https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
91
ARGENTINADA INFLATSIYA DARAJASINING OSHISHINI
PESTLE USULDA TAHLILI QILISH
Yo’ldosheva Zebinisobegim Farrux qizi
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti
0-1a-24 J.I.X.I.M
e-mail: z91262501@gmail.com
Annotatsiya: Maqola so’ngi 4 yillik ichida Argentinadagi inflyatsiya bo’yicha
bo’lgan barcha o’zgarishlarni tahlil qiladi. Mamlakatdagi o’ta yuqori inflyatsiya
darajasini o’rganishda PESTLE tadqiqot usuli samarali hisoblanadi va ushbu
masalani o’rganib chiqadi. Pul qadrsizlanishiga o’z ta’sirini o’tkazishda muhim
ahamiyat kasb etadigan yo’nalishlar: siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik,
huquqiy va ekologik holatlarning o’lchov va sifatlardan foydalanilgan holda
o’rganadi.
Kalit so’zlar: Inflyatsiya, pul qadrsizlanishi, Markaziy Bank, siyosat,
giperinflyatsiya, foiz stavkalari, iqtisodiy muammolar, tashqi investitsiya.
Kirish
Argentinaning oxirgi yillardagi eng dolzarb muammosi yuqori inflyatsiya
darajasi hisoblanib, davlatni iqtisodiy inqiroz tomon yetaklamoqda. Inflyatsiya har
bir mamlakatda iqtisodiy barqarorlikning asosiy bo’g’imi bo’lib xizmat qiladi. Shu
sababli ham uning meyoridan ortiq o’sishi iqtisodiyot rivojiga salbiy ta’sir qiladi.
Argentina oxirgi yillarda juda ham yuqori inflyatsiya bilan yuzlashmoqda .
Argentinadagi so’nggi 4 yillik inflyatsiya darajasini ko’radigan bo’lsak :
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
92
2021-yil: Yillik inflyatsiya 50,9%bo’lgan
2022-yil: Yillik inflyatsiya 94,8% bo’lib, aynan shu yili bu foiz stavkasi oxirgi
30 yillik tarixida eng yuqorisi bo’ldi.
2023-yil: Yillik inflyatsiya 211% atrofida
2024-yil: Yillik inflyatsiya 117,8%
Pandemiya qolgan mamlakatlar kabi Argentina iqtisodiyoti va inflyatsiyasiga
o’z ta’sirini o’tkazdi. Hukumat bu holatni to’g’irlash maqsadida iqtisodiy choralar
ko’rdi ammo quyidagi berilgan statistikaladan ham ko’rish mumkinki, bu
inflyatsiyani yanada oshishiga olib keldi.
Adabiyotlar tahlili
Ushbu maqola Argentinaning inflyatsiya darajasini 2004-2020 yillar
oralig’ida Kalman filtri yordamida tahlil qilgan Ernesto Gabriel Pizarro Levi
maqolasini va turli tadqiqodchilar ilmiy ishlarni o’rganish asosida yozildi.
Argentina inflyatsiyasi haqida ilmiy izlanishlar olib borgan asosiy iqtisodchi
olimlar Heymann, Leijonhufvud va Rudiger Dornbusch kabi insonlar hisoblanadi.
Guillermo Heymann Argentina inflyatsiyasi, pul-krediti siyosatini va
iqtisodiy inqirozlar sababini o’rgangan. Uning fikricha Argentina keskin defitsitni
maksimal darajada qisqartirsa ham, inflyatsa xavfi yo’qolmaydi. Heymann bilan
hamkorlikda birga Argentina inflyatsiyasi va iqtisodini o’rgangan Leijonhufvud,
inflyatsiyani faqatgina ish haqi, narxlar ko’tarilishi va pul massasini oshishini
sifatida ko’rmagan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
93
Dornbusch (1970-1990) esa Argentinada kredit inqirozi va inflyatsion
bosimning o’zaro bog’liq zanjir sifatida tahlil qilgan.
Tadqiqot Metodologiyasi
Maqolaning asosiy usuli - PESTLE tadqiqot usuli hisoblanib, bu
Argentinadagi pul qadrsizlanishini asosiy olti omilini chuqur tahlil asosida
o’rganadi va siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik , huquqiy va ekologik
yo’nalishlarda kamchiliklarni ko’rsatib beradi. Ushbu usul inflyatsiyaning
mamlakatdagi ta’sirini kamaytirish va bu muammoni yechishda yordam beruvchi
muqobil tadqiqot usulidir.
Natija
Argentina inflyatsiyasiga siyosiy beqarorlik, ma’sul shaxslarning noto‘g‘ri
iqtisodiy siyosati va ortiqcha pul emissiyasi yaqqol sabab bo’ldi . Davlatning
byudjet defitsiti va tashqi qarzlarning ortishi iqtisodiy beqarorlikni kuchaytirib,
texnologik rivojlanish va mamlakat rivojiga o’z hissasini qo’shadigan investitsiya
oqimini ham kamaytirib yubordi. Hukumat va Markaziy Bank narxlarning
o’zgarishini qat’iy nazoratga olishi va yangi islohotlar bilan chiqishi lozim, shunda
inflyatsiya darajasi o’sishi to’xtab, xalqda ham yashash uchun qulay imkoniyatlar
paydo bo’ladi.
Siyosiy islohotlar natijalariga to’xtaladigan bo’linsa, Iqtisodiy siyosatda
davlat aralashuvi me’yoridan ortiq va beqaror harakatlar mavjudligi aynan shu
inqirozlarga sabab edi. Biroq keltirilgan muammolar o’z cho’qqisiga chiqqan payt,
2023-yilda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovi o’zgarishlarga eshik ochdi. Javier
Milei o’zini libertar siyosatchi sifatida ko’rsatdi va iqtisodiyotni kuchgaytirishga
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
94
bor kuchini sarflashini ma’lum qildi. Saylovdan so’ng Milei iqtisodiyotni
rivojlantirishga va davlat korxonalarini xususiylashtirishga bor e’tiborini qaratdi.
2024-yilda hukumat iqtisodiy inqirozlatni kamaytirishga harakat qilmoqda (qattiq
tejamkorlik choralari orqali) biroq, bu muammolar butunlay hal bo’lgani yo’q.
Buning uchun yetarlicha vaqt va birdamlik kerak.
Iqtisodiy tarafdan olib borilgan ishlarda, Argentina Markaziy Banki yuqori
darajadagi pul emissiyasi bilan inflyatsiyani oshishiga sabab bo’ldi. Hukumat
budjet taqchilligini qoplash maqsadida Markaziy Bankdan ortiqcha pul bosib
chiqarishda davom etaverdi, bu esa pul birligi qadrsizlanishiga olib keldi.
Ikkinchidan, mamlakat byudjeti doimiy defitsitda bo’lib, davlat boshqaruvchilari
ko’p miqdorda ichki va tashqi qarz oldi. 2021-yilda Argentinani tashqi qarzi
tahminan 269 milliard AQSH dollarini tashkil qildi. Bu mamlakat yalpi ichki
mahsulotiga nisbatan 77%ni tashkil etadi. Keyingi yillardagi tashqi va ichki qarzlar
yanada oshadi va 2024-yilga kelib bu narx 282,7 milliard dollarni tashkil qiladi, bu
esa mamlakat ahvolini yanada o’g’irlashtiradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
95
1-rasm: yozuvchi ishlanmasi
Keyingi texnologik omillar ham quyidagi keltirilgan xususiyatlar kabi
Argentina davlatining inflyatsiya darajasiga o’zining ta’sirini o’tkazmay
qolmagan. 2021-2024 yillarda inflyatsiyaga bevosita ta’sir qilgan omillardan biri
raqamli infratuzilma va elektron to’lov turlarini ommalashuvidir. Keltirilgan
yillarda Argentina Markaziy Banki online to’lov usullarini yanada rivojlantirdi va
2022-yilda bundan avvalgi yillarga qaraganda elektron to’lovlar 45%ga o’sdi.
Buning natijasida, ba’zi tovarlarga talab oshib, narxlarni keskin ko’tarilishiga
sabab bo’ldi. Shu bilan bir vaqtda, COVID-19dan keyin global ta’minot
tarmog’idagi uzilishlar Argentinada texnologik mahsulotlar va avtomatlashtirilgan
tovarlarni ishlab chiqaruvchi qurilmalarni qimmatlashuviga sabab bo’ldi. 2021-
yilda kompyuter va telekommunikatsiy mahsulotlari narxi 63%ga oshdi, bu esa
ishlab chiqarishning tannarxiga va yakuniy mahsulotning narxiga ta’sir qildi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
96
2-rasm: yozuvchi ishlanmasi
Atrof- muhit hodisalari sifatida inflyatsiyaga va mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir
ko’rsatadigan holatlar: qurg’oqchilik, suv toshqinlar va shu kabilar misol bo’la
oladi. Argentinaning 60 yillik tarixida eng kuchli qurg’oqchilik 2022-2023-
yillarda sodir bo’ldi. Postdan iqlim ta’sirini o’rganuvchi markaz olib borgan
tadqiqodlar natijasi shuni ko’rsatdiki, shu kabi tabiat hodisalari Argentina, Turkiya
kabi inflyatsiya darajasi yuqori va doimiy o’suvchi bo’lgan mamlakatlarda yiliga
0,5-1,5 foizga inflyatsiya darajasini oshishiga sabab bo’ladi. Shu yillar oralig’idagi
qurg’oqchilik sabab davlatning yirik eksport mahsulotlari: makka, soya va bug’doy
kabi ekinlar hosil berish darajasi keskin 40%ga kamaygani haqida ma’lumot
berildi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
97
2023-yilning mart oyida sodir bo’lgan kuchli yomg’ir va suv toshqinlari
qishloq xo’jalik tarmoqlarini izidan chiqarib yubordi va logistika xarajatlarini
ko’paytirdi. Blanca port shahrida yuz bergan bu hodisada 16 kishi vafot etdi va
1,450 dan ortiq inson evakuatsiya qilindi. Ko’plab kasalxona, yo’llar, tur joylar
zarar ko’rdi va vaqtinchalikka elektr ta’minoti o’chirildi. Favqulodda sodir bo’lgan
bu ofatdan qolgan asoratlarni to’g’irlash uchun 10 milliard peso (Argentina pul
birligi)ni sarfladi.
3-rasm: yozuvchi ishlanmasi
Muhokama
1.Siyosiy omil (political):
Davlatdagi siyosiy beqarorlik inflyatsiyani yanada kuchayishiga sabab bo’ldi.
Argentinada ushbu yillarda ya’ni 2023 yilda yangi prezident Javier Milei
saylovlarda g’olib bo’lmaguncha, mamlakat aholisida siyosiy norozi kayfiyat
kuchaygan va narxlarning o’sishi aholi o’rtasida norozichilik kayfiyatini
uyg’otgan.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
98
2021-yildan 2024-yilgacha Argentina Markaziy Banki davlatdagi o’g’ir
inflyatsiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etgan. Uning amalga oshirgan
islohotlari bu – asosiy stavkalarni bir necha bor oshirish va tushirish orqali
inflyatsiyani tartibga solish edi. Prezident almashganidan so’ng Markaziy Bank
foiz stavkalarini sakkiz marta pasaytirib, oxirgi marta 2024-yil mart oyida 32%
gacha pasaytirdi.
2.Iqtisodiy omillar (economical);
Argentinada inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi yana bir omil bu iqtisodiy
islohotlardir. Bularga misol tariqasida pul-krediti siyosati, davlat xarajatlari,ish
haqi va tashqi omillarni keltirsa bo’ladi. Puxta o’ylab chiqilmagan mamlakat
iqtisodiyoti , aholi va davlatning mablag’ jihatda qiyinchiliklarga yuzlanishiga
sabab bo’ldi.
3. Ijtimoiy omillar (social);
Ijtimoiy omillar ham Argentina inflyatsiyasida muhim rol o’ynadi. Aholining
katta qismi qashshoqligi, norasmiy sektorlarda ishlashi ya’ni insonlar rasmiy
iqtisodiyotni tark etib,naqd pulga asoslangan yo’lni tanlashi pul aylanmasini
barqaror bo’lishiga yo’l qo’ymadi. Shu sababli bu holat ko’plab yerlarda ish
tashlashga sabab bo’ldi. Boshqa tarafdan, odatda hukumat tarafdan beriladigan
energiya va transport subsidiyalarining kamayishi, aholi uchun harajatlarni oshirdi
va murakkabliklar tug’dirdi.
Shu jumladan, narxlar nazorati ham yetarli darajada bo’lmadi. Hukumat ba’zi
bir mahsulotlar va xizmatlar narxlarini belgilashga harakat qilgan bo’lsada, bu
choralar yetartli bo’lmadi va narxlar ko’tarilishda davom etaverdi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
99
4. Texnologik omillar (Technological);
Narxlarning oshishiga energiya sohasi uchun yetarli bo’lmagan investitsiyalar
va texnologik mahsulotlar ishlab chiqarilishidagi kechikuvlar ham xizmat qildi.
Chunki qancha uzoq vaqt mahsulot ishlab chiqarilishi uchun sarflansa, shuncha
ko’p energiya ham talab etiladi. Hozirgi tez rivojlanayotgan dunyoda, zamon
standardlariga mos texnologik vositalarni ishlab chiqarish katta kuchni talab etadi.
5. Huquqiy omillar (legal)
Muhim qonunchilik va huquqiy qarorlarning bir qancha yo’nalishlari , misol
uchun soliq siyosati, mehat qarorlari va kichik, o’rta korxonalarni qo’llab
quvvatlash xizmatlari inflyatsiyaga ta’sir qilmay qolmaydi. 2022-yil hukumat
import bo’yicha yangi soliq tartib qoidalarini joriy etish orqali mahsulotlar
tannarxini oshishiga saba
Shu bilan birga, Ish haqqini doimiy ravishda oshishi narxlarning ham
oshishiga sabab bo’ldi. Ishchilar natijada yuqori inflyatsiya tufayli haqiqiy
daromadlarini pasaymasligi uchun yanada yuqori ish haqqi talab qilishdi. Natijada
bu huddi bir-biriga ulangan zanjir kabi holatni davomiy bo’lishiga xizmat qildi.
2023-yildagi yangi soliqlar: 30% lik qo’shimcha daromad solig’i, ishlab
chiqaruvchilar uchun bosimni oshirdi.
Investorlarning uchun belgilangan qonunlarga qaraladigan bo’lsa, 2023-yilda
Argentina hukumati davlat obligatsiyalari bo’yicha to’lovlarini o’z vaqtidan
kechiktirib to’lashga qaror qildi. Bu esa xalqaro maydondagi investorlarni
ishonchini pasaytirdi va milliy valyuta qadrsizlanib, inflyatsiya kuchaydi.
6. Atrof-muhit omillari (environmental)
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
100
Tabiatning kutilmagan, hech qanday qonun va rejalarga asoslanmagan
hodisalarini mamlakat hukumati va aholi nazorat qilishi imkonsiz masala, ammo
tabiatni hodisalarini, xavfning mavjudligini o’rganish katta muammolardan xalqni
asrab qolishi mumkin. Yong’in, qurg’oqchilik kabi muammolarni muqobil yechim
bilan yechish orqali, inflyatsiya darajasini me’yorida ushlab turishga atrof-muhit
omili hissa qo’shishi mumkin.
Xulosa
Argentinadagi pandemiyadan keyin avj olgan yuqori inflyatsiyada siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, atrof-muhit, huquqiy omillar muhim rol o’ynaydi
va yuqori infyatsiyada hissasi katta. Pulning qadrsizlanishi natijasida narxlar va
aholining norozichilik harakati juda baland. Shu sababli ham hukumat bozor
qoidalariga aralashuvini kamaytirishi va tashqi investitsiyalarga erkin sharoitlar
yaratib berishi zarur. Yuqori inflyatsiya darajasi mamlakatning xalqaro
maydondagi obro’sini ham tushirib yuboradi. 2023-yildagi prezident
almashinuvidan keyin, turli islohotlar, yangi prezident va Markaziy Bank
tomonidan amalga oshirilayotgan bo’lsada, statistik malumotlar, yuqori inflyatsiya
jarayonini minimallashtirish uchun yetarli emasligini ko’rsatmoqda. Mamlakat bu
muammolarni yechish uchun xalqaro kompaniyalar tomonidan investitsiyalarni
jalb etishi, tashqi qarzlarni uzishga intilishi, xalq norozichiliklarini oldini olishi,
bozorni qo’llab quvvatlashi va foiz stavkalarini past holatda ushlab turishi zarur.
Argentina hukumati quyidagi keltirilgan olti omilga o’z diqqat e’tibotini qaratmasa
va muammolarni yechmasa, mamlakat giperinflyatsiya bilan yuzlashishi mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
101
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Argentina Markaziy Banki (BCRA) – [Banco Central de la República
Argentina] (https://www.bcra.gob.ar/)
2. Béland, D., Cantillon, B., Greve, B., Hick, R., & Moreira, A. (2023).
Understanding the Inflation and Social Policy Nexus. Social Policy and Society,
23(1), 1–13. 2
3. Bloomberg
Argentina
Iqtisodiy
tahlillari
–
[Bloomberg]
(https://www.bloomberg.com/) Cambios en la dinamica inflacionaria de la
Republica Argentina (2004-2020), Un analisis a traves del filtro de Kalman,
Ernesto Gabriel Pizarro Levi
4. https://curlytales.com/argentina-flash-floods-death-toll-rises-to-16-2-girls-
still-missing/
5. https://www.imf.org/en/Publications/WEO/Issues/2023/04/11/world-
economic-outlook-april-2023
6. https://www.imf.org/en/publications/weohttps://www.ceicdata.com/
7. IMF (Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi) – Argentina makroiqtisodiy
prognozlari: (https://www.imf.org)
8. Jahon banki – [World Bank Data] (https://datBéland, D., Cantillon, B.,
Greve, B., Hick, R., & Moreira, A. (2023). Understanding the Inflation and Social
Policy Nexus. Social Policy and Society, 23(1), 1–13. 2Béland, D., Cantillon, B.,
Greve, B., Hick, R., & Moreira, A. (2023). Understanding the Inflation and Social
Policy Nexus. Social Policy and Society, 23(1), 1–13. 2a.worldbank.org/)
9. Reuters Argentina yangiliklari – [Reuters](https://www.reuters.com/)
10. Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi – [IMF World Economic Outlook]
(https://www.imf.org/en/Publications/WEO)