Authors

  • X.O‘rmonov
  • S. Sharobiddinov
  • Q.Muxammadjonov

Author Biographies

  • X.O‘rmonov

    Farg‘ona soliq texnikumi yetakchi o‘qituvchisi

  • S. Sharobiddinov

    Farg‘ona soliq texnikumi o‘quvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tbir.100007

Keywords:

Kalit so‘zlar Yashil iqtisodiyot Yashil loyihalar Yashil moliyalashtirish Yashil energetika “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish strategiyasi

Abstract

Annotatsiya; Ushbu maqolada “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, “yashil iqtisodiyot”ga oʼtish zaruriyati, omillari, tamoyillari va indikatorlari tahlil etilgan. “Yashil iqtisodiyot”ga oʼtish jarayonini moliyalashtirish, “yashil energetika”ni barqaror rivojlantirish, ekologik siyosat va uni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi, “yashil iqtisodiyot”ga oʼtishning ustuvor yoʼnalishlari va xorij tajribasi, modellari, Oʼzbekistonda “yashil iqtisodiyot”ga oʼtish strategiyasining maqsadi, vazifalari, rivojlanish bosqichlari va ustuvor yoʼnalishlarining mazmuni bayon etilgan.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

192

YASHIL IQTISODIYOTGA O’TISHNING AHAMIYATI VA

O’ZBEKISTONDA YASHIL IQTISODIYOTGA O’TISH STRATEGIYASI

Farg‘ona soliq texnikumi yetakchi o‘qituvchisi X.O‘rmonov

Farg‘ona soliq texnikumi o‘quvchisi S. Sharobiddinov

Farg‘ona soliq texnikumi o‘quvchisi Q.Muxammadjonov

Annotatsiya; Ushbu maqolada “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasining

shakllanishi, rivojlanish bosqichlari, “yashil iqtisodiyot”ga oʼtish zaruriyati,

omillari, tamoyillari va indikatorlari tahlil etilgan. “Yashil iqtisodiyot”ga oʼtish

jarayonini moliyalashtirish, “yashil energetika”ni barqaror rivojlantirish,

ekologik siyosat va uni amalga oshirishning iqtisodiy mexanizmi, “yashil

iqtisodiyot”ga oʼtishning ustuvor yoʼnalishlari va xorij tajribasi, modellari,

Oʼzbekistonda “yashil iqtisodiyot”ga oʼtish strategiyasining maqsadi, vazifalari,

rivojlanish bosqichlari va ustuvor yoʼnalishlarining mazmuni bayon etilgan.

Kalit so‘zlar; Yashil iqtisodiyot, Yashil loyihalar, Yashil moliyalashtirish,

Yashil energetika, “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish strategiyasi

Kirish

.

Oʼzbekistonning 2030 yilgacha boʼlgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish

strategiyasini taʼminlashda barqaror rivojlanishga erishish vositalari hisoblangan

iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarni oʼzaro muvofiqlashtirish murakkab

vazifa hisoblanadi. Iqtisodiy va ijtimoiy komponentlar jamiyat oldiga bir avlod

mobaynida adolatga erishish va aholining kambagʼal guruhlariga maqsadli yordam

koʼrsatish kabi yangi vazifalarni qoʼymoqda. Iqtisodiy va ekologik

komponentlarning atrof-muhitga tashqi taʼsiri qiymatini baholashning zarurligi

bilan bogʼliq yangi gʼoyalar va yondashuvlarning shakllanishiga olib keladi.

Barqaror iqtisodiy rivojlanishning ijtimoiy va ekologik komponentlari esa avlodlar


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

193

oʼrtasida tenglikni taʼminlash kabi masalalarning dolzarbligini yanada oshirmoqda.

Mamlakatimizda “yashil iqtisodiyot” asosida barqaror rivojlanishni taʼminlashda

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 4 oktyabrda tasdiqlangan

“2019–2030 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini "yashil" iqtisodiyotga oʼtish

strategiyasi” muhim dasturiy amal hisoblanadi. “Yashil iqtisodiyot”ga oʼtishning

muhim vazifalari qatoriga iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va

tabiiy resurslarni oqilona isteʼmol qilish kiradi. Ushbu belgilangan maqsadli

indikatorlarga texnologiyalarni modernizatsiya qilish va moliyaviy mexanizmlarni

rivojlantirish orqali erishiladi. 2030 yilgacha boʼlgan davrda strategiyani amalga

oshirish jarayonida yalpi ichki mahsulot birligiga issiqxona gazlarining solishtirma

chiqindilari 2010-yil darajasidan oʼn foizga kamayadi, aholi va iqtisodiyot

tarmoqlarining yuz foizga qadar zamonaviy, arzon va ishonchli elektr taʼminotidan

foydalanish taʼminlanadi. Ekologik jihatdan yaxshilangan motorli yoqilgʼi va

avtomobil ishlab chiqarish hamda ulardan foydalanish kengaytiriladi, elektr

transporti rivojlanad.

XX asrda dunyoning tashqi qiyofasi sezilarli darajada oʼzgarib ketdi. 1900

yilda dunyo aholisi 1,6 mlrd. kishini tashkil etgan boʼlsa, 2000 yilda ushbu

koʼrsatkich 6 mlrd. kishidan oshdi, 2017 yilga kelib esa yer yuzidagi aholi soni 7,6

mlrd. kishini tashkil etmoqda. Аholining oʼrtacha umr koʼrish davomiyligi jahon

boʼyicha deyarli ikki marta oshib, kambagʼallik darajasi 3 martadan koʼproqqa

kamaydi. Fan-texnika borasida erishilayotgan yutuqlar taʼsirida iqtisodiy

rivojlanish va aholi turmush darajasining keskin oʼsishi dunyo aholisi sonining

jadal surʼatlarda ortishiga sabab boʼldi. Fantexnika yutuqlari dunyo aholisi

sonining oʼsish surʼatlariga nisbatan yuqori iqtisodiy rivojlanish surʼatlarini

taʼminlab berdi. Jumladan, XX asr davomida dunyo aholisi 3,6 martaga oʼsgani

holda, dunyo yalpi ichki mahsuloti miqdori 18 martadan koʼproqqa ortgan.

Tahlillar koʼrsatishicha, dunyo aholisining koʼpayishi va iqtisodiy oʼsishning

muntazam ravishda atrof muhitga boʼlgan yukning oshib borishiga olib keldi.


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

194

Soʼngi yuz yillikdagi aholining soni va iqtisodiy faolligining oshishi hisobiga

dunyo okeanining oksidlanish darajasi deyarli 1,2 martaga (2000 yilda 1900 yilga

nisbatan) oshdi, tropik oʼrmonlarning yoʼqotilish darajasi 6 marta oshdi, uglerod

oksidi chiqarilishi 1,5 martaga koʼpaydi 2 . Dunyo aholisi iqtisodiy faolligining

oshishi natijasida yuz berayotgan bunday iqlim oʼzgarishlari oʼrta muddatli

istiqbolda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. “Yashil iqtisodiyot”ga oʼtish

jarayoni har bir mamlakat uchun alohida ahamiyat kasb etib, tabiiy kapital, inson

kapitali va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasiga kabi xususiyatlarga

bevosita bogʼliq holda roʼy beradi. Shu sababli, oʼtish jarayoni uchun qulay

(huquqiy infratuzilma, ragʼbatlantiruvchi omillar va h.k.) muhit yaratish zarur.

Аgar milliy darajada qoʼllanilayotgan ragʼbatlantirishuvchi omillar, jumladan,

investitsiyalar va davlat xaridlari “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishga

yoʼnaltirilsa, iqtisodiy tizimni “yashillashtirish” jarayoni yanada faollashadi.

“Yashil iqtisodiyot”ga oʼtish maqsadi va strategik vazifalari muayyan tamoyillarga

asoslanishni taqozo etadi. “Yashil iqtisodiyot”ga oʼtish tamoyillari mazkur

iqtisodiyot qanday boʼlishi zarurligini belgilab beradi. “Yashil iqtisodiyot”

tamoyillari “jigarrang iqtisodiyot” tamoyillariga nisbatan keng qamrovli boʼlib,

1972 yilda Stokgolmda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va ekologiya muammolariga

bagʼishlangan xalqaro konferensiyada atrof-muhitni saqlab qolish va

rivojlantirishga qaratilgan 26 ta tamoyil ishlab chiqildi. Iqtisodiy adabiyotda

xalqaro va milliy amaliyotda 2012 yilda UNEP boshqaruv kengashi “Yashil

iqtisodiyot” kaolitsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan “yashil iqtisodiyot”ga

oʼtishning quyidagi tamoyillari keng tarqalgan: “Yashil iqtisodiyot”ga oʼtish

mamlakatlardan yuqorida qayd etilganidek muayyan tamoyillarga asoslanishi,

strategiya yoki dasturlar doirasida maqsadli siyosat yuritishni taqozo etadi. “Yashil

iqtisodiyot” doirasida amalga oshirilayotgan siyosat oʼz taʼsir dastaklariga ega

boʼlishi zarur. Jahon amaliyotida yashil iqtisodiy siyosat doirasida qoʼllanilayotgan

dastaklarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: maʼmuriy; iqtisodiy; axborot


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

195

diga qoʼyilgan maqsadga erishish, ushbu maqsadga erishish yoʼlida amalga

oshirilgan umumiy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi. Bu holat

iqtisodiy dastaklar qatnashchilar uchun qarorlar qabul qilishda meʼyoriy

dastaklarga nisbatan koʼproq imkoniyatlar yaratib berishini anglatadi. Jumladan,

texnologik andozalar (standartlar) qoʼllanilganda tartibga solishdagi ustunlik faqat

tartibga soluvchi muassasa tomonida boʼladi. Bunda tartibga soluvchi

kompaniyalarga atrof-muhitga zarar keltiruvchi chiqindilarni qancha chiqarish

mumkinligi va ushbu koʼrsatkichga erishishda qanday texnologiyalardan

foydalanish zarurligi toʼgʼrisida xabar beradi. Natijada kompaniyalarning ushbu

masala boʼyicha qarorlar qabul qilishdagi faoliyati cheklab qoʼyiladi. Аmalda

tartibga soluvchi muassasa kompaniyalarning atrof-muhit muhofazasi uchun

masʼuliyati darajasini ushbu tadbirlar qiymatidan qatʼiy nazar birxillashtirib

qoʼyadi.

Аxborot-kommunikatsiya

texnologiyalari

(АKT)

tarmogʼini

yashillashtirish “yashil iqtisodiyot” ning axborot resurslaridan biri hisoblanadi.

“Yashil АKT” deyilganda kompyuter texnologiyalari va aloqa vositalaridan

foydalanishda ekologiyaga minimal taʼsir etish va atrof-muhitni muhofaza qilish

borasida maksimal darajada ijobiy samaraga erishish uchun texnologik qarorlar

qabul qilish tushuniladi. Ushbu texnologik qarorlarga energiya isteʼmolini

qisqartirish, АKTning xizmat muddatini uzaytirish, kompyuter texnologiyalari va

aloqa vositalarini xavfsiz utillashtirish, ulardan ikkilamchi foydalanish, omborlar

va maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari faoliyatini taʼminlash uchun qayta

tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va boshqalarni kiritish mumkin.

Mamlakatimizda “yashil iqtisodiyot”ga oʼtish konseptsiyasi doirasida Oʼzbekiston

Respublikasi

Prezidentining

“2019-2030

yillar

davrida

Oʼzbekiston

Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʼtish strategiyasini tasdiqlash

toʼgʼrisida”gi Qarori qabul qilindi. Qarorda belgilangan ustuvor yoʼnalishlardan

biri “Yashil iqtisodiyot”ni qoʼllabquvvatlashning moliyaviy va nomoliyaviy

mexanizmlarini ishlab chiqish hisoblanadi. Ushbu yoʼnalishning ustuvor


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

196

sohalaridan biri “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini taʼlim va fanga integratsiya

qilishga bagʼishlangan:

- “yashil” iqtisodiyot asoslari, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy

etish, “sof” transportni rivojlantirish, energiya tejash va boshqa masalalarni

eʼtiborga olgan holda oliy va oʼrta maxsus taʼlimning tegishli yoʼnalishlari oʼquv

dasturlarini takomillashtirish, shuningdek, umumiy oʼrta taʼlimning tegishli

dasturlariga “yashil” iqtisodiyot asoslari boʼyicha mavzular kiritish;

- oliy, oʼrta maxsus, kasb-hunar, umumiy oʼrta taʼlim uchun tegishli oʼquv

adabiyotlarini (yoʼnalishlar boʼyicha) tayyorlash yoki qayta nashr etish jarayonida

ularga “yashil” iqtisodiyot asoslari boʼyicha mavzular kiritish;

- pedagog va ilmiy xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish

dasturlariga “yashil” iqtisodiyot asoslari, jumladan, “Yashil texnologiyalar”,

“Yashil mezonlarni hisobga olgan holda ekologik meʼyorlashtirish asoslari”,

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari texnologiyalari”, “Energiya tejamkorligi va

energiya samaradorligi muammolari” mavzularini joriy etish;

- “yashil” texnologiyalar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsion

ishlanmalarni qoʼllab-quvvatlash. “Yashil iqtisodiyot” sohasida turli tadqiqotlar

olib borish bilan shugʼullanuvchi xususiy kompaniyalar “yashil moliyalashtirish”

tushunchasining mohiyatini ochib berishga harakat qilishgan. Jumladan,

Bloomberg New Energy Finance kompaniyasi mutaxasislari “yashil moliya” lar

“yashil investitsiyalar” bilan bir qatorda qoʼllaniladi, ammo amaliyotda “yashil

moliyalashtirish” investitsiyalarga nisbatan kengroq tushuncha sifatida ishlatiladi,

deb hisoblashadi.

Pricewaterhouse Coopers Consultants konsalting kompaniyasi mutaxassislari

tomonidan berilgan taʼrif esa “yashil moliyalashtirish”ni bank sektori nuqtai

nazaridan tavsiflashga asoslanadi. Ularning fikricha, bank sohasi uchun “yashil

moliyalashtirish” ekologik omillarni hisobga oluvchi moliyaviy mahsulot

hisoblanadi va ushbu tamoyilga kredit berish jarayonidan boshlab to kredit yopilish


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

197

oraligʼidagi barcha jarayonlarda amal qilinadi. Xalqaro moliya korporatsiyasi

mutaxassislari esa “yashil moliyalashtirish – barqaror iqtisodiy oʼsishni

taʼminlashga yoʼnaltirilgan moliyaviy qoʼyilmalar, loyihalar va investitsiyalarni

ifodalovchi keng tushuncha boʼlib, ekologik mahsulotlar ishlab chiqarish orqali

barqaror iqtisodiy rivojlanish darajasini yanada oshirishni nazarda tutadi”, deb

hisoblashadi.

Ularning

fikricha “yashil moliyalashtirish” atrof-muhitga sanoat

chiqindilarini chiqarish hajmini qisqartirish, suv resurslari ifloslanishining oldini

olish va bioxilmaxillikni saqlab qolishga qaratilgan loyhalarni moliyalashtirish

bilan birgalikda iqlim oʼzgarishi taʼsirini yumshatish va unga moslashish

jarayonlariga sarflanayotgan investitsiyalarni oʼz ichiga oladi. Iqtisodiy

adabiyotdagi taʼriflarni quyidagicha guruhlash mumkin: birinchi guruhga xos

umumiy jihat shundaki, atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bogʼliq texnologik

jarayonlar, loyihalar va dasturlarni moliyalashtirishning keng qamrovli usullari

“yashil” moliya sifatida talqin etiladi, ikkinchi guruh taʼriflarda esa “yashil moliya”

ekologik tarkibiy elementga ega boʼlgan moliyaviy mahsulotlar (dastaklar) va

xizmatlar (kreditlar, obligatsiyalar, aktsiyalar va boshqalar) sifatida tushuntiriladi.

Demak, “yashil moliyalashtirish” atrof-muhitga taʼsir koʼrsatuvchi barcha

omillarni hisobga oluvchi va ekologik barqarorlikni taʼminlashni nazarda tutuvchi

investitsiyalash va kreditlashning barcha shakllarini qamrab oladi

Xulosa.

Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash mumkinki, “yashil” iqtisodiyotning

iqtisodiy mexanizmlari barqaror rivojlanishni ta’minlashda o’z o’rniga ega. Milliy

iqtisodiyotni “yashillashtirish” tabiiy resurslarni chuqur qayta ishlash orqali yuqori

qo’shilgan qiymatga ega mahsulotlar eksporti miqdorini oshirishga, tarkibini

diversifikatsiyalash

va

milliy

kompaniyalarning

tashqi

bozoridagi

raqobotdoshligini oshirishga xizmat qiladi.

O’zbekistonda uzoq muddatli istiqbolli “yashil iqtisodiyot”ga o’tish

strategiyasida ham asosiy to’rtta ustuvor yo’nalishlar belgilangan bo’lib asosiy


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

198

etibor energiya samaradorligini oshirishga, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini

o’zlashtirishga, iqlim o’zgarishlari oqibatiga moslashish va tabiiy resurslardan

oqilona foydalanish, “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishning iqtisodiy

mehanizmlarini ishlab chiqishga qaratilgan. Iqtisodiyotda energiya va resurslar

sarfini kamaytirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqishga joriy

etish, shuningdek tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish “yashil

iqtisodiyot’’ni rivojlantirishning asosiy ustuvor yo’nalishi hisoblanadi. Bu esa o’z

navbatida energiya xavfsizligiga, bo’sh ish o’rinlarini yaratilishiga, aholi turmush

darajasining yaxshilanishiga va mamlakat rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.

Yuqoridagi so’zlarni muxtasar qilgan holda, chuqur qayta o’ylab ishlab chiqilgan

takliflar quyidagilardan iborat:

1) “yashil” energiyadan keng foydalanish bo’yicha hukumat va hududiy

hokimliklar qarorlarini qabul qilish;

2) aholi va davlat energiya iste’molida energiya tejamkor texnologiyalarni

qo’llash bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

3) “yashil” uy va binolarni qurish bo’yicha amaliy taklif va ishlanmalar ishlab

chiqish (samarali energiya va suv bilan ta’minlangan “yashil” binolar, “yashil”

materiallardan qurilish ishlarida foydalanish va shu kabilar);

4) “yashil” texnologiyalarni yaratish va sotish bozorini rivojlantirish lozim;

5) transportini rejalashtirish va kengaytirish, muqobil yoqilg’idan

foydalanish, elektr transport vositalari va boshqa ‘’toza’’ transport vositalaridan

keng foydalanish, avtomobillarni muqobil ishlatish uchun zarur bo’ladigan maxsus

dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

6) chiqindilarni qayta ishlashni takomillashtirish (qayta ishlash, to’xtab

qolgan sanoat binolarini tiklash, “toza” o’rash materiallaridan foydalanish va shu

kabilar). Xulosa qilib aytganda, kelajakda iqtisodiyot taraqqiyotini innovatsion

texnologiyalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bu yo’nalishda esa muqobil energiya

manbalaridan foydalanish alohida ahamiyatga ega. Demak, davlatimiz rahbarining


background image

https://scientific-jl.com/luch/

Часть-41_ Том-2_ Март-2025

199

yangi qarori asosida bu borada boshlangan ishlar miqyoslari yanada kengayadi,

samaradorligi esa ortaveradi.

Adabiyotlar ro’yhati

:

1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 oktabrda “2019-2030

yillar davrida O’zbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga o’tish

strategiyasi” to’g’risidagi PQ-4477-son Qarori. https://www.lex.uz O’zbekiston

Respublikasi Qonun xujjatlari ma’lumotlar milliy bazasi.

2. Нaвстречу “зеленой” экономике: пути к устойчивому рaзвитию и

искоренению бедности / Штaйнер A., Aйрис Р., Бэссa С. И др: ЮНЕП/Грид

Aрендaль, 2011. C. 17.

3. Greening the Global Economy. Hardcover- November 13, 2015. – 176 p.

4. Barqaror taraqqiyot va tabiatshunoslik asoslari. Darslik. A.E. Ergashev va

b. – T.: Baktria press, 2016.-296 b.

5. Vaxabov A.V., Xajibakiev SH.X, “Yashil” iqtisodiyot asosida barqaror

iqtisodiy o’sishni ta’minlashning nazariy va amaliy