Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
247
ISSN:3030-3621
YUQORI MALAKALI SPORTCHILAR TAYYORLASH USLUBLARINI
TAKOMILLASHTIRISH VA SPORTCHILARNI TAYYORLASHDA
FUNKSIONAL TAYYORGARLIK
Mirzalimov Muslimbek Soatjon o'g'li
Andijon davlat pedagogika instituti ishtimoiy
va amaliy fanlar fakulteti jismoniy madaniyat
yo'nalishi 2-bosqich talabasi.
Annotasiya:
Maqolada bugungi sportchilar erishgan yuksak ko’rsatkichlar
darajasini yanada yuksaltirish uchun, yuqori malakali sportchilar tayyorlash uslublarini
takomillashtirish va sportchilarni tayyorlashda funksional tayyorgarlik va uning
mohiyati, ahamiyati to’g’risida so’z yuritilgan. Shuningdek, maqolada funksional
tayyorgarlikning asosiy tavsiflari va funksional tizimlarini nazorati masalalari ham
keng yoritilgan.
Kalit so’zlar:
sportchi tayyorgarligi, sport natijasi, sport, funksional
tayyorgarlik, funksional tayyorgarlik tavsiflari, funksional tizimlar nazorati.
KIRISH
Yoshlarni sog’lom va barkamol avlod bo’lib shakllanishida jismoniy tarbiya va
sportni ahamiyati beqiyosdir. Shuning uchun ham Respublikamizda jismoniy tarbiya
va sport davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan ustivor masalalar qatoriga qo’yilib, unga
doir bir necha o’nlab direktiv hujjatlar qabul qilindi. Ularni ijrosi borasida avvalo
jismoniy tarbiya va sportni moddiy bazasi shakllantirilib, ommaviyligi ortib bormoqda.
Shu bilan birgalikda yosh avlodni sport bilan shug’ullanishi uchun qulay sharoitlar va
imkoniyatlar yaratilmoqda. Bular iqtidorli yoshlarni sport turlariga saralash
imkoniyatini toboro kengaytirmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: - “Tabiyki,
barcha ezgu niyatlarimiz markazida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy
jihatdan sog’lom qilib o’stirish, ularning baxti saodati, farovon kelajagini ko’rish,
dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi turadi”. Yangi
asrni dastlabki yillarida jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi tarkibidan sport
fani mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Buning ob’ektiv sabablari sport ilmi nazariyasi
va amaliyoti, ilmiy- tadqiqot ishlarning tavsiya va xulosalaridir. Ular sport
mashqlanishini nazariy-amaliy jihatlardan toboro kengaytirib sport natijalarning
yuksalishiga olib kelmoqda. Bu borada sport taraqqiyotining bugungi bosqichida biz
shunday xususiyatlarni ko’ramizki, ular sportchini tayyorlash jarayoniga jiddiy ta’sir
ko’rsatadilar va trener bilan sportchi oldiga yangidan-yangi murakkab vazifa va
topshiriqlarni qo’yadilar bu vazifa va topshiriqlarni esa, o’z navbatida, mashq
jarayonini tashkil qilshning eng munosib shakl va usullarini izlab topishga majbur
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
248
ISSN:3030-3621
etadi:
-
bugungi sportchilar erishgan yuksak ko’rsatkichlar darajasini yanada
yuksaltirish uchun, yuqori malakali sportchilar tayyorlash uslubini, shuningdek,
sportchini tayyorlashda uzoq yillardan beri qo’llanilib kelayotgan bugungi tashkiliy-
metodik usulni xam batamom takomillashtirish talab qilinadi.
-
eng yirik sport musobaqalarida erishilgan yutuqlarning natijalari tobora oshib
borayotgani sababli, musobaqa kurashlari nihoyatda keskinlashib ketdi. Bu hol
sportchilarning texnik va amaliy mahoratini samaradorligi, barqarorligi va
ustuvorligiga, ularning ustma-ust bo’lib turadigan ma’suliyatli startlar sharoitda
axloqiy irodaviy va ruhiy tayyorgarlikka bo’lgan talabni benihoya oshiradi.
-
yuksak malakali sportchilar maxsus jismoniy tayyorgarlikning shu qadar
yuksak cho’qqisiga chiqqanlarki, endi undan yuqoriroqqa ko’tarilish eng og’ir va eng
murakkab vazifa bo’lib qoldi, shunga ko’ra, maxsus jismoniy tayyorgarlik
samaradorligini oshirish zahiralarini qidirish va shu bilan birga umuman, mashq
jarayoni tizimida yangicha usul va uslublar zarur bo’lib qoldi.
-
mashq yuklamalarni hajmi va shu qadar kattalashib, og’irlashib ketdiki, uni
yillik sikl doirasida, hamda uning har bir bosqichi ichiga oqilona singdirish masalasi
ko’ndalang qilib qo’yildi. Shu bilan birga, mashg’ulot samaradorligini oshrishning
birdan bir usuli deb e’tirof etilgan munosabatda bo’lish zarurati tug’ildi. Shunga ko’ra
birinchidan, turlicha imtiyozli yo’nalishlarda bo’lgan yuklamalar o’rtasidagi eng ko’p
foyda beradigan nisbatini, ikkinchidan, mashqlarni tashkil qilishning yangi usullarini
qidirish zarurati vujudga keldi, zero bunday mashqlar sportchida energiya zahirasining
sarflanishi va qayta tiklanishi o’rtasidagi aniq munosabatga suyangan holda, uning
organizm faoliyatidagi moslanish imkoniyatlarini to’la amalga oshirish uchun eng
maqbul sharoitni ko’zda tutadi.
-
mashqning metodik masalalarini hal qilishda fanning vazifasi oshdi yuqori
malakali sportchilarni tayyorlab yetkazish, sportchi organizmidagi hayotni
ta’minlovchi funksional uslublarga to’la qonli ta’sir ko’rsatish va bunday uslublarni
o’ta yuksak faoliyat darajasiga ko’tarish bilan bevosita bog’liqdirki, endilikda
sportchini zamonaviy usulda tayyorlab etkazishning o’ta murakkab muammolarni
ilmiy- metodik ma’lumotlarsiz, faqat sog’lom aql va hissiyotga suyangan holda hal
qilib bo’lmaydi.
O’tgan asarning so’nggi yillarigacha, sportchilarni tayyorlashda nazariy,
umumiy-jismoniy, texnik-taktik va ruhiy tayyorgarlik tomonlariga asosiy e’tibor
berilgan va ular sport mashg’ulotlarini tarkibiy qismini tashkil etib, ularni rivojlantirish
maqsadida tayyorgarlik turlariga xos uslub, usul va vositalaridan foydalanilgan.
So’nggi yillar davomida funksional tayyorgarlik degan atama sport fani
nazariyasi va metodikasi tarkibidan o’rin olib kelmoqda. Soha mutaxassislari
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
249
ISSN:3030-3621
J.Xolodov, S.Kuznesov (2007), V.Vasilkov (2008)lar funksional tayyorgarlikni sport
trenirovkasining muhim bo’limi hisoblanib, u nerv-muskul apparatining energiya
manbalari bilan ta’minlanishi va faoliyatini stimullash, plastik material bilan
ta’minlash va parchalanish va parchalangan mahsulotlarini organizmdan chiqarishni
o’rganadi, deb ta’rif berganlar.
Funksional tayyorgarlik harakatlarni bajarishni tejamkorligini va optimalligini
aniqlaydi va oxirida sport natijasiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir etadi.
Sportchining funksional tayyorgarligi trenirovka va musobaqalarda sportchi
organizmining ruhiy va jismoniy ta’sirlarga moslashuvi, reaktivligi va rezistentligi
ko’rsatgichlarida ifoda etadi.
Funksiya (lotincha funtion - bajarish) – 1) majburiyat, faoliyat doirasi, rol; 2)
biologik hujayralar, to’qima, organlar va organizmning yaxlit faoliyatining spesifik
ko’rinishi. Funksional tayyorgarlik inson tanasi organlarini va organizmlarning tizimli
ko’rsatgichlarini, nerv-muskul apparati faoliyatini ta’minotini, hamda nerv-muskul
apparatini faoliyatining ba’zi funksiyalarini, ta’minlanishini ko’rsatgichli tavsifini
aniqlaydi.
Bunday ta’minlovchi organ va tizimlarga quyidagilar kiradi:
birinchi ta’minlov
guruhi:
yurak- tomir, nafas olish, termoregulyator, asab va endokrin tizimlari. Birinchi
ta’minlov guruhi nerv-muskul apparatining uning faolligi davrida zarur bo’lgan
moddalar bilan ta’minlaydi;
ikkinchi ta’minlov guruhi:
ovqat hazm qilish va chiqarish tizimlari, ular nerv-muskul tizimi faollashganda
ular o’z faoliyatini keskin pasaytiradi va tinchlikda faollashadi.
Funksional tizimlarning vazifasiga, nerv (asab)-muskul apparatini ishlashi
uchun zarur bo’lgan moddalar va ishlab bo’lingan moddalarni chiqarib tashlashni
ta’minlash, energiya zahirasini, moddalar va katta kuchlanishda ishlash uchun bufer
hajmlarni yaratish va harakat faolligi davrida ishdan chiqqan to’qimalar o’rniga
yangilarini tiklashi(sintez) kiradi.
Funksional tayyorgarlikning asosiy tavsiflari.
1.
Harakat faolligini bajarganda yurak-tomir, nafas, gumoral, termoregulyator,
chiqarish, himoya va boshqa tizimlarning spesifik faoliyatining ko’rsatgichi.
2.
Jismoniy nagruzkalarga moslashuv darajasi.
3.
Nagruzkalardan keyin tiklanish vaqti.
4.
Harakat faolligi davrida funksional tizimlarning tejamkorligi.
5.
Nerv tizimining reaksiyasini turlari (normamotonik, gipertonik, gipotonik,
distonik, pog’onali).
Shuni bilish zarurki jismoniy va funksional tayyorgarlik rivojlanishning,
takomillashuvning va tiklanishning turli vaqtlariga ega (giteroxronlik).
6.
Suyak, muskul va bog’lovchi to’qimalarning mustahkamligi.
Organizmning funksional tizimlarini nazorati yurak-tomir, nafas, endokrin,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
250
ISSN:3030-3621
immunitet, asab-tizimi va asab-muskul apparatining moslashish imkoniyatlarini qayd
etish yo’li bilan nazorat qilinadi. “Keskinlik” vaqtini kirishi belgilanadi, ma’lum
intensivlik zonalarida ishlagandan keyin toliqish bo’ladi, distress(patalogik stress)
vujudga keladi. Buning uchun gemodinamika tadqiqotlaridan foydalaniladi, test
davomida yoki probani ko’p marta olishda indeks va ko’rsatgichlar o’lchanadi.
Organizmning funksional imkoniyatlarini baholash uchun YUQCH(yurak qisqarishi
chastotasi), AQB(arterial qon bosimi), NOCH(nafas olish chastotasi), Ruffe – Dijon
indeksi, Kedro indeksi, universal kardiorespirator ko’rsatgich, yurakning bir minutli
hajmini indeksi, yurak-o’pka appoik probasi, o’rtacha dinamik AQB, pulsning
tezlashish foizi, kislorodni iste’mol qilish koeffisienti ko’rsatgichlaridan foydalaniladi.
Sportchining organizmini funksional imkoniyatlarini baholash uchun dozalangan
nagruzkalar testlaridan foydalaniladi: ortoklinostatik proba, Martine probasi(30
sekund davomida 20 marta o’tirib turish), Letunov probasi, Garvard step-testi, PWC
150 va PWC 170 testlari va boshqalar.
Asab-muskul apparatini energiya manbalar bilan, plastik material va metabolik
parchalanish moddalarini organizmdan chiqarish organizmning funksional tizimiga
bog’liq, organlarni tayyorlaydi (kadiorespirator, asab, endokrin, immunitet, ovqat
hazm qilish va chiqarish), ular faoliyatini takomillashuvi funksional tayyorgarlik
tushunchasiga kiradi.
Funksional tayyorgarlik sportchining musobaqa tayyorgarligiga va sport
natijalarining o’sishiga ta’sir etadi. Zarur bo’lgan funksional tayyorgarlikning
bo’lmasligi, sportchini jarohatlanishiga va kasalliklarga chalinishiga olib keladi.
Bugungi sportchining har taraflama (ham jismoniy, ham aqlan, ham ahloqan)
rivojlanishi, shuningdek, jismoniy, texnik taktik, aqliy, funksional jihatdan
tayyorlangan bo’lishini talab qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Xolodov J., Kuznesov S. Teoriya i metodika fizicheskogo vospitaniya - Moskva
2007 g.
2.
Salomov R.S. Sport mashg’ulotning nazariy asoslari – Toshkent., O’zbekiston
Davlat jismoniy madaniyat instituti, 2005 yil.