Mualliflar

  • Abdusalimova Shaxnoza Qudratullayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.119018

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: rasadxona madrasalar astronomik jadval sekstant shahodatnoma maosh.

Annotasiya

Annotatsiya 
Ushbu maqolada Mirzo Ulug’bekning ham ilmiy, ham ma’rifiy merosi haqida 
so’z  yuritilgan.  Shu  bilan  birgalikda,  Ulug’bek  tomonidan  yaratilgan  astronomiya 
maktabi  va  “Ziji  jadidi  Ko’ragoniy”ning    yurtimiz  va  jahon  ilm-  faniga  qo’shgan 
hissasi haqida yoritilgan. Shuningdek, maqolada Ulug’bek rasadxonasining ahamiyati 
mavzusiga ham qisqacha to’xtalib o’tilgan.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

298

ISSN:3030-3621

MIRZO ULUG’BEKNING ILMIY VA MA’NAVIY MEROSI VA UNING

JAHON ILM FANIGA QO’SHGAN HISSASI

Abdusalimova Shaxnoza Qudratullayevna

Termiz davlat pedagogika instituti

Pedagogika va ijtimoiy fanlar fakulteti

Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq

ta’limi yo’nalishi 4-kurs, 401-guruh talabasi.

Annotatsiya

Ushbu maqolada

Mirzo Ulug’bekning ham ilmiy, ham ma’rifiy merosi haqida

so’z yuritilgan. Shu bilan birgalikda, Ulug’bek tomonidan yaratilgan astronomiya
maktabi va “Ziji jadidi Ko’ragoniy”ning yurtimiz va jahon ilm- faniga qo’shgan
hissasi haqida yoritilgan. Shuningdek, maqolada Ulug’bek rasadxonasining ahamiyati
mavzusiga ham qisqacha to’xtalib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

rasadxona, madrasalar, astronomik jadval, sekstant,

shahodatnoma, maosh.

НАУЧНОЕ И ДУХОВНОЕ НАСЛЕДИЕ МИРЗО УЛУГБЕКА И ЕГО

ВКЛАД В МИРОВУЮ НАУКУ.

Аннотатция

В данной статье рассказывается о научно-образовательном наследии

Мирзо Улугбека. Наряду с этим были освещены созданная Улугбеком
астрономическая школа и вклад «Зижи Джадиди Корагоны» в нашу страну и
мировую науку. Также в статье кратко затронуто значение обсерватории
Улугбека.

ULUGH BEG’S SCIENTIFIC AND SPIRITUAL HERITAGE AND HIS

CONTRIBUTION TO WORLD SCIENCE.

Annotation

This article talks about the scientific and educational legacy of Mirzo Ulugbek.

Along with this, the astronomy school created by Ulug'bek and the contribution of
"Zizhi Jadidi Koragony" to our country and world science were covered. Also, the
importance of the Ulugbek observatory is briefly touched upon in the article.

Kirish.

Tabiiy hamda aniq fanlarning rivojlanishi haqida gapirar ekanmiz, Mirzo

Ulug’bekning bu sohaga qo’shgan hissasi haqida to’xtalmasdan hech ilojimiz yo’q.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

299

ISSN:3030-3621

Uning asarlari bugungi kunda ham o’z mavqeyini yoqotmay ham tarix, ham
astronomiya va matematika sohalarida muhim manba bo’lib xizmat qilmoqda. Birinchi
Prezidentimiz Islom Karimov Muhammad Ko’ragoniyga shunday ta’rif beradi:
“Ulug’bekning hayoti va ilmiy faoliyati xalqimiz ma’naviy poydevoriga qo’yilgan
tamal toshlaridan biri bo’lib, yurtimizda bundan necha zamonlar oldin fundamental
fanlarni rivojlantirishga qanchalik katta ahamiyat berganini ko’rsatadi”[1] Birinchi
Prezidentimiz bu so’zlari orqali u kishining ilm-fanga qo’shgan hissalari bilan bir
qatorda, xalqimizning ma’naviyati rivojlanishiga poydevor qo’yganligini alohida
ta’kidlab o’tganlar.

Ma’naviyat bu komil shaxsni tarbiyalash hamda uni shakllantirishdagi

qadriyatlardan iborat bo’lar ekan, Mirzo Ulug’bekning bu sohaga qo’shgan hissasi qay
darajada degan savol tug’iladi. Hammamizga ma’lum bo’lganidek, Mirzo Ulug’bek
tomonidan yaratilgan madrasalar, (Samarqand, Buxoro, G’ijduvon) aynan komil
insonni tarbiyalashga xizmat qilgan, shu bilan bir qatorda u madrasalarda mudarrislik
qiluvchi shaxslar uchun maosh va talabalarga ham stipendiyalarni tashkil etadi. Uning
davrida mamlakatda ta’lim oluvchilar 3 bosqichda o’qishgan edi. Bularning barchasi
uning ilm-fan va ma’naviyat borasidagi yirik me’rosini anglatadi.

Asosiy qism.

Ulug’bek o’z davrining mashhur astronomi, matematigi va tarixchisi edi.

Davlatshoh Samarqandiy o’zining “Tazkirat- ush shuaro” asarida yozgan
ma’lumotlarida shunday yoritgan: “Olim, odil, g’olib va himmatli podshoh Ulug’bek
Ko’ragon yulduzlar ilmida osmon qadar yuksalib bordi va maoniy ilmida qilni qirq
yordi. Uning davrida fozillar martabasi cho’qqiga ko’tarilgan. Fozillar-u hakimlarning
yakdil fikrlari shuki, islomiyat zamonida, balki Iskandar Zulqarnayndan to shu
damgacha Ulug’bek Ko’ragondek olim va podshoh saltanat taxtiga o’tirmagan”.

Butun jahon ilm- fani Ulug’bekning astronomiyaga qo’shgan hissasi haqida

haligacha eslashadi. Bunga birgina misol 2021- yil 19- avgust sanasida Pokistonda
chop etiladigan yetakchi gazetalardan birida Mirzo Ulug’berning ilmiy faoliyati va
hayot yo’liga bag’ishlangan “Ulugh Beg —prince of stars, son of Samarkand” yani
“Ulug’bek—yulduzlar hukmdori, Samarqand farzandi” deb nomlangan yirik maqola
nashr etildi.[2]

Osmon ilmini o’rganish qadimgi davrlarga borib taqaladi va uning rivojlangan

davri Bag’doddagi Bayt- ul hikma olimlarining faoliyati davriga to’g’ri keladi. Ular
turli xildagi asboblardan foydalangan holda ilmiy faoliyatlarini amalga oshirishadi,
lekin osmon ilmi to’laligicha aniqlikni talab qiladi. Mirzo Ulug’bek davrida
tashkillashtirilgan rasadxonada esa yulduzlarni tadqiq etish, foydalaniladigan
asboblarning barchasi yuqori aniqlikka ega edi, aynan Ulug’bekning davri bu sohaning
gullab-yashnagan va o’z cho’qqisiga chiqqan davri bo’di desak, adashmagan bo’lamiz,
shuningdek bu davrda astronomiya fani alohida fan sifatida shakllandi. Hattoki buni


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

300

ISSN:3030-3621

butun dunyo olimlari tan olishadi, agar shunday bo’lmaganda edi oydagi kraterlarning
biriga Ulug’bekning nomi berilmagan bo’lardi. O’rganilgan ma’lumotlarga ko’ra,
Ulug’bek rasadxonasigagi teleskopning aniqlik darajasi juda yuqori ekanligidan hamda
bu teleskoplar toki XVII asrda optik teleskoplar ixtiro qilungunga qadar muhim
kuzatish moslamasi vazifasini o’tagan. Barcha davrlarda ham hukmdor saroyida
munajjimlar bo’lgan, ularning asosiy vazifalari qatoriga osmon jismlarini o’rganish
bilan bir qatorda hukmdorni, uning a’yonlarining taqdiri va shu bilan birgalikda
yurishdan oldin keljakni bashorat qilishgan. Hatto Sohibqiron Amir Temur davrida
ham uning saroyida munajjim bo’lgan. Mirzo Ulug’bek davriga kelib IX- XII asrlarda
to’plangan ma’lumotlarning ko’chiligi eskirgan edi va uning oldida turadigan asosiy
ishlardan biri bu eskirgan ma’lumotlarni yangilash va bularni birlashtitib yirik jadval
tuzish edi. Ulug’bek bu yirik jadvalni o’z shogirdlari bilan birgalikda ishlab chiqdi va
uni “ziji Jadidi Ko’ragoniy” nomi bilan atadi va bu buyuk meros yuz yillar davomida
faqatgina sharq uchun emas, G’arb uchun ham muhim bir astronomik manba bo’lib
xizmat qildi. Shu kabi zijlar Ulug’bekkacha bo’lgan davrda ham mavjud edi,
Xuloguxon saroyining munajjimi Nasiriddin at –Tusiy hozirgi Tabriz yaqinida
joylashgan Mag’ora shahrida rasadxona qurdiradi va yangi astronomik jadvallar tuzib
boshlaydi va uni Xulaguxon sharafiga “Ziji Elxoniy” deb ataydi. Ammo kuzatishlar
natijasida uning ishlab chiqqan jadvallarida sezilarli farqlar aniqlana boshladi bu esa
yanada yangi ma’lumotlarlardan iborat bo’lgan jadval tuzishni ehtiyojga aylantirgan
edi. G’iyosiddin Jamshid tomonidan “Ziji Xoqoniy” dar takmil “Ziji Elxoniy” nomli
risolasini yaratiladi va u Elxoniy zijini takomillashtirdi hamda bu risolasini Shoxrux
Mirzoga bag’ishlaydi. Ma’lumotlarga ko’ra, Koshiy Samarqandga kelganida
rasadxona qurdirish niyati borligini Ulug’bekka bildiradi va yuqorida nomi qayd
etilgan risolasini Mirzo Ulug’bekka topshiradi. Ammo rasadxona qurilishi davri haqida
aniq ma’lumotlar yetarlicha emas, ayrim manbalarda 1420- yil deb, ayrimlarida esa
1421-1426 – yillar oraliqlari haqidagi manbalarni keltirishadi. Xususan, Mirxond o’z
asarida bu rasadxonaning 1421 yil qurilganini ta’kidlaydi.[3]

“Ziji Ko’ragoniy”ning yulduzlar jadvalida jami 1018 ta yulduzning nomi,

joylashish o’rni ko’rsatilgan va bu jadvaldagi ko’rsatkichlarning barchasi Abu Rayhon
Beruniy tomonidan o’rganilgan yulduzlar jadvaliga to’laligicha mos keladi. Zahiriddin
Muhammad Bobur “Ulug’bek ziji”ni XVI asrda eng keng tarqalgan astronomik jadval
bo’lganligini o’z asarlaridan birida eslatib o’tgan edi. “Boburnoma” asarida esa
Ulug’bek rasadxonasining balandligini 30 metr va u 3 qavatdan iborat ekanligi yozgan.
Bu zijni o’rgangan olimlardan biri amerikalik sharqshunos E.Nobl edi. U o’z
izlanishlari davomida Ulug’bek rasadxonasida astronomik uzunlanmasi bo’yicha 900
ta, kenglamasi bo’yicha esa 878 ta yulduz o’rganilganligini ta’kidlaydi. Ma’lumotlarga
ko’ra Ko’ragoniy ziji 430 sahifani tashkil etadi. Hayratlanarli tomoni esa asarning atigi
5 foizini yulduzlar jadvali tashkil etadi. Ko’plab olimlar bu zijning tuzilishidan asosiy


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

301

ISSN:3030-3621

maqsad yulduzlar katologini tuzish emas, balki Quyosh, Oy va sayyoralarni sistemali
holatda kuzatish va ularning kattaligining asl va aniq qiymatlarini aniqlash bo’lgan,
degan fikrlarni ilgari surishadi va bunga dalil sifatida Ulug’bek zijining 80 foizi
Quyosh, Oy va beshta sayyoraga bag’ishlanganligini keltirishadi, ko’rinib turganidek
bu ham muhim bir asos. Hattoki, olimlar asarning tahlili davomida, Mirzo Ulug’bek
247 ta shahar va aholi punktlarini keltirib o’tgan va buning asosiy sababi Quyosh
hamda Oy tutulishlarini oldindan aniqlash maqsad qilingan.

1994-yil yurtimizda “Mirzo Ulug’bek yili” deb e’lon qilinadi. 1994-yil aprel

oyida Parijda Mirzo Ulug’bek tavalludining 600-yilligi keng nishonlanadi, 1994-yil
oktabr oyida esa Toshkent va Samarqandda keng nishonlanadi hamda xalqaro
konferensiyalar o’tkaziladi. Shu yili Toshkentda Ulug’bekning haykali o’rnatiladi,
Samarqandda esa uning memorial muzeyi shakllantiriladi. Hozirgi kunda Riga
shahrida ham Mirzo Ulug’bekning haykali o’rnatilgan. Shu bilan bir qatorda Moskva
universiteti konferensiyalar zalida mashhur olimlar qatorida bizning bobokalonimiz
bo’lmish Mirzo Ulug’bekning ham portreti joy olgan.[4]

Xulosa.

Tarix bizga har doim o’tmish ajdodlarimizdan faxrlanish hissini beradi va jahon

xalqlari tan olgan shunday buyuk insonlarning avlodi ekanligimiz ham bu bizning ham
iftixorimiz, ham baxtimizdir. Buyuk astronom Mirzo Muhammad Ko’ragoniy
rasadxona qurish orqali, yirik zijini yaratish orqali butun jahon ilm- faniga misli
ko’rilmagan darajada o’z hissasini qo’shdi va o’rta asrlarda astronomiyaning fan
sifatida shakllanishi va rivojlanishining yuqori cho’qqisiga yetishi uchun sharoit
yaratgan edi. Mirzo Ulug’bekka qadar ham ko’plab munajjimlar tomonidan bu
mavzuga oid risolalar yaratilgan, rasadxonalar tashkil etilgan, lekin ularning ishlab
chiqqan jadvallaridagi ma’lumotlar aniqligi jihatidan Ulug’bek Ko’ragonning
jadvallaridan quyiroqda turadi. Ulug’bek mirzo yoshlik davrlaridanoq davlat va
podsholik ishlarida ishtirok eta boshlaganlar, shuningdek Klavixo ham o’z
“Esdaliklar”ida Amir Temur elchilarni qabul qilyotganida u yerda Mirzo Ulug’bekning
ham bo’lganligini aytib o’tadi. Bu orqali esa biz bu kishi butun umrini ilm-fanga
bag’ishlagan shaxs deb e’tirof eta olamiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1.

I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat—yengilmas kuch”- “Ma’naviyat”. T.:2008

2.

https://oyina.uz

3.

M.Mamadazimov. “Mirzo Ulug’bek va ilmiy merosi” ilmiy maqola

https://kh-davron.uz

4.

M.J. Davronov, M.U. Ahmedova. “Mirzo Ulug’bekning jahon ilm faniga
qo’shgan hissasi”.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

I.A.Karimov. “Yuksak ma’naviyat—yengilmas kuch”- “Ma’naviyat”. T.:2008

M.Mamadazimov. “Mirzo Ulug’bek va ilmiy merosi” ilmiy maqola

M.J. Davronov, M.U. Ahmedova. “Mirzo Ulug’bekning jahon ilm faniga

qo’shgan hissasi”.