https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
273
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI RAQAMLASHTIRISH ORQALI
OPTIMAL ISHLASHINI TA’MINLASH.
Sirojov Alisher Bobur o’g’li-
Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi. Texnologik jarayonlarni
avtomatlashtish va boshqarish bo’yicha bosh mutaxassis.
Annotatsiya Ushbu maqolada neft va gaz quduqlarini raqamlashtirishning
zamonaviy yondashuvlari, amaliyotda qo‘llaniladigan innovatsion texnologiyalar va
ularning sanoat rivojiga ta’siri ko‘rib chiqiladi. Raqamlashtirishning asosiy maqsadi
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xavfsizlikni ta’minlash va ishchi kuchini
qisqartirishdir. Maqolada IoT qurilmalari, simsiz sensоr datchiklar, MODBAS tizimi,
LoRaWAN protokoli va zamonaviy texnologiyalar orqali jarayonlarni boshqarish
imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, raqamli transformatsiyaning afzalliklari va
kelajakdagi istiqbollari muhokama qilingan.
Neft va gaz sanoati dunyo iqtisodiyotida muhim o’ringa ega bo’lib, ushbu sohada
samaradorlikni
oshirish
va
resurslardan
oqilona
foydalanish
zamonaviy
texnologiyalarni joriy etishni talab qiladi. So’nggi yillarda raqamlashtirish vа
avtomatlashtirish texnologiyalari neft vа gaz quduqlarini boshqarishda katta inqilobiy
o’zgarishlar qilmoqda. Ushbu maqolada neft va gaz quduqlarini raqamlashtirishning
ahamiyati, imkoniyatlari va istiqbillari haqida so’z yuritamiz.
Kalit so‘zlar. Neft va gaz, raqamlashtirish, IoT qurilmalari, simsiz sensorli
datchiklar, LoRaWAN protokoli, bulutli texnologiyalar.
Raqamlashtirishning Ahamiyati
Raqamlashtirish zamonaviy texnologiyalarni tadbiq qilish orqali neft va gaz
quduqlarini samarali boshqarish imkoniyatini beradi. U quyidagi ustunliklarni
ta’minlaydi:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
274
1.
Neft va gaz quduqlari samarali ishlashini ta’minlash:
Neft va gaz quduqlari
ishlash rejimini tanlash, qay holatda ishlayotganligi haqida real vaqt rejimida xabar
berish.
2.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish:
IoT (Internet of Things) va PLC
yordamida konlardagi jarayonlarni real vaqt rejimida kuzatish va optimallashtirish
mumkin.
3.
Xarajatlarni kamaytirish:
Avtomatlashtirilgan tizimlar inson omilni
kamaytirib, ekspluatatsiya va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlarini pasaytiradi.
4.
Xavfsizlikni ta’minlash:
Raqamli boshqaruv tizimlari xavfsizlik xavf-xatarlarini
oldindan aniqlash va ularni bartaraf etishda yordam beradi.
Raqamli Texnologiyalarning Amalda Qo‘llanilishi
Raqamlashtirish jarayonida quyidagi asosiy texnologiyalar keng qo‘llaniladi:
•
IoT qurilmalari:
Sensor datchiklar va internet protokol qurilmalari kon
maydonidagi har bir quduq paramertlarini kuzatib boradi, to‘plangan ma’lumotlar esa
markaziy tizimga uzatiladi.
•
Simsiz sensorlar:
Bosim datchiklari va harorat datchiklari gaz quduqlarining
ustya va shleyf qismlarining bosimi va haroratini masofadan turib o‘lchab,
ma’lumotlarni platformaga uzatadi.
•
LoRaWAN protokoli:
Kam energiya iste’mol qiladigan va uzoq masofadan
ma’lumot uzatishni ta’minlaydigan simsiz aloqa protokoli. Ushbu texnologiya
yordamida keng hududdagi qurilmalarni birlashtirish va ma’lumotlarni samarali uzatish
mumkin.
•
Datchiklarni integratsiya qilish:
Bosim va harorat datchiklarini yagona raqamli
platformaga ulash orqali ma’lumotlarni birlashtirish, ularni tahlil qilish va yagona
boshqaruv tizimiga kiritish samaradorlikni oshiradi.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
275
•
PLC va ma’lumotlarni tahlil qilish:
PLC algoritmlari katta hajmdagi
ma’lumotlarni tahlil qilib, optimal yechimlarni taklif etadi.
•
Bulutli texnologiyalar:
Ma’lumotlarni saqlash va ulardan foydalanishning
samarali va xavfsiz usullarini ta’minlaydi.
•
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari:
Quduqlarni masofadan boshqarish
va monitoring qilish imkonini beradi.
Asosiy texnologiyalar va ularning afzalliklari
Texnologiya
Afzalliklari
IoT qurilmalari
Real vaqt rejimida ma’lumotlarni kuzatish va
tahlil qilish
Simsiz sensorli datchiklar
Masofadan ma’lumotlarni uzatish, neft va gaz
quduqlarini samarali ishlashini ta’minlash
LoRaWAN protokoli
Uzoq masofadan ma’lumotlarni kam energiya
iste’moli bilan uzatish
Datchiklarni integratsiya
qilish
Barcha ma’lumotlarni bir tizimga jamlash va
samaradorlikni oshirish
PLC-dasturlanadigan
mantiqiy controller
Katta hajmdagi ma’lumotlarni tahlil qilish va
prognoz qilish
Bulutli texnologiyalar
Ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va tezkor
foydalanish
Raqamlashtirishdan Kutilayotgan Natijalar
Raqamlashtirish jarayonlari neft va gaz sanoatida quyidagi natijalarni beradi:
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
276
1.
Operatsion ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi:
Ish jarayonlarini
tezlashtirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish.
2.
Tezkor qaror qabul qilish:
Real vaqt rejimida ma’lumot olish,
qaror qabul qilish, neft va gaz quduqlarini samarali ishlashini ta’minlaydi.
3.
Neft va gaz quduqlarini
optimal ishlashini:
Sensorli datchiklar va
monitoring tizimlari yordamida neft va gaz quduqlarinioptimal ishlatish
imkoniyati.
Istiqboldagi yo‘nalishlar
Kelajakda raqamlashtirish jarayonlari quyidagi yo‘nalishlarda rivojlanishi
kutilmoqda:
•
To‘liq avtomatlashtirilgan konlar:
Inson ishtirokisiz ishlaydigan konlar
texnologiyasining rivoji.
•
Blokcheyn texnologiyalari:
Ma’lumotlarni xavfsiz saqlash va operatsion
shaffoflikni ta’minlash.
•
Yashil
texnologiyalar
integratsiyasi:
Ekologik
barqarorlikni
ta’minlaydigan yechimlar.
Xulosa
Neft va gaz konlarini raqamlashtirish sohaning rivojlanishi uchun muhim omil
bo‘lib, u ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, xarajatlarni kamaytirish va ekologik
izni qisqartirish imkoniyatini beradi. Raqamlashtirish jarayonlarini muvaffaqiyatli
amalga oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarga investitsiya kiritish, malakali
kadrlarni tayyorlash va innovatsion yechimlarni joriy etish zarur. Shunday qilib, neft va
gaz sanoatida raqamlashtirish istiqbollari cheksizdir.
https://scientific-jl.com/luch/
Часть-37_ Том-2_ Январь-2025
277
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
"IoT-Based Solutions for Oil and Gas Industry" - International
Journal of Engineering Research, 2021.
2.
Smith J., "Digital Transformation in Oil and Gas" - Energy
Technology Review, 2020.
3.
"LoRaWAN Technology for Remote Monitoring" - Journal of
Wireless Networks, 2022.
4.
Brown T., "AI and Machine Learning Applications in Oil Fields" -
Artificial Intelligence Magazine, 2021.
5.
"MODBAS Protocol and Industrial Automation" - Industrial
Automation Journal, 2020.