Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
284
ISSN:3030-3621
AKADEMIK ABDULAHAD MUHAMMADJONOVNING TOPONIM VA
GIDRONIMLAR SOHASIDAGI IZLANISHLARI
Baxritdinov Jasurbek Mirzabek о‘gli
Guliston davlat pedagogika instituti
1-kurs magistranti.
jasurbaxritdinov019@gmail.com
Tel: +998935964112
Ilmiy rahbar
Kanimkulov Olimjon Sheraliyevich
Guliston davlat pedagogika
instituti dotsenti v.b, PhD.
Tel raq: +998 97 224 07 67
El.pochta: kanimkulov812310@gmail.com
Orcid: 0009-0006-6069-009X
Annotatsiya:
Ushbu
maqolada
akademik
olim
Abdulahad
Muhammadjonovning toponimlar va gidronimlar haqida olib borgan izlanishlari
haqida so‘z boradi. Xususan, maqolada olimning joy nomlari ularning kelib chiqishi
hamda davriy o‘zgarib borishi, sug‘orish tizimiga doir atamalar izohi va shaxsga doir
taxalluslar haqida olib borgan tadqiqot ishlari, uning asarlari, chop ettirgan maqolalari
misolida yoritib berishga harakat qilingan.
Kalit so‘zlar
: Gidronim, irrigatsiya, Sohibqiron, Tunkat, toponomika,
Zulqarnayn, Shosh, Choch.
Abdulahad Muhammadjonov ilmiy faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri
toponomika sohasiga doir tadqiqotlar hisoblanadi. Bizga qoldirgan “Qadimgi Qang‘”,
“Poykand”, “Toshkent va toshkentliklar” kitoblari ayniqsa ahamyatli. Mazkur kitob
monografik xarakterga ega bо‘lgan risola bo‘lib, hajm jihatdan 5 ta bobdan ortiq bо‘lsa
ham qadimgi Toshkent, Qang‘ va toshkentliklar haqida eng muhim voqealarni qisqa
lekin chuqur mazmunli qilib berganlar. Toponimist-tilshunos sifatida toponimlar,
etnonimlar, antroponimlarning ma’no va motivlarini, ularning asliyatda, to‘g‘ri va aniq
shakllarini ilmiy - ommabop tarzda tushuntirib berishga bag‘ishlangan 10 dan ortiq
maqolalar yozdi. Olimning bir qator ishlarida toponimlarni o‘rganishning nazariy
muammolari, toponimik tadqiqotning o‘ziga xos xususiyatlari yuzasidan original
mulohazalar bildirilgan. Jumladan asarda Toshkent shahrining qadimda qanday
nomlanishi va uning asrlar davomida o‘zgarib borishi hamda ularning qanday manoni
anglatishi haqida ma’lumotlar berilgan. Poytaxtimizni hozirgi nomi unga berilgan
nomlarning eng so‘nggisi bo‘lib, “Toshkent” so‘zi yozma manbalarda dastavval XI
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
285
ISSN:3030-3621
asrning mashhur allomalari Abu Rayxon Beruniy va Mahmud Koshg‘ariylarning
asarlarida tilga olinadi[1; 5]. Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarda keltirilgan
ma’lumotlarga qaraganda, Toshkentning eng qadimgi nomi “Choch” bo‘lgan. Arab
alifbosida «ch» harfining yo‘qligi boisidan arabiy va forsiy asarlarda u “Shosh” deb
yuritilgan. Ilk o‘rta asrlarda u Choch, Shosh, Shoshkent, Madinat ash-Shosh, Binkat va
Tunkat deb nomlangan. Avvalo shuni aytib o‘tish joizki, Toshkentning eng qadimgi
nomi — “Choch” shaharning yoshiga nisbatan qadimiyroqdir. Chunki bu nom hali
Toshkent shahri paydo bo‘lmasdan bir necha asrlar muqaddam Chirchiq va Oxangaron
daryolari vodiylari va bu ikki daryoning suvi bilan obod etilgan Toshkent vohasiga
berilgan bo‘lib, bu o‘lkaning qadimgi mahalliy aholisi tomonidan u “Choch eli”, ya’ni
“Chochanap” deb yuritilgan. Dastavval bu atama otashparastlarning qadimiy
muqaddas kitobi Avestoda tilga olinadi. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, bu atama
miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida yuzaga kelgan bo‘lib, asli Orol dengizining
qadimgi Eron tilidagi “Chaye-chasta” degan nomidan kelib chiqqan. Ma’lumki, vodiy,
voha yoki joy nomlari toponimlar, odatda ular joylashgan o‘lka tabiatining ayrim
xususiyatlari yoki qadimgi aholisi va ba’zan qad ko‘targan aholi manzillarining soni
va sifatlariga nisbatan beriladi. Bu qadimgi o‘lka sharqdan Chotqol – Qurama va
Qorjantov (Qorjovg‘antov) tizmalari, janub va g‘arbdan Sirdaryo va shimoldan
qadimda Buyuk dasht yoki Dashti Qipchoq deb atalgan Qozog‘istonning janubiy
hududlari bilan o‘ralib turadi. Uning bunday tabiiy sharoiti avvaldan o‘lkaning
iqtisodiy hayotida ayniqsa, bu yerda ibtidoiy chorvachilik va dehqonchilik
xo‘jaliklarining vujudga kelishi va rivojlanishida katta o‘rin tutgan. Chotqol – Qurama
tog‘lari va tog‘oldi adirliklar chorvachilik uchun keng yaylov, Chirchiq va Ohangaron
daryo vodiylari dehqonchilik uchun asosiy obi hayot manbayi bo‘lib xizmat qilgan
bo‘lsa, bu tog‘lardan olinadigan turli xil ma’danlar o‘lkada qadimdan
hunarmandchilik:chilangarlik,misgarlik, zargarlik rivojlantirishga imkon bergan.
“Choch” so‘zi qadimda mahalliy aholi tilida “tog’” va “tosh” kabi ikki xil ma’nolarni
anglatgan. Chochning rivojlanishida chirchiq daryosi muhim o‘rin tutgan. O‘rta
asrlarda Chirchiq daryosi “Parak”, “Obiparak”, “Daryoyi Parak” nomlari bilan
yuritilgan. “Par” yoki “Parak” aslida so’gdiycha bo‘lib, u “yuqoridan pastga tushish”,
“enish”, “qulash” ma’nolarini anglatadi. Masalan, Yag’nobliklar tog‘dan tosh ko‘chib
qulaydigan joyni “sangpar” ya’ni “tosh qulash” deb ataydilar. Shunga asoslansa “obi
parak” so‘zma so‘z “tog‘dan oqib tushadigan daryo”, “tez oqar daryo” yoki bir so‘z
bilan aytganda “sharshara” degan ma’noni anglatadi.
Miloddan avvalgi III asrda tashkil topib, milodning V asrigacha hukm surgan
“Qang‘”, “Qanqa’’ yoki “Qangxa” deb atalgan. Xitoy yozma manbalarida u
“Qangyuy” yoki “Qandzyuy” nomlari bilan tilga olinadi. Qadimgi toxarlar
(Surxondaryo voxasining kadimgi axolisi)tilida “Qang‘” so‘zi ham “tosh” bilan bir
qatorda “baland g‘ildirakli toshdek mustahkam arava” ma’nosini anglatgan. Miloddan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
286
ISSN:3030-3621
avvalgi II – I asrlarda Qang‘ davlati nihoyatda kuchayib, unga beshta viloyat: Susey
(Kesh), Fumu (Sugd), Yuni (Choch), Gi (Buxoro), Yuegyan (Xorazm) hokimlari
bo‘ysungan. Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu viloyatlarning nomlari Xitoy
manbalaridan olingani uchun xitoychadir.Demak, qadimda tog‘, so‘ngra undan oqib
tushadigan daryo keyinchalik shu daryo tufayli obod etilgan vohaga berilgan “Choch”
yoki “Chachanap” atamasi, nihoyat shu vohada qad ko‘targan dastlabki aholi
yashaydigan qishloq va shahar ismiga aylangan. Bu atamaga avval “Kat”, so‘ngra
“qand” yoki “kent” so‘zlari qo‘shilib yuritilgan. Bu keyingi qo‘shimchalar shubhasiz,
aholi yashaydigan joy ekanini belgilab beruvchi so‘zlardir. Qadimgi Choch yoki Shosh
vohasining dasht bilan tutashgan shimoliy chegarasida qad ko‘targan dastlabki aholi
yashaydigan dehqonchilik qishlog‘i (keyinchalik u shaharga aylangan) Chochkat deb
atalib, uning bizgacha yetib kelgan tepa shaklidagi xarobasi toshkentliklar o‘rtasida
“Shoshtepa” nomi ostida shuhrat topgan. Arablar Toshkentni Shosh yoki Madinat ash-
Shosh deb atashgan [2. 97-101-bb; 7].
Shuningdek, Abdulahad Muhammadjonov sug‘orish tizimiga doir turli xil
gidronimlar izohi haqida ham bir qancha ishlar olib bordi. Olim o‘zing “Quyi
Zarafshon o‘lkasining sug‘orilish tarixi” kitobida sug‘orish inshootlari va ular bilan
bog‘liq juda ko‘plab atamalarni izohlari bilan keltirgan. Xususan, ushbu kitobda
keltirilishicha, Zarafshon vodiysini bunyod etgan va bu vodiyning sug‘orilib obod
etilishida hayotbaxsh ro‘l o‘ynagan yagona suv manbayi qadimda “Mosif” va “Nomik”
daryosi deb yuritilgan. Yunonistonning antik dunyo mualliflari o‘z asarlarida uni
“Politimet”, ya’ni “Ulug’” yoki “Azim” daryo deb yozadilar. X asr arab geograflari uni
“Vodi us-Sugd’”, “Naxr us-Sugd’” va “Naxr ul-Buxoro” nomlari bilan tilga oladilar.
O‘rta asrlarda u “Xaromkom” va “Kuxak” daryosi nomlari bilan mashxur bo‘lgan.
Keyinchalik “Qorako‘ldaryo” nomini olgan uning quyi oqimi esa “Rudi Somjan”,
“Naxri Sharg’”, “Naxri Jurg’” va “Rudi Navfar” deb yuritilgan. XVIII asrdan boshlab
unga “Zarafshon”, ya’ni “Zar sochuvchi” nomi berilgan. Katta mashaqqat bilan
sug‘orish tarmoqlariga bog‘lab olingan suv ziroatchilarning ekin maydonlari hajmiga
qarab belgilangan tartib bo‘yicha taqsimlangan. Sug‘orish shaxobchalarining bir
kecha-yu bir kunduzgi oqimi quyi Zarafshonda “suv” deb atalgan. “Suv” ikki “toqa”
va toqa esa to‘rt “chorak”dan iborat bo‘lgan. Chorak o‘z navbatida “nimcha” va
“niminimcha”larga bo‘lingan. Shaxrud kanalining bosh to‘g‘onini tartibda saqlab
turish Duoba atrofidagi 9 ta qishloqning aholisiga yuklangan edi [3. 351-358-betlar].
Abdulahad Muhammadjonovni ko‘proq toponimlarning tarixi, genetik asoslari,
ma’no va etimologiyasi qiziqtirib keladi. Maqolalarida nomlarning etimologiyasi,
lug‘aviy, grammatik, so‘z yasalish xususiyatlariga oid fikrlar ham qayd qilingan.
Masalan, olim “Sohibqiron”, “Zulqarnayn” atamalari haqida fikr yuritar ekan, 15 dan
ziyod turli izohli lug‘atlar va yozma manbalarga murojaat qiladi. Ulardagi
“Sohibqiron”, “Zulqarnayn” haqidagi fikrlarni bir-biriga qiyoslaydi va ularga o‘z
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
287
ISSN:3030-3621
munosabatini bildiradi. Shundan so‘ng “Sohibqiron”, “Zulqarnayn” harbiy
unvonlarning etimologiyasi xususida atroflicha fikr yuritib, keyin quyidagi xulosalarga
keladi. “Sohibqiron”, “Zulqarnayn”, “qiron”, “qarn”, “qarnayn” shakllaridagi atamalar
izohi borasida keltirilgan ma’lumotlarning etimologik talqinidan ma’lum bo‘lishicha,
“Sohibqiron” nomi Amir Temurga berilgan oliy darajali harbiy unvon bo‘lib, bu
“sohibizamon” va “sohib-adl”, ya’ni adolat egasi ma’nolari bilan bir qatorda, umumiy
tarzda aytganda, zamonning adolatli jahon podshohi ma’nosini anglatgan. Amir Temur
mana shunday daholik martabasiga erisha olgan hukmdor, “Sohibqironi soniy”, ya’ni,
“Ikkinchi sohibqiron” nomi bilan atalgan. A.Temur va temuriylar davlatining asosiy
qismida hukmronlik qilgan sulton Husayn Boyqaro va Eron shohi Nasriddinshoh
Xajarlar o‘zini “Sohibqironi soniy”, ya’ni, “ikkinchi sohibqiron” deb atashganligi
haqida ma’lumotlar keltirgan [4. 34-b; 6].
Xulosa qilib aytish mumkinki, olimning ilmiy asarlari ilmiy jamoatchilikda
yuqori baholanib kelinyapti. A.Muhammadjonov ilmiy tadqiqotlarni pedagogik
faoliyat bilan qо‘shib olib borgan olimlarimizdan biridir. Fan oldidagi salmoqli
xizmatlari uchun 1989-yilda u О‘zbekiston Fanlar Akademiyasining a’zosi qilib
saylangan edi. U kishi 1997-2004-yillarda “О‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalining
bosh muharriri bо‘lib faoliyat kо‘rsatgan. Shuningdek, Sharqshunoslik va Arxeologiya
institutlari qoshidagi ixtisoslashgan maxsus kengash hamda Toshkent shahar
Toponomika komissiyasining a’zosi edilar. A.Muhammodjonovning ilmiy-ijodiy
faoliyati mustaqillik yillarida yangi mazmun bilan boyidi. Akademik olim qoldirgan
ilmiy meros bugungi kunda ham tariximizni o‘rganishda katta ta’sirga ega. 2020-yil
30-oktabrda “Fan tarixi rivojiga Akademik A.Muhammadjonovning qо‘shgan hissasi”
mavzusida Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani о‘tkazildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
О‘zbekiston tarixchilari. 1 jild (bibliografik malumotnoma). Toshkent:2000-yil.
2.
Muhammadjonov A. “Toshkent va toshkentliklar’’ –Toshkent. Sharq; 2009. – 97-
101-betlar.
3.
Muhammadjonov A. “Quyi Zarafshon vodiysining sug‘orilish tarixi” (Qadimgi
davrdan to XX asr boshlarigacha) – Toshkent: Fan, 1972. – 351-358-betlar.
4.
Muhammadjonov A. “Sohibqiron” va “Zulqarnayn” atamalari haqida. // O‘zbek tili
va adabiyoti. 2005. – 34 bet.
5.
Sheraliyevich K. O. The Role of Studying the History of Irrigated Farming Culture
in the Work of Yahya Ghulomov //NATURALISTA CAMPANO. – 2024. – Т. 28.
– №. 1. – С. 1735-1740.
6.
Olimjon Sh. Kanimkulov. (2022). YAHYO GULOMOV IS THE ORGANIZER OF
THE NATIONAL HISTORIAN-ARCHAEOLOGIST PERSONNEL TRAINING.
International Scientific and Current Research Conferences, 1(01), 186–188.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_1-to’plam_Iyun -2025
288
ISSN:3030-3621
Retrieved
from
https://www.orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/825
7.
Канимкулов Олимжон Шералиевич. Яхъя Гулямов - крупный ученый-
исследователь истории орошаемой земледельческой культуры // Вестник
науки
и
образования.
2020.
№9-3
(87).
URL: