https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
31
BOLALARDA MEXANIK XOTIRANING RIVOJLANISHI VA
AHAMIYATI.
Usarova Muborak Xabibulla qizi
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Pedagogika va jismoniy madaniyat
kafedrasi o‘qituvchisi
+99894-770-79-20
Suvonqulova Shaxina Islomovna
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Urgut filiali
Pedagogika va tillarni o‘qitish fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich
talabasi
Abstract: This article examines the concept of memory, the characteristics
of children's memory, the development of memory in preschool children, the main
processes in the field of memory, figurative memory, imagination, and life issues.
Абстрактный: В статье рассматриваются понятие памяти,
особенности детской памяти, развитие памяти у детей дошкольного
возраста, основные процессы в сфере памяти, образная память,
воображение, а также жизненные проблемы.
Annotatsiya: Ushbu maqolada xotira haqida tushuncha, bola xotirasi
xususiyatlari, maktabgacha yoshdagi bolalarda xotiraning rivojlanishi, xotira
sohasida asosiy jarayonlar, obrazli xotira tasavvurlar va turmush masalalari
oʻrganilgan.
Kalit soʻzlar: xotira, obrazli xotira, hissiyot , maktabgacha taʼlim ,
tarbiyachi- pedagog.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
32
Xotira - idrok etilgan narsa va hodisalarni yoki oʻtmish tajribalarni esda
qoldirish va zarur boʻlganda tiklashdan iborat psixik jarayon. Xotira individning
oʻz tajribalarida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga
olishga xotira deb ataladi. Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq
mutafakkirlari va yunon faylasuflarini asarlarida uchraydi. Aristotel, Forobiy xotira
boʻlishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, xotirani faqat insonga
emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanligini alohida ta'kidlab oʻtgan.
Insonlarning butun hayoti davomidagi taraqqiyoti, aqliy taraqqiyoti asosan
xotiraning taraqqiyotidan iborat ekan, xotira bola hayotining dastlabki kunlaridan
boshlaboq rivojlana boshlaydi. Yosh bolalarda xotiraning dastlabki alomatlari
yaqin atrofdagi odamlarni va narsalarni tanishidan koʻrina boshlaydi. Buni biz
oʻziga tanish boʻlgan narsalarni va yaqinlarini koʻrganida qiladigan harakatlaridan
bilib olishimiz mumkin. Masalan, bola oʻziga yaqin odamni, onasi yoki oila
a'zolaridan birini koʻrganida unga talpinadi yoki notanish odamdan yotsiraydi.
Kichik yoshli bolalarda tanib olish qobiliyatining borligi, dastlab ixtiyorsiz esda
olib qolish va ixtiyorsiz esga tushirish vujudga keladi. Ularda xotira ixtiyorsiz
boʻladi. Lekin oʻzlarini e'tiborini tortgan, biron jihatdan qiziqtirgan, diqqatlarini
oʻziga tortgan narsa va hodisalarni beixtiyor ravishda egalarida olib qoladilar.
Bogʻcha yoshidagi bolalar (xususan kichik guruh bolalari ) oʻzlarining
faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega boʻlgan, ularda kuchli taassurot
qoldirgan va ularni qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib qolaveradilar. Ular
biron narsani eslarida olib qolishni maqsad qilib qoʻymaydilar. Chunki ular hali
maqsad qilishni bilmaydilar. Ular maqsadni faoliyat davomida oʻzgartirib
boradilar. Bogʻcha yoshidagi bolalarda asosan ixtiyorsiz esda olib qolishning
hukmron boʻlishi tasodifiy bir hol emas. Buning oʻz sabablari bor. Har bir
tarbiyachi - pedagog bolalar xotirasiga doir xususiyatlarni yaxshi bilishi kerak.
Chunki bola xotirasining rivojlanishida ham tarbiyachi - pedagoglarning oʻrni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
33
beqiyos. Ana shunda bolalar xotirasini toʻgʻri rivojlantirish mumkin. Bogʻcha
yoshidagi bolalar xotirasi idrok qilgan narsa va hodisalarini esda olib qolish
imkonini beradi.
Bola xotirasining rivojlanishida yana bir muhim jihat, nutqining oʻsishi juda katta
ahamiyatga ega. Bogʻcha yoshidagi bolalar narsa va hodisalarni faqat koʻrish orqali
ham idrok qila oladigan boʻladi. Bundan tashqari bolalar kattalardan soʻrab bilib
olish, eshitish orqali ham oʻz xotiralarini boyitadilar.
Ilk bolalik davridagi bolalarda xotiraning barcha xususiyatlari namoyon boʻla
boshlaydi. Masalan, kichik yoshdagi bola dastavval mexanik ravishda, yani
ma'nosiga tushunmasdan esda olib qolaveradi. Bu uning oʻziga xos jihatidir.
Bolalarda ma' nosini tushunib esda olib qolish ham juda erta rivojlana boshlaydi.
Masalan, ilk bolalik davridagi bolalar oʻzlari yoqtirgan hikolarining ayrim
qahramonlarini yaxshi koʻradilar, ba'zilarini esa yomon koʻradilar. Bolalar yaxshi
koʻrgan qahramonlariga oʻxshashni, ulardek yasashni xohlaydilar. Aslida bolalar
bu paytda yaxshi- yomonni uncha farqlay olmaydilar.Lekin shu qahramonlarning
ba'zi odatlari, turmush tarzi, tashqi koʻrinishi yoqmaganligi uchun yomon koʻrib
qoladilar. Tarbiyachi bu paytda bolalarga oʻz yordamini berishi kerak. Yani bu
qahramonlarni ijobiy tomonini koʻrsatib, ularni qiziqtirishi kerak.
Ilk bolalik davridagi xotira bir vaqtning oʻzida juda koʻp idrok qilingan
narsalarning farqini yaxshi ajrata olmaydilar.Bogʻcha yoshidagi bolalarda obrazli
xotira rivojlangan boʻladi. Shuning uchun ular eshitgan narsalariga nisbatan kegan
narsalarni yaxshi eslarida olib qoladilar. Uning asosiy sababi, birinchidan, bogʻcha
yoshidagi bolalarning idroklari konkret xarakterga ega. Ikkinchidan, ularda hali
nutq toʻla - tekis shakllanmagan.
Obrazli xotira qayerda saqlanadi?
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-43_ Том-1_ Май-2025
34
Ming yillar davomida tibbiyot xodimlari xotiraning saqlanish joyi bosh miya
ekanligiga ishonar edilar. Oʻtgan asrda avval xotiradan koʻtarilgan voqealar
haqidagi axborotni oʻtmish qa’ridan yuzaga chiqarish qobiliyati uchun javobgar
boʻlgan bosh miya nuqtalarini izlash ishlari boshlab yuborilgan edi. Lekin miya
qancha tadqiq etilmasin, axborot toʻplash va saqlash vazifasini bajaruvchi xotira
katta odamlar va bolalar xotirasi bir biridan keskin farq qiladi.Sababi, ular oliy nerv
faoliyatining oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliqdir. Bir qator psixologlar
tomonidan oʻtkazilgan ilmiy tekshirish ishlari natijalarining koʻrsatishicha,
bogʻcha yoshidagi bolalar oliy nerv faoliyati quyidagi xususiyatlarga ega:
1 - bogʻcha yoshidagi bolalarning nerv sistemasi xuddi ilk bolalik davridagi
bolalar nerv sistemasi kabi juda plastik xarakterga egadir, ya' ni ularning nerv
sistemasi haddan tashqari egiluvchan, ta'sitotga beriluvchandir ;
2 - bogʻcha yoshdagi bolalar nerv sistemasi yengil, qoʻzgʻaluvchan boʻlishi
bilan birga yuzaga keladigan vaqtli bogʻlanishlar juda beqaror boʻladi, ya' ni
mustahkam boʻlmaydi.
3 - bogʻcha yoshidagi bolalar nerv sistemasida qoʻzgʻalish jarayoniga nisbatan
tormozlanish jarayoniga nisbatan tormozlanish jarayoni ancha sust boʻlganligi
tufayli ular oʻxshash va birdaniga, ya' ni hech qanday soha aniqlanmadi. Ma' lum
boʻlishicha bu vazifani yaxlit miyaning oʻzi uning yarim sharlari bajaradi.
Ushbu maqoladan olingan xulosa shuki, xotira xususiyatlari, xotira turlari
turli yosh guruhlarida turlicha boʻladi. Kattalar va bolalar xotirasi oʻrtasidagi farq,
nima sababdan bir biridan farq qilishi haqidagi tushunchalarga ega boʻlish mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasi”. Toshkent- 2000-2005-yil
2. Z.Nishanova, G. Alimova "Bolalar psixologiyasi va ilk oʻqitish metodikasi"
Toshkent – 2006
3.E.Gʻoziyev “Ontogenez psixologiyasi” Toshkent - 2010.