Авторы

  • Djalolova Umeda Narzulloyevna

Биография автора

  • Djalolova Umeda Narzulloyevna

    Buxoro viloyati Vobkent tumani 1-son poletexnikumi biznes asoslari fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99498

Ключевые слова:

Kalit so`zlar: davlat iqtisodni boshqarishda davlatning iqtisodiy vositalari asosiy vazifalari qonunchilik asoslarini yaratish davlatning iqtisodiy siyosati boylik aholi daromadlarining turlari jon boshiga to’gri kelayotgan YaMM

Аннотация

Annotatsiya: Iqtisodiyotimiz yaqin yillar ichida yanada barqaror, o‘ziga baquvvat, jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobatdosh bo‘lmogi uchun iqtisodiyotimizni tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha hali ko‘p ish qilish lozimligini ham biz o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz. «O‘z-o‘zidan ravshanki, bularning barchasi iqtisodiyotimizning yuqori suratlar bilan barqaror o‘sib borayotgani va mamlakatimizda ro‘y berayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

147

IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING BOZOR VA DAVLAT

MEXANIZMLARI

Djalolova Umeda Narzulloyevna

Buxoro viloyati Vobkent tumani 1-son poletexnikumi biznes asoslari fani

o‘qituvchisi

Annotatsiya: Iqtisodiyotimiz yaqin yillar ichida yanada barqaror, o‘ziga baquvvat,

jahon va mintaqaviy bozorlarda raqobatdosh bo‘lmogi uchun iqtisodiyotimizni tarkibiy

o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish bo‘yicha hali ko‘p ish qilish lozimligini ham biz

o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz. «O‘z-o‘zidan ravshanki, bularning barchasi

iqtisodiyotimizning yuqori suratlar bilan barqaror o‘sib borayotgani va

mamlakatimizda ro‘y berayotgan ulkan ijobiy o‘zgarishlardan dalolat beradi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlanishi, yangi axborot

kommunikatsiyalarini kirib kelishi, muhandis-pedagoglar oldiga iqtisodiy, pedagogik,

psixologik bilimlarga ega, korxonalarni boshqarish, modellashtirish, avtomatlashtirish,

shuningdek, kam sarf-harajatli arzon, mustahkam uzoqqa chidamli ishlab chiqaruvchi

texnologiyalarni matematika, informatika, matematik dasturlash, statistika, axborot

texnologiyalari, iqtisodiyot nazariyasi, sotsialogiya, pedagogika va boshqa fanlardan

o‘zlashtirgan bilimlari asosida o‘rgangan yetuk mutaxassis kadrlar bo‘lishlikni taqozo

etmoqda.

Kalit so`zlar: davlat, iqtisodni boshqarishda davlatning iqtisodiy vositalari, asosiy

vazifalari, qonunchilik asoslarini yaratish, davlatning iqtisodiy siyosati, boylik, aholi

daromadlarining turlari,jon boshiga to’gri kelayotgan YaMM

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiv tavsif kasb etadi.

Ko’plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligini

faqat bozorning kamchiliklari, uning ko’plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik

holati bilan izohlaydilar.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

148

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv asosi bo’lib ham

milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining

rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi.

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning jamiyat a’zolari

ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan iqtisodiy resurslaridan

yanada samarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga

yo’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha faoliyati

tushuniladi

Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy va

ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro

maydonda mustahkamlash va uni o’zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.

Bu sohadagi davlatning iqtisodiy vazifalaridan quyidagi ikki turini ajratib

ko’rsatish mumkin

1.Bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug’diruvchi huquqiy asos va

ijtimoiy muhitni ta’minlash

2. Raqobatni himoya qilish

Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni tartibga solishning umumiy

tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu yerda davlatning uchta vazifasi alohida

ahamiyatga ega:

1) daromad va boylikni qayta taqsimlash;

2) resurslarni qayta taqsimlash;

3) iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya’ni iqtisodiy tebranishlar vujudga keltiradigan

inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy o’sishni

rag’batlantirish.

Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda

nazorat o’rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar raqobatli


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

149

bozor mavjud bo’lish imkoniyatini yo’qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalar deb

nomladigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko’rsatiladigan

xizmatlarga standartlarni o’rnatadi. Transport, aloqa, elektr energiyasi ishlab

chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma’lum darajada shunday

tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko’pchilik

bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta’minlanishi sababli davlat

raqobatini kuchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi

qonunlar qabul qiladi.

Respublikamizda ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar bozorida

raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar va tadbirkorlar manfaatini himoya qilishga

qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan.

Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda

mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta’minlaydi. Shu

bilan birga jamiyatning moddiy vositalarga ega bo’lmagan, bilim va malaka

darajasi past, layoqati ham yuqori bo’lmagan a’zolari, qariyalar, nogironlar,

ishsizlar yolg’iz va qaramog’ida bolalari bo’lgan ayollar juda kam daromad oladi

yoki bozor tizimi doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo’lmaydi.

Qisqasi, bozor tizimi pul daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a’zolari

o’rtasida taqsimlashda birmuncha tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli

davlat o’z zimmasiga daromadlar tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu

vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o’z ifodasini topadi.

Iqtisodiyotda sotuvchilar o’rtasidagi raqobat o’rnini monopoliyalar

egallaganda, ularning bozorga ta’sir ko’rsatish yoki undagi narxlarni o’z

manfaatlarini ko’zlab o’zgartirish imkoniyati paydo bo’ladi. Monopoliyalar

o’zlarining takliflari umumiy hajmini tartibga solish layoqatidan foydalanib,

mahsulot hajmini sun’iy cheklash orqali ularga ancha yuqori narx belgilash va shu


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

150

orqali ancha barqaror foyda olishi mumkin.

Bozor munosabatlari rivojlangan sharoitda monopoliyalar ustidan ikki usulda

nazorat o’rnatiladi. Birinchi usulda, texnologiya va iqtisodiy sharoitlar raqobatli

bozor mavjud bo’lish imkoniyatini yo’qqa chiqaradigan tabiiy monopoliyalar deb

nomladigan tarmoqlarda davlat narxlarini tartibga soladi va ko’rsatiladigan

xizmatlarga standartlarni o’rnatadi. Transport, aloqa, elektr energiyasi ishlab

chiqarish va boshqa ijtimoiy foydalanishdagi korxonalar ma’lum darajada shunday

tartibga solinadi. Ikkinchi usulda, samarali ishlab chiqarish juda ko’pchilik

bozorlarda raqobat rivojining juda yuqori darajasida ta’minlanishi sababli davlat

raqobatini kuchaytirish va himoya qilish maqsadida monopoliyalarga qarshi

qonunlar qabul qiladi.

Respublikamizda ham monopol faoliyatni cheklash, tovarlar bozorida

raqobatni rivojlantirish, iste’molchilar va tadbirkorlar manfaatini himoya qilishga

qaratilgan qator qonunlar qabul qilingan.

Bozor tizimi kishilarning tabiiy qobiliyati, orttirgan bilimi va malakasi hamda

mulkka egaligini hisobga olib, ularning yuqori daromad olishini ta’minlaydi. Shu bilan

birga jamiyatning moddiy vositalarga ega bo’lmagan, bilim va malaka darajasi past,

layoqati ham yuqori bo’lmagan a’zolari, qariyalar, nogironlar, ishsizlar yolg’iz va

qaramog’ida bolalari bo’lgan ayollar juda kam daromad oladi yoki bozor tizimi

doirasida ishsizlar kabi umuman daromadga ega bo’lmaydi. Qisqasi, bozor tizimi pul

daromadlarini va milliy mahsulotni jamiyat a’zolari o’rtasida taqsimlashda birmuncha

tengsizliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli davlat o’z zimmasiga daromadlar

tengsizligini kamaytirish vazifasini oladi. Bu vazifa bir qator tadbir va dasturlarda o’z

ifodasini topadi.