https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
62
MEHNAT BOZORI VA AHOLI BANDLIGI
Namangan davlat universiteti San’atshunoslik kafedrasi dotsenti PhD,
Nabiyev Akramjon Botirjonovich
Namangan davlat universiteti Hayot faoliyati xavfsizligi
ta’lim yo’nalishi talabasi
Bannayev Muhammadjon Mamurjon o'g'li
Anotatsiya. Mazkur maqolada mehnat bozori va aholi bandligi masalalari
tahlil qilinadi. Aholi bandligi bo’yicha statistik ma’lumotlar, mehnat shartnomasi
va bandlikka oid qonun hujjatlari ma’lumotlari keltirib o’tilgan. globallashuv,
raqamlashtirish va iqtisodiy diversifikatsiya sharoitida mehnat bozoridagi
o‘zgarishlar, yangi ish o‘rinlari yaratish va mehnat resurslarini qayta tayyorlash
zaruriyati tahlil qilinadi
Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы трудового
рынка и занятости населения. Приведены статистические данные о
занятости населения, информация о трудовых договорах и нормативно-
правовых актах, касающихся занятости. В условиях глобализации,
цифровизации и экономической диверсификации анализируются изменения
на трудовом рынке, необходимость создания новых рабочих мест и
переподготовки трудовых ресурсов.
Abstract This article analyzes the issues of the labor market and employment.
It presents statistical data on employment, information on labor contracts, and
legal documents related to employment. In the context of globalization,
digitalization, and economic diversification, the article analyzes changes in the
labor market, the need for creating new jobs, and the necessity of retraining labor
resources.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
63
Kalit so’zlar: Iqtisodiyot, mehnat bozori, faoliyat, IT, mehnat resurslari, aholi
bandligi, globallashuv, ishchi kuchi, strategiya, vositachi firmalar
Ключевые слова: Экономика, рынок труда, деятельность, ИТ,
трудовые ресурсы, занятость населения, глобализация, рабочая сила,
стратегия, посреднические компании.
Keywords: Economy, labor market, activity, IT, labor resources, population
employment, globalization, workforce, strategy, intermediary firms.
Kirish.
Hozirgi zamonaviy iqtisodiy taraqqiyot sharoitida mamlakatning
barqaror va izchil rivojlanishini ta'minlashda mehnat bozori va aholi bandligining
holati muhim omillardan biri hisoblanadi. Har qanday davlatning iqtisodiy
salohiyati, ishlab chiqarish quvvati va ijtimoiy barqarorligi, eng avvalo, uning
inson resurslaridan qay darajada samarali foydalana olayotgani bilan belgilanadi.
Bu jarayonda aholining mehnat faoliyatiga jalb etilishi, turli sohalarda ish bilan
ta’minlanishi, mehnat muvozanati va taklif-istiqbollarning uyg‘unlashuvi alohida
o‘rin tutadi. Ayniqsa, globallashuv va raqobat kuchayib borayotgan sharoitda
mehnat bozorida yuz berayotgan o‘zgarishlarga moslashish, yangi ish o‘rinlarini
yaratish va mehnat resurslarini qayta tayyorlash dolzarb vazifalardan biri bo‘lib
qolmoqda.
Oxirgi yillarda O‘zbekiston misolida olib qaralganda ham, iqtisodiy
islohotlarning tub mohiyati aholining turmush darajasini oshirish, kambag‘allikni
kamaytirish va mehnatga layoqatli qatlamni ish bilan ta’minlash orqali iqtisodiy
faollikni kuchaytirishga qaratilganini ko‘rish mumkin. Davlat siyosatida bandlikni
ta'minlash masalasi alohida ustuvor yo‘nalish sifatida qaralmoqda. Shunga mos
ravishda, yangi tashabbus va dasturlar, xususan, yoshlarga, ayollarga, chekka
hudud aholisi va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ish o‘rinlari yaratish bilan bog‘liq
harakatlar ko‘lami kengaymoqda. Mehnat bozori esa mazkur tashabbuslarni
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
64
amalga oshirishda asosiy muvofiqlashtiruvchi platforma sifatida namoyon
bo‘lmoqda.
Bundan
tashqari,
iqtisodiyotning
diversifikatsiyalashuvi,
texnologik
yangilanishlar, raqamlashtirish jarayonlari mehnat bozorida mutlaqo yangi
yondashuvlarni talab qilmoqda. An’anaviy ish turlari o‘rnini zamonaviy xizmatlar,
IT va onlayn mehnat shakllari egallab bormoqda. Bu esa nafaqat mehnat
munosabatlarining shakli, balki bandlikning tabiati, tarmoqlar bo‘yicha taqsimoti
va ishchi kuchiga bo‘lgan talabni tubdan o‘zgartirmoqda. Shuningdek, xalqaro
migratsiya, tashqi mehnat bozori bilan integratsiya jarayonlari ham ichki mehnat
siyosatiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmoqda.
Shu jihatdan olib qaralganda, mehnat bozori va aholi bandligi masalalarini
o‘rganish, mavjud muammolarni tahlil qilish va ular yechimiga qaratilgan takliflar
ishlab chiqish nafaqat iqtisodchilar, balki ijtimoiy soha vakillari, siyosatchilar va
strategik rejalashtirish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun ham dolzarb
vazifa hisoblanadi. Zero, bu yo‘nalishdagi har bir islohot millionlab insonlarning
hayot sifatini belgilovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Mehnat bozori
— ish kuchi oldi-sotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining
ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli
vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar mehnat
bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning
sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar mehnat bozoriga talab
bilan chiqadi. Ish kuchining oldi-sotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida
toʻgʻridan-toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni
mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldi-sotdisi
mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi
bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir.
Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqdoriga nisbatan teskari
mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
65
mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan
toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul
topishga intilish mehnat taklifini oshiradi.
Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi,
mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi.
Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning harakteri va koʻlamiga bogʻliq.
Mehnat bozori oshkora va yashirin harakterda faoliyat koʻrsatishi mumkin. Oʻz
koʻlamiga qarab mehnat bozori mahalliy-hududiy, milliy va jahon bozorlaridan
iborat.
Globalizatsiya
sharoitida
moddiy
resurslarni
mamlakatlararo
taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon
mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy mehnat
bozorida kelgindilar mehnati taklifi tez oʻsadi, narxi arzonligidan unga talab ham
ortadi
Aholining hammasi mehnatga yaroqli hisoblanmaydi. Erkaklarning 16
yoshdan 60 yoshgacha, ayollarning 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lganlarigina
mehnatga yaroqli hisoblanadi. Ishlab chiqarishning ba’zi sohalarida 50 yosh, hatto
40 yoshdan nafaqaga chiqariladi. Ayni vaqtda nafaqa yoshidagilar xohlasa
ishlashlari ham mumkin. Shuningdek, 15 yoshga to‘lgan o‘quvchilar o‘qishdan
bo‘sh vaqtlarida ishlashlariga ruxsat etilgan. Mehnatga yaroqlilar mamlakat jami
aholisining yarmidan ortig‘ini tashkil etadi. Mehnatga yaroqlilarning asosiy qismi
sanoatda, qishloq xo‘jaligida, qurilishda band. Ular foydali qazilmalar, mashinalar,
oziqovqat va sanoat mahsulotlarini ishlab chiqaradi, paxta, g‘alla, kartoshka, uzum
yetishtiradi, binolar bunyod etadi, ya’ni moddiy boylik yaratishadi. Ta’lim, fan,
madaniyat, tibbiyot xodimlarining mehnat natijalari boshqacharoq. Ularning
mehnat natijalari ham foydali va zaruriydir
Mehnatda band aholining iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi
(2017-yil).
Aholining munosib va rasmiy ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida
“O‘zbekiston Respublikasining 2021-2030 yillarda aholi bandligiga ko‘maklashish
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
66
strategiyasi” ishlab chiqildi. Ushbu strategiyani amalga oshirish natijasida
erishiladigan maqsadli ko‘rsatkich va indikatorlar 2030 yilgacha bo‘lgan davrda
barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar samarali va munosib ish
bilan bandlikni oshirish asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o‘sishga
xizmat qiladi. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning tub
maqsadi – bu inson farovonligi, uning munosib turmush darajasini ta’minlash
hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida davlat tomonidan aholining samarali ish bilan
band bo‘lishiga barcha shart- sharoitlarni yaratib berishi, shu jumladan,
tadbirkorlar uchun qulay biznes yuritish muhiti, investitsiya, soliq siyosati,
shaffoflik, sud-huquq tizimining adolatli bo‘lishi kabi omillarga bog‘liq. Chunki
mamlakatmizda yaratilayotgan ish o‘rinlarining 90 foizi xususiy sektor hissasiga
to‘g‘ri keladi va aynan iqtisodiyotning taraqqiyoti kichik va o‘rta biznesning
rivojlanishi bilan bog‘liq.
O‘zbekistonda 2021 yil 1 yanvar holatiga mehnat resurslari
19,1 mln
. kishi,.
kishi, jami ish bilan bandlar
13,2 mln
. kishi, shundan iqtisodiyotning rasmiy
sektorida
5,7 mln
. kishi
(43,3%),
iqtisodiyotning norasmiy sektorida
5,6 mln
.
kishi
(42,8%),
ishga joylashtirishga muhtoj shaxslar
1,6 mln
. kishi
(10,5%)
va
chet elda ishlash uchun ketganlar
1,8 mln.
kishini tashkil qildi.
Mehnat resurslari
- mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi
qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan
ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi.
Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab
qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda,
shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi.
Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar
qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. 20-asr oxiri —21-
asr boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat resurslari har yili 320—350 ming kishi
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
67
atrofida koʻpayib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qoʻyganlar
tashkil etadi.
Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim
saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi.
Taʼlimtarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun
sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib, Mehnat resurslari ni takroran yaratishga
xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi. Mehnat
resurslari bandligi — mehnat yoshidagi kishilarning ish bilan taʼminlanishi,
ularning tovar va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi. Mehnat resurslari tarkibidagi
ishlashga talabgor boʻla turib ish topa olmaganlar ishsizlar hisoblanadi.
Xulosa.
Mehnat bozori va aholi bandligi mavzusi jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Mehnat bozori, ishchi kuchi va ish
beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib, iqtisodiyotning samarali
ishlashini ta'minlaydi. Aholi bandligi darajasi mamlakatning iqtisodiy
barqarorligini, aholi farovonligini va ijtimoiy xavfsizlikni aks ettiradi.
Hozirgi kunda globalizatsiya, raqamlashtirish va iqtisodiy diversifikatsiya
jarayonlari mehnat bozorida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Bu o‘zgarishlar
yangi ish o‘rinlarini yaratish, ishchi kuchining malakasini oshirish va qayta
tayyorlash zaruratini keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, ishchilarni zamonaviy
texnologiyalar va raqamli ko‘nikmalar bilan tanishtirish, mehnat sharoitlarini
yaxshilash va bandlikni oshirish bo‘yicha samarali siyosatlar ishlab chiqish muhim
ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Kuchkarov, A. (2018). "Mehnat bozori va aholi bandligi."
Iqtisodiyot va
Statistika
jurnali. (84-86-betlar)
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-42_ Том-3_ Апрель-2025
68
2.
Mirzaev, M. (2019). "O‘zbekiston mehnat bozorining muammolari va
rivojlanish istiqbollari."
O‘zbekiston iqtisodiyoti
jurnali, 3-son. (62-65-
betlar)
3.
Ismailov, B. (2020). "Mehnat bozori va bandlikni boshqarishning iqtisodiy
jihatlari."
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya
jurnali, 2-son. (115-119-betlar)
4.
Teshabayeva, S. (2017). "Aholi bandligini oshirishda mehnat bozori roli."
Iqtisodiy tadqiqotlar
jurnali, 1-son. (23-25-betlar)
5.
Qodirov, U. (2021). "Mehnat bozorining asosiy muammolari va yechimlar."
Yosh iqtisodchilar
jurnali, 4-son. (120-122-betlar)
6.
Internet resurslari.