Авторы

  • Sodiqova Nilufar Hafizovna

Биография автора

  • Sodiqova Nilufar Hafizovna

    Buxoro viloyati Vobkent tumani 1-son kasb-hunar maktabi matematika fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99302

Ключевые слова:

Keywords: method comparison analysis synthesis part symmetric mathematical education use of educational technologies development of Science and technology Natural Sciences. Kalit so‘zlar: Metod taqqoslash analiz sintez qism simmetrik matematik ta’lim ta’lim texnologiyalaridan foydalanish fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi tabiiy fanlar.

Аннотация

Annotation: this article also shows information on the application of educational technologies to the process of teaching mathematics, scientific methods of research in mathematics, which at the same time act as methods of scientific research in teaching mathematics.

Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitish jarayoniga ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish borasida ma’lumotlar, matematikadagi izlanishning ilmiy metodlari bir vaqtning o'zida matematikani o'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari vazifasini ham bajarishi ko’rsatilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

118

MATEMATIKA FANINI KASB-HUNAR MAKTABLARIDA O‘QITISH

METODLARI

Sodiqova Nilufar Hafizovna

Buxoro viloyati Vobkent tumani 1-son kasb-hunar maktabi matematika fani

o‘qituvchisi

Annotation: this article also shows information on the application of educational

technologies to the process of teaching mathematics, scientific methods of research in

mathematics, which at the same time act as methods of scientific research in teaching

mathematics.

Keywords: method, comparison, analysis, synthesis, part, symmetric,

mathematical education, use of educational technologies, development of Science and

technology, Natural Sciences.

Annotatsiya: Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitish jarayoniga ta’lim

texnologiyalarini tatbiq etish borasida ma’lumotlar, matematikadagi izlanishning ilmiy

metodlari bir vaqtning o'zida matematikani o'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari

vazifasini ham bajarishi ko’rsatilgan.

Kalit so‘zlar: Metod, taqqoslash, analiz, sintez, qism, simmetrik, matematik ta’lim,

ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi,

tabiiy fanlar.

2017 yil.... O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi

"umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini

tasdiqlash to'g'risida" gi 187-son qarori chiqdi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

119

2017 yili matematika fanidan standart hamda o'quv dasturini ishlab chiqishda

yuqorida qayd etilgan Germaniya, Singapur, Koreya Respublikasi va Yaponiya kabi

davvlatlar standartlaridan tashqari umume'tirof etilgan halqaro baholash dasturlari

ramkalari va metodologiyasi ozmi-ko'pmi, hisobga olindi:

1) Evropa Kengashining "uzluksiz ta'lim uchun tayanch kompetentsiyalar –

umumevropa standartlari strukturasi" to'g'risidagi hujjati ("Key competences for

lifelong learning — a European Reference Framework") [1]

2) iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining (Organisation for Economic

Cooperation and Development (OECD)) xalqaro o'quvchilarni baholash dasturi

(Programme for International Student Assessment (PISA)) ramkalari [2] .

3) ta'lim natijalarini baholash bo'yicha xalqaro Assosiasiyasining (International

Association for the Evaluation of Educational Achievement (IEA) ) xalqaro matematika

va aniq va tabiiy fanlarning tendentsiyalarini o'rganish markazi (Trends in international

mathematics and science study Center (TIMSS)) ramkalari . ham inobatga olindi.

2018 yil.... Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 8 dekabrdagi 997-son "Xalq ta'limi

tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora-

tadbirlari to'g'risida" gi qarori chiqdi.

Unga muvofiq xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda matematikadan

davlat ta'lim standarti, o'quv dasturlari va o'quv adabiyotlari mazmuniga o'zgartirish va

qo'shimchalar kiritildi. Bunda davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturlari va o'quv

adabiyotlarini ilg'or xorijiy davlatlar bilan qiyoslash orqali o'rganib chiqildi. Qarorda

ilg'or xorijiy davlatlar tajribasidan kelib chiqqan holda davlat ta'lim standartlari, o'quv

dasturlari va o'quv adabiyotlari mazmuniga bosqichma-bosqich o'zgartirish va

qo'shimchalar kiritilishi ko'zda tutilgan.

Shu bilan birga, umumiy o'rta ta'lim tizimida matematikani o'rganish bo'yicha

qo'llaniladigan darsliklar va o'quv-metodik majmualarni yaratish va modernizasiya


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

120

qilish bo'yicha xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda mualliflar guruhlarini shakllantirib,

xalqaro baholash dasturlari asosida matematikani o'rganish bo'yicha qo'llaniladigan

darsliklar va o'quv-metodik majmualar yaratilishi belgilangan.

2020 yil... O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 2 mart kuni

"2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo'nalishi bo'yicha harakatlar strategiyasini "ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni

rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi 2020 yil 2

martdagi PF-5953-son Farmoni imzolangan. Bu Farmonda umumiy o'rta ta'limning

Milliy o'quv dasturini ishlab chiqish vazifasi belgilanib, maktab o'quv dasturlarini ilg'or

xorijiy tajriba asosida takomillashtirish mexanizmini yaratish vazifasi qayd etilgan.

Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko‘zlangan

maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi

tartibintizomlilikni ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o‘rin tutadi.

Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning

o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning

rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun matematik madaniyat —

umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi. Matematika fanini

nazariylashtirgan holda o‘qitishga yondashishdan voz kechib, o‘quvchining kundalik

hayotida matematik bilimlarni tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va

rivojlantirishga erishish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini namoyon

qilish va faollashtirishga e’tiborni kuchaytirish – davr talabi. Matematik ta’limga

kompetensiyaviy yondashuv o‘quvchilarda kasbiy, shaxsiy va kundalik hayotda

uchraydigan holatlarda samarali harakat qilishga imkon beradigan amaliy ko‘nikmalarni

shakllantirish va rivojlantirishni hamda matematik ta’limning amaliy, tatbiqiy

yo‘nalishlarini kuchaytirishni nazarda tutadi. Mamlakatimizning dunyo hamjamiyatiga

integratsiyalashuvi, fan-texnika va texnologiyalarning rivojlanishi yosh avlodning

o‘zgaruvchan dunyo mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishi, fanlarni mukammal


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

121

egallashini taqozo etadi. Bu esa ta’lim tizimiga, jumladan, matematikani o‘rgatishga

ilg‘or milliy va xalqaro tajribalar asosida standartlarni joriy etish orqali ta’minlanadi.

Fanlarni o‘qitish jarayoniga yangi ta’lim texnologiyalaridan foydalanish shaxs

kamolotini ta’minlashga xizmat qiluvchi mustaqil fikr yuritish, o‘z ustida ishlash,

faoliyatga nisbatan ijodiy yondashish kabi xislatlarning ham shakllanishiga zamin

yaratadi. Shu bois quyida xususiy fanlarni o‘qitish jarayonida (xususan, tabiiy fanlarni)

ta’lim texnologiyalaridan foydalanish, ularning bu boradagi ichki imkoniyatlarini ochib

berish xususida gapiramiz.

Pedagogik texnologiyaning muvaffaqiyatli loyihalanishi va yakuniy natijaning

kafolatlanishi o‘qituvchining didaktik masalalar mohiyatini anglab yetish darajasi va

darsda ularni to‘g‘ri baholay olishiga bog‘liqdir. Har bir darsda ta’limning aniq maqsadi

belgilanishi o‘qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri sanaladi.

Bunda fan mavzulari bo‘yicha o‘qitishning tashxislanuvchi maqsadi aniqlanadi.

Darhaqiqat, har qanday fan o‘zining paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab katta bilimlar

hajmini to‘plagan va u yuqori tezlikda boyitib bormoqda. O‘qitish faqat zaruriy

axborotlarnigina tanlab olish va o‘quvchining o‘zlashtirish qobiliyatlariga mos holda

ular hajmini miqdoriy o‘lchamga keltirish zarur. Har qanday fan bosqichma-bosqich

o‘rganish asosida rivojlanib boradi. Rivojlanishning uzluksiz jarayoni turli fanlarda

turlicha, hatto bir fan bo‘limlari o‘rtasida ham notekis kechadi. Shu bois o‘quv

mavzulari bo‘yicha maqsadni aniq belgilash uchun abstraktsiya pog‘onalari va unga mos

o‘quv unsurini bayon qilish foydalanish maqsadga muvofiq.

Mavzular bo‘yicha ta’lim maqsadini aniq belgilashning abstraktsiya pog‘onalari:

1. Ob’ektning xususiyat va sifatlari qayd etilib, o‘zlashtirish unsuri odatdagi tilda

tushuntiriladi.

2. Fan uchun xususiy bo‘lgan tushuncha, atama va qonuniyatlarni o‘zlashtirish

unsurining tarkibini tashkil qilib, ilmiy tilda bayon etiladi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

122

3. Fanga tegishli ma’lum hodisalar ularning sonli nazariyalari asosida

tushuntiriladi.

4. Tavsiflashning yuqori darajali umumlashmasidan foydalangan holda amalga

oshirish bilan belgilanadi.

O‘quv predmetining ilmiylik darajasi va bu parametrlar yordamida o‘quvchilar

bilim sifatini baholash uchun koeffitsient kiritiladi. O‘quvchilar tomonidan o‘quv

unsurini qay darajada o‘zlashtirish ularning faoliyatiga bog‘liq. Faoliyat ko‘rsatma

vositasida yoki ko‘rsatmasiz mustaqil ravishda bajaraliadi.

Yuqorida tilga olingan o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun munosib testlar

ishlanishi kerak. Test – bu biror bir faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi bilimni

egallashga qaratilgan topshiriqlardir. Testning to‘g‘ri bajarilganligini o‘lchash va

baholash maqsadida har bir testga ekspert metodi yordamida etalon ishlab chiqiladi.

Etalon yordamida test yechimiga olib keladigan jiddiy amallar sonini aniqlash qiyin

emas. O‘quvchining javobi etalon bilan solishtirgach, testning sifatli bajarilganligi

to‘g‘risida tegishli xulosaga kelinadi va to‘g‘ri yechilgan amallar yordamida

o‘zlashtirish koeffitsienti aniqlanadi. Shunday qilib, pedagogik aylanmaga

o‘quvchilarning tajribani o‘zlashtirish darajasi sifatini o‘zlashtirish koeffitsienti

yordamida aniq hisoblash metodikasini kiritish pedagogik texnologiyaning muhim

tamoyillaridan birini ifodalashga imkon beradi. Bu ta’limning tugallanganlik

tamoyilidir. Mazkur tamoyil maktabda o‘qitish jarayoni samarasiz kechishi

muammolarning yechimi va yo‘nalishlarini izlab topish imkonini beradi.

Matematika fanini o'qitish metodlari.

O'rganilayotgan matematik obyektdagi narsalaming 0'xshash va farqli tomonlarini

aniqlovchi metod taqqoslash metodi deyiladi. Taqqoslash metodi ham ilmiy izlanish

metodlaridan biridir. Taqqoslash metodini matematika darslarida o'rganilayotgan mavzu

materiallariga tatbiq qilishda quyidagi prinsi plarga amal qilinadi:


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

123

1) taqqoslanayotgan matematik tushunchalar bir jinsli bo'lishi kerak;

2) taqqoslash o'rganilayotgan matematik obyektdagi narsalaming asosiy

xossalariga nisbatan bo'lishi kerak. Matematika o'qitishdagi ilmiy izIanish metodlari

Ma'lumki, matematika fanini o'rganadigan obyekti materiyadagi narsalarning

fazoviy shakllari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlardan iboratdir. Ana shu shakllar

orasidagi miqdoriy munosabatlarni aniqlash jarayonida matematiklar izlanishning ilmiy

metodlaridan vosita sifatida foydalanadilar. Matematikadagi izlanishning ilmiy

metodlari bir vaqtning o'zida matematikani o'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari

vazifasini ham bajaradi. O'qitishdagi ilmiy izlanish metodlari quyidagilardan iboratdir.

1.Tajriba va kuzatish.

2. Taqqoslash.

3. Analiz va sintez.

4. Umumlashtirish.

5. Abstraksiyalash.

6. Aniqlashtirish.

7. Klassifikatsiyalash.

Tajriba va kuzatish metodi Ta'rif. Matematik obyektdagi narsalarning xossalari va

ularning O'zaro munosabatfarini belgilovchi metod kuzatish deyiladi. Misol.

o'quvchilarga bir necha figurani ko'rsatib, bu figuralar ichidan o'q simmetriyasiga ega

bo'igan geometrik figuralarni ajrating deb buyursak, o'quvchilar barcha figuralarni ko'rib

chiqib quyidagicha xulosaga kelishlari mumkin. Figuralar ichida o'zidan biror o'qqa

nisbatan ikki qismga ajragan figuralar bo'lsa hamda ularni ana shu o'q bo'yicha

buklaganda qismlar ustma-ust tushsa, bunday figuralar simmetrik figuralar bo'ladi.

Ammo boshqa figuralarda o'zlarini teng ikkiga bo'luvchi to'g'ri chiziqlar bo'lmasligi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

124

mumkm. U holda bunday figuralar nosimmetrik figuralar bo'ladi. Biz figuralardagl

bunday xossa va ular orasidagi munosabatlarni kuzatish orqali figuralarni simmetrik va

nosimmetrik figuralarga ajratildi. Ta'rif. Matematik obyektdagi narsalaming xossafari

va ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni sun'iy ravishda bo'lak (qism)larga ajratish

yoki ulami birlashtirish tajriba metodi deyiladi.

Analiz va sintez metodi Ta'rif. Noma'lumlardan ma'lumlarga tomon izlash metodi

analiz deyiladi. Analiz metodi orqali fikrlashda o'quvchi quyidagi savolga javob berishi

kerak: «Izlanayotgan noma'lumni topish uchun nimalami bilish kerak ?» Analiz

metodini psixologlar bunday fa 'riflaydilar: «butunlardan bo'laklarg tomon izlash metodi

analiz deyiladi» Mаtеmаtikа o‘qitishning аmаliy mаqsаdi o‘z оldigа quyidаgi

vаzifаlаrni qo‘yadi:

а) Mаtеmаtikа kursidа оlingаn nаzаriy bilimlаrni kundаlik hаyotdа uchrаydigаn

elеmеntаr mаsаlаlаrni yеchishgа tаdbiq qilа оlishgа o‘rgаtish. Bundan аsоsаn

o‘quvchilаrdа nаzаriy bilimlаrni аmаliyotgа bоg‘lаy оlish imkоniyatlаrini tаrkib

tоptirish, ulаrdа turli sоnlаr vа mаtеmаtik ifоdаlаr ustidа аmаllаr bаjаrish mаlаkаlаrini

shаkllаntirish vа ulаrni mustаhkаmlаsh uchun mахsus tuzilgаn аmаliy mаsаlаlаrni hаl

qilishgа o‘rgаtilаdi.

b) Mаtеmаtikаni o‘qitishdа tехnik vоsitа vа ko‘rgаzmаli qurоllаrdаn fоydаlаnish

mаlаkаlаrini shаkllаntirish. Bundа o‘quvchilаrning mаtеmаtikа dаrslаridа tехnikа

vоsitаlаridаn, mаtеmаtik ko‘rgаzmаli qurоllаr, jаdvаllаr vа hisоblаsh vоsitаlаridаn

fоydаlаnа оlish mаlаkаlаri tаrkib tоptirilаdi.

v) O‘quvchilаrni mustаqil rаvishdа mаtеmаtik bilimlаrni egаllаshgа o‘rgаtish.

Bundа аsоsаn o‘quvchilаrni o‘quv dаrsliklаridаn vа ilmiy-оmmаviy mаtеmаtik

kitоblаrdаn mustаqil o‘qib o‘rgаnish mаlаkаlаrini shаkllаntirishdаn ibоrаtdir. Bizgа

mа’lumki, mаtеmаtikа o‘qitish mеtоdikаsi fаni pеdаgоgikа fаnining mа’lum bir bo‘limi

bo‘lib, u mаtеmаtikа fаnini o‘qitish qоidаlаrini o‘rgаnish bilаn shug‘ullаnаdi.

Mаtеmаtikа o‘qitish mеtоdikаsi mаtеmаtikа fаnini o‘qitish qоnuniyatlаrini o‘rgаnish


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

125

jаrаyonidа pеdаgоgikа, mаntiq, psiхоlоgiya, mаtеmаtikа, lingvistikа vа fаlsаfа fаnlаri

bilаn uzviy аlоqаdа bo‘lаdi. Bоshqаchа аytgаndа, mаktаbdа mаtеmаtikа o‘qitish

muаmmоlаri mаntiq, psiхоlоgiya, pеdаgоgikа, mаtеmаtikа vа fаlsаfа fаnlаri bilаn uzviy

bоg‘liqdа hаl qilinаdi. Mаtеmаtikа o‘qitish mеtоdikаsining mеtоdоlоgik аsоsi bilish

nаzаriyasigа аsоslаngаndir. Mаtеmаtikа mеtоdikаsi fаni mаtеmаtik tа’limning mаqsаdi,

mаzmuni, fоrmаsi, uslubi vа uning vоsitаlаrini dаrs jаrаyonigа tаdbiqiy qоnuniyatlаrini

o‘rgаnib kеlаdi. Mаtеmаtikа fаni fizikа. chizmаchilik, kimyo vа аstrоnоmiya fаnlаri

bilаn hаm uzviy аlоqаdа bo‘lаdi.

Mаtеmаtikа fаnining bоshqа fаnlаr bilаn uzviy аlоqаsi quyidаgi ikki yo‘l bilаn

аmаlgа оshirilаdi:

1) Mаtеmаtikа tizimining butunligini buzmаgаn hоldа o‘qishni fаnlаrning

dаsturlаrini mоslаshtirish.

2) Bоshqа fаnlаrdа mаtеmаtikа qоnunlаrini, fоrmulаlаrini tеоrеmаlаrni o‘rgаnish

bilаn bоg‘liq bo‘lgаn mаtеriаllаrdаn mаtеmаtikа kursidа fоydаlаnish. Hоzirgi vаqtdа

mаtеmаtikа dаsturini bоshqа fаnlаr bilаn mоslаshtirish mаsаlаsi аnchа muvаffаqqiyatli

hаl qilingаn. Mаtеmаtikа dаrslаridа bоshqа fаnlаrdаn fоydаlаnish mаsаlаsini dаsturdа

аniq ko‘rsаtish qiyin, buni o‘qituvchining o‘zi аmаlgа оshirаdi, ya’ni o‘quv mаtеriаlini

rеjаlаshtirishdа vа dаrsgа tаyyorlаnish vаqtidа e’tibоrgа оlishi kеrаk. Mаsаlаn,

tеnglаmаlаrni o‘rgаnish dаvridа fizik miqdоrlаr оrаsidаgi bоg‘lаnishlаrni аks ettirаdigаn

tеnglаmаlаrni, ya’ni issiqlik bаlаnsi tеnglаmаsi, issiqlikdаn chiziqli kеngаyish

tеnglаmаsi vа shungа o‘хshаsh tеnglаmаlаrni hаm yеchtirishi mumkin. Hаr bir fаndа

bo‘lgаni kаbi mаtеmаtikа fаnidа hаm tа’riflаnаdigаn vа tа’riflаnmаydigаn tushunchаlаr

mаvjud.

Adabiyotlar:

1.

file:///C:/Users/%D1%84%D1%84%D1%84%D1%84/Downloads/imkoni

yati-cheklangan-bolalar-maktablarida-ta-lim-jarayonini-tashkil-etish.pdf


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

126

2.

Nabiyeva,

G.

A.

(2021).

IMKONIYATI

CHEKLANGAN

BOLALARNING TA’LIM-TARBIYA OLISHLARI. Scientific progress, 1(5).

3.

Jakayeva K. Aymurzayeva G. O‘quvchi mustaqil fikrlasin. “Ma’rifat”

gazetasi, 26- sentabr 2012 yil.73-son.

4.

Tolipov O‘.Q., Usmanboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy

asoslari. Monografiya. Toshkent: “Fan”. 2006.

5.

Iminova H. Geometrik mazmundagi masalalarni o'rgatishda axborot

texnologiyalaridan foydalanish. Scientific Journal Impact Factor, 2(9). 2021, P. 109-

112.