Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
171
ISSN:3030-3621
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYANI QO‘LLAB-
QUVVATLOVCHI AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA
INFRATUZILMASINING SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Sodiqov Sarvar Sami o‘g‘li
Perfect-university “RTT markazi boshlig‘i”,
E-pochta:
Anotatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda raqamli transformatsiya
jarayonlarini
muvaffaqiyatli
amalga
oshirishda
axborot-kommunikatsiya
infratuzilmasining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda infratuzilmaning
samaradorligini baholash uchun matematik model ishlab chiqilgan, algoritmik
yechimlar taklif etilgan va amaliy tavsiyalar berilgan.
Kalit
so‘zlar.
Raqamli
transformatsiya,
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, infratuzilma samaradorligi, matematik model, algoritm, O‘zbekiston,
raqamlashtirish.
Zamonaviy jamiyatda raqamli texnologiyalar rivoji ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
hayotga chuqur kirib bormoqda. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda qator davlat
dasturlari va islohotlar olib borilmoqda. Shu jarayonda axborot-kommunikatsiya
infratuzilmasi (AKI) asosiy omillardan biri sifatida raqamli transformatsiyaning
muvaffaqiyatini belgilaydi.
Axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi raqamli texnologiyalar, internet
tarmog‘i, data markazlar, mobil aloqa tizimlari, bulutli xizmatlar va IoT qurilmalarini
o‘z ichiga oladi. Bu infratuzilma orqali davlat xizmatlari, biznes jarayonlari va ta’lim
tizimi samarali faoliyat yuritadi.
So‘ngi yillarda “Elektron hukumat”, “Raqamli O‘zbekiston – 2030”
strategiyalari doirasida infratuzilmaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Hududlar
kesimida AKT bo‘yicha farqlar mavjud bo‘lib, ularning samaradorligini baholash
zaruriyati paydo bo‘lmoqda.
O‘zbekiston axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi sohasini rivojlantirishda
izchil siyosat yuritib kelmoqda. Muhim hujjatlar qatoriga quyidagilar kiradi:
“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi: mamlakatda raqamli
transformatsiyani jadallashtirish, davlat xizmatlarini elektronlashtirish, ma’lumotlarni
himoyalash va innovatsion infratuzilmani shakllantirishni maqsad qiladi.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari: aholi va
biznes uchun davlat xizmatlarining ochiqligi va tezkorligini oshirishga qaratilgan.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
172
ISSN:3030-3621
“O‘zbekiston Respublikasida 2020–2030 yillar davomida Raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish konsepsiyasi”.
Texnologik infratuzilmaning asosiy komponentlari so‘ngi 10 yilda juda yuqori
darajaga o‘sib bordi, misol uchun:
Internet va mobil aloqa tarmoqlari:
2023-yil holatiga ko‘ra, mamlakat bo‘yicha
mobil aloqa qamrovi 98% dan oshgan. Optik tolali internet tarmoqlarini kengaytirish
ishlari jadal amalga oshirilgan.
Data-markazlar (ma’lumot markazlari):
Toshkentda bir nechta zamonaviy data-
markazlar tashkil etilgan bo‘lib, davlat va xususiy sektor axborot tizimlarini
markazlashtirilgan holda saqlash imkonini berib kelmoqda.
Bulutli texnologiyalar
: davlat idoralari va xususiy kompaniyalar uchun
“GovCloud”, “Uzcloud” xizmatlari joriy etilmoqda.
Elektron identifikatsiya tizimlari:
Yagona ID tizim orqali fuqarolarning raqamli
autentifikatsiyasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu ham samaradorlikni yuqori darajalarga
olib chiqmoqda.
Shuni takidlab o‘tish joizki ba’zi muammolar ham yo’q emas. Garchi Toshkent
shahri va ayrim yirik shaharlarda infratuzilma yetarli darajada rivojlangan bo‘lsa-da,
qishloq hududlarida hali ham ayrim cheklovlar mavjud:
Internet tezligi past yoki uzluksiz emas.
AKT xizmatlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari yetarli emas.
Kadrlar yetishmasligi va AKT savodxonligi past.
Shunga qaramasdan yurtimizda so‘ngi yillarda raqamli xizmatlar va innovatsion
platformalar rivojlanib ommalashib bordi hamda hayotimizning bir qismiga ham
aylanib ketdi.
My.gov.uz, id.egov.uz – davlat xizmatlari uchun yagona raqamli portallar, HUMO,
UzCard – raqamli to‘lov tizimlari, Daryo, Kun.uz, Yandex Go, Click, Payme, Uzum –
aholi orasida keng qo‘llanilayotgan AKT mahsulotlari hisoblanadi.
Infratuzilmaning samaradorligini baholash uchun matematik model quyidagi
ko‘rinishda hisoblash mumkin. Samaradorlikni baholash uchun quyidagi parametrlar
tanlanadi:
𝐶
𝑖
−
har bir hududda/infratuzilma elementiga to‘g‘ri keluvchi AKI
xarajatlari
𝑅
𝑖
−
AKI orqali yaratilgan raqamli xizmatlar daromadi yoki foydasi
𝑈
𝑖
−
foydalanuvchilar soni yoki ulardan qoniqish ko‘rsatkichi
𝑇
𝑖
−
xizmat tezligi yoki tarmoq o‘tkazuvchanligi
𝐴
𝑖
−
AKI doirasida avtomatlashtirilgan xizmatlar ulushi
Samaradorlik koeffitsienti quyidagicha hisoblanadi: (1.1)
𝑆𝐾
𝑖
=
𝑅
𝑖
∙𝑈
𝑖
∙𝑇
𝑖
∙𝐴
𝑖
𝐶
𝑖
(1,1)
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
173
ISSN:3030-3621
Bu model orqali har bir hudud yoki infratuzilma komponentining natijadorligi
baholanadi. SK > 1 bo‘lsa – samarali, SK ≈ 1 – neytral, SK < 1 – samarasiz deb
baholanadi.
Axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi samaradorligini baholash algoritmini
ko‘rib chiqamiz.
1. Ma’lumotlar yig‘ish: C
i
, R
i
, U
i
, T
i
, A
i
kabi ko‘rsatkichlar hududlar kesimida
olinadi.
2. Standartlashtirish: Parametrlar bir xil o‘lchovga keltiriladi (0–1 oralig‘ida).
3. SK
i
ni hisoblash: Yuqoridagi formulaga ko‘ra har bir hudud uchun hisob-kitob
qilinadi.
4. Tahlil qilish: SK
i
> 1 bo‘lgan hududlar muvaffaqiyatli deb belgilanadi.
5. Rejalashtirish: Samaradorligi past bo‘lgan hududlar uchun rivojlanish
strategiyasi ishlab chiqiladi.
Raqamli transformatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishda axborot-
kommunikatsiya infratuzilmasi (AKI) muhim o‘rin tutadi. Infratuzilmaning
samaradorligini aniq baholash uchun tizimli va matematik yondashuv talab etiladi.
Taklif etilayotgan algoritm orqali AKI samaradorligini hududlar yoki tarmoqlar
kesimida tahlil qilish va baholash imkoniyati yaratiladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
174
ISSN:3030-3621
1-rasm. Axborot-kommunikatsiya infratuzilmasi samaradorligini baholash
algoritmi
Bu algoritm amaliyotda davlat organlari, tahlilchilar va siyosat ishlab
chiquvchilar uchun qulay vosita bo‘lib xizmat qiladi. U nafaqat hozirgi holatni
baholash, balki kelajakdagi AKI rivojlanishini rejalashtirishda ham muhim ahamiyatga
ega.
XULOSA
O‘zbekistonda AKI raqamli transformatsiyani qo‘llab-quvvatlovchi asosiy
vosita bo‘lib, uning samaradorligini baholash strategik ahamiyat kasb etadi. Taklif
etilgan matematik model orqali infratuzilmaning har bir komponentini real
ma’lumotlar asosida tahlil qilish va ularni takomillashtirish bo‘yicha qarorlar qabul
qilish mumkin.
Tavsiya qilinadi:
Hududiy tahlil asosida investitsiyalarni qayta taqsimlash
Internet tezligi va qamrovini oshirish
Axborot xavfsizligini mustahkamlash
Foydalanuvchi qoniqishini kuzatish tizimini yo‘lga qo‘yish
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Khodjayeva, N., & Sodikov, S. (2023). Methods and Advantages of Using Cloud
Technologies in Practical Lessons. Pioneer: Journal of Advanced Research and
Scientific Progress, 2(3), 77-82.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori – “Raqamli O‘zbekiston – 2030”
strategiyasi.
3.
“Elektron hukumat” konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.
4.
Nurmukhamedov, T., Hudayberdiev, M., Koraboshev, O., Sodikov, S., &
Hudayberdiev, K. (2023). Algorithms and methods of using intelligent systems
in fire safety. In Artificial Intelligence, Blockchain, Computing and Security
Volume 2 (pp. 603-610). CRC Press.
5.
B. Karimov, “Axborot tizimlari va texnologiyalari”, Toshkent, 2022.
6.
ITU – Global ICT Development Index, 2023.
7.
OECD Digital Economy Outlook, 2023.
8.
World Bank Digital Infrastructure Report, 2022.