Авторы

  • Joniqulova Guljahon Saitmuratovna

Биография автора

  • Joniqulova Guljahon Saitmuratovna

    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.88472

Ключевые слова:

Kalit so‘zlar: ekspressiv vositalar ekpressiya ekspressivlik stilistika tilshunoslik til ifodasi. Keywords: expressive means expression expressiveness stylistics linguistics language expression.

Аннотация

Annotatsiya: Ushbu maqola tilda his-tuyg‘ular, munosabat va izhorlarni yetkazish uchun qo‘llaniladigan turli xil vositalar va usullarni har tomonlama tahlil qilishni maqsad qilgan tilshunoslikdagi ekspressiv vositalarning murakkab sohasi o‘rganiladi. Ekspressiv vositalar muloqotning muhim elementlaridan biri bo‘lib, so‘zlovchi va yozuvchilarga o‘z so‘zlarini tom ma’noda talqin qilishdan tashqari ma’no qatlamlari bilan yetkazish imkonini beradi. Bundan tashqari, maqolada ekspressiv vositalar haqidagi turlicha ta’riflar organiladi.

Abstract: This article explores the complex field of expressive means in linguistics, which aims to comprehensively analyze the various means and methods used to convey feelings, attitudes, and expressions in language. Expressive means are one of the important elements of communication, allowing speakers and writers to convey layers of meaning beyond their literal interpretation. In addition, the article explores various definitions of expressive means.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

306

EKSPRESSIYA TUSHUNCHASI HAMDA UNING

TILSHUNOSLIKDAGI TALQINI

Joniqulova Guljahon Saitmuratovna

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqola tilda his-tuyg‘ular, munosabat va izhorlarni

yetkazish uchun qo‘llaniladigan turli xil vositalar va usullarni har tomonlama

tahlil qilishni maqsad qilgan tilshunoslikdagi ekspressiv vositalarning murakkab

sohasi o‘rganiladi. Ekspressiv vositalar muloqotning muhim elementlaridan biri

bo‘lib, so‘zlovchi va yozuvchilarga o‘z so‘zlarini tom ma’noda talqin qilishdan

tashqari ma’no qatlamlari bilan yetkazish imkonini beradi. Bundan tashqari,

maqolada ekspressiv vositalar haqidagi turlicha ta’riflar o‘rganiladi.

Kalit so‘zlar: ekspressiv vositalar, ekpressiya, ekspressivlik, stilistika,

tilshunoslik, til ifodasi.

Abstract: This article explores the complex field of expressive means in

linguistics, which aims to comprehensively analyze the various means and methods

used to convey feelings, attitudes, and expressions in language. Expressive means

are one of the important elements of communication, allowing speakers and writers

to convey layers of meaning beyond their literal interpretation. In addition, the

article explores various definitions of expressive means.

Keywords: expressive means, expression, expressiveness, stylistics,

linguistics, language expression.

Ekspressivlik (tilshunoslikda) - til birligining semantik-stilistik belgilari

majmui; til birligining aloqa soʼzlashuv jarayonida soʼzlovchining nutq

mazmuniga yoki nutq qaratilgan shaxsga nisbatan subʼektiv (ijobiy yoki salbiy)

munosabatining ifoda vositasi boʼla olishini taʼminlaydi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

307

Ekspressivlik tilning barcha sathlari birliklari uchun xosdir. Fonetik

ekspressiv vositalar sifatida soʼz tarkibidagi undoshlardan birining qoʼshaloq holda

yoki biror unlining choʼziq talaffuz etilishi, urgʼuning oʼrnini oʼzgartirish kabilarni

koʼrsatish mumkin. Morfologik vositalar sifatida keng miqyosdagi erkalash-

kichraytish qoʼshimchalari (subʼektiv baho ifodalovchi qoʼshimchalar) ni

koʼrsatish mumkin (oyi-oyijon, uka-ukaginam va boshqalar). Leksik ekspressiv

vositalarga oʼz haqiqiy maʼnosidan tashqari uslubiy (salbiy yoki ijobiy) boʼyoqqa

ega boʼlgan soʼzlar, undov soʼzlar va kuchaytiruv yuklamalari kiradi “qiltiriq” soʼzi

ozgʼinlikni salbiy jihatdan ifodalaydi, baholaydi).

Sintaktik sathda esa еkspressivlik odatdagi soʼz tartibini oʼzgartirish,

elliptik tuzilmalardan foydalanish, soʼz takrorlari orqali taʼminlanadi. Аloqa

soʼzlashuv jarayonida lisoniy ekspressiv vositalar bilan parallel ravishda, nutq

ekspressivligini kuchaytirishga koʼmak beruvchi koʼplab paralingvistik (nolisoniy)

vositalar (tovushning balandligi va tembri, nutq surʼati, mimika, imo-ishora) ham

qoʼllanadi. Ekspressivlik bevosita inson histuygʼularini ifodalash bilan bogʼliq

boʼlganligi uchun uni emotsionallik (hissiyot, emotsiyani ifodalovchi soʼzlar va

ulardan foydalanish)dan ajratib tasavvur etish qiyin. Hatto baʼzi tilshunoslarning

asarlarida Ekspressivlik va emotsionallik kategoriyalari bir xil hodisa deb talqin

qilinadi. Jahon lingvistikasining ajralmas tarkibiy qismlaridan biri, dunyo

tilshunoslik fani oldida turgan dolzarb masalalarni ijobiy hal etishga munosib

ulushini qoʼshib kelayotgan oʼzbek tilshunosligi ham oʼtgan asr davomida rang-

barang dunyoqarashlar, taʼlimotlar, nazariyalar taʼsirini boshidan kechirdi,

umumlingvistik jarayonlar qamrovida qoldi. Oʼzbek nomli etnosotsial jamoa, yaʼni

millatga taalluqli, uning boy tarixini oʼzida aks ettiruvchi, kundalik aloqa-muloqat

ehtiyojini toʼla-toʼkis qondiruvchi, uni birlashtiruvchi, jipslashtiruvchi oʼzbek

tilining tabiatini, shakllanish, taraqqiy topish bosqichlari kechagi va bugungi holati,

ertangi istiqboli xususida aniq hamda ravshan tasavvurga ega oʼzbek tilshunosligi

uchun hozirgi zamon jahon tilshunosligida yuz berayotgan oʼzgarishlar yot emas.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

308

Hech ikkilanmay taʼkidlash lozimki, oʼzbek tili tizimida nafaqat qardosh turkiy

tillarga oid xususiy jihatlar, shuningdek dunyoning besh qitʼasida mavjud mustaqil

tillarga doir umumiy qonuniyatlar ham qaror topgan. XX asr oxiriga kelib tilni

belgilar tizimi tarzida tadqiq etish masalasi tadqiqotchilarni ortiqcha qiziqtirmay

qoʼydi. Lingvistika yana psixologiya va sotsiologiya bilan yaqindan munosabatga

kirishishga intila boshladi. Madaniyat, xalq tafakkuri, uning olamni idrok

etishidagi

oʼziga

xos

jihatlarning

tilda

aks

etishini

oʼrganish

lingvokulturologiyaning asosiy maqsadidir.

Mazkur sohaning obekti til va madaniyat, predmeti esa oʼzida madaniy

semantikani

namoyon

etuvchi

til

birliklari

hisoblanadi.

Binobarin,

lingvokulturologiyada madaniy axborot tashuvchi til birliklari tadqiq etiladi.

Bunday til birliklari lingvomadaniy birliklar termini ostida birlashadi. Ramz,

mifologema, etalon, metafora, paremiologik birliklar, lakunalar, stereotiplar,

nutqiy etiketlar eng asosiy lingvomadaniy birliklar hisoblanadi. Olamning lisoniy

manzarasini, madaniyatning asosiy konseptlari majmui boʼlgan konseptosferani,

lisoniy ongni tavsiflash hamda til egalarining milliy-madaniy mentalligini aks

ettiruvchi lisoniy birliklarni, insoniyatning qadimiy tasavvurlariga muvofiq

keluvchi madaniy arxetiplarni, nutqiy muloqotga xos boʼlgan milliy

ijtimoiymadaniy stereotiplarni aniqlash lingvokulturologiyaning asosiy vazifalari

hisoblanadi. Tilning voqelanishda inson omili bilan bogʼliq ravishdagi nutqiy

muloqot jarayonini tadqiq qilish lingvopragmatik va psixolingvistik yoʼnalishning

oʼrganish manbaini tashkil etadi. Maʼlumki, nutqiy muloqot oʼnlab – milliy,

etnografik, ijtimoiy, falsafiy-madaniy, axloqiy-estetik, tarixiy, maishiy va ruhiy

omillarning lisoniy birliklar voqelanishi bilan qorishuvidan iborat dinamik

sistemadir. Demak, insonning mental faoliyati bilan bogʼliq ravishdagi hodisalarni

tadqiq qiluvchi madaniyat fanining muhim tarmoqlaridan biri sifatidagi pragmatik

tilshunoslik inson subekti va obektivlik (lison)ni qorishiq yaxlitlik sifatida tadqiq

qiladi. Zero, nutqda subektivlik va obektivlikni bir-biridan ajratgan holda tadqiq


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

309

qilish mumkin emas, sistemaviylik yaxlitlik xossasi bilan xarakterlanadi. Demak,

nutqiy faoliyat unga yondosh va insonga xos ruhiy, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy,

madaniy sistemalar bilan bogʼliqlikda tadqiq etilgandagina nutqiy muloqotning

mohiyati ochiladi va individual hodisa sifatidagi nutqqa obektiv baho beriladi.

Lisonning nutqiy voqelanishini unga hamrohlik qiluvchi nutqiy

paradigmalar (fiziologik, ruhiy, professional, axloqiy, estetik, madaniy, nutq

vaziyati nutq sharoiti, nutq uslubi) qurshovida tekshirish natijasida lisonni

modifikatsiya qiluvchi vositalarning taʼsiri va roliga baho, nutqning ijtimoiy

qiymatiga va taʼsirchanlik – bunyodkorlik ahamiyatiga ilmiy tavsif beriladi.

Qisqasi, tilshunoslik empirik tahlilni bilishning boshqa gʼoyalari va amallari bilan

boyitishga uzoq tayyorgarlik koʼrdi. Bunday tayyorgarlik, izlanishlar zoe ketmadi,

oʼtgan asrning oxiri tilshunoslik taraqqiyotida oʼziga xos yangi bosqich, yangi

rivojlanish davri boʼldi. Shu davrda empirizm, fenomenologiya, konstruktivizm

kabi falsafiy gʼoyalarni oʼzida jamlagan metodologiyaga asoslangan lisoniy tahlil

yoʼnalishlari yuzaga keldi. Nutqiy akt mazmuni lisoniy va nolisoniy xususiyatlar

umumlashmasidan tashkil topishini barcha pragmalingvistlar eʼtirof etishadi.

Ularning koʼpchiligi nutqiy aktga uch bosqichli faoliyat sifatida qarash

tarafdorlaridir. Bu bosqichlarda uch xil harakat bajariladi. Yuqorida nomlari zikr

etilgan mualliflar hurmat tamoyili pragmatik tahlilini nazariy jihatdan asoslab

berishdan tashqari, ushbu tamoyilni faollashtiruvchi vositalar, ularni qoʼllash

mexanizmlarini tizimlashtirgan holda tavsiflashga harakat qilib kelmoqdalar.

Soʼzsiz, hurmat tamoyili qoidalarining muloqot jarayonida faollashuvi boshqa

qator sotsiopragmatik hodisalar qurshovida kechadi. Turli tamoyil va qoidalarning

“uchrashuvi” odatda, muloqot samarasigaijobiy taʼsir oʼtkazadi, ammo bunday

“uchrashuv”lar baʼzan ziddiyatli kechishi ham mumkin. Binobarin, olijanoblik va

kamtarlik qoidalari doimo ham oʼzaro hamroh boʼla olmaydi, zero, oʼta olijanoblik

maqtanchoqlikka olib keladi. Maqtanchoqlik va kamtarlik bir-birini inkor etuvchi

xususiyatlardir. Xulosa qilib aytganda, muloqot vaziyati esa bevosita maʼlum


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

310

ijtimoiy guruh, madaniyat uchun xos boʼlgan norma nuqtayi nazaridan baholanadi.

Norma maʼlum sotsiumda qabul qilingan ijtimoiy xatti-harakatlar namunalarini

belgilab beradi, umumiy qabul qilingan qoidalar asosida lisoniy vositalar tanlovini

boshqaradi. Norma hurmat tamoyili amaliyoti uchun tayanch nuqtadir va

kommunikativ maqsad ifodasi shaklni belgilab beradi.

Til kishilar oʼrtasida eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy mohiyat kasb

etadi. U boshqa ijtimoiy hodisalar bilan ham uzviy aloqador. Shu bois ham til

xalqning dunyoqarashi, oʼtmishi, madaniyati, ruhiyati kabi masalalarni

oʼrganuvchi falsafa, tarix, etnografiya, sotsiologiya, psixologiya, etika kabi bir

qator fanlar bilan bogʼliq. Bu bogʼliqlik natijasida tilshunoslikda bir qator oraliq

yoʼnalishlar – mentalingvistika, etnolingvistika, sotsiolingvistika, psixolingvistika,

gender lingvistikasi, neyrolingvistika kabi yangi fan sohalari vujudga keldi.

Bugungi kunda oʼzbek va jahon tilshunosligida bu yoʼnalishlar boʼyicha talaygina

tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Insonga xos his-tuygʼular yoqoridagi

tilshunoslikning yangi shakillangan yoʼnalishlari doirasida tadqiq etilishi mumkin.

Dastlab his va tuygʼu tushunchalarini mohiyatini tushunib olish juda dolzab

masala. Yer yuzidagi har bir inson maʼlum his-tuygʼularni (emotsiya) sezish va

ularni ifoda etish qobiliyatiga ega. Hattoki, endigina dunyoga kelgan chaqaloq ham

maʼlum emotsiyalar (mimika bilan ifodalanuvchi his-tuygʼular) bilan tugʼiladi.

His-tuygʼu – ruhiy jarayon boʼlib, insonning atrof-muhitga nisbatan bildirgan javob

reaksiyasidir. “Emotsiya” yaʼni, his-tuygʼu soʼzi lotincha “emoveo” soʼzidan

olingan boʼlib, “taʼsirlanaman”, “hayajonlanaman” soʼzlarini anglatadi.

Emotsiyalar odamni odamga tortuvchi magnit boʼlib, faqatgina insoniyatga xos

boʼlgan, oʼzaro tushunish va tushuntirish vositasidir. His-tuygʼularning baʼzilari

ijobiy boʼlsa, baʼzilari salbiy xarakterni bildirib, har biri kishiga turlicha taʼsir

koʼrsatish xususiyatiga ega. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, his-tuygʼular

insondan insonga koʼchish xususiyatiga ham ega ekan. Hech ahamiyat

berganmisiz, aksariyat doimo kulib yuruvchi, tabiatan quvnoq insonni oʼrab


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

311

turganlar ham xuddi shunday feʼl-atvorga ega boʼlishadi. Quvnoq odam bilan atigi

10 daqiqa gaplashsangiz ham oʼzingizda qandaydir yengillik hissi paydo boʼlganini

his qilasiz. Oʼz-oʼzingizdan xursand boʼlasiz, kayfiyatingiz koʼtariladi. Shunday

ekan, koʼproq quvnoq odamlar suhbatida boʼlishga harakat qiling. Shu oʼrinda

savol paydo boʼladi, til va hissiyot oʼrtasida qanday bogʼliqlik bor? Shaxs his-

tuygʼularining lisoniy tasvirlari interpretatsiyasi jarayonida semantikada til va

hissiyot oʼrtasidagi munosabatlar, rivojlanish, histuygʼularni idrok etish, his-

tuygʼularni boshdan kechirish va tartibga solish hamda asab tizimini lingvistik

talqin qilish uchun fanlararo sohalardan foydalanadi. Soʼnggi oʼn yilliklarda

zamonaviy tilshunoslikda til va hissiyotlar boʼyicha fanlararo tadqiqotlar portlashi

roʼy berdi. Xulosa oʼrnida shuni taʼkidlash kerakki, til nafaqat boshqalarning

yuzidagi histuygʼularni idrok etishni oʼzgartiribgina qolmay, balki inson oʼz

tanasidagi hissiy tuygʼularni qanday boshdan kechirishini va tartibga solishini ham

boshqaruvchi omil sanaladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR :

1. Antrushina G. B. Ingliz tilining leksikologiyasi:/G. B. Antrushina, O. V.

Afanas'eva, N.N. Morozov. - 3-nashr, -M.: Bustard, 2001.

2. Izard Kerroll E. Hissiyotlar psixologiyasi / Per. ingliz tilidan. A.

Tatlibayeva. - Sankt-Peterburg: Pyotr, - 2000 yil.

3. Levitskiy V. V. Semasiologiya/V. V. Levitskiy - Vinitsa: Yangi kitob, -

2006.

4. Popova Z.D., Sternin I.A. Umumiy tilshunoslik - Moskva: AST: Vostok-

behind-A2007.

5. Анорбоева С. А. Формирование переводческой компетентности (на

примере: бакалавриат и магистратура) //Oriental renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 2. – С. 337-348.

6.

АНОРБОЕВА

С.

Формирование

профессиональной

компетентности переводчика //Journal of Research and Innovation. – 2023. – Т.
1. – №. 6. – С. 35-39.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-42_ Том-2_ Апрель-2025

312

7.

ANORBOYEVA, S. (2023). “SHADOWING” METODI ORQALI

ISPAN TILI MASHG‘ULOTLARIDA TALABALARDA TARJIMONLIK
KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH . Journal of Research and Innovation,
1(11), 3–6. Retrieved from

https://imfaktor.com/index.php/jorai/article/view/807

8.

Анорбоева С. А. СИСТEМА ПOДГОТOВКИ ПEРЕВOДЧИКOВ

B

BУЗАX

УЗБЕКИСТАНА

И

COBРЕМЕННАЯ

МOДEЛЬ

ПРOФЕССИOНАЛЬНOЙ КOМПЕТЕНЦИИ ПЕРЕВOДЧИКА //Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2024. – Т. 4. –
№. 4. – С. 11-22.

9.

АНОРБОЕВА, С., & ШОДИКУЛОВА, Ш. (2023). К ПРОБЛЕМЕ

РЕАЛИЗАЦИИ КОМПЕТЕНТНОСТНОГО ПОДХОДА В ВЫСШЕМ
ОБРАЗОВАНИИ. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(3), 22–26.
Retrieved from

https://imfaktor.com/index.php/jopaps/article/view/111

10.

АНОРБОЕВА,

С.

(2023).

ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ

КОМПЕТЕНТНОСТЬ ПЕРЕВОДЧИКА (НА ПРИМЕРЕ: БАКАЛАВРИАТ И
МАГИСТРАТУРА). Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(1),
120–127. Retrieved from

https://imfaktor.com/index.php/jopaps/article/view/524

11.

Aborboyeva S. ON THE CONCEPT OF TRANSLATION

COMPETENCE AS A MULTISPECTIVE THEORETICAL CONCEPT
//European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. –
2020. – Т. 8. – №. 8.

12.

Solikha, A. (2024). DEVELOPMENT OF TRANSLATION

COMPETENCE OF STUDENTS IN SPANISH LANGUAGE COURSES.
ПЕДАГОГИК ВА

ПСИХОЛОГИК

ТАДҚИҚОТЛАР, 2(3), 9–12.

https://doi.org/10.5281/zenodo.11178339

13.

ANORBOYEVA, S. (2024). DEVELOPMENT OF TRANSLATION

COMPETENCE OF STUDENTS IN SPANISH LANGUAGE COURSES. Journal
of Pedagogical and Psychological Studies, 2(3), 9–12. Retrieved from

https://imfaktor.com/index.php/jopaps/article/view/1263

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)