https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
140
MAQSUD SHAYXZODA JADID ME’ROSINING ADABIYOT VA
SO’Z SAN’TIDAGI DAVOMCHISI
Xusanova Nihola
Toshkent davlat transport univertsiteti talabasi
Annotatsiya: Ushbu maqolada jadidchilik harakatining asosiy g‘oyalari,
uning yangi o‘zbek adabiyotiga ta’siri va adabiy jarayondagi tutgan o‘rni tahlil
etilgan. Jadid adiblarining ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish va zamonaviy
tafakkur g‘oyalari XX asr o‘zbek adabiyotining shakllanishida muhim asos bo‘lib
xizmat qilgan. Ayniqsa, Maqsud Shayxzoda, Oybek, G‘afur G‘ulom kabi adiblar
ijodida jadidchilik ruhining izlari aniq ko‘zga tashlanadi. Maqolada asosan bu
izchillik tahliliy jihatdan ochib berilgan.
Kalit so‘zlar: yangi o‘zbek adabiyoti, milliy uyg‘onish, Maqsud Shayxzoda,
adabiy tafakkur.
Annotation: this article analyzes the core ideas of the Jadid movement, its
influence on modern Uzbek literature, and its role in the literary development of
the 20th century. The educational and national awakening ideals of Jadid writers
significantly contributed to the formation of modern Uzbek literary thought. The
works of Maqsud Shaykhzoda, Oybek, and Gafur Ghulom reflect the continuation
of Jadid ideas. The article explores this continuity from an analytical perspective.
Keywords:
Jadidism, modern Uzbek literature, national awakening, Maqsud
Shaykhzoda, literary thought
Аннотация: В данной статье анализируются основные идеи
джадидизма, его влияние на новую узбекскую литературу и роль в
литературном процессе XX века. Просветительские и национальные идеи
джадидских писателей сыграли важную роль в формировании узбекской
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
141
литературной мысли. В творчестве таких авторов, как Максуд Шайхзода,
Айбек и Гафур Гулям, отчетливо прослеживаются черты джадидизма. В
статье дана аналитическая оценка этой преемственности.
Ключевые слова: джадидизм, новая узбекская литература,
национальное пробуждение, Максуд Шайхзода, литературное мышление.
Kirish:
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston ijtimoiy-madaniy hayotida
muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davrda jaholat, savodsizlik, qadimiylik va
mutaassiblik illatlariga qarshi kurashish, zamonaviy ilm-fan, taraqqiyot g‘oyalarini
xalqqa yetkazish zaruriyati dolzarb masalaga aylandi. Ana shunday tarixiy-
madaniy muhitda jadidchilik harakati paydo bo‘ldi. Jadidlar nafaqat diniy-ma’rifiy
islohotlar tarafdori bo‘lib, balki badiiy ijod orqali ham xalqni uyg‘otishga intildilar.
Ularning asarlarida yangicha tafakkur, zamonaviylik, milliylik, ma’rifatparvarlik
g‘oyalari yaqqol aks etdi. Jadidchilik o‘zbek adabiyotining rivojida tub burilish
yasadi, uni mavzu, shakl va mazmun jihatdan boyitdi.Sovet davrida bu harakat
mafkuraviy jihatdan rad etilgan bo‘lsa-da, uning ildizlari yo‘qolmadi. Jadidchilik
ruhi yangi o‘zbek adabiyotining ko‘plab namoyandalarida, xususan, Maqsud
Shayxzoda, Oybek, G‘afur G‘ulom kabi adiblarning asarlarida baralla yangradi.
Ularning ijodi orqali jadidchilik g‘oyalari yangicha shaklda, lekin asl mohiyatini
saqlagan holda davom etdi. Ushbu maqolada jadidchilik harakatining badiiy-
estetik mohiyati, uning yangi o‘zbek adabiyotidagi izlari va zamonaviy tafakkurga
ta’siri atroflicha tahlil qilinadi.
Jadidchilik – bu o‘z davrida ilm-ma’rifat, taraqqiyot va milliy uyg‘onish
g‘oyalarini ilgari surgan ijtimoiy-ma'rifiy harakatdir. Bu harakat 19-asr oxiri va 20-
asr boshlarida Turkistonda shakllanib, xalqni savodsizlikdan, jaholatdan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
142
qutqarishni, yangi davrga yetaklashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Jadid
adiblari, ma’rifatparvarlar va ziyolilar o‘z asarlari va faoliyati orqali xalq ongini
uyg‘otishga harakat qildilar.Bu g‘oyaviy meros keyingi avlod yozuvchilar ijodida
ham o‘z aksini topdi. Shulardan biri – Maqsud Shayxzoda edi. U jadidchilik
harakati to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirokchisi bo‘lmasa-da, uning ruhiyatini, milliy
uyg‘onish g‘oyalarini o‘z asarlarida davom ettirgan ijodkordir. Maqsud Shayxzoda
o‘z ijodida millat, tarix va xalq taqdiri kabi mavzularni markazga qo‘ydi. Uning
“Jaloliddin Manguberdi” dramasi va boshqa tarixiy asarlarida milliy g‘urur,
erkinlik, ozodlik g‘oyalari ustuvor o‘rin tutadi. Bu esa jadid adabiyoti bilan maqsad
jihatdan uyg‘unlikda bo‘lib, xalqni o‘zligiga qaytarishga da’vatdir. Shayxzoda
jadid adiblarining islohotparvarlik va ma’rifatparvarlik ruhini davom ettirgan. U
til, tarix va adabiyot orqali xalq ongini yuksaltirish, milliy o‘zlikni uyg‘otish
tarafdori edi. Ayniqsa, u o‘zbek xalqini o‘z tarixiga, qadriyatlariga qaytarishga
intildi. Bu esa jadidchilik harakatining asosiy maqsadlaridan biri edi.Maqsud
Shayxzoda ijodi orqali jadidlar boshlagan ma’rifat va uyg‘onish yo‘li 20-asr
o‘rtalarida yangi bosqichda davom etdi. U mustamlaka davridagi bosimlarga
qaramay, o‘z fikrini erkin ifoda etdi va adabiyot orqali xalq qalbiga ruhiy kuch
berdi.Bugungi adabiyotda ham Shayxzoda izidan borayotgan yozuvchilar milliy
tarix, til, madaniyat va qadriyatlarimizni asrash g‘oyalarini davom ettirmoqdalar.
Shu jihatdan qaralganda, Maqsud Shayxzoda – jadidchilik g‘oyalarining chinakam
davomchisi, yangi o‘zbek adabiyotining poydevorchilaridan biridir.
Maqsud jadid
bo‘lishni tanladi. U daftar tutdi, so‘z oldi, elga haqiqatni gapirdi. “Ilm kerak!”, “Erk
kerak!”, “O‘zbek o‘zini tanishi kerak!” — bu uning yuragidan chiqqan shiorlar edi.
Toshkentda, Moskvada o‘qidi. Fikrladi yozdi, tarjima qildi. Millatning kechagi
tarixini, bugungi iztirobini, ertangi orzusini qog‘ozga soldi.Ammo 1937-yil keldi...
Qora yillar, qora ro‘yxatlar. Maqsud Shayxzoda ham bu ro‘yxatda bor edi. Ayblov
og‘ir edi — “xalq dushmani”, “panturkist”, “millatchi”. Aslida esa u — millatning
farzandi, haqiqatning elchisi edi.U qamoqqa olindi. Sovuq zindon, isib ketgan
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
143
devorlar, tunlar — og‘ir edi. Ammo Maqsudning fikri erkin edi. Uni sindira
olishmadi. U qiynoqlarga bardosh berdi, surgunga ketdi, lekin vijdonini sotmadi.
Yillar o‘tdi. U qaytdi. Qo‘lida ruchka, ko‘zida nur, ko‘ksida o‘sha — eski orzu.
O‘zbek xalqiga ilm berish, o‘zligini anglatish orzusi. U “Mirzo Ulug‘bek”
sahnasini tikladi, Firdavsiyni o‘zbek tiliga olib kirdi, milliy tarixni ochib berdi.
Uning asarlari sahnaga chiqa boshladi. U xotiraga aylangan Ulug‘bekni qayta
tiriltirdi. “Tohir va Zuhra”ni, “Rustam va Suhrob”ni dard bilan yozdi. Har bir
sahifasida — tarix, yurak, yelkamizdagi millat bor edi. Maqsud Shayxzoda 1974-
yilda hayotdan ko‘z yumdi. Ammo u o‘ldi demang. Uning asarlari yashaydi. Uning
ruhi hali ham biz bilan. Uning ismi — xotira emas, bu — mas’uliyat! U ming
jadiddan biri emas edi. U — ulardan oldinda yurgan, yo‘l ko‘rsatgan, yo‘l ochgan
buyuk siymolardan edi. Biz Shayxzoda haqida yozar ekanmiz, aslida o‘zimiz
haqida yozamiz. Chunki u bizni tanitgan, biz uchun yashagan, biz uchun azob
chekkan. U yelkamizda turgan el bo‘ldi. Endi biz — uning orzusini davom
ettiradigan avlod bo‘lishimiz kerak. Shayxzada urush yillarida faqat minbar
she’riyat namunalaringina yozmadi. She’rning quloqqa emas, balki yurakka yetib
borishi lozimligini yaxshi bilgan shoir jangxohga ketgan yigitlar va ularning sog’-
omon qaytishlarini orziqib kutayotgan yorlar nomidan shunday lirik she’rlar
yozdiki, bu she’rlar hozir ham urush davri o‘zbek she’riyatining durdonalaridan
hisoblanadi. Maqsud Shayxzoda jadid merosining adabiyot va so‘z sanʼatidagi
davomchisi sifatida, o‘zining sheʼriyati va nasriy asarlari orqali o‘z zamonasining
adabiyati va ijtimoiy ongini yangi bir bosqichga olib chiqdi. U, avvalo, Jadidchilik
harakatining nafaqat nazariy, balki amaliy tarafidan ham faol ishtirok etgan va bu
harakatning asosiy g‘oyalarini o‘z asarlarida o‘ziga xos tarzda taqdim etgan.
Shayxzoda o‘zining asarlarida nafaqat milliy va maʼnaviy qadriyatlarni saqlab
qolishga harakat qildi, balki ularga yangicha qarashlar bilan yondashib,
jamiyatdagi noxush holatlarni o‘zgartirishga intildi. Uning sheʼriyatida so‘zning
kuchi, tasvirning tiniqligi va maʼnaviy-ijtimoiy jihatlarning birlashuvi ayniqsa
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
144
diqqatga sazovor. Shayxzoda o‘zining ijodida qadriyatlarni o‘zgartirish, zamonasi
haqidagi fikrlarni bildirishi orqali, o‘zgarishlarga intilgan xalqning ovozi bo‘lib,
kelajakda ham uning asarlari yosh avlodga ijtimoiy ongni rivojlantirishda, shaxsiy
va jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishda katta ahamiyatga ega bo‘lib qoladi.
Shayxzodaning adabiyotdagi merosi nafaqat o‘z zamonining, balki kelajak
avlodlarining maʼnaviy negizlarini shakllantirishga xizmat qilgan va adabiyotda
so‘z sanʼatini yangi yuksakliklarga olib chiqqan. Uning ijodi bugungi kunda ham
o‘zining chuqur maʼnosi, o‘z zamoniga nisbatan tanqidiy yondashuvi va haqiqiy
adolatni, ozodlikni orzu qilgan tasvirlari bilan yoshlar uchun o‘rnak bo‘lib
qolmoqda. Shayxzoda, jadid merosining so‘z sanʼati va adabiyotidagi davomchisi
sifatida, xalqning ongini o‘zgartirishda va jamiyatni yaxshilashda, har bir so‘zni
sanʼatga aylantirgan buyuk bir shaxs sifatida tarixda abadiy qoladi.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka O’zbekiston-2009
2. e’tibor .I.A.Karimov; Naim Karimov “Maqsud Shayxzoda” tarixiy-bibliografik
roman. Toshkent,”Sharq”, 2009-yil
3. Mamurova, F. I. (2021, May). ARTIST OF UZBEKISTAN MAKSUD
SHEIKHZADE. In E-Conference Globe (pp. 176-178).
4. Mamurova, F. I., & ugli Abdubahabov, A. A. (2023). TWO FOLK POETS.
“TRENDS OF MODERN SCIENCE AND PRACTICE”, 1(3), 23-30.
5. Islomovna, M. F., & Abduvoxob o’g’li, A. A. (2023, January). Maqsud
Shayxzodaning Hayoti Va Ijodi. In Interdisciplinary Conference of Young
Scholars in Social Sciences (USA) (pp. 19-20).
6. Mamurova, F. I. (2021, May). ARTIST OF UZBEKISTAN MAKSUD
SHEIKHZADE. In E-Conference Globe (pp. 176-178).
7. Islamovna, Mamurova Feruza. "MAQSUD SHAYKHZADEH-TWO FOLK
DILBANDI."
INTERNATIONAL
CONFERENCE
ON
MODERN
DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS. Vol. 1. No. 1. 2024.
8. Islamovna, M. F. (2024, January). MAQSUD SHAYKHZADEH-TWO FOLK
DILBANDI.
In
INTERNATIONAL
CONFERENCE
ON
MODERN
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
145
DEVELOPMENT OF PEDAGOGY AND LINGUISTICS (Vol. 1, No. 1, pp. 189-
192).
9. Islomovna, M. F. (2024). O ‘ZBEK ADABIYOTINING ATOQLI
NAMOYANDALARIDAN BIRI MAQSUD SHAYXZODNING “JALOLIDDIN
MANGUBERDI” ASARI. Yangi O'zbekistonda Tabiiy va Ijtimoiy-gumanitar
fanlar respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, 2(1), 89-92.
10. Islamovna, M. F. (2024). THE CREATION OF MAQSUD SHAYKHZODA-
AS
A
GOLDEN
LEGACY.
"
XXI
ASRDA
INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR, FAN VA TAʼLIM TARAQQIYOTIDAGI DOLZARB
MUAMMOLAR" nomli respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, 2(1), 90-93.
11. Мамурова Ф.И. и Дурдона О. (апрель 2024 г.). МАКСУД
ШАЙХЗОДАНИНГ
«МИРЗО
УЛУГБЕК''АСАРИ
ТАЛИЛИ.
В
Международной глобальной конференции (Том 1, № 6, стр. 79-81).
12. Durdona, O., & Mamurova, F. I. (2024, April). MAQSUD SHAYXZODA
“TOSHKENTNOMA”. In International Global Conference (Vol. 1, No. 5, pp. 148
152).
13. Mamurova, F., & Obutjonova, D. (2024). MAQSUD SHAYXZODANING
“JALOLIDDIN MANGUBERDI” DRAMASINING YOZILISH TARIXI VA
VATANGA BO ‘LGAN MUHABBATI, JASORATINING IFODALANISHI.
Академические исследования в современной науке, 3(12), 13-16.
14. Mamurova, F., & Obutjonova, D. (2024). DESCRIBING MAKSUD
SHAIKZODA. Current approaches and new research in modern sciences, 3(4), 5
8.
15. Durdona, O., & Islamovna, M. F. (2024, March). SHAYXZODA
SIYMOSIGA TA’RIF. In International Global Conference (Vol. 1, No. 1, pp. 188-
191).
16. Mamurova, F., & Qodirov, I. (2024). MAQSUD SHAYXZODANING
‘‘TOSHKENTNOMA’’-SHUKRONALIK DOSTONI. Молодые ученые, 2(6),
87-89.