Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
67
ISSN:3030-3621
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA OILA MUHITIDA ESTETIK
TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH MAZMUNINI BELGILASHDAGI
PEDAGOGIK TALABLAR.
Qoraqalpoǵiston Respublikasi
Pedagogik maxorat markazi
Maktabgacha, boshlanǵich va maxsus
talim metodikalari kafedrasi o‘qituvchisi
Eshmuratova Gauxar Maxsudovna.
Annotaciya.
Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda estetik tushunchalarni
shakllantirish ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida ko'rib chiqiladi.
Oila
tushunchasining mohiyatini, estetik tarbiya va oilada shaxsning ma’naviy kamolotini
ochib beradi. Maqola oilada ma’naviyat va axloqni yuksaltirish, oilada bolalarga
estetik tarbiya berish samaradorligini oshirish muammolarini o‘rganishga
bag‘ishlangan bo‘lib, bu o‘z xalqi madaniyati va umuminsoniy qadriyatlarga qo‘shilish
imkonini berdi.
Oilada bolalarning estetik qarashlarini shakllantirishning eng maqbul shakli
san’at turlari haqidagi ma’lumotlar, badiiy estetik qonuniyatlar haqidagi bilimlar orqali
elementar qarashlarni shakllantirishdir. Bu borada musiqa, raqs, teatr, kino, tasviriy va
amaliy san’at, milliy hunarmandchilikning tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos. Ularning
tarbiyaviy ahamiyatidan oila sharoitida samarali foydalanish uchun esa ilmiy
asoslangan, tajribada sinalgan ta’lim-tarbiya tadbirlarining mazmuni, metodikasi,
pedagogik shart-sharoitlarini ishlab chiqish talab etiladi. Bu bugungi kun pedagogika
ilmi uchun dolzarb mavzu sifatida e’tirof etilmoqda.
Kalit so'zlar
. Estetik tarbiya, ma’naviy kamolot, oilaviy tarbiya, dunyoqarash,
axloq, ma’naviyat, pedagogik talablar.
Аннотация.
Статья рассматривает вопросы формирование у детей
дошкольного возраста эстетических понятий, как социально педагогическая
проблема. Раскрывает сущность понятия семья, эстетическое воспитание и
духовное развитие личности в семье. Статья посвящена изучению проблемы
воспитание духовности и нравственности в семье, повышение эффективности
эстетического воспитания у детей в семье, что предоставило возможность
приобщаться к культуре своего народа и общечеловеческих ценностей.
Оптимальной формой формирования эстетических взглядов детей в семье
является формирование элементарных представлений посредством информации
о видах искусства и знаний о художественно-эстетических закономерностях. В
этом отношении воспитательные возможности музыки, танца, театра, кино,
изобразительного и прикладного искусства, а также национальных ремесел
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
68
ISSN:3030-3621
неоценимы. Для эффективного использования их воспитательного значения в
семейных
Ключевые слова.
Эстетическое воспитание, духовное развитие,
семейное
воспитание,
мировоззрение,
нравственность,
духовность.
педагогические требования.
Abstract.
The article considers the formation of aesthetic concepts in preschool
children as a social and pedagogical problem. Reveals the essence of the concept of
family, aesthetic education and spiritual development of the individual in the family.
The article is devoted to the study of the problem of raising spirituality and morality in
the family, increasing the effectiveness of aesthetic education in children in the family,
which provided an opportunity to join the culture of their people and universal human
values.
The optimal form of forming children's aesthetic views in the family is the
formation of elementary ideas through information about art forms and knowledge of
artistic and aesthetic laws. In this regard, the educational opportunities of music, dance,
theater, cinema, fine and applied arts, and national crafts are invaluable. To effectively
use their educational value in family matters
Keywords.
Aesthetic education, spiritual development, family education,
worldview, morality, spirituality, pedagogical requirements.
Maktabgacha taʼlim yoshi shaxs shakllanishining dastlabki va eng muhim
bosqichidir.Bu davrda bolalarda estetik tasavvur, did,go‘zallikni anglash, atrof-
muhitga nisbatan hissiy munosabat shakllanadi. Estetik tarbiya bolaning hissiy-
irodaviy sohasi,ijodiy qobiliyati va duyoqarashini boyitishga xizmat qiladi.Bu
jarayonda oilaning roli beqiyos.Bolaning birinchi tabiyachisi- ota-ona hisoblanadi va
ularning madaniyati,didi,estetikfaoliyati bolaga kuchli tasir ko‘rsatadi.
Komil inson taʼlim-tarbiyasining dastlabki poydevori oilada qo‘yiladi. Inson
maʼnaviyatida madaniyat va sanʼat o‘ziga xos taʼsirchan hamda samarali vosita sifatida
alohida ahamiyatga molik. Oila maʼnaviyati, madaniyati, oiladagi psixologik muhit,
uning badiiy-estetik tamoyilari bolalarda turli mazmundagi tushuncha va tasavvurlarni
shakllanishida muhim o‘rin tutadi.
Estetik tasavvur-bu bolaning go‘zallikni anglash, baholash va undan zavq olish
qobiliyatidir.U tasviriy san‘at,musiqa,tabiyat,atrof-muhit va insonlar munosabatlari
orqali shakllanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bu qobiliyat ongli va hissiy
taassurotlar asosida vujudga keladi.
Oilada bolalar estetik tasavvurlarni shakllantirish borasida barcha bop
tavsiyalar, bu jarayonning mazmunini belgilashga qo‘yilgan pedagogik va psixologik
talablar ishlab chiqilmaganligi, qolaversa, bu didaktik jihatdan o‘ta murakkab jarayon
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
69
ISSN:3030-3621
ekanligi bois respublikamizda hammabop ko‘rsatmalar amal qilmaydi. Bu
murakkablikni bir qator omillar bilan tavsiflash mumkin.
Birinchidan, maktabgacha yoshidagi bolalar muntazam faoliyat ko‘rsatuvchi
maktabgacha taʼlim muassasasiga qatnovchi bolalarda nafaqat estetik mashg‘ulotlar
kompleksi mavjud bo‘lib, uning meʼyoriy asoslari “Maktabgacha taʼlimning davlat
talablari”, dasturlari[98] “Uchinchi ming yillik bolasi”[142], kabi bir qator uslubiy
qo‘llanma qo‘llanma va tavsiyalar mavjud. Bu dastur asosidagi mashg‘ulotlar
muntazam tarzda, belgilangan kun va soatlarda olib boriladi.
Ikkinchidan, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi mashg‘ulotlarni asosan
maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis tarbiyachilar olib boradilar. Ular o‘z
faoliyatlarini yuqorida qayd etib o‘tilgan me’yoriy hujjatlar asosida tashkil etishga
ma’sullar .
Uchinchidan, farzandi maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnovchi ota-onalar
muassasa talablari u yoki bu materialni olib berish kabilarni qat’iy tarzda bajarishlari
talab etiladi. Bu omil maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda estetik tasavvurlarni
shakllantirishda maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnamaydigan bolalardan bir
muncha ustunlik qilishlarini ta’minlaydi.
To‘rtinchidan, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarda muayyan bilim,
tushuncha va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizim kasb-hunar kollejlari,
pedagogik institutlari va universitet, shuningdek, viloyatlardagi Davlat universitetlari,
maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarining malakasini oshirish Respublika
metodik markazi, Respublika “Oila” ilmiy- amaliy Markazi, ilmiy tadqiqot
muassasalarida jamiyatning ijtimoiy-pedagogik ehtiyoji, talablari asosida maktabgacha
taʼlim muassasalarida amalga oshiriladigan taʼlim mazmuni muntazam tarzda
takomillashtirilib boriladi. Aynan shunday yondoshuv, didaktik talablar asosida
mutaxassis kadrlar tayyorlash tizimiga, uning mazmuniga ham lozim bo‘lgan
o‘zgarishlar kiritib boradi.
Va nihoyat, beshinchidan, maktabgacha taʼlim muassasalaridaolib boriladigan
muntazam mashg‘ulotlar yagona maqsad – bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlashdan
iborat. Ular didaktik tashkil etilishi nuqtai nazaridan o‘zaro aloqadorlikda olib boriladi.
Masalan, “Tasviriy faoliyat” mashg‘ulotlari bolalarda badiiy-tasviriy ijodiy faoliyat
asoslari bilan tanishtiradi, bu mashg‘ulotlar orqali bolalarda yozish, chizish ko‘nikma
va malakalari shakllantiriladi, uning uchun qo‘l mushaklarini rivojlantirish
taʼminlanadi, atrof olam haqidagi, tabiat holatlari, fasllari xaqidagi tasavvurlari
shakllantirilib, mustaxkamlab boriladi.
Yuqorida keltirilgan omillar maktabgacha yoshidagi bolalarda oilada estetik
tasavvurlarni shakllantirish mazmunini ishlab chiqish uchun muayyan pedagogik
talablar, mezonlarga asoslanish lozimligini taʼkidlaydi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
70
ISSN:3030-3621
Bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda omillar turlicha taʼsir etadi. Bu
omillar ichida ko‘p bor taʼkidlaganimizdek, oila eng asosiysi hisoblanadi. Zero, bolada
tasavvur, tushunchalarning shakllanish jarayoni aynan oilada boshlanishi. Bu davrda
dunyoqarashni tevarak atrof, olamni anglab yetish ularni bola ongida shakllanishining
mazmun, hajm, va sifat jihatidan eng salmoqli bosqichi ekanligini ilmiy dalillar bilan
tavsiflab o‘tdik. Shuning uchun ham tushuncha va tasavvurlarni shakllantirishda
maktabgacha yosh davri asosiy xisoblanadi. Bu tushuncha va tasavvurlar tizimida
estetik tasavvurlar ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Farzandlarimizning estetik tasavvurlarini oilada shakllantirishning eng asosiy
shakli ularda sanʼat turlari haqidagi maʼlumotlar, badiiy estetik qonuniyatlar xaqida
elementar bilimlarni tarkib toptirishdir. Bu borada musiqa, raqs, teatr, kino, tasviriy va
amaliy sanʼat, milliy badiiy hunarmandchilikning tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyosdir.
Qolaversa, har bir ota-ona mazkur sanʼat turlari haqida muayyan bilimlar, ularni ijro
etish bolasiga amaliy ko‘rsatish darajasida malakalariga ham egalar. Muhimi, bu
ko‘rsatmalarda “soxtalik” bo‘lmasligi lozim, aks holda u yoki bu sanʼat turi bilan
tanishish jarayonida bolalarda noto‘g‘ri tasavvur shakllana boshlashi mumkin.
Dastlabki taassurot taʼsir kuchiga ko‘ra muhimroq bo‘lganligi bois uni “to‘g‘rilash”
biroz murakkabroq kechadi.
Bolalarda estetik tasavvurlarni oilada shakllantirish mazmunining tarkibiy
qismlari ichida taʼsir kuchining yuqoriligi, taʼsir vositalarining turli-tumanligidan
radio, televideniye, to‘ylar va boshqa marosimlardagi ijrolar, ayrim oilalardagi qo‘shiq
xirgoyisi va shu kabilar ham taʼsir vaqtining ko‘pligi, muntazamlik kasb etishi va
boshqa jihatlari bilan musiqa sanʼati alohida eʼtiborni talab etadi. Ularni tanlab olishda
qatʼiy pedagogik talablarga rioya qilish talab etiladi. Bu talablar ichida musiqiy
asarlarning mazmuni va mohiyatiga ko‘ra aynan maktabgacha taʼlim yoshidagi
bolalarga mos keladiganlarini ijro etish yoki eshittirish o‘ta muhim pedagogik
shartlardandir.
Bugungi kunda bolalardagi estetik qarashlar, tushunchalar, did borasidagi
musiqiy qiziqishlar o‘z mazmuniga ko‘ra milliy anʼanalarimizga bizningcha maʼlum
darajada zid tarzda rivojlanib bormoqda. Yuqorida keltirilgan dalillar bunga sabab
bo‘lmoqda. Ayniqsa, zamonaviy o‘zbek estradasi misolida buni yaqqol ko‘rishimiz
mumkin. Bu jarayonlarning pedagogik jihatidan tomoni shundaki, hozirgi davr
yoshlari milliy musiqiy qadriyatlarimizga nisbatan bepisandlik, beparvolik, taʼbir joiz
bo‘lsa, hurmatsizlarcha munosabatda bo‘lishi bilan birga, o‘zbekcha talaffuz ham
buzilib borayapti. Bunga aynan estradadagi baʼzi “arboblar” sababchi bo‘lmoqdalar.
Zero chiroyli, to‘g‘ri so‘zlay bilish ham madaniyatli insonning xislatlaridan biridir.
Shu nuqtai nazardan oilada bolalar bilan musiqiy madaniyat, musiqiy qadriyatlar,
ulardagi anʼanaviy ijrochilik xususiyatlari haqida suhbatlar olib borish ota-onalar, katta
yoshdagi qarindoshlarning zimmasidagi muhim tarbiyaviy masʼuliyatdir. Shu bois ular
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
71
ISSN:3030-3621
o‘z farzandlari, uka-singillarini radio, televizor, video va audio orqali tinglayotgan,
ko‘rayotgan musiqalarini nazorat qilib borishlari talab etiladi. Ular maʼlum pedagogik
mezonlarga mos bo‘lishi lozim. Bu bilan farzandlarimiz oilada zamonaviy estrada
qo‘shiqlarini tinglamasinlar, degan fikr ham kelib chiqmasligi kerak. Faqat musiqa
tinglashning mazmuni bolalarda o‘zimizga xos musiqiy estetik tushuncha va
tasavvurlarni shakllantirishga xizmat qilsin.
Farzandlarimizni estetik tasavvurlarni oilada shakllantirish nafaqat mazmun,
balki shakl jihatidan ham rang-barang hamda keng tarbiyaviy imkoniyatlarga ega. Ular
oilaviy bo‘lib teatr, konsertlarga tushish, ko‘rgazma zallari, muzeylarga, tabiatning
go‘zal maskanlariga borish kabi madaniy-maʼrifiy tadbirlar bo‘lishi mumkin. Bu
tadbirlarning maʼrifiylik jihati shundan iboratki, avvalo ota-ona o‘zi muayyan
darajadagi badiiy-estetik bilimlarga ega bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Bu ham
maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalarda estetik tasavvurlarni shakllantirishga
qo‘yiladigan pedagogik talablardan biridir. Shundagina ular o‘z farzandlarida estetik
tasavvur va tushunchalarni shakllanishiga to‘g‘ri pedagogik rahbarlik qilishlari
mumkin bo‘ladi. Bu nufuz madaniy-maʼrifiy tadbirlarning barcha bosqichlarida o‘z
samarasini beradi. Bunday tadbirlarni uyushtirish ham o‘ziga xos pedagogik va
psixologik jixatidan tayyorgarliklarni talab etadi.
Bolalarda estetik tasavvur va tushunchalarni shakllantirishda ularning tabiiy
moyilliklari, iqtidorlari mazmuniga ko‘ra to‘g‘ri yo‘naltirish ham muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu borada ota-onalar o‘z farzandlarining xatti-harakatlarini maqsadli
kuzatishlari, lozim bo‘lgan taqdirda ular mutaxassislarga maslahat so‘rab murojaat
etishlari lozimligi ham bu jarayonning muhim pedagogik shartidir.Shu o‘rinda savol
tug‘iladi. Ota-ona oilada o‘z farzandining estetik tasavvurini shakllantirish mazmunini
belgilashda qanday pedagogik mezonlarga asoslanishi lozim? U pedagog-tarbiyachi
rolida o‘zini qanday tutmog‘i kerak?
Avvalo, har bir ota-ona biz taʼkidlab o‘tganimizdek, o‘z farzandlarida estetik
tasavvurlarni shakllantirishni faqat maktab taʼlimiga tayyorlash vositasi emas, balki bu
millat ravnaqi bilan bog‘liq hodisa sifatida qarashlari lozim. Shuning uchun ham
farzandlarining kamolidagi estetik mazmunga alohida eʼtibor berishlari muhimdir.
Birinchi o‘zbek professori, maʼrifatparvar alloma A.Fitratning taʼkidlashicha, farzand
nafaqat oilaning davomchisi, balki millatning kuch-qudrati va shon-shavkatini
belgilovchi omildir. Bu omilni sifatli bo‘lishida estetik mazmundagi mashg‘ulotlarning
ham o‘ziga xos o‘rni bor. Oilada bolalarning estetik tasavvurini shakllantirishni nafaqat
ularni estetik savodxon, estetik madaniyatli bo‘lishiga yo‘naltirish, balki millatning
ijtimoiy holati, istiqboli bilan bog‘liq ijtimoiy muammo sifatida qarash joiz bo‘ladi.
Shuning uchun ham oila sharoitida bolalarda estetik tasavvurni shakllantirishda ota-
onaning masʼuliyati katta. Bu masʼuliyat ulardan estetikaga aloqador sohalarni bilishni
talab etadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
72
ISSN:3030-3621
Bunda quyidagilarga eʼtibor beriladi: Badiiy adabiyot. Kino sanʼati,Teatr sanʼati
madaniyat va sanʼatni, Tasviriy sanʼat, xalq amaliy bezak sanʼati, badiiy
hunarmandchilik namunalari.
Yuqorida taʼkidlab o‘tganimizdek,oila sharoitida bolalarda estetik tasavvurlarni
shakllantirish mazmunini belgilashning pedagogik mezonlari, asosiy omillarini sanab
o‘tdik. Biz bu o‘rinda tilga olmagan omillar ham mavjud bo‘lib, ularning ayrimlari u
yoki bu jihatiga ko‘ra bolalarda estetik tasavvurlarni shakllantirish mazmunida
ustivorlik kasb etishi ham mumkin bo‘ladi.
Bolalarda estetik tasavvurlarni shakllantirish badiiy qadriyatlarimizning boshqa
turlarini ham samarali qo‘llanilishi mumkin. Ayniqsa, meʼmorlik va uning tarixiga oid
maʼlumotlar nafaqat estetik tasavvur, balki tarbiyaning boshqa jihatlari, xususan
bolalarda vatanparvarlik, milliy g‘urur va milliy tuyg‘u kabi sifatlarni shakllantirishda
ham alohida eʼtiborga molik.
Oilada estetik tarbiyani samarali tashkil etish uchun quyidagi pedagogik
talablarga amal qilish zarur:
yoshga mos faoliyat tanlash- bolaning yosh va ruhiy xususiyatlariga mos
mashǵulotlar tanlanishi kerak.
Faol ishtirokni taʼminlash- bolani faqat kiaztuvchi emas,ijodkor sifatida ishtirok
etishiga imkoniyat yaratish.
Har xil sanʼat turlari bilan tanishtirish- musiqa, rassomlik, xunarmandchilik,
raqs kabi sohalar orqali turli estetik taassurotlarni taʼminlash.
Ota-onalarning estetik savodxonligi-ota-onalar bolalar bilan birga ishtirok
etib,ularga namuna bo‘lishi kerak.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi- Tarbiya jarayonida milliy
anʼanalar bilan birga umuminsoniy go‘zallik tushunchalarini qamrab olish.
Bolaning hissiy holatini inobatga olish- unga zavq baǵishlovchi,yaxshi kayfiyat
uyǵotuvchi faoliyat turlarini tanlash.
Xulosa qilib aytganda oilada estetik tarbiya bola shaxsiyatining har tomonlama
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Unga qo‘yiladigan pedagogic talablarga amal
qilish orqali bolalarda go‘zallikni taniydigan,his etadigan va qadrlaydigan estetik
tafakkur asoslari yaratiladi.Shu boisdan, ota-onalar estretik faoliyatga ongli
yondashishi va pedagogik maslahatlardan xabardor bo‘lishi lozim.
Foydalanilgаn adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Taʼlim to‘g‘risida” gi” Qonuni.- 2020. № URQ-
637.
2.
Mirziyoev Sh.M. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan birga
quramiz”. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
73
ISSN:3030-3621
3.
Inomova M. Oilada bolalarning-maʼnaviy ahloqiy tarbiyalashda milliy
qadriyatlar. –T.: Fan 1995 yil.
4.
Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. 2 qismli. 1-q. // V. I. Loginova, T. G.
Samorukova tahriri ostida. – T.: O‘qituvchi, 1991. – 256 b.
5.
Munavvarov A. Oila pedagogikasi. – T.: O‘qituvchi, 1994. – 150 b.
6.
Jo‘raeva G.T- Estetik tarbiyaning psixologik-pedagogik asoslari.-Toshkent,
2021.
7.
Qayumova S.X.- Maktabgacha talimda estetik tarbiya-Toshkent: O‘qituvchi,
2019.
Ishtirokchi anketası
Hudud
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus
shahri
Muallif F.I.SH
Eshmuratova Gauxar Maxsudovna
Ish joyi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Pedagogik maxorat markazi/
Lovozimi
O‘qituvchi
Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni
yo‘q
Maqola, máruza nomi
Maktabgacha yoshdagi bolalarda oila
muhitida estetik tasavvurlarni
shakllantirish mazmunini belgilashdagi
pedagogik talablar
Shóba nomi
Pedagogika fanlari.
Konferensiyada ishtirok etish shakli
( shaxsan yoki onlayn)
Online
Baǵlanish ushın telefon raqam
99893 489-32-12
Elektron manzıl (e-mail)
gauxareshmuratova7@gmail.com