Авторы

  • Usmonova Nafisa Axmadovna

Биография автора

  • Usmonova Nafisa Axmadovna

    Buxoro viloyati Vobkent tumani 1-son poletexnikumi ona tili va adabiyot  fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99476

Ключевые слова:

Kalit so’zlar : Kamolot adabiyot ma’naviyat tasavvuf so`fi she’r darvesh

Аннотация

  Annotatsiya: Hukumatimiz tomonidan Respublikamiz ta’lim tizimiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bunda ta’lim mazmuni shakli hamda samaradorligini takomillashtirish muhim masaladir. Ayniqsa,  bilimli,  yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash masalasi o‘ta dolzarbdir.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

289

BOBORAHIM MASHRAB HAYOTI VA ADABIY MEROSINI

O`RGANISH.

Usmonova Nafisa Axmadovna

Buxoro viloyati Vobkent tumani 1-son

poletexnikumi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi

Annotatsiya: Hukumatimiz tomonidan Respublikamiz ta’lim tizimiga katta

e’tibor qaratilmoqda. Bunda ta’lim mazmuni shakli hamda samaradorligini

takomillashtirish muhim masaladir. Ayniqsa, bilimli, yuqori malakali mutaxassislarni

tayyorlash masalasi o‘ta dolzarbdir.

Kalit so’zlar : Kamolot, adabiyot, ma’naviyat, tasavvuf, so`fi ,she’r,darvesh

Zamonaviy mutaxassis o`z sohasining mohir ustasi bo`lishi bilan birga, nutq

savodxonligi va madaniyatini, xususan, yozma nutq ko`nikmalarini puxta egallagan

bo`lishi lozim. Har bir kishi fikri va tuyg`ularini og`zaki shaklda lo`nda va ravon

ifodalash bilan birga to`g`ri va mantiqli yozishni ham uddalay olsagina xalq e`tiboriga

tushadi. Bunda har bir nutqiy malaka turi bir butun bo`limga uyg`unlashtirilgan tarzda

havola etildi.Dars jarayonida mavzular izchilligi va uzviyligi ta`minlanishi,har bir

bo`limdan so`ng ijodiy yozma ishlar o`tkazilib,egallangan bilimlarni amalda qo`llash va

mustahkamlash mashqlari bajarilmog`i maqsadga muvofiqdir .

“Boborahm Mashhrab hayoti va adabiy merosini o’rganish” mavzusini

o’qitishning nazariy masalalari.

Inson kamolotida adabiyotning o`rni beqiyosdir. U inson qalbi va ruhidagi

nozik tovlanish va ohanglarni ilg`ashga, ularni so`z vositasida aks ettirishga intiladi. Eng

oliy daraja,yuksak pog`onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot namunalari insoniyatni


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

290

to`lqinlantiradigan, hayajonga soladigan o`y-fikrlar, kechinmalar, orzu-umidlarni

ifodalaydi. Dunyoda insonlar bir-birlariga o`xshamaganlaridek, ularning qalb

kechinmalari ham takrorlanmasdir.O`qituvchilarning vazifasi esa dunyoqarashi keng,

mustaqil fikrli kasb egalarini tarbiyalashdir. Mashrab ijodini o‘rganish XIX asr oxiri

XX boshlaridan ancha keng rivoj topdi. Hatto, rus sharqshunos olimlari shoir

faoliyati va adabiy merosini katta qiziqish bilan o‘rgandilar. XIX asrning 90-yillaridan

boshlab mahalliy va rus matbuotida shoir tarjimai holi va ijodiga oid ma’lumotlar

e’lon qilindi, ayrim she’lari rus tiliga tarjima qilindi. Mashrab faoliyatini o‘rganish

va uni rus kitobxonlariga tanishtirishda N.C.Likoshinning xizmatlari katta bo‘ldi. U

“Devonai Mashrab” asarini rus tiliga tarjima qilib, so‘zboshi yozadi. Shuningdek, rus

tadqiqotchilaridan N.I.Vaselovckiy, N.C.Likoshin, N.P.Ostroumov, V.P.Nalifkin,

V.L.Vyatkinlar tomonidan ham Mashrabning hayoti va faoliyatiga doir materiallar

yig’lgan. Sho’rolar davrida S.Ayniy “Namunai adabiyoti tojik” asarida, A.Fitrat,

I.Sulton, V.Abdullaev, A.Abdug’afurov, A.Hayitmetov, M.Zokirov kabi olimlarning

risola va maqolalarida Boborahim Mashrab haqida bir qancha ma’lumotlar berilgan.

Mashrab hayoti va faoliyatini o‘rganishda Fitratning “Mashrab” nomli maqolasi

alohida ahamiyatga molik. Zero, Fitrat ushbu maqolasida Mashrab haqida ma’lumot

beruvchi ko‘pgina tazkira va bayozlarni birma-bir sanab

o‘tadi. Mashrabning tug‘ilgan joyi, oilasi, ustozlari, safarlari, Mavlono Sharif,

So‘fi Olloyor bilan uchrashishlari, Balxda Mahmud Qatag‘on tomonidan o‘ldirilishi,

qalandariylik mazhabi haqida, Mashrab asarlari haqida ham to‘xtalib o‘tgan.

Adabiyotshunos olim V,Abdullaev ham “O‘zbek adabiyoti tarixi” nomli kitobida

Boborahim Mashrab haqida to‘xtalib o‘tadi. Jumladan, Mashrabning asosan o‘zbek

tilida qisman tojik tilida she’rlar yozgan. Taniqli olim Abduqodir Hayitmetov ham

“Mashrab haqida so‘z” maqolasida Mashrabning valiyi modarzod, ya’ni onadan

tug‘ma valiy ekanligi bilan bog‘liq rivoyatni keltiradi


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

291

Adabiyotshunos olim Abdurashid Abdug‘afurov o‘zining “Erk va ezgulik

kuychilari” nomli risolasida Mashrabga kattagina joy ajratadi. Jumladan, shoir umrining

ko‘p qismi safarda o‘tganligi, qo‘nimsiz hayot kechirgan shoirning, shubhasizki,

devon tuza olmaganligi haqida to‘xtaladi. Hatto, keyinchalik boshqa biror shaxs

(kotib, adabiyot muxlislari) tomonidan ham ana shunday ishning amalga

oshirilmaganligi ham eslatib o‘tadi. SHoir she’rlaridan namunalar turli bayoz va

tazkiralarda keltirilganligini alohida qayd etadi. Mashrabning qalandarlik maslagiga

munosabat hamda uning piru ustozlari

haqida ham to‘xtalib o‘tgan. Shuningdek, shoirning ayrim she’rlarini ham

g‘oyaviybadiiy jihatdan tahlil qilgan.Adabiyotimizdagi deyarli har bir olim yoki

tadqiqotchi Mashrab to‘g‘risida maqola, kattayu-kichik tadqiqotlar yaratgan.

Jumladan, adabiyotshunos olim I.Haqqul o‘zining “Tasavvuf va she’riyat” kitobida

“Haqiqat yo‘lin tutay desang...” nomli maqolasi orqali Shoh Mashrabning hayoti va

faoliyatiga oid ayrim jihatlar va she’rlarining

g‘oyaviy-badiiy tahlilini keltiradi. Olim Mashrabni sohibjunun shoir sifatida e’tirof

etadi.Yirik adabiyotshunos N.Komilov ham Mashrab haqida “Kamoli nuri Rahmatman”

nomli maqolasida tasavvuf silsilasida Mashrabning tutgan o‘rni, mavqei to‘g‘risida

mulohaza yuritadi. P.SHamsiev, A.Xayitmetovlar tomonidan Mashrabning

“Tanlangan asarlari” birinchi bor 1958- yilda nashr etildi. 1963- 1971- yillarda

A.Abdug‘ofurov shoir asarlarining to‘laroq nashrini yaratdi. 1979- yilda

V.Rahmonov nashrni yanada mukammallashtirdi. Unga yozilgan so‘z boshi ham

ma’lumotlarning yangiligi shoir asarlariga chuqurroq yondoshganligi bilan ilmiy

ahamiyatga ega. Mashrab asarlarining nisbatan mukammalroq nashri 1990 - yili

Jaloliddin Yusupov tomonidan amalga

oshirildi. Adabiyot va san’at nashriyoti orqali “O‘zbek adabiyoti bo‘stoni”

seriyasida “Mehribonim qaydasan” nomli kitob chiqarildi .To‘plam shoirning g‘azal,

mustazod, murabba’, muxammas, musaddas, musabba’ janrlarida yozilgan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

292

she’rlaridan iborat. Yana shuningdek, 2006- yilda shu muallifning xizmatlari bilan

Mashrabning lirik asarlari “Devon” nomi bilan nashr etildi. Bu kitob oldingisidan ancha

mukammal bo‘lib, “Mehribonim qaydasan” to‘plamiga kirmagan ko‘pgina she’rlari

turli qo‘lyozma va bayozlar asosida tiklanib, nashr ettirilgan.

Mashrab hayoti va faoliyati haqida maxsus nomzodlik dissertatsiyalari yozildi

vayozilmoqda. Jumladan, E.Musurmonov, D.Hamroevalarning tadqiqotlari ana

shunday ishlardan sanaladi.

Demak, Mashrab hayoti va faoliyatini o`rganish o`z davridanoq boshlangan.

Qator yillar davomida shoir faoliyati va adabiy merosi o`rganilib tadqiq etildi. Shunday

bo`lsada, hali ham Mashrab asarlari taqdiqot obekti bo`lib xizmat qilib kelmoqda.

Boborahim Mashrab – so`fiy shoir

Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta’limot bo‘lib, islom olamida VIII

asrning o‘rtalarida paydo bo‘lgan. XI asrdan boshlab Sharqning deyarli barcha nufuzli

shoir va yozuvchilari, mutafakkir va olimlari tasavvufdan oziqlanib uning

insonparvarlik va haqsevarlik g‘oyalaridan ruhlanganlar. Shuni nazarda tutib, atoqli

olim E.E.Bertels asrimiz boshidayoq qayd etgan edi: “Tasavvuf adabiyotini

o‘rganmasdan turib o‘rta asrlar musulmon Sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga

ega bo‘lish mumkin emas. Bu adabiyotdan xabardor bo‘lmasdan Sharqning o‘zini ham

anglash qiyin”. Tasavvuf insonni kamolot sari yetaklarkan, u inson hayotiga

chuqurroq singdi. Tasavvufning Sharqda keng tarqalishi buyuk bir she‟riyatning

paydo bo‟lishiga sabab bo‟ldi. Robiya Adviya, Mansur Halloj kabi ulug„ so„fiylar

ijodi bilan boshlangan so„fiyona ash‟or X-XIIasrlarga kelib ulkan bir adabiyotga

aylandi, o„ziga xos obrazlar, alohida turli-tuman ramzlar shakllandi. Tasavvuf

g‟oyalari keng tarqalganda n keyin u shoirlarning e‟tiborini qozondi. Tasavvufning

ilohiy ishq, go‟zal axloq va komil inson umidi haqidagi g‟oyalari she‟riyat

g‟oyalariga aylandi. Tasavvufning yor, oshiq, pir, Hizr, faqr, so„fiy, darvesh, rind,

abror, g„arib, miskin, orif kabi aloh ida o„ziga xos qahramonlari yuzaga keldi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

293

Jumladan, bu holni XVII asr sharq ma’rifiy she’riyatining buyuk vakillaridan biri

Boborahim Mashrab ijodida ko‘rish mumkin. Daho shoir ijodi axloqiy-ma’naviy, ilohiy-

irfoniy ruh bilan yo‘g‘irilgan. Uning merosida tariqat g‘oya va timsollarining badiiy

ifodasi muhim o‘rin egallaydi: Mansuri Xallojdek ichib sharobi antahur,Charx urub

yig‟lab turarman ushbu dam dor oldida.Tasavvuf she‟riyatining markaziy

qahramonlaridan biri bo‟lmish Mansuri Xalloj e‟tiqodiga Mashrab iymon keltiradi.

Shoir she‟rlarida juda ko‟p martalab Mansuri Xalloj nomi ixlos bilan tilga olinadi.

Sharob – ilohiy ishq, yani oshiqlikning boshlanishi. Bizga ma‟lumki, Mansuri Xalloj

“Anal-haq” g‟oyasi uchun dorga osilgan. Ta‟kidlash joizki, Mashrab taqdiri

Mansuri Xalloj taqdiriga o‟xshash. Chunki Mashrab ham Balx hokimi Mahmud

Qatag‟on tomonidan 1711 - yilda dorga osiladi. Bu haqda shoir yozadi:Vahdat mayini

piri mug‟on ilkidan ichdim,Mansur kabi boshimni dorga tuta qoldim.Ushbu

misralardan ma‟lumki, Mashrab ham o‟z taqdiri Mansuri Xallojdek ekanligini

bilgan va uning tasavvufdagi yo‟lini maqbul ko‟rgan.Insonga mehr, dili g‘amgin

xaloyiq haylini sevish Mashrabga xos tuyg‘u.“Azaldan men dili g‘amginXaloyiq haylini

sevdim”Nima uchun shoir dili g‘amgin xaloyiqni sevadi? Chunki g‘amginlik ham ijobiy

insoniy fazilatlardandir.Ibrohim Haqqulning e’tiroficha, darveshlik Mashrab uchun ilohi

ylikdan baland martaba. U “jon to‘tisini ishq ila shahboz etay” deb jandani kiyib

o‘zini darbadarlikka yo‘llagan edi. Mashrab chin ma’nodagi so‘fiy shoirdir, uning

she’riyati asosida tasavvufiy g‘oyalar talqini turadi.Mashrab ham piri komil duosi

birla vaslga et- ibodatlari behuda bo‟lganidek, pirini sevmagan muridning ham

suluk yo‟lidagi sayyu-harakatlari hech bir nafsizdir. Chunki, payg‟ambarimiz

aytganlaridek, haqiqiy murshid payg‟ambarning vorisidur.

Foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati:

Metodologik adabiyotlar

1. Mirziyoev Sh.M. Ilm-fan yutuqlari – taraqqiyotning muhim omili//Xalq

so„zi.-2017.-6yanv. –B.1


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

294

2. Karimov I.A. Adabiyotga e‟tibor – ma‟naviyatga, kelajakka e‟tibor. –T.

O„zbekicton,

2009.

Asosiy adabiyotlar:

3. O„zbek mumtoz adabiyoti namunalari / Majmua. (1–jild) Tuzuvchi, izoh

va sharhlar

muallifi: N.Rahmonov. – T.: Fan, 2005.

4. O„zbek mumtoz adabiyoti namunalari / Majmua (2–jild). Tuzuvchi, izoh

va sharhlar

muallifi: N. Rahmonov. – T.: Fan, 2007.

5. O„zbek mumtoz adabiyoti tarixi . O„quv qo„llanma. – T.: Akademnashr, 2013.

Qo„shimcha adabiyotlar:

6. Orzibekov R. O„zbek adabiyoti tarixi. O„quv qo„llanma. - Samarqand: 2005.

7. Vohidov R., Eshonqulov H. O„zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O‟quv

qo‟llanma. – T.:

Adabiyot jamg„armasi nashriyoti, 2006.

8. Adizova I. O„zbek mumtoz adabiyoti tarixi. O„quv qo„llanma. - T.: 2006.

9. Boltaboev H. Mumtoz so„z qadri. - T.: Adolat, 2004.

Internet saytlari

10. www.ziyo-net.uz

11. www.literature.uz

12. www.kutubxona.uz

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)