Mualliflar

  • AKBAR ASHUROVICH SHODIYEV

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.118974

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar. Elektr energiyasini sotish boʻyicha zararlar elektr energiyasi yoʻqotishlari standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan yoʻqotishlar yoʻqotishlar summalarini hisobdan chiqarish yoʻqotishlarning sintetik va analitik hisobi sotish xarajatlarini turkumlash elektr energiyasi yoʻqotishlarini sotish baxosida aks ettirish texnologik yoʻqotishlar tabiiy yoʻqotishlar texnik yoʻqotishlar.

Annotasiya

Annotatsiya.  Maqolada  elektr  energiya  yoʻqotishlarini  баҳолаш  ва  ҳисобга 
олиш  hamda  buxgalteriya  hisobida  qayd  etish  uchun  analitik  hisobvaraqlar  ochish 
boʻyicha  takliflar  keltirilgan.  Elektr  yoʻqotishlarining  kelib  chiqish  xususiyatlariga 
koʻra  “Elektr  energiyasini  yetkazib  berishdagi  zararlar”  termini  asoslangan.  Elektr 
yoʻqotishlarini tannarx usulidagi hisobidan voz kechish hamda baholashda sotish narxi 
boʻyicha  baholash  taklif  etilgan.  Elektr  energiyasi  yoʻqotishlarini  buxgalteriya 
hisobida hisobga olish boʻyicha namunaviy buxgalterlik oʻtkazmalari keltirilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

317

ISSN:3030-3621

ELEKTR ENERGIYA YOʻQOTISHLARI MIQDORINI BAHOLASH VA

HISOBGA OLISHDA JAHON MAMLAKATLARI TAJRIBASI

AKBAR ASHUROVICH SHODIYEV

iffd PhD, v.b.dotsent

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti “Buxgalteriya

hisobi va statistika” kafedrasi mudiri,

aliz77@mail.ru,

0009-0005-1995-9507

ОПЫТ СТРАН МИРА ПО ОЦЕНКЕ И РАСЧЕТУ ОБЪЕМА ПОТЕРЬ

ЭЛЕКТРОЭНЕРГИИ

ШОДИЕВ АКБАР АШУРОВИЧ к.э.н., и.о.доцента

Заведующий кафедрой «Бухгалтерский учет и статистика» Термезского

университета экономики и сервиса, aliz77@mail.ru, 0009-0005-1995-9507

EXPERIENCE OF WORLD COUNTRIES IN ASSESSING AND

CALCULATING THE AMOUNT OF ELECTRICITY LOSSES

AKBAR ASHUROVICH SHODIYEV iffd PhD, acting associate professor

Head of the Department of "Accounting and Statistics",

Termez University of Economics and Service,

aliz77@mail.ru, 0009-0005-1995-9507


Annotatsiya.

Maqolada elektr energiya yoʻqotishlarini баҳолаш ва ҳисобга

олиш hamda buxgalteriya hisobida qayd etish uchun analitik hisobvaraqlar ochish
boʻyicha takliflar keltirilgan. Elektr yoʻqotishlarining kelib chiqish xususiyatlariga
koʻra “Elektr energiyasini yetkazib berishdagi zararlar” termini asoslangan. Elektr
yoʻqotishlarini tannarx usulidagi hisobidan voz kechish hamda baholashda sotish narxi
boʻyicha baholash taklif etilgan. Elektr energiyasi yoʻqotishlarini buxgalteriya
hisobida hisobga olish boʻyicha namunaviy buxgalterlik oʻtkazmalari keltirilgan.

Kalit soʻzlar.

Elektr energiyasini sotish boʻyicha zararlar, elektr energiyasi

yoʻqotishlari, standartlashtirilgan va standartlashtirilmagan yoʻqotishlar, yoʻqotishlar
summalarini hisobdan chiqarish, yoʻqotishlarning sintetik va analitik hisobi, sotish
xarajatlarini turkumlash, elektr energiyasi yoʻqotishlarini sotish baxosida aks ettirish,
texnologik yoʻqotishlar, tabiiy yoʻqotishlar, texnik yoʻqotishlar.

АННОТАЦИЯ

. В статье представлены предложения по оценке и учету

потерь электроэнергии и открытию аналитических счетов для их отражения в
бухгалтерском учете. В зависимости от особенностей происхождения потер
электроэнергии основан термин "Ущерб при подаче электроэнергии".


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

318

ISSN:3030-3621

Предлагается отказаться от расчета потерь электроэнергии по затратному методу
и использовать в оценке проданную сену. Представлены образцы бухгалтерских
эксплуатационных по учету потерь электроэнергии.

Ключевые слова.

Потери при реализации электроэнергии, потери

электроэнергии, нормированные и ненормированные потери, списание потери,
синтетический и аналитический учет потери, классификация себестоимости
реализации, естественные потери, технические потери.

ANNOTATION

. The article presents proposals for the assessment and

accounting of electricity losses and the opening of analytical accounts for their
recording in accounting. The term “Losses in the supply of electricity” is based on the
characteristics of the origin of electricity losses. It is proposed to abandon the cost
method of accounting for electricity losses and to estimate them at the selling price.
Sample accounting entries for accounting for electricity losses are presented.

Keywords

. Losses on the sale of electricity, electricity losses, standardized and

non-standardized losses, write-off of loss amounts, synthetic and analytical accounting
of losses, categorization of sales costs, reflection of electricity losses in the selling
price, technological losses, natural losses, technical losses.


Кириш.

Elektr energetikasi islohotining yakunlanishi ushbu sohani

boshqarishning strategik, maʼmuriy va tashkiliy yondashuvlarini oʻzgartirish uchun old
shart-sharoitlarni

yaratdi.

Xoʻjalik

yurituvchi

subyektlar

xarajatlarni

optimallashtirishdan manfaatdor boʻldi va buning natijasida buxgalteriya hisobi,
nazorat va boshqaruvni axborot bilan taʼminlashni tashkil etishni takomillashtirish
sohasidagi ilmiy ishlanmalar uchun ijtimoiy buyurtma shakllandi. Energiya taʼminoti
tashkilotlarining raqobatbardoshligi va investitsion jozibadorligi elektr energiyani
uzatishda yuzaga keladigan samarasiz xarajatlar va yoʻqotishlarni aniqlash va izchil
ravishda kamaytirish strategiyasidan foydalangan holda amalga oshirilishi mumkin.

Таҳлил ва натижалар.

Energiya taʼminoti tashkilotlari faoliyatining oʻziga

xos elementlaridan biri elektr energiyani uzatishdagi yoʻqotishlardir. Bu muammoni
iqtisodiyotimizdagi tarixiy institutsional disfunksiya sifatida tan olish mumkin. Hozirgi
bosqichda Rossiya energiya resurslaridan kam samarali foydalanadigan davlatlardan
biri hisoblanadi. Yalpi ichki mahsulotning energiya sigʻimi jahondagi oʻrtacha
koʻrsatkichdan 2,3 barobar, xususan, Hindiston va Xitoy koʻrsatkichlaridan 1,6
barobar, AQSHdan 2 barobar, Yaponiyadan 6 barobar yuqoridir. 2023 yilda elektr
energiyaning yoʻqotishlari 107 milliard kVt/soatni tashkil etdi

1

, bu Rossiya

Federatsiyasidagi barcha atom elektr stantsiyalarning ishlab chiqarishi bilan
taqqoslanadi. Tarmoqqa elektr energiya yetkazib berish boʻyicha yoʻqotishlar 13,14

1

“International Energy Agency” sayti maʼlumotlari


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

319

ISSN:3030-3621

foizni tashkil etdi. 1990-yilga nisbatan Rossiya Federatsiyasining elektr tarmoqlarida
elektr energiya yoʻqotishlari tarmoqqa yetkazib berishning 14% ga kamayishi bilan
35% ga oshdi

2

, bu sanoat korxonalarida mavjud hisob va nazorat tizimi ushbu

yoʻqotishlarni toʻliq aniqlashga imkon bermaydi va darajasini pasaytirish uchun
optimal boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

1-jadval maʼlumotlariga koʻra jahonning 187 mamlakatida ishlab chiqarilayotgan

elektr energiya hajmi 2024-yil yakuniga koʻra 30000(oʻttiz ming) Teravatt/soatni tashkil
qilmoqda. Ushbu miqdorning 33 foizi Xitoy mamlakati hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Ikkinchi pogʻonada borayotgan Amerika Qoʻshma Shtatlarining hissasi 4500(toʻrt ming
besh yuz) Teravatt/soatdan iboratligini koʻrishimiz mumkin.

1-jadval

Jahon mamlakatlarining elektr energiya ishlab chiqarish koʻrsatkichlari

3

Mamlakatlar

Quvvati

Teravatt/soat

Manbai

1

Xitoy

10000

Koʻmir, gaz, neft, suv, atom, quyosh,

shamol

2

AQSH

4500

Koʻmir, gaz, neft, suv, atom, quyosh,

shamol

3

Xindiston

2000

Koʻmir, gaz, neft, suv, atom, quyosh,

shamol

4

Rossiya

1200

Koʻmir, gaz, neft, suv, atom, quyosh,

shamol

5

Yaponiya

1000

Koʻmir, gaz, neft, suv, atom, quyosh,

shamol

6

Braziliya

730

Koʻmir, gaz, neft, suv, atom, quyosh,

shamol

7

Kanada

630

Koʻmir, gaz, neft, suv, atom, quyosh,

shamol

8

Koreya

630

Koʻmir, gaz, neft, suv, atom, quyosh,

shamol

9

Fransiya

530

Koʻmir, gaz, neft, suv, atom, quyosh,

shamol

10

Germaniya

500

Koʻmir, gaz, neft, suv, atom, quyosh,

shamol

47

Oʻzbekiston

82

Koʻmir, gaz, neft, suv, quyosh, shamol

2

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish

boʻyicha harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-4947-son Farmoni

3

Klasson M. RAO UES Rossiyada allaqachon gavjum // Jahon energetikasi. -2003-yil


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

320

ISSN:3030-3621

Jahon boʻyicha

30 000 Teravat elektr energiya ishlab chiqarilmoqda

Rivojlangan yetakchi mamlakatlarda elektr energiya yoʻqotishlari miqdori

umumiy koʻrsatkichning 4-5 foizini tashkil qilmoqda

4

. Mamlakatimizda Hududiy elektr

tarmoqlari AJ tomonidan yetkazib berish davomida jami elektr energiya yoʻqotishlari
miqdori 2023-2024-yillarda 18.8 foizdan iborat boʻlgan. Bu koʻrsatkich jahon
elektroenergetika tizimidagi salbiy koʻrsatkichlardan sanaladi. Shu sababdan ham elektr
energiya yoʻqotishlarni oʻrganish, tahlil qilish bugungi kunda juda dolzarb boʻlgan
islohotlar sanaladi.

Elektroenergetika tizimidagi yana bir sifat koʻrsatkichlaridan biri aholi jon

boshiga toʻgʻri keluvchi elektr energiya miqdoridir. Bu koʻrsatkich boʻyicha jahon
mamlakatlari reytingida Amerika Qoʻshma Shtatlari yetakchilik qilib kelmoqda.

Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning tabiatga koʻrsatayotgan zarari juda

kattadir. Chunki sarflanayotgan gaz, koʻmir va boshqa manbalarning yonishi natijasida
atmosferaga million tonnalab zaharli gazlar tarqalmoqda. Shu sababli ham bugungi kun
talabi qayta tiklanuvchi elektrenergetika manbalariga qaratilmoqda. Bularga shamol
elektr stantsiyalari, quyosh fotoelektr stantsiyalari, gidroelektr stantsiyalari misol
boʻladi. Dunyo elektrenergetika bozorida peshqadamlik qilayotgan Xitoy davlatining
ishlab chiqarayotgan elektr energiyaning manbalari boʻyicha tarkibiga eʼtibor
qarataylik(2-jadval).

2-jadval

Xitoy davlatining elektr energiya ishlab chiqarish manbalari turlari

boʻyicha taqsimoti

5

Elektr stantsiyalari

Manbai

2023-yilga

nisbatan oʻsish

ulushi %

Miqdori

teravatt/soat

1

Issiqlik elektr stantsiyalari

Koʻmir, gaz,

neft

1.5

6350

2

Gidroelektr stantsiyalari

Suv

10.7

1270

3

Atom elektr stantsiyalari

Atom

2.7

450

4

Quyosh elektr stantsiyalari

Quyosh

28.2

990

5

Shamol elektr stantsiyalari

Shamol

11.1

940

Jami

10000

Jadval maʼlumotlariga koʻra Xitoy davlatida ishlab chiqarilayotgan elektr

energiyaning 10.7 foizi Gidroelektrstantsiyalari hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Shamol

4

“International Energy Agency” sayti maʼlumotlari

5

https://aftershock.news/?q=node/1466715&full


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

321

ISSN:3030-3621

elektr stantsiyalarning ulushi 11.1 foiz, Atom elektr stantsiyalarning ulushi 2.7 foiz,
Quyosh elektr stantsiyalarning ulushi 28.2 foizni tashkil qilmoqda.

Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning 63.5 foizi dunyo bozorida tannarxi

nisbatan yuqori boʻlgan issiqlik elektr stantsiyalari tomonidan ishlab chiqarilgan elektr
energiya hissasiga toʻgʻri kelmoqda. Issiqlik elektr stantsiyalari turli manbalar jumladan,
tabiiy gaz, koʻmir va neft mahsulotlarini sarflash hisobiga faoliyat yuritib kelmoqda. Shu
sababdan ham issiqlik elektr stantsiyalarida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyaning
tannarxi turlicha koʻrinish olmoqda.

Xalqaro energetika agentligi 1974-yil 18-noyabrda, 1973-yilgi neft inqirozidan

keyin, mustahkam energiya taʼminotini yaratish, energiya samaradorligini oshirish,
energiya xavfsizligini taʼminlash va texnologik tadqiqotlar va innovatsiyalarni
ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan

6

. Xalqaro Energiya Dasturi toʻgʻrisidagi

Bitim xalqaro energetika agentligi vazifalari va tuzilmasini belgilab beradi va uni
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OYECD) ostidagi mustaqil tashkilot
sifatida belgilaydi. 1996-yilda xalqaro energetika agentligi oʻz shtab-kvartirasini
OYECD joylashgan Parijdagi Avstraliya elchixonasi ichidagi tijorat binosiga
koʻchirdi. Xalqaro energetika agentligi oʻz byujeti va boshqaruv tuzilmasini mustaqil
ravishda yuritadi. Tashkilot 16 ta tashabbuskor asoschi davlatlar bilan tuzilgan

7

va

hozirgi kunda aʼzolari soni 31 ta davlatga yetdi.

Xalqaro energetika agentligining toʻliq aʼzolari bir vaqtning oʻzida OYECD

aʼzolari boʻlishi ham talab etiladi. Shu bilan birga favqulodda zaxira sifatida 90 kunlik
neft importiga ega boʻlishi kerak. Ushbu favqulodda zaxiralar jahon bozorlarini
barqarorlashtirish uchun bozorga chiqarilishi mumkin va ular hozirgacha besh marta
faollashtirilgan. Favqulodda zaxiralarni safarbar etish mexanizmidan tashqari, Xalqaro
energetika agentligining asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: neft resurslariga
ortiqcha qaramlikni kamaytirish, muqobil (qayta tiklanuvchi) energiya manbalarini
rivojlantirish, energetika sohasida ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni
amalga oshirish hamda global barqaror energiya bozorini shakllantirish maqsadida neft
ishlab chiqaruvchi davlatlar va kompaniyalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.

2015-yilda xalqaro energetika agentligi bosh iqtisodchisi

Fatih Birol ijrochi

direktori e

tib tayinlandi. Fatih Birol tashkilot ichidan chiqib rahbarlikkacha chiqqan ilk

insondir

8

. Tashkilotning mandat kengashi agentlikni uchta asosiy ustunlar boʻyicha

modernizatsiya qilish vazifasini olgan. Ular xalqaro energetika agentligining energiya
xavfsizligini neftdan tashqari tabiiy gaz va elektr energiya qamrovini kengaytirish;
yangi hamkorliklar orqali rivojlanayotgan iqtisodiyotlar bilan aloqalarni kuchaytirish;

6

https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalqaro_Energetika_Agentligi

7

Keohane, Robert O. (1978).

"The International Energy Agency: State Influence and Transgovernmental

Politics"

.

International Organization 32 (4): 929–951

8

OECD

“decision of the council: establishing an international energy agency of the organisation”

. paris: iea (1974-yil

15-noyabr).


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

322

ISSN:3030-3621

va xalqaro energetika agentligining asosiy eʼtiborini toza energiya texnologiyalari va
energiya samaradorligiga qaratishdir. X

alqaro energetika agentligi rahbari Fatih Birol

siyosatchilarni energiya oʻzgarishini tezlashtirish va chiqindilarni kamaytirish uchun
koʻproq ishlashga chaqirmoqda. 2

015-yilda “Assotsiatsiya davlatlari” yangi

kategoriyasi yaratildi

9

. Ushbu kategoriya xalqaro energetika agentligi aʼzoligiga mos

kelmaydigan mamlakatlarga tashkilot bilan bogʻlanish va uning ishida ishtirok etish
imkonini berdi. Xitoy, Indoneziya va Tailand birinchi boʻlib qoʻshilgan va hozirda
xalqaro energetika agentligining oʻn uchta assotsiatsiya mamlakati mavjud boʻlib,
ularga 2022-yil iyul oyidan Ukraina ham aʼzo boʻldi. Xalqaro energetika agentligiga
aʼzo va assotsiatsiya davlatlari global energiya isteʼmolining 75% dan ortigʻini ishlab
chiqaruvchilari hisoblanadi10. 2024-yilda xalqaro energetika agentligi rahbari Fatih
Birol siyosatchilarni toza energiyaga oʻtishni tezlashtirish va chiqindilarni kamaytirish
uchun koʻproq harakat qilishga chaqirdi va “Toza energiya texnologiyalari sekin,
ammo albatta mavjud energetika sanoati oʻrnini egallaydi“, deya taʼkidlaydi

11

.

Elektr energiyani realizatsiya tashkilotlarida buxgalteriya hisobini uslubiy

taʻminotini yoʻlga qoʻyish uchun tashkilotning asosiy faoliyatining ajralmas elementi
sifatida elektr energiya tushunchasiga aniqlik kiritib olish lozim.

Xulosa qilish mumkinki, elektr energiya modda shaklida mavjud bo‘lmagan

bo‘lsa-da, iqtisodiy muomalada u tovar sifatida qatnashadi. Uning qiymatini aniqlash,
hisobga olish, yetkazib berish va realizatsiya qilish kabi jarayonlar orqali elektr
energiya buxgalteriya hisobining mustaqil ob’yekti sifatida faol ishtirok etadi. Bu esa
ushbu resursni huquqiy jihatdan muomalaga layoqatli, iqtisodiy jihatdan
baholanadigan va moliyaviy hisobotlarda aks ettiriladigan ob’yekt sifatida tan olish
zaruratini yuzaga keltiradi.

Buxgalteriya hisobi ob’yektlarini aniqlash va ularning mazmunini belgilashda

amaldagi buxgalteriya standartlari, energetika sohasini tartibga soluvchi qonunchilik
va fuqarolik-huquqiy shartnomalar muhim metodologik asos sifatida xizmat qiladi.
Mazkur yondashuv elektr energiyani nafaqat texnik resurs sifatida, balki iqtisodiy-
huquqiy kategoriyaga ega bo‘lgan tovar sifatida talqin etishga imkon yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

1.

Majajixov A. A. Elektr yoʻqotishlarini hisobga olish xususiyatlari. Professor-
oʻqituvchilar va talabalar konferensiyasi materiallari 2022 yil 19-aprel, Sankt-
Peterburg,: “Znaniye” nashriyoti.

9

International Energy Agency

„Joint Ministerial Declaration on the occasion of the 2015 IEA Ministerial meeting

expressing the Activation of Association“

. Paris: IEA (2015-yil 18-noyabr).

10

International Energy Agency

„History – About“

(en-GB). IEA. Qaraldi: 2022-yil 23-iyul.

11

Worland, Justin (28 October 2021).

„Meet the Man Who Defines the Energy Markets—And Wants the World to Go

Clean“

. TIME.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

323

ISSN:3030-3621

2.

Majajixov A. A., Rumak V. G. Elektr energetikasini isloh qilish boʻyicha xorijiy
tajriba. Professor-oʻqituvchilar va talabalar konferensiyasi materiallari 2022 yil 19-
aprel, Sankt-Peterburg,: “Znaniye” nashriyoti.

3.

Shodiyev, A. (2025). Elektr taʼminoti korxonalarida sotish xarajatlari va elektr
yoʻqotishlari hisobi metodologiyasini takomillashtirish.

Ilgʻor iqtisodiyot va

pedagogik

texnologiyalar

,

1

(3),

308–312.

Retrieved

from

https://e-

itt.uz/index.php/aept/article/view/2010

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati

Majajixov A. A. Elektr yoʻqotishlarini hisobga olish xususiyatlari. Professor-

oʻqituvchilar va talabalar konferensiyasi materiallari 2022 yil 19-aprel, Sankt-

Peterburg,: “Znaniye” nashriyoti.

Majajixov A. A., Rumak V. G. Elektr energetikasini isloh qilish boʻyicha xorijiy

tajriba. Professor-oʻqituvchilar va talabalar konferensiyasi materiallari 2022 yil 19-

aprel, Sankt-Peterburg,: “Znaniye” nashriyoti.

Shodiyev, A. (2025). Elektr taʼminoti korxonalarida sotish xarajatlari va elektr

yoʻqotishlari hisobi metodologiyasini takomillashtirish. Ilgʻor iqtisodiyot va

pedagogik texnologiyalar, 1(3), 308–312. Retrieved from https://e-

itt.uz/index.php/aept/article/view/2010