https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-3_ Январь-2025
3
RATSIONAL OVQATLANISH VA OVQATLANISH GIGIYENASI
2-son Farg‘ona Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi
Umumkasbiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
Tillaboyeva Surayyo Zakirjonovna
Annotatsiya-ushbu maqolada ratsional ovqatlanish va ovqatlanish gigienasi
yoritilgan bo’lib, mazkur masala yuzadidan muallif tomonidan shaklllantirilgan ilmiy
taklif va amaliy tafsiyalar o’z ifodasini topgan.
Kalit so’zlar-Ovqatlanish gigienasi, mog’or zamburug’i, achitqi, toksikoinfeksiya,
Sanitariya-epidemiologiya
, zararli bakteriya, oziq-ovqatdan zaharlanish.
RATIONAL NUTRITION AND FOOD HYGIENE
Annotation-This article discusses rational nutrition and food hygiene, and reflects
the scientific proposals and practical recommendations formulated by the author on this
issue.
Keywords-Food hygiene, mold, yeast, toxicoinfection, Sanitary-epidemiology,
harmful bacteria, food poisoning.
“Ratsional ovqatlanish”
deganda, ko‘pchilik – mazali, yaxshi, ekologik toza
oziqalarni nazarda tutadi. Bu katta xatodir. Aynan shunday oziqalar ko‘pgina surunkali
kasalliklar (semirish, qandli diabet, yurak qon-tomir va oshqozon-ichak kasalliklari,
arterial bosimning ortishi, insult) kabilarni vujudga keltiruvchi bo‘lib, mehnat faoliyati
susaytirilishiga, hatto bevaqt hayotdan ko‘z yumish holatlariga olib kelishi ham
mumkin. Yaxshi ko‘rgan taomlarni ortiqcha iste’mol qilish esa oqsillar, uglevodlar,
yog‘lar o‘rtasidagi muvozanatning buzilishiga va buning oqibatida oziqaviy moddalarga
biologik jihatdan to‘liq bo‘lgan talaygina vitaminlar, makro- va mikroelementlar,
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-3_ Январь-2025
4
sabzavot va mevalar, sutli mahsulotlardan yetarlicha to‘yinmaslikka olib keladi. Ovqat
bizning organizmimizni mo‘tadil darajada ushlab turuvchi manba (yoqilg‘i)dir, demak,
biz bu manbadan ko‘r-ko‘rona emas, balki savodli va ilmiy asoslangan holda
foydalanishimiz kerak. Ayniqsa, yoshlar uchun bu juda muhimdir. Ovqat tarkibida
biologik yetishmovchilik mavjudligi O‘zbekistonning 80% (ayniqsa, ayollar) aholisi
organizmida temir moddasining tanqisligiga sabab bo‘lib, kamqonlik (anemiya)
moddasining tanqisligiga sabab bo‘lib, kamqonlik (anemiya) kasalligining
rivojlanishiga olib kelmoqda. Natijada, dunyoga kelayotgan yosh avlod farzandlarimiz
salomatligiga salbiy ta’sir etmoqda. Undan tashqari, O‘zbekiston mintaqasining
biosferasida yod tarkibi kamligi tufayli endemik buqoq va yod tanqisligi holatini
keltiruvchi kasallik kuzatiladi. Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, ovqat
ratsionini tuzishda ushbu tanqisliklarni, albatta, hisobga olish kerak. Bu jarayonni
amalga oshirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish
umumiy amaliyot shifokorlariga yuklatilgan. Shifokorlarning asosiy vazifasi 10
kasallikning oldini olish, ya’ni profilaktika va kasallikni reabilitatsiya qilishdir. Bu esa
sog‘lom hayot kechirishga qaratilgan eng birinchi yo‘llanma, ya’ni ovqatlanish jarayoni
ratsional tarzda amalga oshgan bo‘lishi kerakdir. Demak, umumiy amaliyot shifokorlari
har bir bemorga biologik va quvvat jihatdan to‘g‘ri ovqatlanish ratsionini tuzib,
kasalliklardan xalos etishi, ovqatlanish tartibi va madaniyatini o‘zlashtirishga yordam
berishi kerak. Jamoat sog‘liqni saqlash tashkiloti aholining barcha guruhlarini to‘laqonli
va ratsional ovqatlantirish, uning me’yorida o‘sishi, rivoj lanishi, sog‘liq va mehnat
qobiliyatini saqlab turishi uchun kerakli vitaminlar va anorganik moddalar bilan
ta’minlashga harakat qilib kelmoqda. Bu asosiy oziq-ovqat moddalar, sutkalik iste’mol
me’yorlarini va odamning yoshiga, jinsiga, tana og‘irligiga, mashg‘ulotlarning turiga,
individual salomatlik holatiga va boshqa sharoitlarga muvofiq holda sutkalik energiya
sarfini ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-3_ Январь-2025
5
Ratsional ovqatlanishning 3 ta talabi mavjud: Ovqatlanish ratsioni: nutrient tarkibi,
mutanosiblik, organoleptik xususiyatlar hamda sanitar-epidemiologik bexatarlik
talablariga javob berishi kerak. Ovqatlanish tartibi: ovqat qabuli ma’lum davomiylikda,
ma’lum son va intervalga ega bo‘lishi kerak. Ovqatlanish sharoiti: xonaning interyeri,
stol servirovkasi, mikroiqlim, xizmat ko‘rsatish qulayliklarini o‘z ichiga olishi lozim.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ratsional ovqatlanish piramidasini taklif etgan.
Piramida asosini boshoqli o‘simliklar, xalos etishi, ovqatlanish tartibi va madaniyatini
o‘zlashtirishga yordam berishi kerak. Jamoat sog‘liqni saqlash tashkiloti aholining
barcha guruhlarini to‘laqonli va ratsional ovqatlantirish, uning me’yorida o‘sishi, rivoj
lanishi, sog‘liq va mehnat qobiliyatini saqlab turishi uchun kerakli vitaminlar va
anorganik moddalar bilan ta’minlashga harakat qilib kelmoqda. Bu asosiy oziq-ovqat
moddalar, sutkalik iste’mol me’yorlarini va odamning yoshiga, jinsiga, tana og‘irligiga,
mashg‘ulotlarning turiga, individual salomatlik holatiga va boshqa sharoitlarga muvofiq
holda sutkalik energiya sarfini ishlab chiqarishni o‘z ichiga oladi.
Ratsional ovqatlanishning 3 ta talabi mavjud:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-3_ Январь-2025
6
1.
Ovqatlanish ratsioni: nutrient tarkibi, mutanosiblik, organoleptik
xususiyatlar hamda sanitar-epidemiologik bexatarlik talablariga javob berishi
kerak.
2.
Ovqatlanish tartibi: ovqat qabuli ma’lum davomiylikda, ma’lum son
va intervalga ega bo‘lishi kerak.
3.
Ovqatlanish sharoiti: xonaning interyeri, stol servirovkasi,
mikroiqlim, xizmat ko‘rsatish qulayliklarini o‘z ichiga olishi lozim.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ratsional ovqatlanish piramidasini taklif
etgan. Piramida asosini boshoqli o‘simliklar, hayot kechirishi, salomatligini
mustahkamlashi hamda kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini oshiruvchi
omillardir. Shu bilan birgalikda bu ovqatlanish turi sog‘lom turmush tarziga
yetaklaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga ko‘ra, 10 ta
kasallik va o‘lim sabablaridan 6 tasi bevosita noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘liq:
semirish, kamqonlik, yurak qon-tomir kasalliklari (YUQTK), jigar va buyrak
kasalliklari, diabet shular jumlasidandir. O‘zbekiston iqtisodiy sohada ko‘pgina
yutuqlarga erishganiga qaramay, VVP ko‘rsatkichi 1998–2003-y. 4% dan – 2004-y.
7,7% ga oshgan. Yevropa va O‘rta Osiyoda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar va
reproduktiv yoshdagi ayollar orasida kamqonlik 60% dan 61% gacha oshgan. 5
yoshli bolalar orasida vitamin A defitsiti hali ham yuqori 53,1% ni tashkil etmoqda.
12 va 23 yoshli bolalar orasida mikroelementlar tanqisligi yuqoriligicha qolmoqda.
Bu ko‘rsatkichlar sababi faqatgina oziq-ovqat tanqisligi bilan bog‘lasak xato bo‘lar
edi, buni sabablariga bolaning noto‘g‘ri ovqtlanishi, tibbiy xizmatdan vaqtida
foydalana olmaslik va yomon sanitar holatlar ham kiradi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra,
oziqa yetishmovchiligiga yana bir sabab – bolaga juda erta sun’iy oziqa berishdir.
Bola uchun eng to‘laqonli oziqa bu – ko‘krak sutidir va bu bola immun tizimining
to‘g‘ri rivojlanishini ta’minlaydi. Keyingi vaqtlarda ortiqcha vazn bizning yurtimiz
aholisi orasida ham keng tarqalmoqda. Buning sabablari sifatida noto‘g‘ri
ovqatlanish va kun tartibining noto‘g‘ri tashkil etilganligini 12 ko‘rsatish mumkin.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-3_ Январь-2025
7
Xalq orasida ortiqcha yog‘li va yengil so‘riluvchi uglevodlar iste’moli ko‘paymoqda.
Ortiqcha vazn ba’zi bir surunkali kasalliklar, chunonchi arterial gipertenziya, qon
aylanishining buzilishi, qandli diabet, yurak ishemik kasalliklari (YIK) ko‘payishiga
sabab bo‘lmoqda. 1996–2002-yillar orasida ortiqcha vaznli ayollar soni ortgan. Har
10 ta erkak va ayoldan 3 tasida ortiqcha vazn va semizlik mavjud. 15–19 yoshdagi
ayollarda semizlik 8%, 20 yoshdan oshganlarda 24,3%, 45–49 yoshda esa 54%
uchraydi. Ya’ni 6 marta ko‘payadi. Tana massasi indeksi (TMI) 21 dan kam bo‘lgan
ayollarga nisbatan TMI 26 ga teng bo‘lgan ayollarda YUIK 2 marta ko‘proq
uchraydi. Kasallik ko‘rsatkichiga ko‘ra 64% erkaklarda, 77% ayollarda ortiqcha vazn
bo‘lmaganda diabet xavfi kamaygan bo‘lar edi. 2000–2007-yili JSST tomonidan
oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi birinchi va ikkinchi rejasi bo‘yicha rezolyutsiya
qabul qilindi. Shuni aytib o‘tish lozimki, 1997-yil O‘zbekistonda sog‘lom
ovqatlanish bo‘yicha dastur qabul qilindi. Bunda chekishga qarshi kurash va faol
hayot tarzi targ‘ib qilindi. 1994-yilda JSSTning Yevropa konferensiyasida
noinfeksion kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha Umummilliy integrirlashgan dastur
qabul qilindi (CINDI). Bu dastur maqsadi surunkali noinfeksion kasalliklar sonini
kamaytirish natijasida, aholi salomatligini oshirish va erta o‘limni kamaytirishdan
iborat.
O‘zbekiston Respublikasi SSV ma’lumotlariga ko‘ra (2005), noinfeksion surunkali
kasalliklarning asosiy sabablari sifatida O‘zbekistonda quyidagilar qabul qilingan:
hayvon va o‘simlik yog‘lari, shakar va tuzni me’yordan ko‘p iste’mol qilinishi;
go‘sht
va sut mahsulotlari, meva va ko‘katlar kabi biologik moddalarga boy mahsulotlarning
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-3_ Январь-2025
8
kam
iste’mol
qilinishi;
choyni
me’yordan
ko‘p
iste’mol
qilish.
Sog‘lom ovqatlanish shartlari
Ming yillik taraqqiyot maqsadiga muvofiq, JSST,
Respublika SSV ishchi guruhi JSST mutaxassislari bilan birgalikda surunkali
noinfeksion kasalliklarning oldini olish maqsadida tavsiya qiladi:
Turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish.
Kuniga bir necha mahal har xil sabzavot va mevalar iste’mol qilish, yaxshisi,
yangi uzilgan mahalliy sabzavot va mevalar (kuniga kamida 400 g) iste’mol qilish.
Non (250–300 gr), yirik tortilgan (qora yoki 2-navli) un mahsulotlari (50 gr), yormalar
(50–80 gr) va kartoshka (150–200 gr) har kuni iste’mol qilinishi lozim.
Tana vaznini me’yorida saqlab turish uchun har kuni jismoniy harakatlar qilib
turish.
Yog‘ iste’mol qilishni nazorat qilish, hayvon yog‘larini o‘simlik yog‘lariga (20–
25 gr) almashtirib borish.
Yog‘li go‘sht va ulardan tayyorlangan mahsulotlarni dukkaklilarga, baliq, tovuq
(100 gr) yoki yog‘siz go‘sht (100 gr)larga almashtirish.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-3_ Январь-2025
9
Tarkibida yog‘ kam bo‘lgan sut (200 ml) va qatiq yoki kefir (200 ml),
shuningdek, yog‘ va tuz miqdori kam bo‘lgan sut mahsulotlari – tvorog, yogurt va
pishloq (60–80 gr) iste’mol qilish.
Tarkibida qand miqdori kam bo‘lgan mahsulotlarni tanlash va qandni kamroq
iste’mol qilish, shirinliklarning iste’molini chegaralash.
Tuzni kam iste’mol qilish. Kunlik ovqatlanish ratsionidagi umumiy osh tuzi
miqdori bir choy qoshiq, ya’ni 5 gr dan oshmasligi lozim. Faqat yodlangan tuzni iste’mol
qilish kerak.
Ovqatlanganda choy ichmaslik lozim. Choy o‘rniga sabzavot va mevalarning
tabiiy sharbatlari yoki oddiy qaynatilgan suv ichish mumkin. Choyni asosiy
ovqatlanishlar orasidagi tanaffuslarda iste’mol qilish maqsadga muvofiq.
Ovqat tayyorlash jarayonida uning xavfsizligi ta’minlanishi zarur.
Taomlarni bug‘da dimlash, mikroto‘lqinli pech yoki du xovkada pishirish,
qaynatish uning xavfsizligini ta’minlashga va tayyorlash jarayonida sarf qilingan, yog‘,
tuz va qand miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
Chaqaloqlar hayotining dastlabki 6 oyi mobaynida faqat ona suti bilan boqishga
harakat qilish lozim. Keyinchalik ona suti dan ajratmasdan, aste-sekinlik bilan
qo‘shimcha ovqatlar berish mumkin bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
M.A.Azizov Umumiy gigiena va ekologiya
Qosimov E. Y. va b., Ichki kasalliklar propedevtikasi. Toshkent, 1996.
http://navoidsenm.uz/yangiliklar