Zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslikka oid muammolarga zamonaviy yechim

f
31-35
6
Поделиться
Xомиджонова Ф. ., & Раджабова , Д. . (2022). Zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslikka oid muammolarga zamonaviy yechim . Перспективы внедрения зарубежных инновационных идей и технологий в преподавании иностранных языков в новом Узбекистане, 1(1), 31–35. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/technologies-language-teaching/article/view/30473
Фотима Xомиджонова , Узбекский государственный университет мировых языков
Факультет английского языка №3, группа 122.
Дилдора Раджабова , Узбекский государственный университет мировых языков
Научный руководитель
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada yurtimiz rivojlanishida amalga oshirilishi kerak bo'lgan vazifalardan biri chet tillami o'rganishda,tilshunoslik va tarjimashunoslik sohalarida olib borilayotgan va bajarilishi kerak bo'lgan ishlar ko'rsatib o'tilgan.


background image

31

Zamonaviy tilshunoslik va tarjimashunoslikka oid muammolarga zamonaviy

yechim

Muallif: Fotima Homidjonova Bahromjon qizi

Ilmiy rahbar:Radjabova Dildora Karimberdiyevna O’zDJTU ingliz tili №3 fakulteti
122- guruh

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yurtimiz rivojlanishida amalga oshirilishi kerak

bo'lgan vazifalardan biri chet tillarni o'rganishda,tilshunoslik va tarjimashunoslik
sohalarida olib borilayotgan va bajarilishi kerak bo'lgan ishlar ko'rsatib o'tilgan.

Mustaqillik davrida barcha sohalar qatori tilshunoslik va tarjimashunoslik

sohalarida ham o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Milliy taraqqiyot milliy til mavqeyi va
nufuzi yuksalishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Davlatimiz taraqqiyotining bugungi
yangi bosqichida yuksalish davri talablaridan kelib chiqib o‘zbek tilining jamiyatdagi
o‘rni va nufuzini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Mamlakatimizdagi keng ko‘lamli islohotlarning amalga oshirilgani, o‘zbek tilining
davlat tili maqomini mustahkamlash, uning mavqeyini ko‘tarish bo‘yicha qabul
qilingan qonun va qarorlar tilshunoslik sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning yangi
bosqichga ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

“Tilshunoslikning dolzarb muammolari” insonlar jamiyatining ma'lum bir

sabablaridan kelib chiqadigan tilshunoslikning o'ziga xos bir qismidir. Yurtimizning
yuksalib borishida tilshunoslikka oid muammolar yechilishi va bu muammolar
yechilishi uchun barcha kerakli ishlar amalga oshirilishi lozim. Tilshunoslikka oid
muammolarni esa an'anaviy va zamonaviy kabi turlarga ajratish mumkin. An’anaviy
muammolar sirasiga tilshunoslar tomonidan asrlar davomida yechib kelinayotan,
lison hamda nutq hodisalarini tadqiq etish va jamiyat talabiga javob bera oladigan
o'quv ishlarini tashkil etish kiradi. Zamonaviy muammolar sirasiga informatsion tillar
va ularning inson tiliga ta'siri, mashinaviy tarjimaning lingvistik asoslarini yaratish,
lingvistik hujjatlarni avtomatik tarzda referatlash,indekslashtirish va annotatsiyalash
ishlarni lingvistik jihatdan ta'minlash kabi muammolarni hal etish kiradi. Tilning
sistematik xarakteri, til birliklarining paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari va
o‘zaro munosabatini atroflicha tahlil etish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan
joy oldi. Bugungi paytda oliy o‘quv muassasalari oldiga o‘zbek tilini o‘qitish
davomida unga soha sifatida qarash,soha talablaridan kelib chiqib, til va unda sodir
bo'ladigan fonetik, morfologik hodisalarni talqin etish, shakl va mazmun
munosibligi,ona tilining emotsional-funksional ko'rinishini mukammal darajada
o'rgatish va har jihatdan yetuk tilshunoslar tayyorlash vazifalari qo'yilgan. O‘zbek
tilshunoslari oldida hozirgi paytda tilni amaliy va nazariy jihatdan mukammal
darajada o'zlashtirishni ta'minlaydigan,ta'lim talablariga har tomondan javob bera
oladigan dastur, qo'llanma va darsliklar yaratishdek mushkul vazifa turibdi.Mazkur
masalani samarali hal qilish uchun oliy o‘quv yurtlari hamda ilmiy-tadqiqot


background image

32

institutlari o‘rtasidagi aloqalar samaradorligini oshirish kerak bo'ladi.Oliy ta’lim
tizimida tilshunoslik fanining o‘qitilishidan asosiy maqsad shuki,talabaning maktab
ta’limida egallagan to‘g‘ri va aniq so‘zlash, savodli yozish, aniq tafakkur qilish kabi
bilimlarini oshirishdir. Bunda, albatta, o‘zbek tilining o'ziga xos fonetik, leksik,
grammatik xususiyatlarini puxta egallash, og‘zaki va yozma nutqda ularga q at'iy
rioya qilish, adabiy tilning me’yorlariga oid bilimlarni o'rganish alohida ahamiyatga
ega.Bugungi globallashuv davrida har bir xalq, har bir mustaqil davlat, avvalo, o‘z
qadriyatlarini asrab-avaylagan holda, o‘z ona tilini ham rivojlantirish masalasiga
ahamiyat qaratishi tabiiydir. Shu ma’noda o‘zbek tilshunosligining zamonaviy fan
yo‘nalishi darajasida shakllanishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyat berilmoqda.
Zamonaviy tilshunosligimizdagi yechimi topilmagan muammolar xususida
olimlarimiz tinmay izlanishlar olib bormoqdalar. Shuni alohida ta’kidlash kerakki,
shu vaqt oralig‘ida amalga oshirilgan tadqiqotlar tilshunosligimizga doir
muammolarning yechilishiga sabab bodmoqda. Zero, tadqiqotlarsiz o‘zbek
tilshunosligining keyin davrdagi taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin. Shubhasiz, bu
davr tilshunosligining talabidan kelib chiqqan holda kamchiliklarni kuzatish
mumkin. Zamonaviy o‘zbek tilshunosligi haqida fikr bildirilganda, Fitrat, Elbek,
G‘ozi Olim Yunusov, Ashurali Zohiriy, Abdulla Avloniy, Shorasul Zunnun kabi til
ilmining nazariy rivojiga ma’lum darajada hissa qo‘shgan ko‘plab o‘zbek fidoyi
olimlarning nomlarini tilga olish zarur. Tilshunoslikda tilning grammatik tuzilishi
uning sistemasidagi umumiy muhim jihatdir. Affikslar, grammatik qo‘shimc halar va
so‘z yasalishi, sintaktik modellar, so‘z tartibi, yordamchi so‘zlar kabi tilning
grammatik tuzilish elementlari grammatik yoki shakliy ma’noni, leksik ma’nolarning
aniq shaklini ko‘rsatishga xizmat qiladi. Tarjima qilish jarayonida bu kabi ma’nolarni
ifodalash eng mushkul ishlardan biridir. Xulosa qilib aytganda, bir matnning ikkinchi
bir tilga so‘zma-so‘z so‘z aniq ekvivalentini topishning umuman imkoni yo‘q.
Aksariyat hollarda tarjimon tarjima asarning asl ma’nosini imkon qadar chuqurroq
anglay olishga , so‘ngra esa anglashilgan ma’noni ayni tilga xuddi asliday
tasvirlashga urinadi. Tilshunoslik fani jamiyat taraqqiyotining, gullab- yashnashining
eng muhim, eng asosiy, tengi yo‘q mezonlaridan biri til- aloqa qurollaridan biri
ekanligini tasdiqlash va isbotlash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u ta’lim
oluvchiga ona tili imkoniyatlarini - ayni bir fikrni, narsa hodisani yuzlab usullar bilan
ifodalash yodlarini yetkazish bilan unda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga, ona tilida
fikrlash va ona tili q urilishining o‘ziga xosligi, boshqa tillardan tubdan farq qilishi,
olamni ,,o‘zicha aks ettirish” ni singdirish bilan milliy ong, milliy dunyoqarash,
milliy g‘urur va mafkurani shakllantirishda mustahkam poydevor vazifasini o‘taydi.

Tilshunoslik sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar bilan bir qatorda

tarjimashunoslikning ham rivojlanayotgani quvonarli hol. Bu borada yoshlarning o‘z
iqtidorini sinovdan o‘tkazayotgani Sharq va G‘arb xalqlari adabiyoti durdonalarini
bevosita ona tilimizga o‘giris hga harakat qilayotgani bizda katta umid uyg‘otadi.
Zero, o‘zbek adabiyoti namunalari chet tillariga, jahon adabiyotidagi sara asarlarini


background image

33

ona tilimizga tarjima qilishdek sharafli ish bugungi yosh avlodning qo‘lida.
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar va XXI asr taraqqiyoti talab
qiladigan talablardan kelib chiqadigan bo‘lsak, bugungi adabiy jarayonda badiiy
tarjimaning o‘rni, tarjimashunoslik va tarjima tanqidi sohalaridagi yutuq va
kamchiliklarni tahlil va talqin etish, bugungi kundagi eng muhim vazifalar sirasiga
kiradi. Shu bilan bir qatorda, yaxshi tarjimonlarni va tarjima asarlarni chuqur tahlil
etib beradigan mutaxassislarni tayyorlashning ham nazariy, ham amaliy tomonlari
bor. Bu borada yurtimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Binobarin,
O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetining xorijiy filologiya fakulteti tarjima
bo‘limi magistraturasida hamda Samarqand chet tillari universitetida tarjimon
kadrlarni tayyorlashga juda katta ahamiyat berilmoqda. Tarjimonlar tayyorlashning
ilmiy- nazariy tomoni bevosita sohaga oid darslik, o‘quv qo‘llanmalari va turli lug‘at
qo‘llanmalarini taqozo etadi. Ming afsuski, hali yurtimizda zamon ruhiga mos,
bugungi kun talabiga javob bera oladigan tarjima nazariyasiga doir darslik yo‘q.
Hozirda foydalanib kelinayotgan o‘quv qodlanmalarida esa tarjimashunoslikning
barcha jihatlari to‘la qamrab olinmagan. Tarjima nazariyasiga doir o‘quv
adabiyotlarini yaratishda, olimlarimizning xizmatini e’tirof etgan holda, shuni
ta’kidlash joizki, ayni paytda tarjima tanqidiga ilmiy asos bodadigan, uning rivojiga
turtki bo‘ladigan tadqiqotlar juda kam.Vaholanki, bugungi kunda shiddat bilan
rivojlangan zamonda tarjima tanqidi har jihatdan faol, hozirjavob, adabiy jarayonning
barcha talablariga javob bera oladigan sohalardan biriga aylanishi darkor. Tarjima
tanqididagi sustkashlik va e’tiborsizlik natijasida bugungi kunda xorijiy tillardan
mahorat bilan o‘girilayotgan ko‘plab asarlar o‘zining asl bahosini olayotgani yo‘q.
Eng achinarlisi, kitob holida chop etilayotganlarida hatto qaysi tildan tarjima
qilingani ham ba’zan ko‘rsatilmaydi. Ba’zan jahon adabiyotining ayrim namunalari
tarjimasini o‘qib mashhur adibning na uslubini, na yozuvchilik mahoratini ko‘ramiz.
Bunday tarjima asarlar o‘z vaqtida tahlil etilib o‘ziga mos bahosini olishi lozim.
Tarjima nazariyasi va tanqidiga oid ilmiy tadqiqotlar, qo‘llanmalar kerak deb jon
kuydirayotganimizning boisi ham tarjima tanqidchiligi hozirgi ahvolining talabga
javob bermayotganidadir. Yana bir masala shundaki, gazeta-jurnallarda,
nashriyotlarda bosilayotgan tarjima asarlar, kitoblarda ushbu asar xorijlik yozuvchi
yoki shoirning qayerda, qachon, qaysi tilda nashr qilingan kitobi asosida amalga
oshirilgani haqida hech qanday ma’lumot berilmaydi. Bunday nashr talablariga javob
bermaydigan ishni aslo yoqlab bo‘lmaydi.Chunki chet ellik adib asarining bir necha
bor bosib chiqilgan nashrlari bo‘lishi mumkin. Zamon talabi darajasidagi
tarjimonlarni tayyorlash uchun nafaqat tarjima nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha
mukammal darslik balki turli tillardagi lug‘atlarni ham yaratish talab etiladi.
Hozircha chop etilgan inglizcha-o‘zbekcha, nemischa-o‘zbekcha, fransuzcha-
o‘zbekcha lug‘atlarning foydali jihatlarini ham inobatga olgan holda aytish joizki, bu
lug‘atlar hali tarjimonlarning talabini qoniqtirmaydi. Endilikda nafaqat tarjima
lug‘atlarni balki izohli, sinonimik va qomusiy lug‘atlar yaratish kerak, hatto tarjima
nazariyasi amaliyotiga doir izohli lug‘at tayyorlashga ham harakat qilish


background image

34

kerak.Negaki, tarjima nazariyasi va amaliyoti bilan bog‘liq ko‘pgina masalalar
yetarlicha aniq hal etilmagan Mashhur tilshunos, tarjimashunos Roman
Yakobsonning yozishicha, bir tildagi belgini boshqa tildagi belgi bilan bera
bilishning uch turi mavjud: birinchisi, tarjima qilinayotgan asar tilidagi belgini
boshqa belgi yordamida tarjima qilish yoki nomini o‘zgartirish; ikkinchisi, semiotik
belgilarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish; uchinchisi, semiotik tizimlararo
tarjima: til belgilarini musiqa, raqs, kino, rasm kabi shakllar orqali berish.Biz bu kabi
tarjima muammolarini o‘rganishda va tadqiqot o‘tkazishda ancha olisdamiz.
Xorijdagi tarjimashunoslikka doir tadqiqotlarni chuqurroq o‘rganish va ularning
tajribasidan foydalanish kelajakdagi tarjimonlar uchun juda foydalidir. Taniqli
olimlar Jon Ketfordning yoki Yudjin Naydaning tarjima nazariyasiga bag‘ishlangan
kitoblari hali hanuz o‘z ilmiy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Bunday asarlarni
universitet yoxud boshqa oliy ta’lim yo‘nalishlarida talabalarga seminar
mashg‘ulotlari va dars jarayonlarida qanday tahlil qilishni o‘qitish kerak. Chunki
tarjima nazariyasini nima ekanligini mukammal darajada o‘rganmay turib,tarjima
qilingan asarlarni tahlili haqida fikr yuritish tarjima nazariyasini chuqur o‘rganmay
turib, tarjima asarning tahlili haqida gapirish ortiqcha. Hozirda tarjimonlar safining
ortayotgani quvonarli hol, biroq bilimli va yetuk darajada asar tarjima qila oladigan
tarjimonlarning safini kengaytirish haqida o‘ylashimiz zarur.Chunki tarjimonlarning
soni emas ularning kelajakda amalga oshira oladigan ishlari muhim.

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki,hozirgi vaqtda tarjimonlik va tilshunoslik

sohasida bir qator o‘zgarishlar ro'y berganligi, bu o'zgarishlar natijasida esa ko‘plab
yuqori malakali tarjimonlar va tilshunoslarga bo‘lgan ehtiyojni yuzaga keltirganligi,
bu esa, o‘z navbatida, ularning kasbiy tayyorgarligi sifatini,bilim saviyasini yuqori
darajada oshirishni taqozo etayotgani ma'lum bo'ldi.Tarjima va lingvistika yuqori
darajada rivojlanayotgan bir paytda bu sohada ish olib borayotgan o'z ishining
ustalari va talabalarning o'z qarorlarini isbotlashda eski o'quv darsliklariga murojaat
qilishning imkoni yo'q. Tarjimalarni tahlil qilish va talqin qilishda yanada salmoqli
va ishonchli dalillarga asoslangan isbotlar talab qilinadi. Bunday dalillarni topish
qobiliyati tarjimaning o'ziga xos ma'lum bir "nazariy qarashlari" mavjudligini
ko'rsatadi.O'qituvchi va talabani tarjima nazariyasi va tilshunoslik sohasidagi bilimlar
va bu sohaning ijtimoiy amaliyotdagi o'rni, uning nazariyasi va amaliyoti
muammolari to'g'risida, shuningdek, eng yangi bilimlar va ko'nikmalar bilan ishlash
sharoitini yaratish kerak degan xulosaga kelish mumkin. Tarjimani amaliy
o'rganishning samarali usulini yaratish va bo‘lajak tarjimonlar va tilshunoslarni
muvaffaqiyatli tayyorlashning eng muhim shartlaridan biri o‘quv jarayonini
takomillashtirish,o'qitish tizimini rivojlantirish va zarur bo'lgan barcha sharoitlarni
yaratib berishdir, lingvistika va tarjimashunoslik o'tgan asrda tez sur'atlarda
rivojlandi va umumfilologik fanlar qatorida e'tirof etildi.Bu ikki fan kundan kunga
rivojlanayotgan bir paytda uning yutuqlari bilan birgalikda kamchiliklarini ham
bartaraf etish uchun ,yuqorida ta'kidlab o'tilgan barcha ishlarni amalga oshirish,
talabalarning o'z ustida mustaqil ish olib borishlari uchun barcha imkoniyatlarni


background image

35

yaratib berish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

A.Primov,X.Qodirova Tilshunoslikningdolzarb muammolari

2.

http://ziyouz.uz/images/03 abduazizov.jpg Abduzuhur

3.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/suhbatlar/tarjima-nazariyasi-va-tanqidi-

muammolari-davra-suhbati

4.Oliy-va-o’rta-mahsus-talim-vazirligi “Tarjimada

leksik

va

grammatik

transformatsiyalar”
4.

Мусурманова, О., et al. "Педагогик атамалар луғати: ўзбек, рус, инглиз

тилларида." Т.:“TURON_IQBOL (2019).

5.

Палуанова, Х. Д. "Экологик терминларнинг деривацион хусусиятлари." Т.:

Фан ва технология 152 (2016).

Библиографические ссылки

A.Primov,X.Qodirova Tilshunoslikningdolzarb muammolari

http://ziyouz.uz/images/03 abduazizov.jpg Abduzuhur

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/suhbatlar/tarjima-nazariyasi-va-tanqidi-muammolari-davra-suhbati

Oliy-va-o’rta-mahsus-talim-vazirligi “Tarjimada leksik va grammatik transformatsiyalar”

Мусурманова, O., et al. "Педагогик атамалар луғати: ўзбек, рус, инглиз тилларида." T.:“TURON_IQBOL (2019).

Палуанова, X. Д. "Экологик терминларнинг дсривацион хусусиятлари." Т.: Фан ватехнология 152 (2016).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов