Авторы

  • Usmonova Nafisa Axmadovna

Биография автора

  • Usmonova Nafisa Axmadovna

    Buxoro viloyati Vobkent tumani 1-son Politexnikumi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99475

Ключевые слова:

KALIT SO’ZLAR: nutq leksik ma’no o’zak tafakkur lug’at muloqot madaniyat mehnat.

Аннотация

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada ona tili darsi jarayonida olib boriladigan ishlar, ona tili darslarida o'quvchilarning nutqini rivojlantirish haqida ma‘lumotlar berilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

295

O’QUVCHILARNING OG’ZAKI NUTQNI O’STIRISH SHAKLLARI

Usmonova Nafisa Axmadovna

Buxoro viloyati Vobkent tumani 1-son Politexnikumi

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada ona tili darsi jarayonida olib boriladigan

ishlar, ona tili darslarida o'quvchilarning nutqini rivojlantirish haqida ma‘lumotlar

berilgan.

KALIT SO’ZLAR: nutq, leksik ma’no, o’zak,tafakkur, lug’at, muloqot,

madaniyat, tafakkur, mehnat.

Bolalar nutqini o'stirish jarayoni ularning tafakkurini o'stirish bilan bog'liq.Ona tili

darsi o'quvchilar taffakurini o'stirish ustida ishlash maqsadiga yo'naltirilganligiga qarab

baholanadi. Bunda muayyan Grammatik va imloviy materialni o'rganish jarayonida shu

materialni yaxshiroq o'zlashtirishni taminlaydigan, aqliy faoliyatni talab qiladigan

mashqlarni o'tkazish tushuniladi. Masalan, “0'zakdosh so'zlar" tushunchasini

shakllantirish uchun so'zlarning leksik ma’nosivam orfemik tarkibini taqqoslashni

(ularning ma’nolarida umumiylikni va ularda bir xil o'zakning mavjudligini) bilish

lozim.

O 'quvchilar tafakkurini o'stirish uchun o'qituvchi darsga tayyorlanganda, vazifa

turlarini tanlaydi, darsning materialini va uni o'zlashtirishda o'quvchilar bajaradigan

aqliy faoliyat mashqlarini ham belgilab oladi. O'quvchilarga beriladigan nazariy bilim

tildan ongli foydalanish imkonini beradi.Nazariyaga ahamiyat berish, elementar tarzda

bo'lsa ham, o'quvchilarning til hodisalari o'rtasidagi bog'lanishni bilib olishiga e’tibor

berish demakdir.Boshlang'ich sinf o'quvchilari bunday bog'lanishni bilsalar, nima uchun

shunday?so'rog'iga

www.ziyouz.com

kutubxonasi javob topa oladilar. Masalan, “Nima

uchun daftar so‘zi kelishik va egalikqo'shimchalari bilan turlanadi, o'qidik so'zi esa


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

296

shaxs-son qo'shimchalari bilan tuslanadi?“. Ona tili darslarining foydali bo'lishiga

darsda og'zaki va yozma ishlarni maqsadga muvofiq o'tkazish, o'quvchilaming o'quv

ishlarini tekshirib, nazorat qilib borish, o'z vaqtida xatolarning oldini olish va to'g'rilash,

texnika vositalaridan foydalanish kabi omillar katta ta’sir ko'rsatadi.

O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlarning xalq ta’limi boshqarmalari olib borgan

tekshirish natijalari, shuningdek shaxsiy kuzatish va tajribalarimiz bizni o’quvchilar

nutqining rivojlanganlik darajasi hali talabga javob bermaydi degan xulosaga olib

keladi. Tilning lug'at boyligini o‘quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi uchun ona tili

darslarida so'zlar va ularning ma’nolari quyidagicha tanishtiriladi: 0‘quvchilarni

notanish so‘z va iboralar bilan tanishtirish. O'quvchilar darslikdagi so'z va iboralarga

birinchi marta duch kelayotgan bo'lishi mumkin. Bu so‘z yangi paydo bo'lgan so‘z

bo'lmasa ham, o'quvchi uning ma’nosini bilmaydi, demak, o'quvchi uchun yangi so'z

hisoblanadi. 0‘quvchilani so‘zning yangi ma’nolari bilan tanishtirish.0‘quvchilar ko'p

ma’noli so‘zlarning bir ma’nosini tushunsa, boshqa ma’nosini bilmasliklari mumkin.

Bolalar so‘zlarning hamma ma’nolarini birdaniga o'zlashtirib ololmaydilar.Ularning

ma’nosini o'zlashtirish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Nutq faoliyati uchun, shuningdek, o‘quvchilar nutqini o‘stirish uchun bir necha

shartga rioya qilish zarur:

1, Kishi nutqining yuzaga chiqishi uchun talab bo‘lishi kerak. O‘quvchilar nutqini

o‘stirishning metodik talabi o‘quvchi o‘z fikrini, nimanidir og‘zaki va yozma bayon

xohishi va zaruriyatni yuzaga keltiradigan vaziyat yaratish hisoblanadi.

2.Har qanday nutqning mazmuni, materiali bo‘lishi lozim. Bu material qanchalik

to‘liq, boy, qimmatli bo‘lsa, uning bayoni shunchalik mazmunli bo‘ladi.

3.Fikr tinglovchi tushunadigan so‘z, so‘z birikmasi, gap, nutq oborotlari yordamida

ifodalasagina tushunarli bo‘ladi. Shuning uchun nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning

uchinchi sharti –nutqni til vositalari bilan qurollantirish hisoblanadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

297

O’quvchilarning og’zaki va yozma nutqlarini me’yorlashda, ularning

mutanosibligini ta’minlashda, milliy tilning tabiati va o’ziga xos xususiyatini

belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya’ni qiroat

bilan o’qishning amaliy ahamiyatini o’stirish, adabiy til me’yori va mezonlariga rioya

qilish, o’qish, o’qish metodlarini takomillashhtirish yo’llarini izlash va eng qulaylarini

amaliyotga tatbiq qilish zarur. Adabiy til tushunchasi keng qamrovli, ko’p qirrali

hodisadir.Adabiy til taraqqiyoti barqarorligini ta’minlashda bolalarning yoshlikdan nutq

madaniyatlarini tarkib toptirish va tarbiyalash lozim. Til qonunlarning ta’limga tatbiqi

munosabati bilan bolalarni o’qishga o’rgatishdagi usullarni to’g’ri qo’llashi

(ko’rgazmalilik, tarqatib berilgan topshiriqli qog’ozlar bilan ishlash yo’llarini bilish)

usullari takomillashtiriladi.

Xulosa qilib aytganda Kelajagimiz bo’lgan yoshlarning erkin firklovchi, barkamol

shaxs bo’lib shakllanishi uchun ularni har tomonlama rivojlantirish zarur.Ularning

psixologik, jismoniy va ijtimoiy jihatlarini o’rganib, o’zlarini erkin tutishi va fikrini

mustaqil ifodalashida to’siq bo’ladigan salbiy psixoloogik holatlarni aniqlash va bartaraf

etish lozim. Negaki bu holatlar faqatgina yoshlarning bilim olishida to’siq bo’lib

qolmasdan,balki ularning o’z-o’zini past baholashiga ham olib keladi va bu narsa o’z

navbatida shaxsning boshqa psixik jarayonlarining normal rivojlanishida salbiy ta’sir

ko’rsatadi. Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlaridanoq buyuk

ma’naviyatimizni tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya tizimini

takomillashtirish uning milliy zaminini mustahkamlash zamon talablari bilan

uyg’unlashtirish asosida jahon andozalari va ko’nikmasi darajasiga chiqarishga katta

ahamiyat berib kelinmoqda. Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi

erkin shxsning shakllanishiga olib keladi.O’zining qadr-qimmatini anglaydigani borasi

baquvvat, imoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash

imkoniyatiga ega bo’lamiz.Ana shunday keyin ongli turmush kechirish jamiyat

hayotining bosh mezoniga aylanadi.Shunda inson o’z aqli, o’z tafakkuri, o’z mehnati,

o’z mas’uliyati bilan ongli tarzda ozod va hurfikrli inson bo’lib yashaydi. Barcha


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

298

ma’naviy axloqiy fazilatlarning poydevori, tushunchalari, ko’nikmalri bolalikdan tarkib

toptirilmasagina, bu poydevor barqaror bo’ladi.Ma’naviy axloqiy fazilatlar tarkibida

nutq, muloqot, munosabat madaniyati alohida o’rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Maktab va hayot. Ilmiy-metodik jurnal.Sonlari

2. Ochilov M. Yangi pedagogic texnologiyalar. 2000 yil

3. Boshlang’ich ta’lim. 2007. 9-soni

4. Boshlang’ich sinflar uchun metodik qo’llanmalar.

5. Jumayeva.M.A. Innovatsion ta`lim sharoitida ona tili darslarining

samaradorligini oshirish (Boshlang`ich sinf misolida) ped.fan.dok.(PhD) diss.-Jizzax.

2022.yil.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)