga o‘z vaqtida taqdim etish.

Respublikamizning 5-son BHMS (3-§)ga muvofiq

asosiy vositalarni qayta

baholash

- asosiy vositalar tiklash qiymatini hozirgi bozor narxlari darajasiga

moslash maqsadida ularni vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir. Qayta baholashda

asosiy vositalarning tiklangan qiymati oshirilishi yoki pasaytirilishi mumkin.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

191

Qayta baholash ikki usulda, ya’ni bozor baholaridan kelib chiqgan holda

to‘g‘ridan to‘g‘ri eski qiymatni bozor qiymatigacha yetkazish yoki eski qiymatni

belgilangan koeffitsiyentlarga ko‘paytirish yo‘li bilan yangi qiymatga chiqish

usullarida korxonaning o‘zi yoki mol-mulkni qayta baholash bo‘yicha maxsus

litsenziyaga ega bulgan korxonalar (hokimiyatning kadastr bo‘limi yoki boshqa

firmalar) tomonidan olib borilishi mumkin. Yangi va eski qiymatlar o‘rtasidagi farq

qayta baholash qiymatini tashkil etadi. Ushbu summa ijobiy son bilan chiqsa, u

asosiy vositalarning qiymatini oshirilganligini, manfiy son bilan chiqsa, u asosiy

vositalar qiymatini pasaytirilganligini bildiradi. Qayta baholash natijasi

inventarizatsiya qaydnomasi asosida hisobda aks ettiriladi.

5-son BXMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq (

6-§

) jamlangan amortizatsiya

(eskirish)ni hisoblash qo‘yidagi usullar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin:

Bir maromda hisoblash;

Bajarilgan ish hajmiga proporsional hisoblash;

Xizmat yillari yig‘indisiga proporsional hisoblash (kumulyativ usul);

Kamayib boruvchi qoldiq qiymatdan hisoblash.

Shu bilan birga Xalqaro va milliy buxgalteriya standartlari tushunchasi ham

mavjud.

Xalqaro buxgalteriya standartlari (XBS/IFRS – International Financial

Reporting Standards)

– jahon miqyosida moliyaviy hisobotlarning bir xillikda

yuritilishini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan qoidalar to‘plami. Asosiy vositalar

hisobi XBS 16 (

IAS 16 – Property, Plant and Equipment

) standartiga muvofiq

yuritiladi.

Milliy buxgalteriya standartlari (MBS)

– har bir davlatning o‘z buxgalteriya

hisobi va moliyaviy hisobot tuzish qoidalarini belgilovchi normativ hujjatlari.

Masalan, O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

192

(BHMS) XBS tamoyillariga yaqinlashgan bo‘lsa-da, ayrim farqlarga ega

3

(2-

jadval):

2-jadval

BHXS va BHMSlarining farqli jixatlari

Mezon

Xalqaro buxgalteriya

standartlari (IAS 16)

Milliy buxgalteriya

standartlari

(BHMS/O‘zbekistonda)

Dastlabki baholash

Asosiy vositalar dastlab

sotib olish yoki qurish

xarajatlari bo‘yicha

baholanadi.

Xuddi shunday, ammo

ayrim davlatlarda davlat

tomonidan belgilangan

narxlash tamoyillari

qo‘llanilishi mumkin.

Qayta baholash

Qayta baholash modeli

va dastlabki qiymat

modeli ishlatilishi

mumkin. Qayta baholash

daromad yoki zarar

sifatida hisobga olinishi

mumkin.

Ko‘pincha qayta

baholash kamroq

qo‘llaniladi, qayta

baholash faqat rasmiy

tasdiqlangan ekspertiza

asosida amalga

oshiriladi.

Amortizatsiya usullari

To‘g‘ri chiziqli, kamayib

boruvchi qoldiq va ishlab

chiqarish hajmiga

bog‘liq usullar

qo‘llaniladi. Korxona o‘z

O‘zbekistonda asosan

to‘g‘ri chiziqli usul

qo‘llaniladi, ayrim

hollarda kamayib

boruvchi qoldiq usuli

ishlatilishi mumkin.

3

https://www.ifrs.org/issued-standards/list-of-standards/ias-16-property-plant-and-equipment/?utm_source


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

193

hisob siyosatiga qarab

usulni tanlaydi.

Qoldiq qiymatni

aniqlash

Asosiy vositalarning

bozor qiymati asosida

aniqlanadi va muntazam

ravishda qayta

baholanadi.

Qoldiq qiymat amalda

minimal darajada

qo‘llaniladi va odatda nol

deb olinadi.

Chiqarib tashlash

Asosiy vosita sotilganda

yoki hisobdan

chiqarilganda uning

balansdagi qiymati,

amortizatsiyasi va foyda

yoki zarari alohida aks

ettiriladi.

O‘xshash tamoyil

qo‘llaniladi, biroq ayrim

hollarda aktivlarning

hisobdan chiqarilishi

uchun qo‘shimcha ruxsat

talab etiladi.

Hisobotga kiritish

Xalqaro moliyaviy

hisobot standartlariga

muvofiq barcha asosiy

vositalar haqida batafsil

ma’lumot berilishi shart.

Asosiy vositalar

hisobotda ko‘rsatiladi,

biroq ayrim detallar

xalqaro standartlarga

qaraganda kamroq

yoritilishi mumkin.

Tadqiqot natijalarining muhokamasi

Tadqiqot natijalari asosida asosiy vositalarni hisobga olish jarayoni va

amortizatsiya hisoblash usullari bo‘yicha bir qator muhim jihatlar aniqlandi. Ushbu

natijalar xalqaro va milliy buxgalteriya standartlari doirasida solishtirilib, ularning

o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilindi.

Amortizatsiya hisoblash usullari va ularning ta’siri tadqiqot natijalari shuni

ko‘rsatdiki, milliy amaliyotda asosan to‘g‘ri chiziqli amortizatsiya usuli keng

qo‘llaniladi. Ushbu usulning afzalligi hisob-kitobning soddaligi va moliyaviy


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

194

hisobotda aniq ko‘rinish hosil qilishidadir. Biroq xalqaro tajribada kamayib

boruvchi qoldiq va ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq amortizatsiya usullari ham

keng qo‘llaniladi. Ushbu usullar asosiy vositalarning real foydalanish darajasini

inobatga olgan holda eskirishni hisobga olish imkonini beradi.

Qayta baholashning amaliy ahamiyati Xalqaro standartlarda asosiy vositalarni

qayta baholash (IAS 16 bo‘yicha) kompaniyaning real aktiv qiymatini aks

ettirishga xizmat qiladi. Milliy amaliyotda esa bu jarayon kamroq qo‘llaniladi,

chunki aktivlarni qayta baholash soliq yukining ortishiga olib kelishi mumkin.

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qayta baholashdan foydalanish kompaniyaning

moliyaviy barqarorligini oshirishga yordam berishi mumkin, ammo u iqtisodiy

sharoit va huquqiy me’yorlarga bog‘liq holda amalga oshirilishi lozim.

Asosiy vositalarni hisobga olish tamoyillari Xalqaro va milliy buxgalteriya

tizimlarining asosiy farqlaridan biri – aktivlarning dastlabki baholash tamoyillari

bilan bog‘liq. Xalqaro standartlarda asosiy vositalar sotib olish yoki qurish narxi

bo‘yicha baholanadi va keyinchalik bozor sharoitlariga qarab qayta ko‘rib

chiqilishi mumkin. Milliy standartlarda esa qayta baholash kamdan-kam hollarda

amalga oshiriladi va qoldiq qiymat odatda nolga tenglashtiriladi.

Xulosa

Asosiy vositalar korxona va tashkilotlarning uzoq muddat foydalaniladigan

moddiy aktivlari bo‘lib, ular ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonining

ajralmas qismidir. Ularning to‘g‘ri hisobga olinishi moliyaviy hisobotlarning

ishonchliligini ta’minlash va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun

muhim ahamiyatga ega.

Asosiy vositalarning dastlabki bahosi ularni sotib olish yoki yaratish

jarayonidagi barcha xarajatlar yig‘indisi orqali aniqlanadi. Ular eskirgan sari

qiymati kamayib boradi va amortizatsiya hisoblash orqali moliyaviy natijalarga

ta’sir ko‘rsatadi. Amortizatsiya to‘g‘ri chiziqli, kamayib boruvchi qoldiq, ishlab


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-43_ Том-1_ Май-2025

195

chiqarish hajmiga bog‘liq va tezlashtirilgan usullarda hisoblanishi mumkin. To‘g‘ri

yuritilgan asosiy vositalar hisobi korxona aktivlaridan samarali foydalanish,

soliqqa tortish jarayonini optimallashtirish va investitsion rejalashtirish

imkoniyatini yaratadi. Shu sababli, bu jarayon xalqaro buxgalteriya standartlari va

milliy qonunchilik talablari asosida olib borilishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.-Toshkent: ”O‘zbekiston”

nashriyoti, 2023.-80 b

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi” to‘g‘risida”gi Qonuni

O‘RQ-404-sonli 13-aprel 2016-yil.

3.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini

birgalikda barpo etamiz.–T.: ”O‘zbekiston”, 2016.

4.

Mirziyoyev Sh.M.“Taraqqiyot strategiyasi 2022–2026 yillar” PF 60-sonli

28.01.2022-yil.

5.

O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy 5-son standarti.

6.

Qosimov, A., & Xodjayev, S. (2022). Asosiy vositalar va ularning hisobini

yuritish: Teoriya va amaliyot. Tashkent: Iqtisodiyot va statistika nashriyoti.

7.

Kamilov, M., & Jumaniyozov, Z. (2021). Korxona moliyasining asosiy

tamoyillari. Tashkent: O‘qituvchi nashriyoti.

8.

Sharipov, A. (2020). Amortizatsiya va uning asosiy vositalar hisobidagi roli.

Tashkent: Tadbirkorlik va biznes nashriyoti.

9.

Nurmatov, B. (2023). Buxgalteriya hisobi: Asosiy vositalar va ularning

boshqarilishi. Tashkent: O‘zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti.

10.

https://lex.uz/acts/-1357627

11.

https://www.ifrs.org/issued-standards/list-of-standards/ias-16-property-

plant-and-equipment/?utm_source