Mualliflar

  • Raxmatov Nuriddin Negqadamovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.118989

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar mehnat sotsiologiyasi sotsiologik nazariyalar mehnat faoliyati oqilona tashkil etish mehnat munosabatlari ijtimoiy-psixologik omillar ilmiy boshqaruv ishchi rag‘batlantirishi mehnat muhiti samaradorlik.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada mehnat sotsiologiyasi nazariyalari va ularning 
mehnat faoliyatini samarali tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Mehnat 
munosabatlari  va  mehnat  jarayonini  o‘rganishda  sotsiologik  yondashuvlar  orqali 
mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Xususan, F.Teylorning 
ilmiy  boshqaruv  nazariyasi,  Meyo  va  Xotorn  tajribalari,  Veberning  byurokratik 
yondashuvi  hamda  zamonaviy  inson  kapitali  nazariyalari  asosida  mehnat  muhitini 
yaratish,  xodimlarni  rag‘batlantirish  va  ijtimoiy-psixologik  omillarni  hisobga  olish 
orqali mehnat jarayonini oqilona tashkil etish masalalari yoritib berilgan. Maqolada 
shuningdek,  mehnat  sotsiologiyasi  nazariyalarining  ishchi-xizmatchilar  rag‘bati, 
mehnat muhitining sifatli bo‘lishi va mehnat munosabatlarining barqarorligiga ta’siri 
ilmiy  jihatdan  asoslab  berilgan.  Ushbu  tahlillar  orqali  mehnat  faoliyatini  samarali 
tashkil  etishda  sotsiologik  yondashuvlarning  amaliyot  uchun  qanchalik  muhim 
ekanligi ko‘rsatib beriladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

31

ISSN:3030-3621

MEHNAT SOTSIOLOGIYASI NAZARIYALARI VA ULARNING MEHNAT

FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISHDAGI AHAMIYATI

Raxmatov Nuriddin Negqadamovich

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti o‘qituvchisi.

Buxoro, O‘zbekiston. e-mail: raxmatov.nuriddin.83@gmail.com


Annotatsiya.

Ushbu maqolada mehnat sotsiologiyasi nazariyalari va ularning

mehnat faoliyatini samarali tashkil etishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Mehnat
munosabatlari va mehnat jarayonini o‘rganishda sotsiologik yondashuvlar orqali
mehnat samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Xususan, F.Teylorning
ilmiy boshqaruv nazariyasi, Meyo va Xotorn tajribalari, Veberning byurokratik
yondashuvi hamda zamonaviy inson kapitali nazariyalari asosida mehnat muhitini
yaratish, xodimlarni rag‘batlantirish va ijtimoiy-psixologik omillarni hisobga olish
orqali mehnat jarayonini oqilona tashkil etish masalalari yoritib berilgan. Maqolada
shuningdek, mehnat sotsiologiyasi nazariyalarining ishchi-xizmatchilar rag‘bati,
mehnat muhitining sifatli bo‘lishi va mehnat munosabatlarining barqarorligiga ta’siri
ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Ushbu tahlillar orqali mehnat faoliyatini samarali
tashkil etishda sotsiologik yondashuvlarning amaliyot uchun qanchalik muhim
ekanligi ko‘rsatib beriladi.

Kalit so’zlar

mehnat sotsiologiyasi, sotsiologik nazariyalar, mehnat faoliyati,

oqilona tashkil etish, mehnat munosabatlari, ijtimoiy-psixologik omillar, ilmiy
boshqaruv, ishchi rag‘batlantirishi, mehnat muhiti, samaradorlik.

ТЕОРИИ СОЦИОЛОГИИ ТРУДА И ИХ ЗНАЧЕНИЕ В ЭФФЕКТИВНОЙ

ОРГАНИЗАЦИИ ТРУДОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Рахматов Нуриддин Негкадамович Преподаватель Бухарского

государственного медицинского института имени Абу Али ибн Сина

Бухара, Узбекистан. e-mail: raxmatov.nuriddin.83@gmail.com

Аннотация:

В данной статье анализируются теории социологии труда и

их роль в эффективной организации трудовой деятельности. Рассматриваются
возможности

повышения

производительности

труда

с

помощью

социологического подхода к изучению трудовых отношений и трудового
процесса. В частности, на основе научной теории управления Ф. Тейлора,
экспериментов Мэйо и Хотторна, бюрократического подхода Вебера, а также
современных теорий человеческого капитала рассматриваются вопросы
создания трудовой среды, стимулирования работников и учета социально-


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

32

ISSN:3030-3621

психологических

факторов

при

рациональной

организации

труда.

В статье также научно обосновано влияние социологических теорий труда на
мотивацию работников, качество трудовой среды и устойчивость трудовых
отношений.

Проведённый

анализ

показывает,

насколько

важны

социологические подходы в практике эффективной организации трудовой
деятельности.

Ключевые слова:

социология труда, социологические теории, трудовая

деятельность, рациональная организация, трудовые отношения, социально-
психологические факторы, научное управление, мотивация работников,
трудовая среда, производительность.

THEORIES OF LABOR SOCIOLOGY AND THEIR IMPORTANCE IN THE

EFFECTIVE ORGANIZATION OF LABOR ACTIVITY

Rakhmatov Nuriddin Negqadamovich Lecturer at Abu Ali ibn Sino Bukhara

State Medical Institute Bukhara, Uzbekistan e-mail:

raxmatov.nuriddin.83@gmail.com


Abstract:

This article analyzes the theories of labor sociology and their role and

importance in the effective organization of labor activity. The study explores
opportunities to improve labor productivity through sociological approaches to labor
relations and the labor process. In particular, the issues of creating a work environment,
motivating employees, and taking into account socio-psychological factors in the
rational organization of labor are discussed based on F. Taylor's scientific management
theory, the Mayo and Hawthorne experiments, Weber’s bureaucratic approach, and
modern human capital theories. The article also scientifically substantiates the
influence of labor sociology theories on employee motivation, the quality of the
working environment, and the stability of labor relations. Through this analysis, the
article demonstrates the practical significance of sociological approaches in effectively
organizing labor activity.

Keywords:

labor sociology, sociological theories, labor activity, rational

organization, labor relations, socio-psychological factors, scientific management,
employee motivation, work environment, productivity.


Kirish.

Har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida mehnat hal

qiluvchi omil hisoblanadi. Ayniqsa, globallashuv, raqamli iqtisodiyot va zamonaviy
mehnat bozorining murakkablashib borayotgan sharoitida mehnat faoliyatini samarali
tashkil etish nafaqat iqtisodiy samaradorlikni, balki ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda
ham muhim o‘rin tutadi. Shu nuqtai nazardan, mehnatga sotsiologik yondashuv


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

33

ISSN:3030-3621

bugungi kunda nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarb masalalardan biriga
aylanmoqda.

Mehnat sotsiologiyasi — bu mehnat munosabatlari, mehnat muhiti, ishchi va ish

beruvchi o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar, mehnatni tashkil etish va uning inson hayotiga
ta’sirini o‘rganuvchi fan sohasidir. Ushbu fan xodimlarning mehnatga bo‘lgan
munosabati, rag‘batlantirish usullari, mehnat muhitidagi ijtimoiy omillar va boshqaruv
jarayonlariga ta’sir etuvchi faktorlarni ilmiy asosda tahlil etadi. Ayniqsa, XX asr
boshlaridan shakllangan ilmiy boshqaruv nazariyasi (F.Teylor), inson munosabatlari
maktabi (E.Meyo), byurokratik boshqaruv nazariyasi (M.Veber) va zamonaviy
motivatsiya nazariyalari mehnat jarayoni samaradorligiga qaratilgan muhim nazariy
asoslardan hisoblanadi.

Mehnat jarayonida inson omilini hisobga olmasdan turib, har qanday texnologik

yoki iqtisodiy yutuqlar o‘z samarasini to‘liq bera olmaydi. Mehnat faoliyatini oqilona
tashkil etishda ijtimoiy-psixologik muhit, rahbar va xodim o‘rtasidagi munosabat,
xodimlarni rag‘batlantirish va ishonch muhitini yaratish kabi omillar hal qiluvchi
ahamiyatga ega. Bu esa mehnat sotsiologiyasi nazariyalarini chuqur o‘rganish va ularni
amaliyotga tatbiq etish zaruratini yanada kuchaytiradi.

Ushbu maqolada mehnat sotsiologiyasidagi asosiy nazariyalar tahlil qilinib,

ularning mehnat faoliyatini samarali tashkil etishdagi ijobiy jihatlari yoritiladi. Shu
bilan birga, nazariy modellar asosida ishlab chiqilgan yondashuvlarning amaliyotdagi
ahamiyati va samarasi yuzasidan xulosalar keltiriladi. Maqsad — mehnat jarayonini
takomillashtirishda sotsiologik nazariyalardan oqilona foydalanish yo‘llarini aniqlash
va ularning imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.

Nazariy asos.

Mehnat sotsiologiyasi mehnat munosabatlari va ishlab chiqarish

jarayonidagi ijtimoiy omillarni o‘rganishga qaratilgan fan sohasi sifatida XX asr
boshlaridan boshlab shakllana boshladi. Ushbu sohaning nazariy asoslari turli ilmiy
maktablar va sotsiologik yondashuvlar orqali rivojlanib bordi. Ular orasida eng ta’sirli
bo‘lgan nazariyalar mehnat faoliyatini tashkil etishda muhim asos bo‘lib xizmat
qilmoqda.

1. Ilmiy boshqaruv nazariyasi (F.Teylor).

Frederik Teylor tomonidan ishlab

chiqilgan ilmiy boshqaruv nazariyasi mehnat jarayonini uslubiy ravishda tashkil qilish
va uning har bir elementlarini samaralilashtirishga asoslangan. U mehnatni
standartlashtirish, normalashtirish va vazifalarni aniq taqsimlash orqali ishchi faoliyati
samaradorligini oshirish mumkinligini ilgari surgan. Teylorning bu nazariyasi mehnat
faoliyatini rejalashtirishda, ish unumdorligini oshirishda va mehnat ta’limi tizimini
takomillashtirishda katta ahamiyat kasb etadi.

2. Inson munosabatlari nazariyasi (E.Meyo va Hotorn tajribalari)

Elton Meyo boshchiligida o‘tkazilgan Houzorn tajribalari mehnat muhitidagi

ijtimoiy va psixologik omillarning ahamiyatini ochib berdi. Bu tadqiqotlar natijasida


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

34

ISSN:3030-3621

ma’lum bo‘ldiki, ishchi faoliyati faqat moddiy rag‘bat bilan emas, balki ruhiy qoniqish,
e’tirof va guruhdagi maqom bilan ham bog‘liq. Meyo mehnat jamoasida ijobiy ijtimoiy
muhit yaratish, rahbar va xodim o‘rtasida samimiy munosabat o‘rnatish mehnat
samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.

3. Byurokratik boshqaruv nazariyasi (M.Veber).

Maks Veberning

byurokratik boshqaruv nazariyasi mehnat jarayonida tuzilma, ierarxiya va funksional
vazifalarning aniq taqsimlangan tizimini ilgari suradi. Veber fikricha, mehnat faoliyati
samaradorligi, avvalo, tashkilotning ichki qoidalari, huquqiy asoslar va ratsional
boshqaruv modeli orqali ta’minlanadi. Bu nazariya hozirgi kundagi katta ishlab
chiqarish korxonalari va davlat tashkilotlarida mehnatni tashkil etishning asosiy
poydevori hisoblanadi.

4. Zamonaviy motivatsiya nazariyalari (Maslou, Gersberg, Mak-Gregor).

Mehnat sotsiologiyasida inson omilining ahamiyatini yanada chuqurroq ochib
beruvchi nazariyalardan biri — motivatsiya nazariyalaridir. Abraxam Maslou o‘zining
mashhur ehtiyojlar piramidasida inson faoliyatining turli bosqichdagi ehtiyojlarga
asoslanishini ko‘rsatgan. Uning fikricha, mehnat jarayonida insonning xavfsizlik,
hurmat, o‘zini namoyon qilish kabi yuqori bosqichdagi ehtiyojlarini qondirish muhim
hisoblanadi.

Frederik Gersberg esa "ikki omil nazariyasi"da mehnatda qoniqish va

noqulaylikka ta’sir etuvchi omillarni ajratib bergan. U rag‘batlantirish, shaxsiy o‘sish,
e’tirof va mas’uliyat kabi omillarni asosiy motivatsiya manbai sifatida ko‘rsatadi.

5. Sotsiotexnika va inson kapitalini boshqarish nazariyalari.

Zamonaviy

mehnat munosabatlarida inson kapitali — ya’ni xodimning bilim, malaka, innovatsion
fikrlash va ijodiy salohiyati asosiy resurs sifatida qaralmoqda. Bu yo‘nalishdagi
nazariyalar xodimlarni rivojlantirish, ularning ta’lim va kasbiy o‘sishiga investitsiya
kiritish orqali mehnat faoliyati samaradorligini oshirishni ilgari surmoqda.

6. Mehnat muhitining ijtimoiy-ruhiy omillari.

Mehnat muhitidagi ijtimoiy-

psixologik omillar — ishchi guruhi ichidagi munosabatlar, rahbarlik uslubi, adolatli
mehnat taqsimoti, mehnat sharoiti va korporativ madaniyat kabi faktorlar mehnat
faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu omillar xodimning ishga bo‘lgan
munosabatini shakllantiradi, mehnat unumdorligiga ta’sir etadi va jamoa ichida
barqarorlikni ta’minlaydi.

Tajriba usullari.

Ushbu ilmiy maqolani yozishda mehnat sotsiologiyasi

mavzusini chuqur tahlil qilish, nazariyalarning amaliy ahamiyatini baholash va
xodimlarning mehnat jarayonidagi munosabatlarini ilmiy jihatdan o‘rganish
maqsadida quyidagi ilmiy tadqiqot usullaridan foydalanildi:

1.

Tarixiy-tahliliy usul

— mehnat sotsiologiyasiga oid eng muhim nazariyalar

(F.Teylor, E.Meyo, M.Veber, A.Maslou, F.Gersberg va boshqalar)ning shakllanishi,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

35

ISSN:3030-3621

rivojlanishi va ularning mehnat munosabatlariga ta’siri ilmiy manbalar asosida tahlil
qilindi.

2.

Taqqoslama tahlil usuli

— turli nazariyalar o‘rtasidagi umumiy va farqli

jihatlar, ularning mehnat faoliyati samaradorligiga ta’siri taqqoslandi, hamda
zamonaviy mehnat muhitida ularni tatbiq etish imkoniyatlari baholandi.

3.

Kuzatuv usuli

— mehnat jamoalaridagi faoliyat, xodimlar o‘rtasidagi

ijtimoiy munosabatlar, rahbar va xodim o‘rtasidagi aloqalar amaliy faoliyat misolida
kuzatilib, nazariy fikrlar bilan bog‘landi.

4.

Savolnoma (anketa) usuli

— mehnat muhiti, ishdan qoniqish, motivatsiya

va ijtimoiy aloqalarni o‘rganish maqsadida xodimlar o‘rtasida savolnomalar tarqatilib,
natijalar tahlil qilindi. Bu orqali nazariyalarning amaldagi tasdig‘i yoki inkor etilishi
baholandi.

5.

Kontent-tahlil usuli

— mehnat faoliyatiga oid qonunlar, ishlab chiqarish

tashkilotlari ichki hujjatlari, ilmiy adabiyotlar va tadqiqotlar tahlil qilinib, nazariy
modellar bilan bog‘liq xulosalar chiqarildi.

6.

Sotsiologik tahlil usuli

— mehnat jamoalaridagi ijtimoiy jarayonlar,

xodimlarning rag‘batlantirishga bo‘lgan munosabati, jamoa ichki munosabatlari
tuzilmasi kabi ijtimoiy omillar chuqur o‘rganildi.

Ushbu usullarning birgalikda qo‘llanilishi maqolada mehnat sotsiologiyasi

nazariyalarini to‘liq va ko‘p qirrali tahlil qilish imkonini berdi hamda ularning mehnat
faoliyatini samarali tashkil etishdagi amaliy ahamiyatini aniqlashda xizmat qildi.

Natijalar va tahlil.

Ushbu ilmiy tadqiqot davomida mehnat sotsiologiyasiga oid

eng muhim nazariyalar tizimli ravishda tahlil qilinib, ularning mehnat faoliyatini
samarali tashkil etishdagi amaliy ahamiyati o‘rganildi. Ilmiy tahlillar natijasida
quyidagi asosiy xulosalarga kelindi:

1.

Mehnat sotsiologiyasi nazariyalari tizimli o‘rganildi.

Jumladan,

F.Teylorning ilmiy boshqaruv nazariyasi, E.Meyoning inson munosabatlari maktabi,
M.Veberning byurokratik boshqaruv modeli, A.Maslou va F.Gersberg kabi
olimlarning motivatsiya nazariyalari mehnat faoliyatining samaradorligiga turlicha,
biroq o‘zaro bog‘liq ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi.

2.

Nazariya va amaliyot o‘rtasida mustahkam bog‘liqlik mavjudligi

isbotlandi.

Ushbu nazariyalar zamonaviy mehnat munosabatlarini tashkil etishda

metodologik asos sifatida xizmat qiladi. Ayniqsa, mehnat sharoitini takomillashtirish,
xodimlarni rag‘batlantirish va samaradorlikni oshirishda ularning ta’siri sezilarli
bo‘ldi.

3.

Ijtimoiy-psixologik omillar mehnat samaradorligiga bevosita ta’sir

qiluvchi asosiy faktorlar sifatida namoyon bo‘ldi.

Suhbat, savolnoma va kuzatuv

usullari orqali mehnat jamoasi ichidagi munosabatlar, ishdan qoniqish va ish


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

36

ISSN:3030-3621

muhitining emotsional muhiti mehnat natijadorligiga ta’sir qiluvchi muhim omillar
ekanligi tasdiqlandi.

4.

Mehnat faoliyatini samarali tashkil etish uchun tavsiyalar ishlab

chiqildi.

Jumladan:

o

Xodimlarning shaxsiy ehtiyojlari va motivatsiyasini hisobga olish;

o

Ish muhitini insoniy va ijobiy ruhda tashkil etish;

o

Adolatli mehnat taqsimoti va rag‘batlantirish tizimini joriy qilish;

o

Ijtimoiy-psixologik muhitni doimiy ravishda tahlil qilish va boshqarish

kabilar.

5.

Mehnatni tashkil etishda texnologik yechimlar bilan bir qatorda insoniy

omillarning

ustuvorligi

asoslandi.

Faqat

texnikaviy

yoki

strukturaviy

yondashuvlarning o‘zi yetarli emasligi, balki xodimlarning shaxsiy rivojlanishi,
ishonch va insonparvar muhitda faoliyat yuritishi kerakligi aniq ko‘rsatib berildi.

6.

Sotsiologik yondashuv mehnat jamoalarini boshqarishda muhim amaliy

vosita sifatida asoslandi.

Jamoa ichidagi ijtimoiy struktura, yetakchilik

munosabatlari, ishonch va ma’naviy muhit mehnat jarayoni samaradorligini
belgilaydigan asosiy omillar sifatida namoyon bo‘ldi.

Yuqoridagi tahlillardan kelib chiqib, mehnat sotsiologiyasi nazariyalaridan

samarali foydalanish mehnat tashkilotlarida mehnatni oqilona tashkil etish va
boshqarishda faqat nazariy emas, balki amaliyotda ham muhim natijalarga erishish
imkonini beradi, deb o‘ylaymiz.

Xulosa.

Bugungi kunda mehnat munosabatlarining tobora murakkablashib

borishi, mehnat bozorida raqobat kuchayishi va texnologik taraqqiyotning jadal
sur’atlarda rivojlanishi mehnat faoliyatini samarali tashkil etishga yangi, zamonaviy
yondashuvlarni talab etmoqda. Ana shunday sharoitda mehnat sotsiologiyasi
nazariyalari – inson omilini chuqur tushunish, ijtimoiy-ruhiy muhitni hisobga olish va
mehnat jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarni tizimli tahlil qilishda muhim ilmiy va
amaliy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘tmishdagi nazariyalar – F.Teylor, E.Meyo, M.Veber va boshqalar tomonidan

ilgari surilgan fikrlar bugungi mehnat muhitida ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Balki, aksincha – ularni zamonaviy sharoitga moslab qo‘llash orqali tashkilotlar
xodimlarni rag‘batlantirish, mehnat muhitini yaxshilash va ishchi-xodimlarning
intellektual salohiyatini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.

Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan islohotlar, inson kapitalini

rivojlantirish, ta’lim-ishlab chiqarish integratsiyasi va raqamli iqtisodiyotga o‘tish
jarayonlari mehnat faoliyatiga yangicha yondashuvlarni talab etmoqda. Mehnat
sotsiologiyasi nazariyalari aynan shu talablarga javob beruvchi, inson resurslarini
boshqarishda insoniylik, shaffoflik va ijtimoiy adolat tamoyillarini ta’minlovchi
muhim manba sifatida qaralishi zarur. Shu bois, bugun mehnat munosabatlarini tashkil


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

37

ISSN:3030-3621

etishda faqat iqtisodiy emas, balki ijtimoiy-ruhiy, madaniy va insonparvar
yondashuvlarni ham asosiy mezon sifatida qarash – barqaror va samarali mehnat
muhitini shakllantirishning eng to‘g‘ri yo‘lidir.

ADABIYOTLAR:

1.

Генкин Б.М Экономика и социология труда Учебник 2007, 7-е изд. 77 –бет.

2.

Дж. Коул. “Управление персоналом в современных организациях”. М.,
“Вершина” МЧЖ, 2004, 105 бет.

3.

M.Sharifxo‘jaev, Yo.Abdullaev-“Menejment”. Toshkent-“Mehnat”-2000. 21-23
betlar.

4.

NN Raxmatov Professor-o‘qituvchilar mehnat faoliyati va uning samaradorligini
oshirishning nazariy va sotsiologik asoslari//Журнал Социальных Исследований,
2020, С. 127-140

5.

NN Raxmatov Professor-o‘qituvchilar mehnat samaradorligiga ta’sir etuvchi
sotsiologik omillar//Журнал Социальных Исследований, 2021, С. 36-78

Bibliografik manbalar

ADABIYOTLAR:

Генкин Б.М Экономика и социология труда Учебник 2007, 7-е изд. 77 –бет.

Дж. Коул. “Управление персоналом в современных организациях”. М.,

“Вершина” МЧЖ, 2004, 105 бет.

M.Sharifxo‘jaev, Yo.Abdullaev-“Menejment”. Toshkent-“Mehnat”-2000. 21-23

betlar.

NN Raxmatov Professor-o‘qituvchilar mehnat faoliyati va uning samaradorligini

oshirishning nazariy va sotsiologik asoslari//Журнал Социальных Исследований,

, С. 127-140

NN Raxmatov Professor-o‘qituvchilar mehnat samaradorligiga ta’sir etuvchi

sotsiologik omillar//Журнал Социальных Исследований, 2021, С. 36-78