Mualliflar

  • Ahmedova Jumagul Tursunovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.111911

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: nutq faoliyati gapirish tasnif tavsif matn chet tili nemis tili o‘rgatish.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqola  gapirishni  nutq  faoliyati  turi  sifatida  o‘rgatish 
masalalariga  bag‘ishlangan.  Muallif  gapirishning  ko‘plab  olimlar  tomonidan  taklif 
etilgan  tasnifi  va  tavsiflarini  o‘rganib  chiqadi.  Shuningdek,  gapirishga  o‘rganish 
jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘llari taklif etilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

305

ISSN:3030-3621

CHET TILI MASHG‘ULOTLARIDA TAʼLIM OLUVCHILARNING

GAPIRISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHGA OID

O‘ZIGA XOS JIHATLAR

Ahmedova Jumagul Tursunovna

Xo’jaobod tumani politexnikumi

ingliz tili fani o’qituvchisi.


Annotatsiya:

Mazkur maqola gapirishni nutq faoliyati turi sifatida o‘rgatish

masalalariga bag‘ishlangan. Muallif gapirishning ko‘plab olimlar tomonidan taklif
etilgan tasnifi va tavsiflarini o‘rganib chiqadi. Shuningdek, gapirishga o‘rganish
jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish yo‘llari taklif etilgan.

Kalit so‘zlar:

nutq faoliyati, gapirish, tasnif, tavsif, matn, chet tili, nemis tili,

o‘rgatish.

KIRISH

Maʼlumki, taʼlim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarga bo‘lgan eʼtibor

kun sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda nafaqat ijtimoiy-gumanitar sohalar, balki
aniq va tabiiy fanlarning rivojlanishida ham xorijiy tajribalar bilan tanishish muhim
ahamiyat kasb etadi. Jumladan, chet tillarni zamon talablari asosida chuqurlashtirilgan
tarzda o‘rganish va o‘rgatish, shuningdek, taʼlim oluvchilarning kelgusi faoliyatini
nafaqat ona tilida, balki xorijiy tillarda ham samarali olib borish imkoniyatiga ega
bo‘lishlari zarur. Umuman olganda, maktabgacha taʼlim, maktab taʼlimi hamda oliy
taʼlimga eʼtibor qaratadigan bo‘lsak, taʼlim oluvchilarga dastlab og‘zaki nutq (tinglab
tushunish va gapirish) o‘rgatiladi, keyingi bosqichda esa yozma nutq (o‘qish va yozish)
shakllantiriladi. Albatta, og‘zaki va yozma nutq faoliyati turlari bir-biri bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, ularni alohida o‘rgatish har doim ham samarali natija
bermaydi. Misol uchun, taʼlim oluvchilarga chet tilda yozish ko‘nikmalarini
shakllantirish jarayonida avvalo o‘qituvchi og‘zaki muloqotga o‘rgatishga harakat
qiladi. Keyinchalik taʼlim oluvchi o‘qituvchining fikrini tinglab tushunishga va o‘z
fikrini oddiy gaplar orqali og‘zaki bayon qilishga intiladi. Taʼlim oluvchilarda og‘zaki
nutq ko‘nikmalari shakllangandan so‘ng esa keyingi bosqich – o‘qish va yozuvga
o‘rgatiladi.

Mazkur maqolada chet tili mashg‘ulotlarida taʼlim oluvchilarning gapirish

ko‘nikmalarini shakllantirishga oid o‘ziga xos jihatlar tahlil qilinadi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR SHARHI

Ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish natijasida nutq faoliyati turlari xorijiy va

mahalliy metodist olimlar – V.A. Artemov, B.V. Belyaev, L.S. Vigotskiy, I.A.
Zimnyaya, N.I. Gez, J.J. Jalolov, Z.I. Klichnikova, A.P. Sokolov, Ye.I. Passov, A.A.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

306

ISSN:3030-3621

Leontev, A.A. Mirolyubov, S.K. Folomkina, P.M. Frumkina, S.F. Shatilov, E.G.
Azimov, A.N. Shukin, O‘. Hoshimov, I. Yoqubov, Sh. Ataev va boshqalar tomonidan
atroflicha o‘rganilganligi aniqlandi.

Shu o‘rinda, J. Jalolovning fikriga ko‘ra, gapirish – biror fikrni izhor etish

maqsadida muayyan tildagi leksik, grammatik va talaffuz hodisalarini qo‘llashdan
iborat. Shuningdek, gapirish deganda fikrni og‘zaki bayon etish tushuniladi. Chet
tillarni o‘qitish metodikasida gapirish nutq faoliyati turi sifatida asosan XX-asrning 60-
yillarida atroflicha tadqiq etila boshlandi.

Umuman olganda, “Nutq muloqot jarayoni emas, gapirish ham emas. Nutq –

gapirish yanglig‘ faoliyat chog‘ida fikrni ro‘yobga chiqarish va ifodalash usulidir” .
Shuningdek, muloqot jarayonida notiq tomonidan qo‘llaniladigan til birliklari
tinglovchiga mos kelsa, tushunish jarayoni osonlashadi. Notiq qay darajada tinglab
tushunish ko‘nikmasiga ega bo‘lsa, gapirish jarayoni ham shuncha oson kechadi.

TADQIQOT METODOLOGI YASI

Ushbu maqolada mavzuni yoritishda xorijiy va mahalliy olimlarning chet til

o‘qitish metodikasiga oid tadqiqot ishlaridan foydalanilgan. Maqolada umumilmiy
metodlardan deduktiv va induktiv hamda chet til o‘qitish metodikasining maxsus
metodlari qo‘llanilgan. Nutq faoliyati turlaridan gapirishning muloqotdagi funksiyalari
va ularning chet til mashg‘ulotlarida qo‘llanishining o‘ziga xos xususiyatlari haqida
fikr-mulohazalar yuritilgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

Ta’lim oluvchi mashg‘ulotlarda dastlab mavzuni ilg‘ashga va uning doirasida

mavjud bilimlarni yodga olishga harakat qiladi, keyinchalik esa o‘z fikrini jamlashga
harakat qiladi va o‘rganilayotgan tildagi leksik va grammatik birliklardan foydalangan
holda muloqotga kirishadi, ya’ni chet tilda muloqot qila boshlaydi.

Chet til o‘qitish metodikasida gapirish bir qancha vazifalarni amalga oshiradi.

Birinchidan, interaktivlik: gapirish odatda ikki yoki undan ortiq shaxslar o‘rtasida
bo‘ladi. Bu jarayonda biror fikr yoki ma’lumotni yetka- zish, so‘rovlar o‘tkazish va
javoblar almashish, shuningdek, izohlar berish mumkin. Ikkinchidan, tezkorlik: gapi-
rishda ma’lumotni tez va qisqa vaqt ichida yetkazish zarurati bor. Odatda gapirishda
to‘xtalishlar kam bo‘ladi, chunki so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida muloqot bo‘ladi.
Uchinchidan, muloqot jarayonida erkinlik: gapirishda, yozishga nisbatan, ko‘proq
erkinlik va ifoda tarzining xilma-xilligi mavjud. G‘oyalar tezda o‘zgartirilishi yoki
moslashtirilishi mumkin. To‘rtinchidan, tinglash va tushunish: gapirishda nafaqat
yaxshi notiq bo‘lish, balki yaxshi tinglovchi bo‘lish maqsadga muvofiq. Gapiruvchi
boshqa odamlarning fikrini tushunib, unga mos ravishda javob bera olishi kerak.
Beshinchidan, jismoniy ifodalar: gapirishda talaffuz qilingan so‘zlar, ularning
intonatsiyasi va noverbal harakatlar (mimikalar, qo‘l harakatlari) orqali qo‘shimcha
ma’lumotlar beriladi. Bu unsurlar muloqot jarayonini boyitadi va tushunishni


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

307

ISSN:3030-3621

osonlashtiradi. Nihoyat, so‘nggisi – ovoz va intonatsiya: gapirishda ovoz balandligi,
ohang va intonatsiya muloqotning samaradorligiga ta’sir qiladi. Ovoz yordamida his-
tuyg‘ular va muhim fikrlar ifodalashi mumkin. Albatta, bularning barchasi xorijiy tilni
amaliy egallashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Shu kabi xususiyatlar gapirishni
yozishdan farqlaydi va bu jarayonda muloqot samaradorligini ta’minlashga yordam
beradi. Til o‘rganuvchilar ta’limning dastlabki bosqichida muloqotga kirishishda
“Salomlashish va hayrlashish”ga oid so‘z va iboralarni o‘rgana boshlaydilar. Chet
tillarni o‘rganish jarayonida o‘quvchilar ma’lum bir mavzuga oid leksikani
o‘zlashtiradi, ya’ni ularda og‘zaki nutq shakllana boshlaydi. Leksikani o‘rganishdan
keyingi bosqich – bu grammatik qoidalar bo‘lib, hozirgi zamonda gap tuzish, ya’ni
ta’lim oluvchilar o‘rganilayotgan tilda yozish va o‘qishni o‘rgana boshlaydilar. Hozirgi
kunda xorijiy tillarni o‘rgatishda gapirish nutq faoliyat turini takomillashtirishga
qaratilgan samarali metod va mashqlar mavjud. Shunday mashqlar sirasiga
o‘rganilayotgan tilda so‘z boyligini oshirish yoki mavzuga oid leksikani o‘rganish
maqsadga muvofiq. Tilni turli iboralar va maqollar orqali o‘rganish hamda gapirishga
o‘rgatish samarali usul hisoblanadi. Har kuni yangi so‘zlar yoki iboralarni o‘rganish va
ularni muloqot jarayonida qo‘llash o‘rganilayotgan tilda so‘z boyligini oshirishga
yordam beradi hamda erkin muloqot qilishga zamin yaratadi. Shuningdek, suhbat
davomida bir fikrni yoki mazmunni boshqa so‘z yoki so‘zlar bilan almashtirish
imkonini beradi.Shuningdek, chet tilida fikrni tez va aniq ifodalashga mo‘ljallangan
mashqlar ham mavjud bo‘lib, ular tala- balar gapirish ko‘nikmalarini shakllantirishga
xizmat qiladi va qisqa vaqt ichida biror mavzuda fikrni ifodalash imkonini beradi.
Masalan, so‘zni bir daqiqada tugatish mashqi orqali muhokama qilinayotgan mavzuda
fikr bildirish. Bu mashq tezlik va aniqlikni rivojlantirib, bayon qilinishi
rejalashtirilayotgan fikrni ifodalashda taym-menejment, ya’ni til sohibi bilan
muloqotda vaqtni boshqarish hamda qisqa vaqt mobaynida o‘z fikrini muloqotdoshga
yetkazish imkonini beradi. gapirish jarayonida yozuvdagi nutq faoliyatidan farqli
ravishda bayon qilingan fikrni tahrir qilish imkoniyati bo‘lmaydi. Bu esa o‘z navbatida
gapirishda katta mas’uliyatni talab qiladi. O‘quvchilarga chet tilida gapirishni o‘rgatish
oraliq amaliy maqsad sanaladi. Ya’ni, ta’limning dastlabki bir necha (taxminan, uch)
yili davomida ular gapirish va tinglab tushunishni (og‘zaki nutqni) o‘rganishadi, o‘qish
va yozuv esa o‘qitish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yuqori sinflarda o‘qish va tinglab
tushunish (retseptiv nutq) asosiy maqsad maqomini egallaganda, gapirish o‘qitish
vositasiga aylanadi. Demak, gapirish uch vazifani bajaradi: aloqa vositasi, o‘qitish
vositasi va o‘qitishning amaliy maqsadi (tinglab tushunish va o‘qish ham yuqori
sinflarda shunday mavqega ega bo‘ladi). Yozuv esa mustaqil maqsad emas, balki
vosita vazifasini bajaradi . Chet tilida gapirish uch qismdan iborat nutqiy faoliyatdir.
Dastlab, gapirishga moyillik (motivatsiya) bo‘lishi zarur. Ushbu til vositasida fikr


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_1-to’plam_Iyun -2025

308

ISSN:3030-3621

aytish ehtiyoji tug‘iladi. Gapirishning ushbu qismida aytish niyati (intentsiya) paydo
bo‘ladi, xolos.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Yangi O‘zbekiston sharoitida ta’lim

oluvchilarga yuqori sifatli ta’lim berish, xorijiy tajribani o‘z ichiga olgan zamonaviy
pedagogik metod va texnologiyalarni qo‘llash hamda ularni kreativ fikrlashga o‘rgatish
maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, chet tili mashg‘ulotlarida turli madaniyat vakillari
bilan muloqot qilishni o‘rganish, o‘rganilayotgan til madaniyatiga xos urf-odatlar va
qadriyatlarni o‘zlashtirish ushbu tilni chuqur tushunishga olib keladi. Ta’lim
oluvchilarda bu tushunchalarni shakllantirish natijasida ularning xalqaro maydonda
muvaffaqiyatli muloqot qila olishlari uchun zamin yaratiladi. O‘z o‘rnida, og‘zaki nutq
faoliyat turi chet tili o‘qitish metodikasida katta ahamiyatga ega bo‘lib, til sohibi bilan
muloqotda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Зимняя И.А. Психологические аспекты обучения говорению на иностранном
языке. – М.: Просвещение, 1985. – 160 с.

2.

Методика обучения иностранным языкам в средней школе / Г.В.Рогова,
Ф.М.Рабинович, Т.Е.Сахарова. – М.: Просвещение, 1991. – 287 с.

3.

Jalolov J. Chet til o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 2012. – 430 b.

4.

Passov E.I. Коммуникативное иноязычное образование: концепция и
технология. – М.: Русский язык, 1991. – 240 с.

5.

Littlewood W. Communicative Language Teaching. – Cambridge: Cambridge
University Press, 1981. – 112 p.

6.

Richards J.C., Rodgers T.S. Approaches and Methods in Language Teaching. –
Cambridge: Cambridge University Press, 2001. – 270 p.

7.

Harmer J. The Practice of English Language Teaching. – London: Longman, 2007.
– 446 p.

8.

Савельева И.С. Методика обучения устной речи в иностранном языке. – СПб.:
КАРО, 2010. – 198 с.

9.

Вятютнев М.Н. Развитие речевых навыков в процессе обучения
иностранному языку. – М.: Высшая школа, 1996. – 256 с.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

Зимняя И.А. Психологические аспекты обучения говорению на иностранном

языке. – М.: Просвещение, 1985. – 160 с.

Методика обучения иностранным языкам в средней школе / Г.В.Рогова,

Ф.М.Рабинович, Т.Е.Сахарова. – М.: Просвещение, 1991. – 287 с.

Jalolov J. Chet til o‘qitish metodikasi. – T.: O‘qituvchi, 2012. – 430 b.

Passov E.I. Коммуникативное иноязычное образование: концепция и

технология. – М.: Русский язык, 1991. – 240 с.

Littlewood W. Communicative Language Teaching. – Cambridge: Cambridge

University Press, 1981. – 112 p.

Richards J.C., Rodgers T.S. Approaches and Methods in Language Teaching. –

Cambridge: Cambridge University Press, 2001. – 270 p.

Harmer J. The Practice of English Language Teaching. – London: Longman, 2007.

– 446 p.

Савельева И.С. Методика обучения устной речи в иностранном языке. – СПб.:

КАРО, 2010. – 198 с.

Вятютнев М.Н. Развитие речевых навыков в процессе обучения

иностранному языку. – М.: Высшая школа, 1996. – 256 с.