https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
77
ABDULLA QODIRIY ASARLARIDA IJTIMOIY-MA’NAVIY,
AXLOQIY MUAMMOLARNING AKS ETTISHI
Jo‘rayeva Nargiza
Telmiz davlat universiteti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
.
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
o‘zbek adabiyotining zabardast
namoyandasi Abdulla Qodiriyning asarlarida ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy
muammolarning qanday ifoda topgani tahlil etiladi. Xususan, yozuvchining
“O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” kabi romanlarida o‘z davrining ijtimoiy
ziddiyatlari, ma’naviy inqirozlar, urf-odatlar va eskilik qoldiqlari bilan bog‘liq
muammolar yoritilgan. Qodiriyning badiiy tasvir uslubi, obrazlar orqali berilgan
tanqidiy qarashlari, ayollar taqdiri, jamiyatdagi adolatsizliklar va insoniy
fazilatlar qadri ushbu maqolada o‘rganiladi. Shuningdek, adib asarlarida axloqiy
tarbiya, mehr-oqibat, fidoyilik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari qanday
ifodalanganiga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Kalit so‘zlar: Abdulla Qodiriy, ijtimoiy muammolar, axloqiy tarbiya,
“O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, ma’naviyat, adabiyot, badiiy obraz,
tarixiy roman, ijtimoiy tanqid.
O‘zbek adabiyoti — milliy ruhda yozilgan, ayniqsa o‘zbek romanlarini
qamrab olgan boy ijodiy meros hisoblanadi. O‘zbek romanchiligi o‘zida eng yaxshi
adabiy an’analarni mujassam etgan bo‘lib, zamon bilan hamnafas tarzda
takomillashib bormoqda. Ulug‘ adib Abdulla Qodiriyning ikki mashhur romanini
qiyosiy tahlil qilish orqali ham o‘zbek romanchiligiga xos o‘ziga xosliklar yaqqol
namoyon bo‘ladi. Ishonch bilan aytish mumkinki, “Mehrobdan chayon” asari
“O‘tkan kunlar” romanining tarixiy va mantiqiy jihatdan davomi sifatida ko‘riladi.
Bu asarda xonlik davri hayoti, urf-odatlar, ijtimoiy-madaniy muhit tasvirlanadi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
78
Badiiy adabiyotda o‘z davrining madaniy va adabiy-estetik qarashlari,
g‘oyaviy-siyosiy holati kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Aynan mana shu omillar
“Mehrobdan chayon” romanining badiiy va g‘oyaviy tuzilishida, ayniqsa sinfiy
yondashuvda seziladi. Muallif ma’lum darajada o‘sha davr ijtimoiy-siyosiy
qarashlariga yaqin tursa-da, bu tasvirlar sun’iy emas, balki tarixiy voqelik sifatida
berilgan. Shu bilan birga, asarda umuminsoniy qadriyatlar va tarbiyaviy mezonlar
asosiy o‘rinni egallaydi. Jamiyatdagi sinfiy tabaqalanishga bunday yondashuv
dunyo adabiyotining mashhur vakillari — Balzak, Zola, Tolstoy va Dostoyevskiy
romanlarida ham kuzatiladi.
“O‘tkan kunlar”dan keyin yozilgan “Mehrobdan chayon” asari o‘zbek
roman maktabining yangi bosqichini boshlab berdi. Bu roman orqali o‘zbek
xalqiga xos badiiy ifoda vositalari shakllandi. Abdulla Qodiriy ijobiy va salbiy
obrazlar yaratishda Sharq adabiy merosidan foydalangan holda, ulardan
ilhomlanib, o‘z asarlarining epik qahramonlarini yuksak mahorat bilan tasvirlagan.
Uning “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari qahramonlarini (Anvar,
Ra’no, Otabek, Kumush) solishtirganda ularning tashqi va ichki xususiyatlari
o‘zaro juda o‘xshash ekanini ko‘rish mumkin. Ular har jihatdan yetuk, komil inson
sifatida tasvirlangan. Yozuvchi erkak qahramonlarni ifodalashda “salobatli”,
“mag‘rur”, “qora ko‘zli”, “barvasta” kabi ifodalar orqali ularning jismoniy va ruhiy
qiyofasini mujassamlashtirgan.
O‘zbek adabiyotining ravnaqiga beqiyos hissa qo‘shgan Abdulla Qodiriy
nafaqat roman janrining asoschisi, balki ijtimoiy-ma’naviy va axloqiy
muammolarni chuqur tahlil qilgan atoqli yozuvchilardan biridir. Uning asarlari
orqali o‘zbek xalqining XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi ijtimoiy hayoti, axloqiy
inqirozlar va ma’naviy qarashlari yaqqol namoyon bo‘ladi. Qodiriy ijodi
jamiyatdagi adolatsizlik, ayollar huquqsizligi, eskicha dunyoqarash va axloqiy
inqirozlar muammolarini ko‘taradi va o‘quvchini fikrlashga undaydi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
79
Abdulla Qodiriyning publitsistik faoliyatidagi ilk qadami 1914-yil 1-aprelda
“Sadoyi Turkiston” gazetasida chop etilgan “Yangi masjid va maktab” nomli
maqolasi bilan boshlanadi. Tez orada u “To‘y”, “Ahvolimiz”, “Fikr aylag‘il” kabi
jamiyat muammolarini yoritgan mazmundor she’rlar yozadi. Qodiriyning
she’riyatini ikki yo‘nalishga bo‘lish mumkin: birinchisiga — “To‘y”, “Ahvolimiz”,
“Millatimga bir qaror”, “Fikr aylag‘il”, “Pildir-pis...” kabi mustaqil she’riy asarlar
kiradi; ikkinchisi esa — “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Obid ketmon”
kabi nasriy asarlari ichidagi she’riy parchalar hisoblanadi.
Qodiriyning “To‘y” she’ri hajviy uslubda yozilgan bo‘lsa-da, unda muhim
va dolzarb ijtimoiy masala ko‘tarilgan. Azaldan odamlar orasida quvonch va diydor
sababi bo‘lgan, qarindosh-urug‘, mahalla-ko‘yni birlashtirgan to‘y marosimlari,
o‘z holicha davom etaversa, nihoyat xalqqa zarar yetkazishi, ularni baxtdan emas,
baxtsizlikka olib borishi tasvirlanadi. She’rda adolatsiz mustamlaka tuzumi
ta’sirida ezilgan, ilmsizlik, loqaydlik va xurofot girdobiga tushgan xalq tanqid
qilinadi. Muallif “kori ma’jus” va “kori shayton” kabi obrazlar orqali bu illatlarga
qarshi chiqadi. U to‘ylarning ortidan mulk emas, jon yo‘qolishi mumkinligidan
ogohlantiradi. Bu mavzu, shaxs va jamiyat muammosi sifatida, keyinchalik uning
“Baxtsiz kuyov” nomli dramasida keng yoritiladi.
“O‘tkan kunlar” romanida asosiy diqqat markazida — ishqiy voqealar bilan
bir qatorda o‘sha davrning ijtimoiy ziddiyatlari, urf-odatlarning inson taqdiriga
ko‘rsatgan salbiy ta’siri, ayollar huquqsizligi, nodonlik va jaholat mavjud. Asarda
Otabek va Kumush obrazlari orqali yuksak axloq, fidoyilik va mehr-oqibat
timsollari yaratilgan bo‘lsa, Zaynab, Yusufbek hoji, Mullajon kabi obrazlar orqali
jamiyatdagi muammolar, xusumat, hasad, ikkiyuzlamachilik kabi illatlar fosh
etilgan.
Qodiriy asarda turmushga majburlab berish, diniy aqidaparastlik va
ayollarning erksizlik holatlarini tanqid qiladi. Ayniqsa, Kumushning fojiali taqdiri
orqali ayollarning jamiyatdagi og‘ir ahvoli ochib beriladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
80
Bundan tashqari, “O‘tgan kunlar” romanida Otabek obrazi orqali xalq
qalbida yashiringan umidlar va dardlar yurakni larzaga soladigan tarzda
ifodalanadi. Otabekga, shuningdek qutidor va boshqa shaxslar haqida tarqatilgan
tuhmatlar, ularning fitna domiga tortilishi va aybsiz bo‘lsa-da, aybdor sifatida
jazolanishi — hatto o‘limga mahkum etilishi — o‘sha davr jamiyatidagi
savodsizlik, lavozimparastlik hamda adolatsizlik va zo‘ravonlik hukmronligining
natijasi sifatida tasvirlanadi. Abdulla Qodiriy bu asari orqali aynan shu chirigan
ijtimoiy tuzumni fosh etish, uni ildizi bilan yo‘q qilishni maqsad qilgan.
Asarda O‘zbekoyim obrazi ham muhim o‘rin tutadi. Uning kibrli, o‘zini
yuqori tutadigan, boylik va shon-shuhratga berilgan ayol sifatida tasvirlanishi
natijasida, u o‘z farzandining baxtiga to‘siq bo‘lib, nafaqat Otabekning, balki butun
oilasining tinchini buzadi. Bu orqali yozuvchi o‘zbek ayollarining o‘sha davrdagi
ma’naviy va ilmiy saviyasining pastligi, diniy va dunyoviy bilimlardan uzoqligi
kabi muammolarga ishora qiladi.
Yozuvchining ikkinchi mashhur romani — “Mehrobdan chayon”da esa
diniy niqob ortiga yashiringan johil, ma’naviy tuban ruhoniylar tanqid ostiga
olinadi. Asardagi bosh qahramon — Saidahmadning ichki kechinmalari, unga
tahdid solayotgan soxta dindorlar, jamiyatdagi ikkiyuzlamachilik va axloqiy
tubanlik asarning bosh mavzularidan hisoblanadi.
Qodiriy bu roman orqali islom dinining asl mohiyatini buzib, o‘z manfaati
yo‘lida diniy aqidalarni suiiste’mol qilayotgan kimsalarni ochiq tanqid qiladi. Bu
orqali u xalqni ma’rifatga, bilimga, haqiqatga yuz tutishga chorlaydi.
Qodiriy asarlaridagi ijobiy obrazlar orqali yosh avlodga axloqiy tarbiya
berish, halollik, vatanparvarlik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni targ‘ib etish kuchli
ifodalangan. Otabek obrazi — adolatparvarlik, bilimdonlik, jasorat timsoli sifatida
1
Qodiriy A. O‘tkan kunlar.
-
Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 2018.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
81
tasvirlanadi. Shuningdek, yozuvchi ayollar qadr-qimmatini yuksaltirishga,
ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi.
Shuni ham aytish joizki, adib o‘z kasbi haqida shunday degan edi:
“Yozuvchilikda muhim bir qoida bor — avvalo, fikr bo‘lishi kerak, undan keyin
o‘sha fikrni ifoda etadigan so‘zlarni tanlash, bu so‘zlar oddiy emas, balki go‘zal,
mahorat bilan aytilgan, aynan o‘sha g‘oyani ifodalash uchun yaratilgandek tabiiy
bo‘lishi kerak. Ana shunda, boshqa masalalarni ko‘rib chiqishga asos bo‘ladi”.
Abdulla Qodiriy 1930-yillarning murakkab ijtimoiy sharoitida ham ijodini
to‘xtatmadi. 1934 yilda u qishloq hayotini tasvirlovchi “Obid ketmon” qissasini
yozdi. Undagi Obid obrazi o‘zbek adabiyotida noyob siymo sifatida ajralib turadi.
Obid orqali yozuvchi o‘zbek xalqining mehnatga, dehqonchilikka oid
madaniyatdagi yuksak darajasini aks ettiradi. Qodiriy bu obrazni yaratishda faqat
“sinfiylik” tamoyiliga tayanmay, balki umuminsoniy qadriyatlarni yuksak
qo‘ygan. Asarda u qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish jarayonining ijobiy va salbiy
tomonlarini haqqoniy tasvirlaydi, ichki ziddiyatlarni ochib beradi. Kolxoz
tizimining oxir-oqibat insondagi tashabbuskorlik, shaxsiy manfaatdorlik kabi
tuyg‘ularni susaytirishini ta’kidlaydi. Bu qissa o‘zbek adabiyotida ilk “ishlab
chiqarish” qissasi sifatida baholanadi, Obid esa birinchi ishbilarmon qahramon
sifatida ko‘riladi. Qodiriy bu asarda iqtisod va xo‘jalik masalalarini chuqur
tushunadigan ijodkor va tadqiqotchi sifatida namoyon bo‘ladi; bosh qahramonning
xarakteri va ichki dunyosi aynan mehnat jarayonida ochiladi.
Xulosa qilib aytganda, Abdulla Qodiriy asarlari o‘z davrining real ijtimoiy-
ma’naviy holatini yoritibgina qolmay, bugungi kun o‘quvchisi uchun ham muhim
saboqlar beradi. U o‘z asarlari orqali axloqiy inqirozga qarshi kurashgan,
jamiyatning ma’naviy uyg‘onishi uchun kurashgan ijodkordir. Yozuvchining
asarlarida ilgari surilgan g‘oyalar bugungi kun uchun ham dolzarbligini
yo‘qotmagan bo‘lib, yosh avlod tarbiyasida muhim manba sifatida xizmat qiladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
82
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Quvvatova D. Jahon va o‘zbek she’rlari: qiyos va tahlil. //International
Scientific Journal Theorical & Applied Science. p-ISSN: 2308-4944 (chop
etish) eISSN: 2409-0085 (onlayn). Yil: 2020 84. Nashr qilingan: 30.04.2020.
2.
Yuldasheva D. M. Pedagogisal Features Of Mental Development Of
Presshool Shildren. Solid State Teshnalogy. Volume: 63 Issue: 6 Publisation
Year: 2020. 14221-142253.
3.
Yuldasheva D. M. Anthropotsentris Approash To Shildren’S Speesh Study.
Sestion 2: Linguistiss Theory, Applied Linguistiss. Sollestion Of Materials
Of The International OnlineSonferense.Www.Researsh-Support-Senter.
Som 2020.92-954.
4.
Qodiriy A. O‘tkan kunlar. -Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va
san’at nashriyoti, 2018.
5.
Qodiriy A. Mehrobdan chayon. -Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi
Adabiyot va san’at nashriyoti, 2019.
6.
G‘aniyeva N. Abdulla Qodiriy: hayoti va ijodi. -Toshkent: O‘zbekiston
Milliy ensiklopediyasi, 2006.
7.
Yusupova Z. O‘zbek romanchiligi taraqqiyoti va Abdulla Qodiriy ijodi. -
Toshkent: Fan nashriyoti, 2001.