Chet tillarini o‘qitishda onlayn ta’limning yutuq va muammolari

CC BY f
6-8
2
1
Поделиться
Ергашев, А., & Ходжиева, . Р. . (2022). Chet tillarini o‘qitishda onlayn ta’limning yutuq va muammolari. Перспективы внедрения зарубежных инновационных идей и технологий в преподавании иностранных языков в новом Узбекистане, 1(1), 6–8. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/technologies-language-teaching/article/view/30454
Алишер Ергашев, Узбекский государственный университет мировых языков
Факультет английского языка №3, 1-й курс, студент группы 2104.
Раъно Ходжиева, Узбекский государственный университет мировых языков
Научный руководитель
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Quyidagi maqolada chet tillami o’qitishda onlayn ta’limning yutuq va kamchiliklari hamda yaqin vaqt davomida mamlakatimiz ta'lim tizimida yaqqol darajada ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bcrayotganligi aks etgan. Ta'lim tizimimizning turli shakllari qatori hozirgi globallashuv davrida masofadan o’qitish kcng foydalanish ta’limga qaratilgan eng samarali islohotlardan biri dcsak mubolag‘a bo’lmaydi. Maqolamiz orqali onlayn ta’limning yutuq va muammolari haqida so‘z yuritamiz.

Похожие статьи


background image

6

CHET TILLARINI O‘QITISHDA ONLAYN TA’LIMNING YUTUQ VA

MUAMMOLARI .

Muallif: Ergashev Alisher Farxod o'g'li

Ilmiy rahbar:Xodjiyeva Ra’no Akmalovna

O’zDJTU Ingliz tili №3 fakulteti,1 -bosqich, 2104-guruh talabasi

Annotatsiya.

Quyidagi maqolada chet tillarni o’qitishda onlayn ta’limning yutuq va

kamchiliklari hamda yaqin vaqt davomida mamlakatimiz ta'lim tizimida yaqqol
darajada ijobiy o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi aks etgan. Ta'lim tizimimizning turli
shakllari qatori hozirgi globallashuv davrida masofadan o‘qitish keng foydalanish
ta’limga qaratilgan eng samarali islohotlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Maqolamiz orqali onlayn ta’limning yutuq va muammolari haqida so‘z yuritamiz.

Jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichida zamonaviy o‘qitish tizimini

modernizatsiya qilish hamda chet tilini o‘rgatish va o‘rganish asosiy masala sifatida
qo‘yilishi bejiz emas. Vaholanki masofadan o‘qitish-bu ta’lim jarayonidagi bosh
islohot hisoblanadi.Masofadan o'qitish uslubi bu sirtqi o'qishning yangi shaklidir.
Masofadan o'qitish bu mustaqil o'qishdir. Mustaqil o'qish insonning mustaqil
fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini
rivojlantiradi.Masofadan o'qitish davomida o'quvchi o'ziga qulay vaqtda va hattoki
ishdan ajralmagan holda o'qishi mumkin. Aynan shu jihatdan tufayli bu uslub
dunyoda hozirgi kunda keng tarqalgan. Juda ko‘p yirik korxona mutaxassislari o‘z
malakasini rivojlantirish yoki o'zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga
millionlab dollarlar mablag‘laribi tejamoqdalar. Masofaviy ta'lim (MT) - bu ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchilarning bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilganligi
sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan ta'lim turidir.

Zamonaviy texnologiyalardan to‘g‘ri foydalanish hamda xorijiy tillarni mukammal
o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni
ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga muvofiq,
shuningdek, xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-
tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorlari
tayanch vazifasini o‘tamoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Masofaviy ta'limning yutuqlari va kamchiliklari.

Masofaviy ta'limning metodik,

iqtisodiy, sotsial yutuqlar va afzalliklari, hamda kamchilik va salbiy tomonlari
mavjud.

Umumiy olganda yutuq va afzal tomonlariga quyidagilarni kiritish mumkin

:

•Dars jadvalni qulayligi. O'quvchi o'ziga ma'qul bo'lgan vaqtda o'quv jarayoniga
qatnashishi mumkin.


background image

7

•Qulay foydalanish manzillari. O'quvchi internet kafe, uy, mehmonxona, ish joyida
va boshqa joylardan o'quv jarayoniga qatnashishi mumkin.

•Qulay o'qish tempi. Ta'lim, o'quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida
o'tkaziladi.

•Ma'lumotlar bazasini to'planishi. Oldingi o'qigan talabalar bilimlarini to'plash va
undan foydalanish imkoniyati(elektron kutubxonalardan foydalanish)

•Ko‘rgazmali qulayliklari. Multimediya vositalaridan mukammal foydalanish
imkoniyati.

•Malakali(zamonaviy ta’limga ega) o'qituvchilarni tanlab, ta'lim jarayoniga jalb
qilish.

•Ijtimoiy guruhlarga ajratish yo'qligi. Masofa viy ta'lim kursida ikkinchi oliy yoki
qo'shimcha ma'lumot oluvchilar, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o'tash istagida
bo' lganlar; ikkinchi paralel ma'lumot olishni xohlagan talabalar; markazdan uzoqda,
kam o'zlashtirilgan mintaqalar aholisi; jismoniy nuqsonlari bo'lgan shaxslar; armiya
xizmatida bo' lgan shaxslar; erkin ko' chib yurishi

cheklangan shaxslar; va boshqalar qatnashishi mumkin.Yosh cheklanishlari yo'qligi.
O'qishga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilinadi.

Ammo masofaviy ta'limda salbiy hamda noafzallik tomonlari ham mavjudligi haqida
to‘xtalib o‘tish lozim. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

•Elektron holatdagi ta'lim va muloqot jarayonlarga ishonchsizlik. Ushbu sababdan
talabalar asosan virtual holatdagi ta'lim turida emas, balki oddiy (kunduzgi va sirtqi)
ta'lim turlarida o'qish istagida bo'lishadi.

•Davlat masofaviy ta'lim standartlari yo'qligi va natijada davlat nusxasidagi diplom
berilmasligi. Shu sababdan ko'pgina masofaviy ta'lim kurslari bitiruvchilariga faqat
ushbu kursni bitirganligi haqida sertifikat yoki guvohnomalar berishadi.

•Virtual muhit va texnika ta'minot bilan bog'liqligi. Masofaviy ta'lim internet borligi,
undan foydalanish narxi, tezligi va servislar mavjudligiga, maxsus kommunikatsion
texnikalar mavjudligi va ular ishlashiga taalluqli.

Masofaviy ta'limning asosiy texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin:

INTERAKTIV texnologiyalar:

Internet masofaviy ta'lim portali.Video va audio

konferentsiyalar.Elektron pochta orqali ta'lim.Internet orqali mustaqil ta'lim
olish.Uzoqdan boshqarishsistemalar.Onlayn simulyator va o'quv dasturlar.Test
topshirish sistemalari.

INTERAKTIV bo'lmagan texnologiyalar:

Video, audio va bosmaga chiqarilgan

materiallar.Televizion va radio ko'rsatuvlar.Disklarda joylashgan dasturlar.


background image

8

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, O’zbekiston boshqa MDH davlatlariga o'xshab
o'zining ta'lim sohasini jahon standarlariga olib kelishda ko'p harakatlar qilmoqda.
Mamlakatimizning maydoni kattaligi va markazdan geografik uzoqlashgan regionlar
mavjudligi elektron ta'limni rivojlanishiga asosiy sabab bo'lib, unga katta ahamiyat
berilishiga olib kelmoqda. Hozirgi moliyaviy tanqislik davrida, ta'limning bu turidan
keng miqyosda foydalanish lozim. Mazkur ta'lim turini rivojlantirish bilan bog'liq
ayrim muammolar sodir bo‘lishi tabiiy holdir. Bular asosan moliyaviy, texnikaviy
ta'minot va shu sohada malakali o‘qituvchilar hamda pedagog kadrlarning
yetishmasligi, ammo biz shu muammolarni imkoniyat darajasida hal qilish bo‘yicha
zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda chunki, O’zbekiston sharoitida masofaviy ta'limni
tashkil qilinish katta samara berishi muqarrardir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati .

1.

https://tami.uz/matnga_qarang.php?id=232. Mengliyev Sh. Masofaviy o’qitish

tizimi.

2.

https://goaravetisyan.ru/uz/ispolzovanie-innovacionnyh-tehnologii-na-urokah-

angliiskogo-yazyka/

3.

https://uza.uz/oz/posts/xorijiy-tillarni-o-qitish-takomillashmoqda-16-05-2017

4.

Paluanova, X. D. Derivation-semantic principles of ecological terms in English,

Uzbek, Russian and Karakalpak languages. DSc. Diss. dissertation. Tashkent, 2016.

Библиографические ссылки

https://tami.uz/rnatnga_qarang.php7icH232. Mengliyev Sh. Masofaviy o’qitish tizimi.

https://goaravetisyan.ru/uz/ispolzovanie-innovacionnyh-tchnologii-na-urokah-angliiskogo-yazyka/

https://uza.uz/oz/posts/xorijiy-tillarni-o-qitish-takomillashmoqda-16-05-2017

Paluanova, X. D. Derivation-semantic principles of ecological terms in English, Uzbek, Russian and Karakalpak languages. DSc. Diss, dissertation. Tashkent, 2016.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов