Авторы

  • Djalolova Umeda Narzulloyevna

Биография автора

  • Djalolova Umeda Narzulloyevna

    Buxoro viloyati Vobkent tumani 1-son poletexnikumi biznes asoslari fani oqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.99499

Ключевые слова:

Ключевые слова: малый бизнес развитие конкуренции и наполнение потребительского рынка финансовые ресурсы использование возможностей инновации стимулы хозяйствующие субъекты. Kalit so‘zlar: Kichik biznes raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to’ldirish moliyaviy resurslar imkoniyatlardan foydalanish innovatsiya rag'batlar tadbirkorlik sub'ektlari.

Аннотация

Аннотация: В данной статье представлены предложения и решения по совершенствованию социально-экономических факторов развития малого бизнеса и предпринимательства.

Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik biznes (oilaviy tadbirkorlik) va tadbirkorlikni rivojlantirishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarni takomillashtirish borasida takliflar va yechimlar o‘z aksini topadi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

140

KICHIK BIZNES (OILAVIY TADBIRKORLIK) VA TADBIRKORLIKNI

RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLARNI

TAKOMILLASHTIRISH

Djalolova Umeda Narzulloyevna

Buxoro viloyati Vobkent tumani 1-son poletexnikumi biznes asoslari fani

o‘qituvchisi

Аннотация: В данной статье представлены предложения и решения по

совершенствованию социально-экономических факторов развития малого

бизнеса и предпринимательства.

Ключевые слова: малый бизнес, развитие конкуренции и наполнение

потребительского рынка, финансовые ресурсы, использование возможностей,

инновации, стимулы, хозяйствующие субъекты.

Annotatsiya: Ushbu maqolada kichik biznes (oilaviy tadbirkorlik) va

tadbirkorlikni rivojlantirishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarni takomillashtirish borasida

takliflar va yechimlar o‘z aksini topadi.

Kalit so‘zlar: Kichik biznes, raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to’ldirish,

moliyaviy resurslar, imkoniyatlardan foydalanish, innovatsiya, rag'batlar, tadbirkorlik

sub'ektlari.

O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama

rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatiga o’tishni tezlashtiruvchi

eng asosiy yo’llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish

hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan

qo’llab- quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko’rsatish, uni


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

141

rag’batlantirishga bag’ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi.

Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini

tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor

munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida,

ma’naviy va hayotiy ko’nikmalarida namoyon bo’lmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni

muttasil rivojlanishi, xo’jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste’mol

bozorini to’ldirish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta’minlamoqda.

Mamlakatimizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni yanada barqaror qilish

maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va

mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini

qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish

bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining

moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini

kengaytirish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoni va O‘zbekiston

Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil

etish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarorlari qabul qilingan.

Mamlakatimizni rivojlantirishni 2017-2021 yillarga mo'njallangan harakatlar

strategiyasida kichik biznes oldiga juda keng ko'lamli vazifalar qo'ydi. Ushbu vazifalarni

samarali tarzda yechish uchun kichik biznes sub'ektlarini boshqarishda innovatsion

faoliyatga katta ahamiyat qaratilgan. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish uchun ham

innovatsion tadbirkorlik bo'lishi kerak. Innovasion faoliyat tadbirkorlik faoliyatining

mohiyatini tashkil qilishi kerak. Sharafli nomga ega bo'lish uchun har qanday shaxs o'z

ustida ishlashi, yangiliklarni qidirish, yaratishi, izlanishi lozim. Bozor iqtisodiyotidagi

keskin raqobat kurashida engib chiqib, yashab qolaman degan tadbirkor innovatsion faol

bo'lishi, innovatsion boshqaruvni amalga oshirishi kerak. Bu hayotiy zaruriyat


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

142

hisoblanadi. Innovatsiya –bu raqobat qonunidir, bozor iqtisodiyotining o'ziga hos

hususiyati bo'lib, u-siz bozor tizimi hech qachon rivojlanmaydi.

Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat

mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xo’jaligi mahsulotining 98 foizini,

investitsiyalarning yarmini taʼminlamoqda. Ko’pgina viloyatlarda eksportning 70-90

foizi aynan kichik biznesga to’g’ri keladi.

O’zbekiston iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi ochiq tashqi siyosatli, barqaror

ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlatni va

fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Respublikada bozor qayta o’zgartirishlari qat’iy

va izchil amalga oshirilmoqda. Shu sababli ham, Respublikmizda kichik biznes va

xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi sharoitlar yaratilgan:

1.Kichik biznes subyektlarining ro’yxatdan o’tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi.

Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs

sifatida kichik korxonani ro’yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi.

2.Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun

qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to’lovi

stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil etadi. Shu

bilan bir qatorda kichik biznes subyektlari uchun yagona ijtimoiy to’lovning amaldagi

stavkasi 15% ni tashkil etadi.

3.Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish

korxonalarga besh yil davomida ular ro’yxatdan o’tgan kunidagi soliq va majburiy

to’lovlar stavkasini qo’llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan ko’proq

yer maydoniga ega bo’lgan kichik korxonalar yagona yer solig’i to’lashi belgilab

qo’yildi.

4.Kichik biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlash quyidagi yo’llar orqali amalga

oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo’yicha kreditlar berish;


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

143

tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasining tadbirkorlik faoliyatiga

berilgan kredit mablag’larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat banklari kreditlari

bo’yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash.

5.Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya

qilishga ma’sul institut tomonilan biznes manfaatlari himoyalangan. O’zbekistonda

kichik biznes subyektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi,

shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo’jalik huquqbuzarlik uchun

tadbirkorlik subyektlari ma’muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan.

6.Respublikaning

barcha

hududlarida

tadbirkorlik

subyektlariga

davlat

xizmatlarini ko’rsatuvchi “yagona darcha” tamoyili ostida faoliyat ko’rsatadigan

markazlarda

tadbirkorlikni

qo’llab-quvvatlovchi

markazlar

tashkil

qilingan.

Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlovchi subyektlar uchun o’zlarining biznes rejalarini

tuzish, huquqiy va amaliy ko’mak berish, shuningdek faoliyatlari uchun zarur

ma’lumotlarni olishlari uchun “biznes-inkubatorlar” tashkil etilgan.

7.Respublika bo’yicha tadbirkorlarga biznes yuritish bo’yicha o’quv kurslari,

xususiylashtirilgan obyektlar bazasida loyihalar amalga oshirish, 5 yil muddatga nol

stavkada ijara asosida yer maydonlari ajratish orqali yosh tadbirkorlar uchun klasterlar

tashkil etildi.

OILAVIY TADBIRKORLIK VA UNING RIVOJLANTIRISHNING MUHIM

JIHATLARI

Oilaviy tadbirkorlik- bir oila yoki oilaviy aloqalar bilan bo’g’langan kishilar guruhi

tomonidan biznesni tashkil etish, uning aksiyalar nazorat paketini ushlab turish,

faoliyatiga raxbarlik qilish

Hozirgi sharoitda oilaviy tadbirkorlikni tashkil etishning asosiy sabablari sifatida

ko’plab jihatlarni ko’rsatish mumkin.Jumladan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

144

oila a’zolarining faoliyat yuritayotgan korxonadagi ish o’rinini yo’qotishi

(masalan, korxonaning bankrot bo’lishi, qayta tashkil etilishi, xodimlarning

rejadagi qisqartirilishi va h.k.). Natijada u o’z oila a’zolari bi;lan birgalikda

tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yishga harakat qiladi.

Oila boshlig’ining o’z ishini ochishi va unga oila a’zolarini ham jalb etishi.

Bu o’rinda oila boshlig’i o’zining biznes-g’oyasi va tashabbusi asosida mustaqil

ravishda oilaviy tadbirkorlik bilan shug’ullanishga o’tadi va oila a’zolarini ishchi

sifatida yollaydi.

Oila a’zolarining o’zaro xamkorligi va sherikligidagi shartnoma asosida

tashkil etilishi. Bu o’rinda ma’lum moliyaviy va boshqa resurslarga ega bo’lgan

oila a’zolari o’zaro kelishuv asosida hamkorlikdagi biznesga asos soladilar.

Ularning mazkur biznesdagi ulushlari, huquq va majburiyatlari, vakolatlari

shartnoma shartlari orqali belgilab beriladi. Albatta, yuqorida ko’rib chiqilgan

kabi sabablar juda ko’p va turlicha bio’lishi mumkin. Ularning barchasi oilaviy

tadbirkorlikning tashkil etish holati va darajasiga turlicha tasir ko`rsatadi.

Biznesni tashkil etish va yuritishning o`ziga hos shakli sifatida oilaviy

tadbirkorlikning tarkib topishi va amal qilishi jarayoni ham bir qator muhim tamoillarga

asoslanadi. Kuyda oilaviy tadbirkorlikning tarkib topish tamoyillarining maz,uniga

to`xtalib o`tamiz.

-Tadbirkorlik faoliyatining maskur shaklida biznesning oila azolari yoki yaqin

qarindoshlar tomonidan tashkil etilishi.

-oilaviy tadbirkorlikning tavakkalchilikka asoslanishi.

-oilaviy tadbirkorlikning o`z mulkiy javobgarligi ostida amalga oshirilishi.

-oilaviy tadbirkorlikning daromad (foyda) olish maqsadida amalga oshirilishi.

-oilaviy tadbirkorlikning tashabbuskorlikka asoslanishi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

145

-oilaviy tadbirkorlik ishtirokchilarning ixtiyoriyligiga asoslanishi.

-oilaviy tadbirkorlikning yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda

amalga oshirish mumkinligi.

Yuqoridagi fikir-mulohazalardan ko`rinadiki, bugungi kunda mamlakatimizda

oilaviy tadbirkorlik tadbirkorlik faoliyatining muhim va istiqbolli shakillaridan biri

hisoblanib, uni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora tadbirlar,

yaratilayotgan imkoniyatlar pirovardida maskur soxaning iqtisodiyotdagi mavqeining

mustaxkamlanishi haqida iqtisodiyotning barqaror o`sishini taminlashda sezilarli hissa

qo`shishiga zamin yaratadi.

Milliy iqtisodiyotda tadbirkorlik shakllari tarkib topib, muvaffaqqiyatli faoliyat

ko`rsatib borar ekan , ularni maqsadga muvofiq ravishda tartibga solish hamda

rivojlantirish zarurati vujudga keladi. Bunning uchun esa har bir muayyan tadbirkorlik

shaklining tarkib topish taomillarini o`rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb

etadi.

Tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va biznes muhitini yaxshilash bo’yicha amalga

oshirilayotgan tub islohotlar natijasida, Jahon bankining “Biznes yuritish – 2020”

hisobotida Oʻzbekiston 7 pog’onaga ko’tarilib, 69-o’rinni egalladi va dunyoning eng

yaxshi 20 ta islohotchi davlati qatoridan joy oldi. Yangi korxona ochish qulayligi

bo’yicha yurtimiz ilk bor dunyoda sakkizinchi o’ringa ko’tarildi. Bunday imkoniyatlar

natijasida joriy yilning o’tgan 10 oyida 91 mingta yoki 2018-yilgiga nisbatan 2 barobar

ko’p yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Lekin hali soha rivoji yo’lida qilinadigan

ishlar ham ko’pligini ta’kidlash joizdir. Jumladan, “Biznes yuritish – 2020” hisobotida

koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jumladan, yer ajratish, qurilish va mol-mulkni

ro’yxatga olish borasida qulayliklar yaratish kerak. Shu bois ham tadbirkorlarga yerni

onlayn auksion orqali berish, mulkni ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha idoralararo elektron

axborot almashinuvini taʼminlash zarurdir. Xorijiy tajriba asosida, mulkka bo’lgan


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-37_ Том-4_ Январь-2025

146

huquqni davlat ro’yxatidan mustaqil o’tkazishga masʼul alohida tuzilma tashkil etish

ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar

:

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni

rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 2019-yil 13-avgustdagi

PQ-4417-son qarori.

2.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi

“Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasini

tashkil qilish to’g’risida”gi qarori.

3.

O’zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2016-yil

5-oktabrdagi

“Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har

tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga

doir qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi farmoni.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)