Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
166
ISSN:3030-3621
TYUTORLIK FAOLIYATINI SAMARALI TASHKIL ETISH:
TASHABBUSLAR VA GʻOYALAR
Shahrisabz davlat pedagogika instituti
Filologiya fakulteti tyutori
A. Elmurodov
Annotatsiya
. Ushbu maqolada oliy taʼlim muassasalarida tyutorlik tizimini
samarali tashkil etish, talaba shaxsiga yoʻnaltirilgan yondashuvlar, psixologik va
maʼnaviy ko‘makning ahamiyati, tashabbus va innovatsion g‘oyalar asosida samarali
faoliyat yuritish yoʻllari tahlil qilinadi. Tyutorlik faoliyatida raqamli vositalardan
foydalanish, talabalar bilan individual ishlash, ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish kabi
masalalar yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Tyutorlik, taʼlim, tashabbus, talaba, maʼnaviyat, psixologik
ko‘mak, innovatsiya, taʼlim sifati.
Аннотация
В данной статье анализируется эффективная организация
системы
тьюторства
в
высших
учебных
заведениях,
личностно-
ориентированные подходы к обучающемуся, значение психологической и
моральной поддержки, способы эффективного функционирования на основе
инициативы и инновационных идей. В тьюторской деятельности освещаются
такие вопросы, как использование цифровых инструментов, индивидуальная
работа со студентами, участие в социальных проектах.
Ключевые слова
Воспитание, образование, инициатива, ученик,
духовность, психологическая поддержка, инновации, качество образования.
Annotation
This article will analyze the ways of effective functioning in higher
educational institutions on the basis of effective organization of the system of tutoring,
approaches aimed at the student's personality, the importance of psychological and
spiritual support, initiative and innovative ideas. Issues such as the use of digital tools,
individual work with students, participation in social projects are covered in the
activities of the office.
Keywords
Tutoring, education, initiative, student, spirituality, psychological
support, innovation, quality of Education.
Kirish.
Taʼlim sifatini oshirishda zamonaviy yondashuvlar, talabaga
yo‘naltirilgan individual ishlash uslublari muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday
vositalardan biri bu – tyutorlik faoliyatidir. Bu faoliyat orqali talabaning nafaqat bilim
darajasi, balki ijtimoiy, psixologik va maʼnaviy rivojlanishiga ham taʼsir ko‘rsatiladi.
Bugun tyutor – pedagog emas, balki maslahatchi, yetakchi va yo‘l ko‘rsatuvchi, ayni
vaqtda talabani shaxs sifatida rivojlantiruvchi shaxsdir. Shu bois, tyutorlik faoliyatini
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
167
ISSN:3030-3621
zamonaviy, tizimli va samarali yo‘lga qo‘yish taʼlim muassasalari oldidagi muhim
vazifalardan biridir.
Asosiy qism.
Respublika davlat oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik tizimi
joriy qilinganiga ko‘p bo‘lmadi. Prezidentimizning 2019-yil 8-oktyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni hamda shu asosida qabul qilingan
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 30-sentyabrdagi buyrug‘i va Nizomi
yangicha tizimga asos bo‘lgan edi. Bugun bir qancha OTMlar qatori Shahrisabz
davlat pedagogika institutida ham tyutorlar ish olib bormoqda. Ayni kunda ularning
soni 29 nafarga yetdi. Hozirgi globallashuv sharoitida barcha sohalarning tayanchi,
fundamenti —ta’limga borib taqaladi. Chunki aynan ta’lim dargohlaridan jamiyat
uchun kerakli va uni boshqaradigan yetuk mutaxassislar yetishib chiqmoqda.
Shu jihatdan, zamon talablariga mos, irodali, har tomonlama mulohazali,
manfaatlari bunyodkorlik g‘oyasiga qaratilgan yosh kadrlarni tarbiyalash bugungi kun
ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalardan sanaladi. Tyutorlik tizimi ham
ana shu maqsadlarga yo‘naltirilgan.
Quyidagilar tyutorlik faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:
a) ma’naviy-ma’rifiy va axloqiy-tarbiya sohasida:
ota-onalarning farzandlar tarbiyasidagi o‘rni, majburiyati, mas’uliyati
va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarini mustahkamlashga ko‘maklashish;
ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiya sifatini o‘rganish va ularni yanada
takomillashtirishga oid tadbirlarni amalga oshirish;
qonunchilik talablaridan kelib chiqib ta’lim muassasasiga yaqin hududlarda
alkogolli va tamaki mahsulotlari sotilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’lim
muassasasi rahbariyatiga takliflar kiritish;
ta’lim tizimidagi islohotlar haqida ota-onalar va keng jamoatchilikning uzviy
ma’lumotga ega bo‘lishlarini ta’minlash;
oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligini yanada kuchaytirishga doir
uslubiy asoslarni yaratish;
“Birinchi kurs maktabi” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishda faol ishtirok
etish;
ta’lim muassasasining odob-axloq qoidalari, korrupsiyaga qarshi kurashish
Dasturi (siyosati), ta’lim muassasasining ichki mehnat tartibi qoidalari hamda boshqa
lokal hujjatlar bilan o‘ziga biriktirilgan talabalarni tanishtirish;
psixolog bilan birgalikda talabalarning ijtimoiy-psixologik portretini
shakllantirish;
talabalarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirish,
yuksak axloqiy fazilatlarni targ‘ib va tashviq etish, ularni Vatanga muhabbat, milliy
qonunchiligimizga hurmat ruhida tarbiyalash;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
168
ISSN:3030-3621
talabalarni boy tarixiy, milliy va diniy an’analarimizga yot bo‘lgan illatlar, ya’ni
terrorizm, separatizm, prozelitizm, diniy aqidaparastlik, missionerlik, “ommaviy
madaniyat”,
narkomaniya
va
uyushgan
jinoyatchilikka
murosasizlik
va ularga qarshi kurash ruhida tarbiyalash;
talabalarning qonuniy manfaatini himoya qilish, ularga yaratilayotgan sharoitlar
va ulardan foydalanish imkoniyatlarini yetkazish, ularning o‘qishi, ilm-fan bilan
shug‘ullanishi, yashashi va dam olishi uchun tegishli choralarni ko‘rib borish;
besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan klub va to‘garaklarga talabalarni
jalb qilish va ularning ushbu to‘garaklardagi faol ishtirokini amalda ta’minlash;
talabalarni darsdan bo‘sh vaqtlarda tanlov va sport to‘garaklariga jalb etish
orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish;
nogironligi bo‘lgan, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan va kam
ta’minlangan talabalarga alohida g‘amxo‘rlik qilish va ularga tegishli tartibda ijtimoiy,
ma’naviy va psixologik yordam berish choralarini ko‘rish;
talabalarda o‘quv intizomini mustahkamlash, ularda o‘z-o‘zini boshqarishni
rivojlantirish, ularning ta’lim muassasasi hayotidagi ijtimoiy-siyosiy va madaniy
tadbirlarida faol ishtirokini ta’minlash;
iste’dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni respublika va xalqaro
tanlovlarga maqsadli tayyorlash;
iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat
stipendiyalariga tavsiya etish;
talabaning axloqi, muomala madaniyati, yurish-turishini muntazam kuzatib
borish;
o‘zlashtirish ko‘rsatgichi past hamda tarbiyasi og‘ir talabalar bilan tizimli
ishlarni olib borish;
shuningdek, talabalar turar joylarida, ijaradagi va xususiy xonadonlarda
yashovchi talabalarning yashash manzillariga muntazam borib u yerda yaratilgan
sharoitlarni o‘rganib borish va ularni yaxshilash bo‘yicha mutasaddilarga taklif
kiritish;
muntazam ravishda talabalarning ota-onasi bilan davra suhbatlari, uchrashuvlar
tashkil etish;
talabalarning muammolarini bartaraf etishda bayonnomalarni shakllantirib,
amaliy yordam ko‘rsatish;
talaba tomonidan odob-axloq qoidalari va boshqa qoidalar buzilganda unga
nisbatan chora ko‘rish to‘g‘risida ta’lim muassasasi va fakultet rahbariyatiga taklif
kiritish;
ta’lim muassasasi, shahar va respublika doirasida tashkil etiladigan tadbirlarga
talabalarni
tartib
va
intizom,
uyushqoqlik
bilan
olib
kelish
va ishtiroklarini ta’minlash;
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
169
ISSN:3030-3621
talabaning axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlarini va u haqidagi shaxsiy
ma’lumotlarni yorituvchi yig‘ma jild hamda “Ma’naviyat soatlari” darsi va ish
rejasidagi turli xil tadbirlarni qayd qilish jurnalini elektron tutish va yuritib borish.
b) O‘quv va o‘quv-uslubiy sohada:
talabalarning darslarga qatnashishlari bo‘yicha kunlik davomatini yuritib borish;
talabalar tomonidan sababsiz qoldirilgan dars mashg‘ulotlari yuzasidan tegishli
choralar ko‘rish bo‘yicha fakultet dekanatiga bildirgi kiritib borish;
talabalarning darslarni o‘zlashtirish darajalarini nazorat qilib borish, innovatsion
ta’lim texnologiyalari va o‘quv-uslubiy materiallar, axborot-resurslari bilan
ta’minlashga hamda ushbu manbalardan keng va unumli foydalanishga ko‘maklashish;
talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida o‘z ustida mustaqil ishlashini tashkil
etishga ko‘maklashish;
talaba haqida fakultet dekanatiga tushayotgan ma’lumot asosida guruh sardori
bilan birgalikda professor-o‘qituvchilar bilan suhbatlashish, o‘zlashtirishi past talabaga
yordamlashib, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan talabani unga biriktirishi,
qo‘shimcha darslar va maslahatlar tashkil etish, fanlar bo‘yicha akademik
qarzdorliklarni belgilangan muddatda topshirishini nazorat qilish.
v) Ilm-fan, innovatsiya va tadqiqotlar sohasida:
iste’dodli va iqtidorli talabalarni aniqlash va ularni maqsadli tayyorlash hamda
ilmiy to‘garaklar va klublarga jalb etish;
talabalarni innovatsion startaplarga jalb etish va ularning ijodiy faolliklarini
yo‘naltirish;
talabalarni turli ilmiy tadbirlar: konferensiyalar, seminarlar, respublika
va xalqaro miqyosdagi olimpiadalar va forumlarda ishtirok etishlarini uyushtirish;
talabalarning xalqaro grantlar va loyihalarda qatnashishlariga ko‘mak berish va
rag‘batlantirish, ilm-fan hamda tadqiqotlarda faol ishtirok etayotgan talabalarni ta’lim
muassasasi rahbariyati va jamoat tashkilotlari tomonidan rag‘batlantirilishini tashkil
etish;
iste’dodli talabalarga ilmiy maqolalar yozishda maslahatlar berish va chop
etishda yordam ko‘rsatish;
talabalarni kelgusida ilmiy faoliyat olib borishlarida ularga yaqindan yordam
berish.
1
1. Tyutorlik faoliyatining zamonaviy mohiyati
Tyutorlik faoliyati zamonaviy taʼlim tizimining ajralmas bo‘g‘iniga aylanib
bormoqda. G‘arb davlatlarida bu tizim ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lsa, bizda u so‘nggi
yillarda faollik kasb etmoqda. Tyutor – bu talabaning o‘qishi, intellektual va maʼnaviy
1
Davlat oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom. Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirining 2021-yil 30-sentabrdagi 412-son buyrug‘iga 1-ilova.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
170
ISSN:3030-3621
rivoji, ijtimoiy moslashuvi bilan bevosita shug‘ullanuvchi pedagogdir. U o‘z
faoliyatida psixologik, ijtimoiy-pedagogik yondashuvlardan samarali foydalanadi.
2. Samarali tyutorlik faoliyati shartlari va yondashuvlar
Tyutorlik faoliyatining muvaffaqiyati bir necha asosiy omillarga bog‘liq.
Ulardan ayrimlari quyidagilardir:
- Talabaning individual xususiyatlarini chuqur o‘rganish va ularga mos reja
tuzish
- Interaktiv uslublardan foydalanish (trening, muhokama, rolli o‘yinlar)
- Har oy yoki semestr yakunida monitoring va tahlillar o‘tkazish
- Raqamli texnologiyalardan (Google Forms, Telegram bot, Zoom va b.)
samarali foydalanish
- Doimiy refleksiya: talabaning fikrini tinglash va unga tayanib keyingi
bosqichlarni rejalashtirish
3. Tyutor tashabbuslari va amaliy gʻoyalar
Tyutor o‘z faoliyatida ijodiy va innovatsion g‘oyalardan foydalanishi zarur.
Quyidagi tashabbuslar amalda samarali natija beradi:
- “Psixologik salomatlik haftaligi”: Har oyda stressni kamaytiruvchi trening va
suhbatlar.
- “Qiziqarli dushanba”: Har haftaning boshida motivatsion video yoki iqtibos
bilan suhbat.
- “Kitobxon tyutor guruhi”: Har oyda bitta asarni o‘qib, muhokama qilish.
- “Talaba yulduzi” loyihasi: O‘z ustida ishlayotgan, ijobiy natija ko‘rsatgan
talabalarni rag‘batlantirish.
- “Ijtimoiy loyiha haftaligi”: Ko‘ngillilar harakati, ekologik tadbirlar, xayriya
ishlari.
4. Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishning ahamiyati
Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish talabaning shaxsiy rivoji, stressdan holi
hayoti va ijtimoiy faoliyatda ishtiroki uchun muhimdir. Tyutor ushbu yo‘nalishda
quyidagi ishlarni amalga oshirishi mumkin:
- Talabalar o‘rtasida sport musobaqalari va sog‘lom hayot aksiyalari
- “Mening ustozim” deb nomlangan esse tanlovlari
- Ochiq mikrofon kechalari, teatr sahnalari tashkil etish
- Axborot texnologiyalariga oid mahorat darslari.
Har bir tyutor o‘ziga biriktirilgan guruh talabalarini besh muhim tashabbus
doirasida tashkil etilgan klub va to‘garaklarga jalb etib boradi hamda ularning ijodiy
qobiliyati va iste’dodini namoyon etishi uchun imkon yaratadi. Talabalarning huquq
va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, ularning ta’lim olishi, ilm bilan
shug‘ullanishi, yashashi va dam olishi uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi va
bu boradagi yangiliklardan xabardor qilib boradi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_2-to’plam_Iyul -2025
171
ISSN:3030-3621
Xulosa qilib aytganda, tyutorlik faoliyati zamonaviy taʼlim tizimining muhim
tarkibiy qismlaridan biridir. Ushbu faoliyatni samarali olib borish uchun chuqur bilim,
pedagogik mahorat, psixologik sezgirlik va ijodiy yondashuv zarur. Innovatsion
tashabbuslar orqali nafaqat o‘quv jarayoni, balki talabaning shaxsiy hayoti ham
boyiydi. Tyutor – bu ko‘makchi, yo‘l ko‘rsatuvchi, baʼzan esa eng yaqin do‘stdir.
Tyutor o‘z faoliyati orqali taʼlimning haqiqiy samarasiga hissa qo‘shadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Shavkat Mirziyoyev. Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi
ma’naviyatdir. Vedioselektor. 19.01.2021
2.
Davlat oliy ta’lim muassasalarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi
to‘g‘risidagi nizom. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 30-sentabrdagi
412-son buyrug‘iga 1-ilova.
https://daryo.uz/2023/05/30/Yangi-O‘zbekistonning-asosiy-ustuni-bilim-talim-va-
tarbiya-bo‘ladi