Chet tillarini o’qitishda onlayn ta’limning xorijdagi yutuq va muammolari

CC BY f
17-19
3
2
Поделиться
Гуломжонова , М. ., & Талибжанова , А. . (2022). Chet tillarini o’qitishda onlayn ta’limning xorijdagi yutuq va muammolari. Перспективы внедрения зарубежных инновационных идей и технологий в преподавании иностранных языков в новом Узбекистане, 1(1), 17–19. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/technologies-language-teaching/article/view/30465
Можизабону Гуломжонова , Узбекский государственный университет мировых языков
Английский язык №3 факультет, 1 - курс, студент группы 2103.
Азиза Талибжанова , Узбекский государственный университет мировых языков
Научный руководитель
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada chet tillarini o’qitish jarayonida masofaviy ta’limning xorij mamlakatlaridagi yutuqlari va yuzaga kelayotgan muammolar haqida fikr yuritamiz. Nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda vujudga kelgan pandemiya sharoitida ta’limning yo’nalishlari masofaviy tizimga yo’naltirildi va bu o’z navbatida bir qancha qulayliklami yuzaga keltirdi. Axborot texnologiyalari soniya sayin rivojlanib, taraqqiy etayotgan davrda yashayotgan ekanmiz, undan faqatgina ko’ngilochar mashg’ulotlar uchun foydalanish jamiyat uchun hech qanday foyda keltirmaydi.


background image

17

CHET TILLARINI O’QITISHDA ONLAYN TA’LIMNING XORIJDAGI

YUTUQ VA MUAMMOLARI.

Muallif: G’ulomjonova Mojizabonu Otabek qizi

Ilmiy rahbar: Talibjanova Aziza Lutfullayevna

O’zDJTUIngliz tili №3 fakulteti,1 -bosqich, 2103-guruh talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada chet tillarini o’qitish jarayonida masofaviy

ta’limning xorij mamlakatlaridagi yutuqlari va yuzaga kelayotgan muammolar
haqida fikr yuritamiz. Nafaqat mamlakatimizda, balki butun dunyoda vujudga kelgan
pandemiya sharoitida ta’limning yo’nalishlari masofaviy tizimga yo’naltirildi va bu
o’z navbatida bir qancha qulayliklarni yuzaga keltirdi. Axborot texnologiyalari
soniya sayin rivojlanib, taraqqiy etayotgan davrda yashayotgan ekanmiz, undan
faqatgina ko’ngilochar mashg’ulotlar uchun foydalanish jamiyat uchun hech qanday
foyda keltirmaydi.

Xalqimizda mavjud “ Til bilmoq- el bilmoq” naqliga amal qilgan holda zamon

talabiga aylanib borayotgan xorijiy tillarni o’rganish bugungi kunda yoshlarning
maqsad va vazifasiga aylanib ulgurgan. Shubhasiz, til insonlarning jamiyatda
muamola va munosabatiga xizmat qilish bilan birga, uni tashqi olam bilan ham
chambarchas bog’laydi. Hayotimizning barcha jabhalarida tilning, ayniqsa xorijiy
tillarning o’rni beqiyos. Bugungi kunda ommalashib, ko’plab so’zlashuvchilarga ega
bo’lib ulgurgan xorijiy tillardan biri bu ingliz tilidir. Nafaqat oliy ta’lim sohasida,
balki maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida bu tilni yoshlarga chuqur va
bosqichma-bosqich o’rgatish yo’lga qo’yilgan. Chet tillarini bilish yoshlarga istiqbol
eshiklarini ochadi va ularni o’tkir salohiyatli, teran fikrlaydigan, olamga o’z
dunyoqarashi bilan boqadigan tom ma’noda yetuk qilib tarbiyalaydi. Chet tillarini
mukammal bilgan inson dunyoning istalgan burchagida kerakli shaxsga aylana olishi
sir emas.

Onlayn ta’limning yutuqlari

: Texnologiya asrida yashayotganimizni inobatga

olgan holda mana shu jarayonni online ta’lim bilan uyg’unlashtirsak, maqsadga
muvofiq bo’ladi. Barchamizga ma’lumki, o’tgan bir necha yillar mobaynida Covid-
19 virusi sababli mamlakatning barcha sohalarida ma’lum uzilishlar, inqirozlar
yuzaga keldi. Shu bilan bir qatorda yer yuzining barcha nuqtalarida ta’lim tizimining
online shaklga o’tishi kuzatildi. Pandemiya sharoiti bo’lishiga qaramasdan talaba va
yoshlarning vaqtlarini mazmunli va unumli o’tishi, ta’lim jarayonlarining sifatli va
uzliksiz davom etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.

Onlayn ta’limning mavjud eng kata qulayliklaridan biri shuki, yoshlar istalgan vaqtda
o’zlariga kerakli bilimlarni bevosita o’zlashtira olishidir. Qolgan bo’sh vaqtlarida esa
talabalar egallagan bilim va ko’nikmalarni amaliyotga tatbiq etishi va samarali ish
bilan band bo’lishlari mumkin. Hozirgi zamonga xos va mos tarzda yoshlar
innovatsion texnologiyalar bilan hamnafas ta’lim olishni afzal ko’rishmoqda.


background image

18

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, pandemiya vaqtida barcha ta’lim shakllari onlayn
tizimga o’tkazildi. Talabalar esa masofaviy ta’limda ham o’z bilim va iqtidorlarini
yetarlicha namoyon eta olishdi. Bu esa o’z navbatida ularga bir vaqtning o’zida
nafaqat o’z sohalarida, balki boshqa sohalarda ham qimmatli bilim va ko’nikmalarni
egallash imkonini yaratdi. Bundan tashqari, axborot texnologiyalari va pedagogik
texnologiyalar bo’yicha boy tajribaga ega bo’lgan mutaxassis va o’qituvchilar
talabalarga metodik yordam ko’rsatishdi. Onlayn darslar an’anaviy tizim kabi guruh
bo’lib o’qitiladi va bu talabalarga o’z fikr va mulohazalarini bo’lishish va boyitishga
ko’maklashadi. Har sohada yangilik yaratishga intiluvchi yoshlar online ta’limda
ham o’zlari uchun kerakli eshiklarni ocha bilishdi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
Onlayn ta’lim faqatgina oliy ta’lim tizimida emas, balki oliy ta’limgacha bo’lgan
bosqichda ham muhim ro’l o’ynaydi. Ya’ni oliy ta’limda o’qish ishtiyoqida bo’lgan
barcha abiturentlarda ham iqtisodiy imkoniyat mavjud emas. Shu sababli onlayn
ta’lim ular uchun bu kabi muammolarni bartaraf etadi va endi ular ham masofadan
turib ta’lim olishlari mumkin bo’ladi. Har qanday holatda ham yoshlarni qo’llab-
quvvatlash, ular uchun qulay imkoniyatlar yaratish bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biri hisoblanadi.

Onlayn ta’limdagi muammolar

: Har bir sohaga ikki taraflama qaraganimizdek,

o’zida juda ko’plab afzalliklarni mujassam etgan masofaviy ta’lim ham ba’zi
kamchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Hammamizga ma’lumki, internet aloqasi
barcha hududlarda ham birdek samarali xizmat ko’rs atmaydi, shunday ekan undan
istalgan paytimizda foydalana olmaymiz. Internet aloqasi yaxshi bo’lsagina biz sifatli
ta’limga ega bo’lishimiz, masofaviy tizimda ham samarali natijalarga erishishimiz
mumkin. Mavjud masalaga boshqa tarafdan yondashadigan bo’ls ak, onlayn ta’ lim
talabalardagi o’zaro yuzma-yuz aloqa qilish imkoniyatlarini cheklaydi. Shubhasiz,
an’anaviy ta’limda o’quvchi-talabalar bir-birlari bilan erkin aloqa qilish, mavzu
yuzasidan o’zaro bahs va munozaralar olib borish va, albatta, fikr-mulohazalarini
bo’lishish va boyitish imkoniyatiga egalar. Onlayn ta’limda esa ular bu kabi
imkoniyatdan foydalana olishmaydi va natijada ular atrofdagilar bilan muomalaga
kirishishda yaxshi natija ko’rsata olishmaydi. Har sohaga qiziquvchan yoshlar
masofaviy tizimda ham zamon talabi darajasida sifatli ta’lim olishlari shubhasiz,
ammo kun davomida faqat ekranga qarab o’tirish ularni har taraflama toliqtirishi va
zeriktirishi turgan gap. Haqiqiy hayot misolida ko’radigan bo’lsak, kun davomida
faqat bir turdagi mashg’ulotlar bilan mashg’ul bo’la olmaysiz, bu sizdagi
yaratuvchanlik va qiziquvchanlik qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday paytda
inson faqat o’z qobig’i doirasida fikrlashga odatlanadi, o’zi uchun noma’lum bo’lgan
narsalarni kashf etishga ishtiyoqi bo’lmaydi va unda ichki qo’rquv vujudga kelishi
mumkin. Jonli insonlar bilan muloqot qilishga, atrof- muhitning bir qismiga
aylanishga hech qanday texnologiya tenglasha olmaydi. Inson tabiati azaldan
yangilikka intiluvchan bo’lgani sababli doimiy bir xillikda bo’lish ular uchun
zerikarli mashg’ulotdek tuyiladi. Shunday sababli an’anaviy ta’lim uzoq muddatda


background image

19

ham birdek samaradorlikka ega bo’lgani uchun masofaviy ta’limga nisbatan qulay va
ta’sirli sanaladi. Lekin yuqorida keltirib o’tgan ma’lumotlarimiz masofaviy
ta’limning afzallik va yutuqlarini rad eta olmaydi. Ta’lim qay shaklda olib
borilmasin, talabalarda eng avvalo layoqat va shijoat bo’lmog’i darkor. Ana
shundagina ular ko’zlagan maqsadiga yetishi va jamiyatga kerakli, fidoyi shaxs
sifatida tanilishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

https://algoritm-centr.ru/uz/historians/sovremennye-metody-

prepodavaniya-inostrannyh-yazykov-sovremennye.html

2.

https://cyberleninka.ru/article/n/xorijiy-tillarni-o-qitishda-onlayn-ta-

limning-yutuq-va-muammolari

3.

https://arxiv.uz/ru/documents/diplom-ishlar/ingliz-tili/chet-tillarini-

masofaviy-o-qitishda-interfaollik-muammosi

4.

Paluanova, X. "Ingliz, o ‘zbekvaq oraqalpoqtillarid aekologikterminlam

ingderivatsion-semantikprinsiplari. Dokt. diss. avtoref." (2016).

5.

Палуанова, Халифа Дарибаевна. "Изучение экологических единиц в

английском языке." (2016): 72-72.

Библиографические ссылки

https://algoritm-centr.ru/uz/historians/sovremennye-metody-prepodavaniva-inostrannyh-vazYkov-sovremennve.html

https://cvberleninka.ru/article/n/xoriiiv-tillami-o-qitishda-onlavn-ta-limning-yutuq-va-muammolari

https://arxiv.uz/ru/documents/diplom-ishlar/ingliz-tili/chet-tillarini-masofaviy-o-qitishda-interfaollik-muammosi

Paluanova, X. "Ingliz, o ‘zbekvaq oraqalpoqtillarid aekologikterminlam ingderivatsion-semantikprinsiplari. Dokt. diss, avtoref." (2016).

Палуанова, Халифа Дарибаевна. "Изучение экологических единиц в английском язьнсе." (2016): 72-72.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов