Mualliflar

  • Abdurazzoqova Asila

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.111865

Annotasiya

Nazar  Eshonqul  –  zamonaviy  o‘zbek  adabiyotida  o‘ziga  xos  uslubi,  falsafiy 
teranligi,  obrazlar  tizimidagi  murakkablik  va  ramziy  yondashuvlari  bilan  ajralib 
turuvchi  yozuvchilardan  hisoblanadi.  Adib  o‘zbek  zamonaviy  nasrida  falsafiy-
psixologik  tashqi  ko‘rinish  bilan  uyg‘unlashtirgan  yozuvchilardan  biridir.  Uning 
asarlari,  xususan,  "Ta’qiq  mevasi"  romani  orqali  o‘zbek  nasrida  postmodernist 
yondashuvlar, ontologik muammolar, inson va jamiyat  o‘rtasidagi ziddiyatlar, ichki 
ruhiy olam tahliliga bo‘lgan intilishlar ko‘zga tashlanadi. 
 Ushbu roman o‘zbek adabiyotida inson ongining chuqur qatlamlarini o‘rganishga 
urinuvchi modernistik asar sifatida ajralib turadi. Ushbu roman orqali muallif odam va 
gunoh, axloq va vasvasa, ozodlik va erksizlik, ruh va tana kabi yevropacha va sharqona 
tarkiblarni o‘ziga xos tarzda uyg‘unlashtirishga erishgan. 
“Taqiq mevasi” an’anaviy syujetli roman emas. Uning syujeti real voqealardan 
ko‘ra ruhiy voqeliklar asosidagi syujetdir. Asardagi hikoyalar sirtdan real ko‘rinsa-da, 
aslida bu – inson ruhining ichki ziddiyatlari, gunoh va poklik o‘rtasidagi kurash, vijdon 
azobining natijalaridir. 

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

20

ISSN:3030-3621

“TAQIQ MEVASI” ROMANINING G‘OYAVIY-BADIIY TAHLILI

Abdurazzoqova Asila

Sharof Rashidov nomidagi

Samarqand davlat universiteti 4-kurs talabasi

Nazar Eshonqul – zamonaviy o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos uslubi, falsafiy

teranligi, obrazlar tizimidagi murakkablik va ramziy yondashuvlari bilan ajralib
turuvchi yozuvchilardan hisoblanadi. Adib o‘zbek zamonaviy nasrida falsafiy-
psixologik tashqi ko‘rinish bilan uyg‘unlashtirgan yozuvchilardan biridir. Uning
asarlari, xususan, "Ta’qiq mevasi" romani orqali o‘zbek nasrida postmodernist
yondashuvlar, ontologik muammolar, inson va jamiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar, ichki
ruhiy olam tahliliga bo‘lgan intilishlar ko‘zga tashlanadi.

Ushbu roman o‘zbek adabiyotida inson ongining chuqur qatlamlarini o‘rganishga

urinuvchi modernistik asar sifatida ajralib turadi. Ushbu roman orqali muallif odam va
gunoh, axloq va vasvasa, ozodlik va erksizlik, ruh va tana kabi yevropacha va sharqona
tarkiblarni o‘ziga xos tarzda uyg‘unlashtirishga erishgan.

“Taqiq mevasi” an’anaviy syujetli roman emas. Uning syujeti real voqealardan

ko‘ra ruhiy voqeliklar asosidagi syujetdir. Asardagi hikoyalar sirtdan real ko‘rinsa-da,
aslida bu – inson ruhining ichki ziddiyatlari, gunoh va poklik o‘rtasidagi kurash, vijdon
azobining natijalaridir.

Modernistik adabiyotda bu uslub ong oqimi – “ong foydalanish” deb hisoblanadi.

Bu metodni Jeyms Joys ("Ulis"), Virdjiniya Vulf ("To‘lqinlar") yoki Marsel Prust
("Yo‘qolganni izlab") kabi mashhur faylasuf, adabiyotshunoslar, yozuvchilar keng
qo‘llagan. “Taqiq mevasi”da ham syujet ketma-ketligi emas, balki ichki hissiy
hodisalar asosiy o‘rinni egallaydi.

Romanning markazida turgan g‘oya – taqiqlangan narsaga bo‘lgan intilish. Bu

qadimiy mifologik va diniy g‘oya bo‘lib, birinchi bor Bibliya va Qur’onda odam Ato
va Momo Havvo orqali tilga olingan. Nazar Eshonqul bu diniy ramzni ichki axloqiy
tanlovga olib chiqadi.

Bu yerda, roman Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo”, Alber Kamyuning

“Yabonsiz odam”, Frans Kafkaning “Jarayon” asarlariga hamohang. Har uchala asarda
ham asosli obraz insonning o‘z vijdoniga bergan hisobotiga asoslanadi.

“Taqiq mevasi” romanidagi gunoh – jismoniy emas, balki ruhiy ifloslik,

manfaatparastlik, vijdon oldidagi zaiflik ramzidir. Asarda hech bir qahramon mutlaq
yomon emas, ular har biri ichki ruhiy urushda yashashga hukm qilingan.

Roman ramziy-majoziy obrazlarga boy. Bu ramzlar nafaqat natsional diniy

ma’noda, balki psixoanalitik va ekzistensialistik darajada talqin qilinadi. Asardagi har
bir obraz – Havo, Ma’bud, Malak, “O”, Momo, Iblis, Xosila va boshqalar – faqat

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

21

ISSN:3030-3621

syujetdagi rollari bilangina emas, balki semantik yuklamasi, madaniy arxetiplarga
bog‘liqligi, ekzistensial mavqelari bilan mustahkam o’rinda turadi. Nazar Eshonqul
o‘zbek adabiyotida milliy falsafa va jahon modernistik tafakkuri o‘rtasida ko‘prik
yaratgan. Ushbu o‘ziga xoslik quyidagi sifatlarda namoyon bo‘ladi:

Monolog va dialoglar orqali ruhiy holat bayon etiladi, bu modernizm uslubiga

mos.

Noaniq yakun – an’anaviy aniq yakun yo‘q, o‘quvchi o‘zi anglaydi.

Tushlar, timsollar, ruhiy iztirob – bular asarning kompozitsion va semantik

jihozidir.

Asarda mifologik motivlar asosiy o‘rin tutadi va quyidagicha sharhlash mumkin:
1. “Taqiq mevasi” – arxetip (Arxetip (yunoncha “arkhe” – ibtido, boshlanish +

“typos” – qolip, namuna) – bu qadimdan inson ongida shakllangan umumiy, jamoaviy,
irsiy obraz yoki timsol bo‘lib, u mif, afsona, ertak, diniy matnlar va (adabiyotda
takrorlanib keladi) va diniy mif asosida shakllangan adabiy elementlardir. Romanning
nomi va asosiy g‘oyasi Bibliya va Qur’ondagi “taqiqlangan daraxt” (ya’ni jannatdagi
olma daraxti) mifiga tayanadi. Bu mif insoniyat tarixida gunohning chegarasi, ozodlik
va erksizlik, axloqiy tanlov timsolidir. Nazar Eshonqul mifni bu zamonaviy talqinda
qayta ishlaydi: “meva” bu yerda jismoniy tekshirilgan narsa, balki nafs, foydaparastlik,
ruhiy halokatga olib boruvchi istak ramzidir.

2. Qahramonlar – mifologik arxetip sifatida quyidagicha namoyon bo'ladi:

Asardagi bosh qahramonlar arxetipal obrazlarga ega: Bola – hokimiyat, axloq, kuch
timsoli; Ayol – vasvasa, istak, gunoh ramzi.

Bu faylasuf Karl Gustav Yungning jamoa ongsizlik (колективное

бессознателъное) nazariyasiga juda yaqin bo‘lib, inson ongidagi umumiy timsollarni
ifodalaydi.

3. Tushlar arxitip sifatida romanda ko‘plab tush ko‘rinishlari, ismlar sahnalari

orqali mifologik qatlamlar chuqurlashadi. Tushlar voqealarning oldindan ishlab
chiqaruvchisi, xotira va vijdonning ichki ovozi bo‘lib xizmat qiladi. Bu usul Kafka,
Prust, Joys kabi modernist yozuvchilarning asarlarida ham mavjud bo‘lgan mifologik-
timsoliy konstruksiyalarga o‘xshaydi.

Bu obrazlar bir qarashda diniy-ma’naviy kontekstlarda anglashilsa-da, asar

zamirida chuqur psixoanalitik, ekzistensialistik, hatto poststrukturalist talqinlarga boy
tahlillar mavjud. Misol uchun, “olma” timsoli faqat gunoh ramzi emas – u tanlov, iroda
sinovi, inson ongi va quyi ong o‘ziga xos to‘qnashuv belgisi sifatida ham qaraladi.
Ma’bud – diniy yaratuvchi obrazining parodiyasi, ayni paytda zamonaviy jamiyatdagi
manipulyator inson timsolidir. Havo – milliy Yevaning diniy arxetipi, balki axloqiy
qarorlar oldida zaiflashayotgan shaxsiyat, o‘zini anglash yo‘lidagi shaxsiy talqin
sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, roman tarkibidagi ramziy-majoziy obrazlar
faqat milliy yoki diniy vositalar tizimi emas, balki shaxsiy va falsafiy tarkibli

background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

22

ISSN:3030-3621

materiallarni ham saqlaydi. Bu esa asarni o‘quvchining idrok darajasiga qarab turlicha
o‘lchash imkonini beradi – klassik adabiyotning obyektiv haqiqatga intiluvchi
yo‘nalishidan farqli ravishda, N.Eshonqul har bir o‘quvchini ramzlar orqali insoniylik,
iymon, muhabbat va nafs orasidagi o‘ziga xos kurashni ichdan his qilishga undaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Dilmurod

Quronov.

Darslik.

Adabiyot

nazariyasi

asoslari/

Toshkent:Akademnashr, 2018.- 480b.

2.

Eshonkul J. Mif va badiiy tafakkur. – T.: Fan, 2019. – 312 b.

3.

Hamdam Ulug’bek. Jahon adabiyoti: modеrnizm va postmodеrnizm: o‘quv
qo‘llanma – Toshkent: Akademnashr, 2020. – 288 b.

Bibliografik manbalar

Dilmurod Quronov. Darslik. Adabiyot nazariyasi asoslari/