Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
230
ISSN:3030-3621
MATEMATIKA FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALARNING O’RNI.
Raxmatova Maral Shuxrat qizi
Termiz Davlat universiteti
Matematika yo’nalish 1-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada matematika fanini zamonaviy texnologiyalar
asosida o’qitishning afzalliklari,imkoniyatlari va amaliy qo’llanilish holatlari tahlil
qilinadi.Matematika
darslarida
GeoGebra,Desmos,Photomath
kabi
interaktiv
dasturlar,shuningdek onlayn platformalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish
yo’llari yoritilgan.Maqola zamonaviy ta’limning muhim yo’nalishlari sifatida
matematika fanini innovatsion yondashuvlar orqali o’qitishning nazariy va amaliy
asoslariga bag’ishlangan.
Tayanch tushunchalar:
Zamonaviy texnologiyalar, GeoGebra, Desmos,
Wolfram Alpha, Photomath, Khan Academy, onlayn ta’lim, onlayn platformalar,
masofaviy ta’lim.
Kirish:
Matematika-bu nafaqat raqamlar va formulalar yig’indisi,balki mantiqiy
fikrlash,muammolarni tahlil qilish va yechim topish san’atidir.Ushbu fan har bir
o’quvchining intellektual rivojlanishda muhim o’rin egallaydi.Texnologiyalar
rivojlanib borayotgani uni fan bilan bog’lash imkonini berdi.Bugungi kunda ta’lim
sohasida yuz berayotgan raqamli transformatsiya matematika faniga ham o’z ta’sirini
ko’rsatmoqda.Zamonaviy texnologiyalar o’quv jarayonini interaktiv va samarali qilish
imkonini beradi.Zamonaviy texnologiyalar o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida interaktiv
aloqani mustahkamlovchi vosita sifatida xizmat qiladi.Ayrim texnologiyalar asosan
ingliz tilida bo’lgani uchun,o’quvchida tilga nisbatan qiziqish uyg’onishi mumkin.
Quyidagi texnologiyalar matematika ta’limida keng qo’llaniladi:
Interaktiv doskalar-
o’qituvchi darsni tushuntirishda har tomonlama
qulay.Ayniqsa grafiklar va shakllarni chizishda vaqtni tejaydi.
GeoGebra 3D, Desmos, Photomath, Wolfram Alpha-
algebra, geometriya,
matematik analiz va matematikaning ko’plab bo’limlarini o’rganish uchun yaratilgan
raqamli vositalar.
GeoGebra va Desmos dasturi orqali o’quvchi parabola,ellips,giperbola va
shunga o’xshash bir qator chiziqlarning grafik shakllarini chizib,ularning o’zgarishini
real vaqt rejimida kuzatishi mumkin.U esa ancha vaqtni tejaydi.Ayniqsa fazoviy
jismlarning chizmalarini chizib,ularni har tomondan kuzatib ko’rishga juda foydali va
o’rganuvchi uchun juda tushunarli bo’ladi. GeoGebra — bu boshlangʻich maktabdan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
231
ISSN:3030-3621
universitet darajasiga qadar fan, texnologiya, muhandislik va matematikani oʻrganish
va oʻqitish uchun moʻljallangan interaktiv matematik dasturiy taʼminot toʻplami.
Photomath va Wolfram Alpha dasturlari orqali o’quvchi murakkab ifodalarni
yechadi va har bir bosqichni tushunib tahlil qilib chiqadi.Bu dasturlar boshlang’ich
maktab va universitet darajasiga doir misollarni o’rgatuvchi dasturlar.
1-rasm 2-rasm 3-rasm 4-rasm
Biz quyidagi soddagina misolni Wolfram Alpha dasturi orqali tahlil qilishimiz
mumkin.
Misol:
125
∙
100!
80!
ifoda nechta nol raqami bilan tugaydi?
Ifoda nechta nol raqami bilan tugashi undagi ikkilar va beshlar soniga
bog’liq.Ikkilar soni yetarlicha bo’lgani uchun,beshlar soni nechta bo’lsa shuncha nol
bilan tugaydi deyishimiz mumkin.Bu uchun berilgan ifodani tub ko’paytuvchilarga
ajratish yo’li orqali beshlar sonini topamiz.
5-rasm 6-rasm
5-rasmda tub ko’paytuchilarga ajratilganda beshlar sakkiz marta qatnashganini
ko’rishimiz mumkin.Bu esa ifoda sakkizta nol bilan tugaydi degani.6-rasmda esa
dastur yordamida ifodani to’liq hisoblaganimizda rostdan ham ifoda sakkizta nol bilan
tugashini ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Onlayn platformalar-
Khan Academy,Moodle,Google Classroom kabi tizimlar
orqali masofaviy ta’lim olish imkoni yaratildi.Ular o’quvchilarga uyda mustaqil mashq
bajarish,darsliklarni ko’rish va masalalarni tahlil qilishda yordam beradi.Khan
Academy dasturida matematikaning hamma mavzusiga doir darslar yuqori sifatda
berilgan.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
232
ISSN:3030-3621
7-rasm 8-rasm 9-rasm
Matematika fanini zamonaviy texnologiyalar yordamida o’rganishda quyidagi
ijobiy natijalarga erishish mumkin bo’ladi:
1.Grafiklar va shakllarning anniqligi bilan mavzuni tushunish yanayam
osonlashadi.
2.Har bir o’quvchi o’z tezligida o’rganadi va shaxsiy kamchiligini tuzatish
imkoniga ega bo’ladi.
3.Interaktiv muhit o’quvchini dasrga jalb qiladi va qiziqishini kuchaytiradi.
4.Internet orqali istagan vaqt istagan joyida ham matematikani nazariy va amaliy
jihatdan o’rganish imkoniga ega bo’ladi.
5.Zamonaviy texnologiyalar orqali o’quvchilar mustaqil ravishda tajriba
o’tkazishi va masala yuzasidan xulosa chiqarishi mumkin bo’ladi.
Ammo zamonaviy texnologiyalarning afzalliklari bilan bir qatorda,ayrim
muammolar ham mavjud:
1.Texnik ta’minotning yetishmasligi-ayrim hududlarda internet,komputer yoki
shunga o’xshash zarur texnikalarning mavjud bo’lmasligi.
2.O’quvchilarning yetarli ko’nikmalarga ega bo’lmasligi-ayrim o’quvchilar
orasida raqamli vositalardan samarali foydalana olmaslik holatlari mavjud.Ammo bu
vaqt o’tishi bilan ijobiy tomonga o’zgarishi mumkin.
3.O’quvchilar haddan ortiq texnologiyalarga bog’lanib qolishi-mustaqil
fikrlashdan ko’ra avtomatik dasturlarga tayanish holatlari kuzatiladi.
Ko’plab texnologiyalar matematika asosida vujudga keladi.Shu sababli ham
matematikani ham texnologiyalar orqali samarali o’rganish mumkin.Zamonaviy
texnologiyalar matematika ta’limini sifat jihatdan yangi bosqichga olib
chiqmoqda.Ular o’quv jarayonini interaktiv,qiziqarli va tushunarli qiladi.Biroq bir
narsani esdan chiqarmaslik kerak.Texnologiyalar maqsad emas,balki vositadir.Asosiy
e’tibor o’quvchilarning matematika bo’yicha chuqur bilim olishi va mustaqil fikrlay
olishiga qaratilishi lozim.Shundagina matematika haqiqiy bilim,tafakkur va rivojlanish
vositasiga aylanadi.Agar bu texnologiyalardan to’g’ri maqsadda foydalanilsa
matematika ta’limida haqiqiy sifat o’zgarishiga olib keladi.
Adabiyotlar ro’yxati:
1.
S.Alixanov. “matematika o‘qitish metodikasi” toshkent -2011-yil.
2.
M. D. Ruziev, “Matematika ta’limida interaktiv usullar”, O’zbekiston davlat
pedagogika universiteti, 2022.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
233
ISSN:3030-3621
3.
GeoGebra, “GeoGebra: Dynamic Mathematics for Everyone”,
4.
Khan Academy, “Mathematics Resources”,
5.
https://universalpublishings.com/index.php/tsru/article/view/8154.
6.
https://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/0014/1.20.