Авторы

  • Abubakirova Namuna
  • Abduholiqova Nigora

Биографии авторов

  • Abubakirova Namuna

    Andijon Davlat Unversiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari  102-guruh talabasi

  • Abduholiqova Nigora

    Andijon Davlat Universiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari 102-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88435

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: Siddxartxa Gautama Djina Budda Tadxagata Maxavostu Buddxacharita O‘zbekiston buddizm Buyuk Ipak yo‘li Fayoztepa Dalvarzintepa Qoratepa 5–6 asrlar madaniyat tarix buddaviy yodgorliklar.

Аннотация

         Annotatsiya: Ushbu maqola, buddaviylik diniga asoslangan bo‘lib unda buddizimning kelib chiqishi va uning rivojlanish tarixi haqida muhokamaviy xulosalar olib, boriladi. Hamda, maqolada 5–6 asrlarda O‘zbekiston hududida buddizmning tarqalishi, rivojlanishi va uning madaniy ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. O‘sha davrda Buyuk Ipak yo‘li orqali kelgan buddaviylikning hududdagi siyosiy va madaniy jarayonlarga ta’siri, buddaviy meros yodgorliklari va arxeologik topilmalar o‘rganiladi. Maqola davomida O‘zbekistonning Surxondaryo, Toshkent va boshqa hududlarida buddizm izlarini saqlab qolgan joylar haqida ma’lumot beriladi. Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot to‘g‘risida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar ma’nolari kuyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urug‘ nomi, Shakyamuni — «Shakya kabilasidan chiqqan donishmand», Budda — «nurlangan», Tadxagata — «shunday qilib, shunday ketgan», Djina — «g‘olib», Bxagavan — «tantana kiluvchi». Ular ichida eng mashxuri «Budda» bo‘lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

115

BUDDAVIYLIK DINI

Andijon Davlat Unversiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari 102-guruh

talabasi

Abubakirova Namuna

namunaabubakirova@gmail.com

Andijon Davlat Universiteti Axborot tizimlari va texnologiyalari 102-guruh

talabasi

Abduholiqova Nigora

abduholiqova@gmail.comnigora

Annotatsiya: Ushbu maqola, buddaviylik diniga asoslangan bo‘lib unda

buddizimning kelib chiqishi va uning rivojlanish tarixi haqida muhokamaviy

xulosalar olib, boriladi. Hamda, maqolada 5–6 asrlarda O‘zbekiston hududida

buddizmning tarqalishi, rivojlanishi va uning madaniy ahamiyati haqida so‘z

yuritiladi. O‘sha davrda Buyuk Ipak yo‘li orqali kelgan buddaviylikning hududdagi

siyosiy va madaniy jarayonlarga ta’siri, buddaviy meros yodgorliklari va

arxeologik topilmalar o‘rganiladi. Maqola davomida O‘zbekistonning

Surxondaryo, Toshkent va boshqa hududlarida buddizm izlarini saqlab qolgan

joylar haqida ma’lumot beriladi. Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar

asosida bu oqim asoschisi real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot

to‘g‘risida xabar beruvchi adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama),

Shakyamuni, Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu

ismlar ma’nolari kuyidagicha: Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urug‘ nomi,

Shakyamuni — «Shakya kabilasidan chiqqan donishmand», Budda —

«nurlangan», Tadxagata — «shunday qilib, shunday ketgan», Djina — «g‘olib»,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

116

Bxagavan — «tantana kiluvchi». Ular ichida eng mashxuri «Budda» bo‘lib,

shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.

Kalit so‘zlar: Siddxartxa, Gautama, Djina, Budda, Tadxagata, Maxavostu,

Buddxacharita,

O‘zbekiston, buddizm, Buyuk Ipak yo‘li, Fayoztepa,

Dalvarzintepa, Qoratepa, 5–6 asrlar, madaniyat, tarix, buddaviy yodgorliklar.

Buddizm tarixi tadqiqotchilari mavjud manbalar asosida bu oqim asoschisi

real tarixiy shaxs ekanligini ta’kidlaydilar. Bu ta’limot to‘g‘risida xabar beruvchi

adabiyotlarda u Siddxartxa, Gautama (Gotama), Shakyamuni, Budda, Tadxagata,

Djina, Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlar ma’nolari kuyidagicha:

Siddxartxa — shaxsiy ism, Gautama — urug‘ nomi, Shakyamuni — «Shakya

kabilasidan chiqqan donishmand», Budda — «nurlangan», Tadxagata — «shunday

qilib, shunday ketgan», Djina — «g‘olib», Bxagavan — «tantana kiluvchi». Ular

ichida eng mashxuri «Budda» bo‘lib, shundan ushbu dinga buddizm nomi berilgan.

Bizgacha, Buddaning bir necha biografiyalari yetib kelgan: «Maxavostu»

milodning II asrida yozilgan, «Lalitavistara» milodning II—III asrlarida yuzaga

kelgan, «Buddxacharita» buddist faylasuflardan biri Ashvagxosha tomonidan

milodning I-II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» —milodning I asrida yozilgan

va «Abnixishkramansutra». Mazkur biografiyalarda Buddaning qaysi yillarda

yashaganligi turlicha berilgan. Ularda mil. avv. IX — III asrlar oralig‘idagi har xil

muddatlar ko‘rsatiladi. Rasmiy xisobga ko‘ra, Butama-Budda mil. avv. 623 yilda

tug‘ilib, 544 yilda vafot etgan. Birok, ko‘pchilik tadkiqotchilar uning tavalludi

mil.avv. 564 yilda, vafoti esa 483 yilda deb xisoblaydilar. Ba’zan 560 va 480 deb

yaxlit sonlar bilan ko‘rsatadilar.

Aytish joizki, yukorida zikr kilingan biografiyalarda Buddaning xaqiqiy xayoti

bilan uning hakidagi afsonalar o‘zaro qorishib ketgan. Siddxartxa Shakya

kabilasining podshoxdaridan biri Shuddxodananing ug‘li edi. Uning saroyi

Xiimolay tog‘lari etagida Kapilavasti degan shaharda bo‘lgan (xozirgi Nepal


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

117

xududida). Onasi — malika Mayya. Podshoh ug‘lini orzu-xavaslar og‘ushida

tarbiyalab, uni xech bir kamchiliksiz katta kiladi. Siddxartxa ulg‘ayib qo‘shni

xukmdorlardan birining kizi Yashadxaraga uylanadi va ug‘il ko‘rib, unga Raxula

deb ism qo‘yadi. Hech bir kiyinchilik va kamchilik kurmay o‘sgan bola Siddxartxa

bir kuni ittifoko bir keksa chol, bir bemor xamda og‘ir mashaqqat tortayotgan

rohibni uchratadi, bir kishining esa vafotiga guvoh bo‘ladi. Bundan qattiq

ta’sirlangan shahzoda insoniyatni kiyinchilik va azobdan qutqarish yullarini izlash

uchun saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u 30 yoshda edi. U beshta rohib bilan

kishloqma-qishloq kezib yuradi.

Shu asnoda Siddxartxa bir narsaga amin bo‘ldi: bu yul uni o‘z oldiga kuygan

maksad, ya’ni insoniyatni azob-uqubatdan qutkarish sari olib bormaydi va u

rohiblar jamoasidan ajraladi. Birmuncha vaqt changalzor o‘rmonlarda kezib xorib

charchagach, bir daraxtning tagida dam olish uchun o‘tiradi va o‘zicha, to xaqiqatni

topmaguncha shu yerdan turmaslikka qaror qiladi. Bu o‘tirishning 49 kuni uning

qalbidan «Sen xaqiqatni topding» degan sado keladi. Shu paytda uning ko‘z oldida

butun borliq namoyon bo‘ladi. U xamma joyda shoshilish, qayoqqadir intilishni

ko‘radi: xech bir joyda osudalik yuq edi. Xayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib

ketayotgan edi. Inson aqli yetmas bir kuch Trishna — yashash, mavjud bo‘lish

umidi barchaning tinchini buzar, xalok qilar va yana qayta yaratar edi. Mana endi

Budda kimga qarshi kurashish kerakligini angladi. Shu ondan u Budda- nurlangan

deb ataldi. U tagida o‘tirgan daraxt esa-nurlangan daraxt (botxa) deb atala boshladi.

Budda o‘zining birinchi da’vatini Varanasi yaqinidagi Rishipatana bog‘ida

o‘zining besh rohib do‘stlariga kildi va ular Buddaning birinchi shogirdlari

buldilar.

Buddizm — dunyodagi eng yirik dinlar ichida kadimiylaridan biri

hisoblanib, mil. av. VI — V asrlarda Xindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e’tikod

kiluvchilar, asosan Janubiy, Janubi-Sharkiy va Sharkiy Osiyo mamlakatlari: Shri-

Lanka, Hindiston, Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya,


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

118

Mongoliya, Koreya, Vetnam, Yaponiya, Kambodja, Birma, Tailand, Laosda va

qisman Yevropa va Amerika kit’alarida, Rossiya Federatsiyasining Tuva,

Buryatiya, Kalmikston respublikalarida istikomat kiladilar. Xozirgi kunda e’tikod

kiluvchilar soni jihatidan buddizm xristianlik, islom va xinduizmdan so‘ng

to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Buddistlarning soni taxminan 700 mln. atrofida bo‘lib,

ulardan 1 mln. ga yaqini rohiblardir! Buddizm bundan 2500 yildan avvalrok

Xindistonda diniy-falsafiy ta’limot sifatida vujudga kelib, unda ko‘plab diniy

manbalar va diniy yunalishlar mavjud. Buddizm turli milliy va diniy an’analar

bilan kelishuvchanligi sababli ko‘p millatlar tomonidan keng kabul kilindi.

Buddizm xayotning barcha sohalari: diniy, madaniy, siyosiy va iktisodiy

katlamlariga kirib bordi. Qadimgi Baqtriya hududlariga bu din milodiy I asr

boshdarida kirib keldi. Eski Termizda ko‘plab buddaviylik ibodatxonalari barpo

bo‘ldiki bu dinning yuksalishi, tarqalishi ayni Eski Termiz bilan bog‘liq. Eski

Termizda o‘ndan oshiq buddaviylik ibodatxonlari mavjud bo‘lgan ularning

ayrimlarigina saqlanib qolgan bo‘lib hali-hanuz ushbu tarixiy qadamjolar

insoniyatni hayratga solib kelmoqda ana shunday obidalardan biri Qoratepa

buddaviylik ibodatxonasidir.

Eski Termizning shimoliy – sharqiy qismida joylashgan. Dastlab, 1926 –

1928 yillarda Moskvadagi Sharq xalqlari madaniyati davlat muzeyi ekspeditsiyasi

tomonidan o‘rganildi. 1937 yilda M.Ye. Masson va Ye.G. Pchelina tomonidan

tekshirish ishlari olib borildi. 1960 yillarda arxeolog B.Ya.Staviskiy qazish

ishlarini olib borgan. Hozirda O‘zbekiston – Yaponiya qo‘shma arxeologik

ekpeditsiyasi ish olib bormoqda. Umumiy maydoni 8 ga. dan ziyod. Qoratepadan

topilgan bag‘ishlov bitiklari bo‘lgan sopollarda Qoratepadagi ayrim majmualar

Kxadevakavixara – monastiri, Vxara Gulavxara vxad – Gulavxara o‘g‘li

(Gondafar) vixarasi, Okvixara deb nomlangan. Qoratepa bitiklarida roxilardan

Buddashir, Buddxamitra, Jivananda ismlari eslatilib o‘tilgan. Boy erkak va ayol

homiylar qiyofasi rasmlarda hamda haykallarda saqlanib qolgan. Qoratepadan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

119

ko‘plab budda haykallari topilgan. Topilmalar ichida 70 dan ortiq sopol idish

siniqlariga xindcha bitilgan yozuvlar (kxaroshti va braxma yozuvlari) va

devorlarga chizilgan kushon – Baqtriya hamda fors – paxlaviy yozuvlar

xarakterlidir.

Buddizm dunyoning eng qadimiy dinlaridan biri hisoblanadi va eramizdan

avvalgi 5–4 asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. 5–6 asrlarda Buyuk Ipak yo‘li

orqali buddizm Markaziy Osiyoga, shu jumladan, O‘zbekiston hududiga kirib

kelgan. Bu davrda buddizm nafaqat diniy ta’limot, balki madaniy va falsafiy tizim

sifatida ham keng tarqalgan. Ayniqsa, Surxondaryo viloyatidagi Dalvarzintepa va

Fayoztepa kabi yodgorliklar buddaviylikning O‘zbekiston hududida chuqur iz

qoldirganidan dalolat beradi. Buddizm O‘zbekiston hududiga Buyuk Ipak yo‘li

orqali kirib kelgan. Ushbu savdo yo‘li Osiyo va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi

madaniy va iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishda muhim rol o‘ynagan.

Surxondaryo – Buddaviy madaniyatning asosiy markazlaridan biri bo‘lib,

bu yerda Fayoztepa va Dalvarzintepa yodgorliklari joylashgan. Bu hududda budda

ibodatxonalari, haykallar va boshqa arxeologik obyektlar topilgan. Toshkent va

Sirdaryo hududi – Bu hududlarda buddizm ta’siri kamroq bo‘lsa-da, arxeologik

topilmalar buddizmning bu yerga ham yetib kelganini ko‘rsatadi.

Buddizm o‘zining ta’limoti orqali O‘zbekistonning madaniy merosiga katta

ta’sir ko‘rsatgan. Me’morchilik – Buddaviy ibodatxonalar va haykallar, arxitektura

uslublari O‘zbekistonning qadimiy me’moriy merosida iz qoldirgan.

Madaniyatlararo aloqalar – Buddizm orqali Hindiston va Xitoy madaniyati bilan

aloqalar mustahkamlangan. Falsafa – Buddaviylik tinchlik, sabr-toqat va

ma’naviyatni targ‘ib qilgan, bu qadriyatlar mahalliy madaniyatga ham singib

ketgan. Buddizmning O‘zbekiston hududiga kirib kelish sabablari Buddizmning 5–

6 asrlarda O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va rivojlanishi bir necha omillar bilan

bog‘liq: 1. Buyuk Ipak yo‘lining roli – Bu davrda Markaziy Osiyo savdo va

madaniyatlar o‘rtasida aloqadorlikni ta’minlaydigan asosiy yo‘l bo‘lgan. Savdo


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

120

karvonlari faqat tovar olib kelib qo‘ymay, o‘zlari bilan diniy va falsafiy

ta’limotlarni ham olib kelganlar. 2. Kushon imperiyasi ta’siri – Kushonlar davrida

buddizm Hindistondan Markaziy Osiyoga tarqalgan. Ayniqsa, Kushon

hukmdorlaridan Kanishka buddizmning homiysi sifatida mashhur bo‘lgan. U

buddist monastirlar qurdirib, bu dinning keng tarqalishiga yordam bergan.

Buddaviy yodgorliklarning ahamiyati O‘zbekiston hududidagi buddaviy

yodgorliklar buddizm tarixi va uning mahalliy madaniyat bilan qanday

uyg‘unlashganini tushunish uchun muhimdir. Fayoztepa – Bu yodgorlikdan

aniqlangan buddaviy haykallar Hindistondagi Gandxara uslubida ishlangan. Bu,

buddizmning O‘zbekiston hududida Hind madaniyati bilan bog‘liq ekanligini

ko‘rsatadi. Dalvarzintepa – Bu shaharning buddaviy ibodatxonalari Markaziy

Osiyo buddizmining o‘ziga xos arxitektura uslublarini o‘rganishga imkon beradi.

Qoratepa Bu yerdagi monastirlar va ibodatxonalardan topilgan devoriy suratlar

buddaviy san’atning rivojlanish bosqichlarini ko‘rsatadi. Buddizmning mahalliy

madaniyatga ta’siri Buddizmning tarqalishi nafaqat diniy, balki madaniy va san’at

sohalarida ham iz qoldirgan.

Xulosa, 5–6 asrlarda O‘zbekiston hududida buddizm Buyuk Ipak yo‘li orqali

kirib kelib, mahalliy madaniyatga chuqur ta’sir ko‘rsatgan. Buddaviy yodgorliklar

va arxeologik topilmalar O‘zbekiston tarixining muhim qismini tashkil etadi.

Garchi buddizm keyinchalik islom va boshqa dinlar ta’sirida o‘z mavqeini

yo‘qotgan bo‘lsa-da, uning madaniy merosi hali ham saqlanib kelmoqda. Bugungi

kunda ushbu buddaviy yodgorliklarni o‘rganish va targ‘ib qilish O‘zbekiston

tarixini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Litvinskiy B. A., "Buddizm v Tsentral'noy Azii," Moskva, 2000.

2. Islomov Q., "O‘zbekiston arxeologik yodgorliklari," Toshkent, 2015.

3. Richard Foltz, "Religions of the Silk Road." Macmillan, 2019.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025

121

4. Bernard Kempers, "Buddhist Art in Central Asia." Leiden, 1986.

5. Abdullaev, B. "O‘zbekiston arxeologiyasi." Toshkent, 2019.

6. “Surxondaryo viloyatining buddaviy yodgorliklari” (ilmiy maqolalar

to‘plami), Toshkent, 2020.

7. Richard Foltz, "The History of the Silk Road." Oxford University Press,

2010.

8. Amonov, M. "Buyuk Ipak yo‘li va madaniyatlararo aloqalar." Samarqand,

2018.

9. Arxeologiya instituti ma’lumotlari va tadqiqot natijalari.