Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
212
ISSN:3030-3621
DAVLAT XARIDLARINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti
“Xalqaro biznes huquqi” magistranti
Rizaeva Soliha
Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya
Universiteti kafedra professori, y.f.d.
N.X. Rahmankulova
Annotatsiya:
Maqolada O’zbekistonda davlat xaridlarini rivojlanish bosqichlari
va ularni tartibga solishning huquqiy asoslari yoritilgan. Davlat xaridlari tizimi 2000-
yildan boshlab, klassik usullardan elektron auksionlar va kichik biznes subyektlarini
jalb qilishga qaratilgan mexanizmlar orqali rivojlangan. 2018 va 2021-yillarda qabul
qilingan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlar, davlat xaridlarining ochiqligi,
raqobatbardoshligi va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek,
korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish va monitoring
tizimlarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda ularning ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyati yoritilgan.
Kalit so’zlar:
davlat xaridlari, huquqiy tartibga solish, raqobat, korrupsiyaga
qarshi kurash, elektron platforma, islohotlar, qonunchilik, samaradorlik.
LEGAL REGULATION OF PUBLIC PROCUREMENT
Abstract:
This article discusses the stages of development of public procurement
in Uzbekistan and the legal foundations for regulating them. The public procurement
system has evolved since 2000, transitioning from classical methods to mechanisms
involving electronic auctions and the involvement of small business entities. The laws
"On Public Procurement" adopted in 2018 and 2021 are focused on ensuring
transparency, competitiveness, and efficiency in public procurement. Additionally,
measures aimed at combating corruption, preventing conflicts of interest, and
improving monitoring systems, along with their socio-economic significance, are
analyzed.
Keywords:
public procurement, legal regulation, competition, anti-corruption,
electronic platform, reforms, legislation, efficiency.
ПРАВОВОЕ РЕГУЛИРОВАНИЕ ГОСУДАРСТВЕННЫХ ЗАКУПОК
Аннотация:
В статье рассматриваются этапы развития государственных
закупок в Узбекистане и юридические основы их регулирования. Система
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
213
ISSN:3030-3621
государственных закупок развивалась с 2000 года, переходя от классических
методов к механизмам, включающим электронные аукционы и привлечение
субъектов малого бизнеса. Принятые в 2018 и 2021 годах законы "О
государственных закупках" направлены на обеспечение прозрачности,
конкурентоспособности и эффективности государственных закупок. Кроме того,
рассматриваются меры по борьбе с коррупцией, предотвращению конфликта
интересов и совершенствованию систем мониторинга, а также их социально-
экономическое значение.
Ключевые слова:
государственные закупки, правовое регулирование,
конкуренция, борьба с коррупцией, электронная платформа, реформы,
законодательство, эффективность.
O'zbekistonda davlat xaridlarining huquqiy tartibga solinishi iqtisodiy
barqarorlik va davlat resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlashda muhim rol
o'ynaydi. Davlat xaridlari jarayoni davlatning ijtimoiy
1
-iqtisodiy rivojlanishini qo'llab-
quvvatlash va shaffoflikni ta'minlash orqali korrupsiyani kamaytirishga xizmat
ko’rsatadi. Ushbu maqolada O'zbekistondagi davlat xaridlarining huquqiy tartibga
solinishi, rivojlanish bosqichlari, uning ahamiyati va muammolari haqida tahlil
qilinadi.
Davlat xaridlari - bu davlat yoki uning idoralari tomonidan tovarlar, ishlar yoki
xizmatlar sotib olish jarayoni hisoblanadi. Ularning maqsadi xalq manfaatlarini
himoya qilish, sifatli mahsulotlar taqdim etish va davlat resurslarini samarali
boshqarishdan iborat.
Mamlakatimizda davlat xaridlari tizimini rivojlanishini shartli tarzda to‘rt
bosqichga ajratish mumkin
2
Birinchi bosqich (2000-2011) davomida O‘zbekiston Respublikasida davlat
xaridlari tizimi Fuqarolik kodeksi, “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining
shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonun va “Tender savdolarini tashkil
etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining
Qarori asosida shakllandi va rivojlandi.
3
Ushbu hujjatlar asosida, davlat ehtiyojlari
uchun tovarlar etkazib berish bo‘yicha davlat kontrakti va shartnomalarining mohiyati,
ularni tuzish va bajarish tartibi, shuningdek, tomonlarning majburiyatlari Fuqarolik
kodeksida belgilandi.
1
O‘zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuni.
2
O‘roqov U.Yu. Davlat xaridi. O‘quv qo‘llanma.T.:«Nihol print» OK, 2022. 200 b.
3
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat xaridlarini amalga oshirish
bilan bog‘liq tartib-taomillarini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
214
ISSN:3030-3621
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi
to‘g‘risida”gi Qonun esa xo‘jalik subyektlari o‘rtasida shartnomalar tuzish, bajarish,
o‘zgartirish va bekor qilish jarayonlarini tartibga soladi. Ushbu qonun xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning huquq va majburiyatlarini, shuningdek, mahalliy davlat
hokimiyati organlari va davlat boshqaruv organlarining shartnoma munosabatlaridagi
vakolatlarini belgilaydi.
Ikkinchi bosqich (2011-2018): Davlat xaridi tizimining rivojlanishining ikkinchi
bosqichi (2011 yildan 2017 yilgacha) xalqaro tajribadan kelib chiqib, xaridlar tizimini
ochiq va shaffof qilish, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini keng jalb etish orqali
raqobatni ta'minlashga qaratilgan. Ushbu davrda davlat xaridlari sohasidagi
qonunchilikni xususiy va davlat sektori ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirish
zarurati paydo bo'ldi. Shuningdek, yangi davlat xaridlari turlarini joriy etish va
mavjudlarini takomillashtirish talabi tug'ildi. Bu sharoitda, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining "Davlat xaridlari tizimini maqbullashtirish va kichik biznes
subyektlarini jalb etishni kengaytirish to‘g‘risida"gi Qarori qabul qilindi,
4
bu esa davlat
xaridlari rivojlanishining ikkinchi bosqichini boshladi.
Davlat xaridlari tizimining rivojlanishidagi uchinchi bosqich 2018-yil 9-
apreldan 2021-yil 21-aprelgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
5
Avval ta’kidlab
o‘tilganidek, bu davrgacha mamlakatimizda davlat xaridlarini tartibga solishda 30 dan
ortiq normativ-huquqiy hujjatlar amal qilgan bo‘lib
6
, yagona va uzviy tizim mavjud
emas edi. Natijada, ayrim hollarda huquqiy ziddiyatlarga olib keluvchi normalar
uchragan, ba’zi tartiblar esa takroriyligi sababli korrupsiya xavfini oshirgan va ortiqcha
vaqt sarflanishiga sabab bo‘lgan. Ana shu muammolarni bartaraf etish, davlat
xaridlarini yagona va izchil huquqiy asosda tartibga solish hamda ularni amaliyotda bir
xil qo‘llash maqsadida 2018-yil 9-aprelda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
7
12 bob va 79 moddadan iborat ushbu huquqiy
hujjat davlat xaridlarining ochiqligi, shaffofligini ta’minlash, raqobat muhitini
kuchaytirish va davlat mablag‘laridan oqilona foydalanishga sharoit yaratishga xizmat
qilmoqda. Ushbu qonun davlat xaridlarini amalga oshirishda shaffoflik, raqobat
va ochiqlikni ta'minlashga qaratilgan. Qonun doirasida quyidagi asosiy tamoyillar
belgilangan:
Ochiqlik va shaffoflik: Davlat xaridlari jarayonida barcha axborotlarni ochiq va
shaffof tarzda taqdim etish.
Raqobatbardoshlik: Yetkazib beruvchilarni tanlashda raqobatni kuchaytirish.
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 fevraldagi PQ-1475-sonli Qarori.
5
Qodirov, A., & Turg‘unov, B. (2021).
Davlat xaridlari sohasidagi islohotlar va ularning huquqiy asoslari
. Huquq va
jamiyat, 2(4), 45-52.
6
Karimov, M. (2020).
O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridlari tizimi: muammolar va rivojlanish yo‘nalishlari
.
Toshkent: Iqtisodiyot va ta'lim nashriyoti.
7
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2018 yil 9 aprel,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
215
ISSN:3030-3621
Adolat: Barcha tadbirkorlar teng sharoitda ishtirok etishi kerak.
Tejamkorlik va samaradorlik: Byudjet mablag'larini oqilona sarflash va xaridlar
jarayoni resurslarni samarali ishlatishni ta'minlashi zarur.
Davlat xaridlari tizimining rivojlanishidagi to‘rtinchi bosqichi 2021 yil 22
apreldan boshlanib, hozirgi davrgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. Aynan shu
kuni “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning yangilangan tahriri qabul qilindi.
Mazkur huquqiy hujjatni ishlab chiqishda BMT Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha
komissiyasi (YUNSITRAL) tomonidan ishlab chiqilgan ommaviy xaridlar bo‘yicha
namunaviy qonunning asosiy prinsiplariga, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti
(OECD)ning tavsiyalariga hamda bir qator xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasiga
tayanilgan.
8
Ushbu Qonun mamlakatimizning xalqaro reytinglardagi pozitsiyasini,
xususan, OECDning Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasi va
davlat moliyasini baholovchi PEFA tizimi doirasidagi ko‘rsatkichlarini yaxshilashga
xizmat qiladi.
Amaldagi qonunchilik tizimi. Yangi tahrirdagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi
Qonun asosida sohaga bir qator muhim yangilik va o‘zgartirishlar joriy etildi:
1.
Korporativ buyurtmachilar tizimi takomillashtirildi.
Davlat ulushi 50
foizdan ortiq bo‘lgan korxonalar, shuningdek, davlat korxonalari ulushi bilan
birgalikda ushbu ko‘rsatkich 50 foizdan oshgan yuridik shaxslar korporativ
buyurtmachilar ro‘yxatiga kiritildi. Ularning ro‘yxati Davlat aktivlarini
boshqarish agentligi bilan hamkorlikda maxsus portalda yuritilishi belgilandi.
2.
Xarid tartib-taomillari soddalashtirildi.
Davlat buyurtmachilariga xarid
usulini mustaqil tanlash imkoniyati yaratildi. Xaridlar turiga qarab elektron
do‘kon, auktsion yoki tanlov orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, xarid
summalariga nisbatan aniq cheklovlar belgilandi. Shuningdek, e’lon qilish
muddatlari qisqartirildi: tanlov – 5 ish kuni (+2 kun muhokama), tender – 12 ish
kuni.
3.
Mas’uliyatni oshirish mexanizmlari takomillashtirildi.
Xarid komissiyasi
tarkibiga majburiy a’zolar kiritish talabi bekor qilinib, faqat buyurtmachining
vakillaridan iborat bo‘lishi belgilandi.
4.
Korruptsiyaning oldini olish va oshkoralikni ta’minlash maqsadida davlat
xaridlari tizimiga bir qator muhim choralar joriy etildi:
-
Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat xaridlarini nazorat qiluvchi
tashkilotlar tarkibiga kiritildi.
-
Xarid jarayonlarida ishtirok etuvchi shaxs va u bilan aloqador (affillangan)
shaxslarning bir savdoda qatnashishiga, shuningdek, xarid komissiyasi
8
O‘zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-684-son Qonuni.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
216
ISSN:3030-3621
a’zolarining manfaatlar to‘qnashuvi mavjud bo‘lsa ovoz berishiga yo‘l
qo‘yilmasligi belgilandi.
-
Hisob palatasi davlat xaridlarini tekshiradi va har yili o‘z xulosalarini Oliy
Majlis Qonunchilik palatasiga taqdim etadi hamda ularni ochiq manbalarda
e’lon qiladi.
-
Moliya vazirligi va boshqa tegishli idoralarga savdolar natijalari,
qonunbuzarlik holatlari va tahliliy ma’lumotlarni ommaga ochiq tarzda e’lon
qilib borish majburiyati yuklandi.
-
Davlat xaridlarining barcha bosqichlarini (rejalashtirish, xarid jarayoni,
shartnoma tuzish, monitoring va nazorat) o‘z ichiga oluvchi yagona elektron
platforma orqali amalga oshirish tizimlashtirildi.
-
Shu bilan birga, tizimni yanada takomillashtirish, tadbirkorlarni faolroq jalb
qilish, hamda oshkoralik va shaffoflikni kuchaytirishga qaratilgan boshqa
muhim islohotlar ham ko‘zda tutilgan.
Ushbu
o‘zgarishlar davlat xaridlari tizimining yanada ochiqligini,
raqobatbardoshligini va samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda davlat xaridlarining huquqiy tartibga
solinishi bo‘yicha olib borilgan islohotlar iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, davlat
mablag‘laridan oqilona foydalanish va korrupsiyaviy xatarlarni kamaytirishda muhim
omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Davlat xaridlari tizimi bosqichma-bosqich
takomillashib, dastlab klassik usullardan boshlanib, zamonaviy elektron platformalar
asosidagi shaffof va raqobatbardosh tizimga aylangan. Ayniqsa, 2018-yil va 2021-
yillarda qabul qilingan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunlar sohaga huquqiy
izchillik, aniqlik va oshkoralik olib kirib, xalqaro standartlarga mos mexanizmlarni
joriy etishga xizmat qildi. Bugungi kunda davlat xaridlarining barcha bosqichlari
yagona elektron platformada amalga oshirilayotgani, manfaatlar to‘qnashuvining oldi
olinayotgani va nazorat organlari faoliyatining kuchaytirilgani tizimning samaradorligi
va ishonchliligini oshirmoqda. Bularning barchasi davlat xaridlarining ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotdagi strategik ahamiyatini yanada kuchaytiradi.
9
Shu bois, davlat
xaridlari tizimini yanada takomillashtirish, ochiqlik va raqobatni mustahkamlashga
doimiy e’tibor qaratilishi lozim.
10
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
O‘zbekiston Respublikasining 22.04.2021 yildagi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi
O‘RQ-684-son Qonuni
9
U.Y.O'roqov, M.B.Moyliyev.
Mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali xalqaro kapitalni jalb qilish
masalalari.
Science and Education,
+kapitalni+jalb+qilish+masalalari
10
Qodirov, A., & Turg‘unov, B. (2021).
Davlat xaridlari sohasidagi islohotlar va ularning huquqiy asoslari.
Huquq va
jamiyat, 2(4), 45-52.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
217
ISSN:3030-3621
2.
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan
“Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarini tashkil etish va
o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom
3.
O‘roqov U.Y. Davlat xaridi. O‘quv qo‘llanma.T.:«Nihol print» OK, 2022. 200b.
5.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 7 fevraldagi PQ-1475- sonli
“Davlat xaridlari tizimini makbullashtirish va unga kichik biznes sub’ektlarini jalb
etishni kengaytirish to‘g‘risida”gi Qarori
6.
U.Y.O'roqov, M.B.Moyliyev. Mamlakat investitsiya jozibadorligini oshirish orqali
xalqaro kapitalni jalb qilish masalalari. Science and Education, 2022
7.
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2018 yil 9
aprel,
8.
Qodirov, A., & Turg‘unov, B. (2021).
Davlat xaridlari sohasidagi islohotlar va
ularning huquqiy asoslari
. Huquq va jamiyat, 2(4), 45-52.
9.
Karimov, M. (2020).
O‘zbekiston Respublikasida davlat xaridlari tizimi:
muammolar va rivojlanish yo‘nalishlari
. Toshkent: Iqtisodiyot va ta'lim nashriyoti.